Mavzu: Suv iste’molchilari uyushmalarning suv iste’molchilari bilan o‘zaro hisob – kitoblari hisobi


 Iste’molchining xuquq va majburiyatlari



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana05.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#742350
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi Abdurasul

2. Iste’molchining xuquq va majburiyatlari
2.1. Iste’molchining huquqlari: 
-
kafolatli 
limitdagi 
suvlarni 
olish, qo‘shimcha suv resurslari 
bo‘lsa ularni ustivor olish; 
-
o‘zining irrigatsiya-melioratsiya ob’ektlariga ustivor texnik xizmatlar 
ko‘rsatilishi; 
-
Iste’molchiga beriladigan limitdagi suvni amalda olingan suv 
miqdoriga muvofiqligini nazorat qilish; 
-
Uyushmaning ish va xizmatlariga bo‘lgan o‘z extiyojlari to‘g‘risida 
takliflar kiritish; 
- ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmasa, Uyushmaga nisbatan 
mulkiy da’vo qilish; 
- Uyushma Iste’molchining buyurtmasi bo‘yicha bajaradigan pulli 
ish va xizmatlar sifati va hajmini nazorat etish. 
2.2. Iste’molchining majburiyatlari: 

ushbu shartnomada belgilanganidek ish va xizmatlarga o‘z vaqgida haq 
to‘lash; 

o‘ziga belgilangan limitdagi suvga rioya qilish; 

o‘z balansida turgan irrigatsiya-melioratsiya ob’ektlarini soz holda tutish; 

suvni berish muddati va hajmini, irrigatsiya-melioratsiya ob’ektlariga 
texnik 
xizmat 
ko‘rsatish 
ishlarini 
olib 
borishni 
Uyushma 
bilan 
oldindan kelishib olish; 
- o‘zining suv oladigan shoxobchalarining butliligiga mas’ul bo‘lish; 

Uyushma 
bilan 
kelishilgan 
holdagina 
irrigatsiya-melioratsiyalar 
tarmoqlarida qo‘shimcha ko‘tarma va to‘siq moslamalarini joylashtirish; 

belgilangan muddatda suvdan voz kechsa yoki suv iste’molining 
hajmi o‘zgarsa, Uyushmaga oldindan 5 kun ichida xabar berish. 
3. Iste’molchi va Uyushmaning o‘zaro mulkiy munosabatlari.
3.1. Iste’molchiga nisbatan quyidagi hollarda jarima solinadi: 


- iste’molchining aybi bo‘yicha belgilangan limitdagi suvdan ortiqcha olinsa; 
- suv resurslari manbalaridan suvni istalgancha o‘zboshimchalik bilan olsa; 
- Uyushmaning roziligisiz xo‘jaliklararo irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarida 
ko‘tarma va to‘siqlarni o‘rnatsa; 

xo‘jaliklararo irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlaridagi o‘lchov moslamalari va 
inshootlariga shikast yetkazsa; 

Uyushmaning ish va xizmatlari uchun o‘z vaqtida haq to‘lamasa; 
- tomonlarning boshqa majburiyatlarini buzsa. 
3.2. 
Iste’molchining aybi bo‘yicha belgilangan limitdagi suvdan ortiqcha 
ishlatilsa, unda limitdan ortiq xar bir m
3
suv uchun so‘m jarima solinadi. Shunga 
o‘xshash qoidalar buzilishi qaytarilsa, jarima shunga yarasha so‘m/m
3
miqdorida 
oshiriladi. Qoidani buzganlik to‘g‘risidagi fakt iste’molchining vakili ishtirokida 
Uyushma vakilining dalolatnomasiga muvofiq qayd etiladi Agarda Iste’molchining 
vakili kelmay yoki rad javobini bersa, qonuniy kuchga ega bo‘lgan bir tomonlama 
dalolatnoma tuziladi. 
3.3. 
Agarda Uyushma aybi bo‘yicha belgilangan limit chegarasidagi 
* suv yetkazib berilmasa, unga ham xuddi shu tartibda jarima solinadi. Yetkazib 
bermaganlik fakti Uyushma vakili ishtirokida tegishli dalolatnoma bilan qayd etiladi. 
Uyushma vakili kelmasa yoki rad javobini bersa bir tomonlamali dalolatnoma tuzilib 
ma’muriyatga yuboriladi va unga nisbatan Uyushma Ustaviga muvofiq qaror qabul 
qilinadi. 
3.4. 
Avariya, tabiiy ofatlar va sug‘orish manbalarida suvning tanqisligi sababli 
Iste’molchiga 
belgilangan 
limitdan 
kam 
suv 
berilsa, 
Uyushma mulkiy javobgarlikka tortilmaydi, aksincha yetkazilgan zarar sug‘urta 
tashkilotlari tomonidan qoplanadi. 
3.5 Iste’molchi ro‘yxatga olinmagan suv manbalaridan o‘zboshimchalik bilan 
foydalansa, 3.2-bandga muvofiq jarima solinadi va ro‘yxatga olinmagan suv resurslari 
Iste’molchidan olib qo‘yiladi. 
3.6. Xo‘jaliklararo irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlaridagi ko‘tarma, to‘siq 
moslamalari, dambalar teshilsa va gidroko‘priklar, inshootlar Iste’molchi tomonidan 


buzilsa, u o‘z xisobidan kamchiliklarni tuzatadi yoki yetkazgan zararning miqdoriga teng 
pul sifatida qo‘shimcha haq to‘laydi. Bu turdagi qoidabuzarlik iste’molchining vakili 
ishtirokida tegishli dalolatnoma bilan qayd etiladi. Agarda oxirgisi qatnashishdan voz 
kechsa, yuridik kuchga ega bo‘lgan bir tomonlamali dalolatnoma tuziladi. 
3.7.
Iste’molchining 
limitdagi suvni qayta taqsimlash yoki o‘zgar- 
tirish haqidagi talabi kamida 5 kun oldin muddatda qabul qilinadi. 
Buyurtma ko‘rsatilgan muddatdan kech berilga, bajarilishiga kafolat berilmaydi. 
3.8.
O‘zboshimchalik bilan suvdan foydalanish va limitdan ortiq 
suv olish qoidabuzarlik fakti oxirgi suv berish o‘lchangan daqiqadan 
belgilanadi. Uyushma aybi bo‘yicha limitdan kam suv berilganlik vaqti 
ham 
xuddi 
shunday 
tarzda 
belgilanadi. 
Limitdan 
ortiq 
suvni 
olish 
Uyushma bilan kelishilsa, jarima solinmaydi. 
3.9.
Iste’moliga taqsimlangan suv hajmi hisobi har kuni Uyushma 
va Iste’molchi vakili ishtirokida amalga oshiriladi Iste’molchi vakili kelmasa, 
Uyushma 
suv 
miqdorini 
bir 
tomonlama 
o‘lchashga 
haqqi 
bor, 
uning
natijalari shak-shubxasiz hisoblanadi. 
3.10. Uyushmaning joriy xizmatlari uchun haqni Iste’molchi ushbu 
shartnomaning ___ -sonli ilovasiga muvofiq har chorakda keyiigi chorakdagi oyning 10-
sanasigacha to‘laydi. Yil boshida Iste’molchi Uyushmaning joriy xizmatlari qiymatidan 
unga 25 foiz miqdorida avans to‘laydi. 
3.11.
Iste’molchining 
irrigatsiya-melioratsiya 
ob’ektlariga 
texnik 
xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tugallangan ish turlari (sug‘orish), zovur tarmoqlarini 
tozalash, nov va inshootlarni ta’mirlash, novlarni almashtirish, rejalashtirish va 
boshqalar bajarilgandan so‘ng qabul qilish dalolatnomasi asosida Uyushmaga xizmat 
haqi to‘lanadi. 
3.12.
Iste’molchining aybi bo‘yicha irrigatsiya-melioratsiya ob’ektlariga texnik 
xizmat ishlarini olib borish uchun Uyushmaga sharoitlar yaratib berilmasa, u har bir 
muddatdan o‘tgan kun uchun shu muddatga rejalashtirilgan ish qiymatidan____foiz 
miqdorida jarima to‘laydi. 


Agarda Uyushma aybi bo‘yicha texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 
majburiyatlar bajarilmasa, Uyushma Iste’molchiga xuddi shu tartibda jarima to‘laydi. 
3.13. Joriy to‘lovlar, jarimalar, texnik xizmat va ish uchun haqi 
muddatdan o‘tkazib to‘lansa, aybdor tomondan har bir o‘tkazib yuborilgan kun uchun 
ularning summasidan _____foiz miqdorida jarima undiriladi. Iste’molchi tomondan 
to‘lovlar muddati 20 kundan oshib ketsa, Uyushma Iste’molchiga suv berilishini 
to‘xtatib qo‘yishga haqqi bor, to‘lov va jarimalarni tulab bo‘lgandan so‘ng suv berishni 
yo‘lga qo‘yadi. 
3.14. Iste’molchi barcha to‘lovlarni Uyushmaning kassasiga naqd pul 
shaklida kiritadi yoki Uyushmaning hisob raqamiga o‘tkazadi. 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish