Mavzu: Suv iste’molchilari uyushmalarning suv iste’molchilari bilan o‘zaro hisob – kitoblari hisobi


A’zo bo‘lmaganlar uchun kattaroq miqdordagi to‘lovlar



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana05.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#742350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi Abdurasul

A’zo bo‘lmaganlar uchun kattaroq miqdordagi to‘lovlar 
Suv iste’molchilarining hammasi ham SIU a’zosi bo‘lavermaydi.
SIUga a’zolikni rag‘batlantirish uchun, a’zo bo‘lmaganlar uchun badal 
miqdori a’zolar uchun badal miqdoridan ancha baland bo‘lishi, misol uchun 
a’zolarnikidan 20-50% baland bo‘lishi kerak.
 
 


Irrigatsiya xizmati uchun badallarni belgilashdagi cheklovlar 
Irrigatsiya xizmati tarifini belgilashda, SIUning grant va hadiya olish kabi 
manbaalari bilan qoplanadigan xarajatlarni irrigatsiya xizmati tarifiga kiritishga 
yo‘l quymaslik kerak.
Irrigatsiya xizmati tarifini va irrigatsiya xizmati uchun to‘lovlarni 
yig‘ish usulini tasdiqlash.
Byudjet tasdiqlangandan so‘ng, SIU Kengashi 
irrigatsiya xizmati tarifi, to‘lovni amalga oshirmaganlik uchun jarima va ushbu 
jarayonlarga tegishli choralar tizimi haqida takliflarni Umumiy Majlis tomonidan 
ko‘rib chiqish uchun taqdim qiladi. Umumiy Majlis yuqorida keltirilgan irrigatsiya 
xizmati uchun to‘lovlarni yig‘ish usullaridan birini ma’qullashi kerak. Umumiy 
Majlisning barcha a’zolari irrigatsiya xizmati uchun badallar nima uchun 
zarurligini tushunishlari juda muhimdir. Aks holda, ular badal miqdorining 
qanchalik real ekanligini bilmaydilar. Ular bu to‘lovlarni asoslanmagan deb 
hisoblab, to‘lashdan bosh tortishlari mumkin. Shuningdek, Umumiy Majlis 
irrigatsiya xizmati uchun badalni to‘lashni amalga oshirish muddatini belgilashi 
kerak.
Ushbu muddatlarni belgilash juda muhimdir, chunki u ekspluatatsion va 
texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tadbirlarni boshqarish uchun mablag‘larning 
mavjudligini aniqlashga yordam beradi, bundan tashqari bu muddatlar kelayotgan 
yil uchun byudjetni tuzish va irrigatsiya xizmati badalini hisoblash uchun 
muhimdir. 
SIU shartnomalari, a’zolar va suv berishni hisobini yuritish. O‘zbekiston 
Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuniga asosan suv 
iste’molchilari uyushmasi va uning xizmat ko‘rsatish zonasida joylashgan a’zolari, 
shuningdek boshqa qishloq va suv xo‘jaligi organlari hamda o‘zga yuridik va 
jismoniy shaxslar o‘rtasidagi suvga doir munosabatlar shartnoma asosida tartibga 
solinadi. SIU suv etkazib berish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha a’zo va a’zo 
bo‘lmagan suv iste’molchilari bilan, hamda maxallalar bilan ham shartnomalar 
tuzishlari kerak



Suv iste’molchilarni qayd qilish tartibi. Suv iste’molchilarning har yil 
yangilanadigan nomi, yer maydoni, ushbu yerlarning joylashgan manzili, 
yeregasi yoki ijarachining ismi ko‘rsatilgan, a’zolar ro‘yxati; 

A’zolar ro‘yhatidagidek ma’lumotlar ko‘rsatilgan SIU a’zolari 
bo‘lmaganlar ro‘yxati; 

To‘lov bo‘yicha qarzdorlik, SIUga a’zolar va a’zo bo‘lmaganlarning aniq 
to‘lovlari haqida qayd kitobi; 

SIU xizmat ko‘rsatayotgan hudud haritasi; 

Kuyidagi ma’lumot ko‘rsatilgan suv ta’minoti bo‘yicha hisobotlar: (1) ekin 
maydoni, (2) suv iste’molchilar tomonidan olingan suv hajmi, (3) 
fermerlarning suv ta’minoti uchun talabnomalari, (4) limitlar hamda 
a’zolarga va a’zo bo‘lmaganlarga amalda yetkazib berilgan suv hajmi, (5) 
suv iste’molchilar tomonidan amalga oshirilgan sug‘orishlar.
SIU to‘lovlarni yig‘ish tizimi shunday bo‘lishi kerakki, irrigatsiya xizmati 
uchun to‘lovlarning asosiy qismi fermerlarga suv etkazib berish boshlangunga 
qadar to‘langan bo‘lishi lozim. Belgilangan to‘lov muddatlari real bo‘lishi va 
fermerlarda naqd pul mablag‘i yoki natura to‘lov amalga oshirish uchun «mablag‘» 
mavjud bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri kelishi muhimdir. Masalan fermerlarda may-iyul 
oylarida mevalarni sotishdan tushgan daromad (naqd pul bilan), avgustda 
bug‘doyni sotishdan tushgan daromadlar va dekabrda paxtani sotishdan tushgan 
daromadlar mavjud bo‘ladi. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lov sxemasi. SIU a’zolari ko‘rsatilgan xizmat xaqini 
bankdagi SIU xisob raqamiga yoki naqd pul ko‘rinishda SIU kassasiga to‘laydilar.
Irrigatsiya xizmati uchun to‘lovlar mirob va boshqa ishchilar emas, balki 
SIU buxgalteri tomonidan qabul qilinishi lozim. SIU irrigatsiya xizmati uchun 
to‘lovni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ofisda qabul qilishni o‘ziga odat qilib olishi zarur. Bu 
naqd pul ko‘rinishidagi to‘lovlarga tegishli. Suv iste’molchilarga kvitansiyalar 
berish zarur.


Lekin, irrigatsiya xizmati uchun to‘lov ish bajarish orqali amalga 
oshirilayotganda, to‘lov «maydonda» - ya’ni ofisdan tashqarida amalga oshirilishi 
kerak. Bunday hollarda ham kvitansiya berish zarur. 
SIU to‘lovlarini amalga oshirilmaganlik uchun ko‘riladigan choralar. SIU 
xizmat ko‘rsatayotgan barcha suv iste’molchilar irrigatsiya xizmati uchun to‘lov va 
boshqa to‘lovlarni to‘lamaslikning oqibatlari haqida xabardor bo‘lishlari kerak. 
Umumiy Majlis irrigatsiya xizmati badalini to‘lamaganlik uchun jarima turi va 
qiymatini belgilaydi.
To‘lov kechiktirilishi yoki amalga oshirilmaslik surunkali bo‘lsa, SIU 
Kengashi SIU a’zosi bilan jamoatchilik tanbehi yuzasidan «profilaktik suhbat» 
o‘tkazishi mumkin. SIU Nizomiga asosan SIU Kengashi irrigatsiya xizmati 
badalini to‘lamagan iste’molchilarga suv berishni to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega. 
O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuniga 
asosan suvni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar va ko‘rsatilgan boshqa suv 
xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlar to‘lanmagan taqdirda ham suvdan foydalanish 
yoki suvni iste’mol qilish huquqi bekor qilinishi mumkin (36- modda).

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish