Mavzu: Suv iste’molchilari uyushmalarning suv iste’molchilari bilan o‘zaro hisob – kitoblari hisobi



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana05.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#742350
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi Abdurasul



Mavzu: Suv iste’molchilari uyushmalarning suv iste’molchilari bilan 
o‘zaro hisob – kitoblari hisobi 
Reja: 
Kirish 
1.
Suv iste’molchilari uyushmalarida buxgalteriya xisobini tashkil etish.
2.
Suv iste’molchilari uyushmalarining suv iste’molchilari bilan o’zaro 
hisob-kitoblar hisobi 
3.
Suv iste’molchilari uyushmalarining suv iste’molchilari bilan o’zaro 
hisob-kitob muomalalari. 
Xulosa va takliflar 
Foydalanilgan adabiyotlar 
Kirish 


Mavzuning dolzarbligi. 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya 
qilish sharoitida mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror sur’atlar bilan o‘sishi va 
makroiqtisodiy mutanosibligini ta’minlab, mamlakatimizning ichki imkoniyatlari 
asosida qishloq va suv xo’jaligi sohasida suv va suv resurslaridan foydalanish 
bo’yicha ko’plab islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, suv xo‘jaligini isloh qilish 
jarayoni uch yo‘nalishda amalga oshirildi. 
Birinchi yo‘nalish — qayta tashkil etilgan xo‘jaliklarda xo‘jaliklar ichida 
suv resurslarini boshqarishni kuchaytirish maqsadida Suv foydalanuvchilar 
uyushmalarini (hozirda suv iste’molchilari uyushmalari) tashkil etilishi.
Ikkinchi yo‘nalish — moddiy va ma’naviy eskirgan suv xo‘jaligi 
ob’ektlarini modernizatsiya qilish. 
Uchinchi yo‘nalish — SIUlar boshqaruvning yuqori iyerarxiya bilan o‘zaro 
munosabatlarini muvofiqlashtirish maqsadida respublika suv xo‘jaligi 
boshqaruvida islohotlar olib borildi. Buning natijasida O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 iyuldagi «Suv resurslarini boshqarishni 
tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori bilan respublikamizda 
irrigatsiya tizimlarini boshqarish ma’muriy-hududiy usulidan havza tamoyiliga 
o‘tkazildi. Ya’ni, O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, 
Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining O’zbekiston Respublikasi Qishloq va 
suv xo‘jaligi vazirligining mavjud suv xo‘jaligi tashkilotlari va xizmatlari 
tuzilmalari hamda uning hududiy bo‘linmalari negizida: 
Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi; Norin-Sirdaryo 
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi; Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza 
boshqarmasi; Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi; Chirchiq-
Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi; Amu-Surxon irrigatsiya 
tizimlari havza boshqarmasi; Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza 
boshqarmasi; Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi; Quyi 
Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi; Zarafshon irrigatsiya tizimlari 
havza boshqarmasi; Birlashgan dispetcherlik markaziga ega bo‘lgan Farg‘ona 


vodiysi magistral kanallari tizimi boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi 
qabul qilindi
1
.
Shuningdek suv iste’molchilari uyushmalarining tashkil etilishi va faoliyat 
yuritish tartibining quyidagi me’yoriy huquqiy asoslari qabul qilindi: 

“Qishloq va suv xo’jaligida iqtisodiy islohotlar chuqurlashtirilganligi 
munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga 
o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi 
qonun hujjatlari to‘plami, 2009 y., 52-son 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori “Qishloq xo‘jaligi 
korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
2002 yil 5 yanvar, 8-son. 
Mamlakatni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish 
tadbirlarining keng miqyosda amalga oshirilishi natijasida barcha sohalarda yuqori 
o‘sishga erishildi. Jumladan, «… Ma’lumki, biz qishloq xo‘jaligini isloh etishda 
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilashga alohida e’tibor 
bermoqdamiz. Bu vazifa eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib kelgan va 
bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Chunki, qishloq xo‘jaligida ishlab 
chiqarishning 
samaradorligi, 
mamlakatimizning 
iqtisodiy 
va 
oziq-ovqat 
xavfsizligini ta’minlash, nafaqat qishloq mehnatkashlari, balki butun 
O‘zbekistonimiz aholisining moddiy farovonligini oshirish bebaho boyligimiz 
bo‘lgan yerimizning unumdorligi, uning sifatini muntazam yaxshilab borish bilan 
uzviy bog‘liqdir. O‘tgan davrda bu borada ko‘rilgan choralar natijasida 1 million 
700 ming gektar sug‘oriladigan yerning meliorativ holati yaxshilandi. Bu jami ekin 
ekiladigan maydonlarning yarmidan ziyodi demakdir. Ana shunday ishlar tufayli 
sizot suvlari eng og‘ir darajada, ya’ni, 2 metrgacha yuzada joylashgan yerlar qariyb 
500 ming gektarga yoki uchdan biriga kamaydi, kuchli va o‘rtacha sho‘rlangan 
yerlar esa 100 ming gektarga yoki 12 foizga qisqardi. Melioratsiya tadbirlari 
amalga oshirilgan ekin maydonlarida paxta hosildorligi gektariga o‘rtacha 2-3 
1
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori “Suv xo‘jaligini boshqarishni tashkil etishni 
takomillashtirish to‘g‘risida” 2003 yil 21 iyul, 320-son


sentner, boshoqli don ekinlari bo‘yicha esa 3-4 sentnerga oshgani bu borada 
erishgan eng muhim natijamizdir»
2

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chuqur o‘zgarishlar, siyosiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotning barcha tomonlarini izchil 
isloh 
etish 
va 
liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish 
jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. "Mamlakatimizda chuqur 
o‘zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh 
etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya 
qilish jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotning izchil 
va barqaror rivojlanishini ta’minlashda kelgusi davr uchun puxta va har tomonlama 
asoslangan chora-tadbirlar, muhim vazifa va yo‘nalishlar, turli darajalardagi 
iqtisodiy taraqqiyot dasturlarning ishlab chiqilishi va aniq belgilab olinishi 
muvaffaqiyat garovi hisoblanadi"
3
.
Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tilishi, iqtisodiyotni erkinlashtirish va 
modernizatsiyalashtirish mamlakatimizda buxgalteriya hisobini takomillashtirishni 
taqozo etadi. Tashkilotlarning modernizatsiyalashuvi, albatta, buxgalteriya hisobi 
va audit sohalarini ham islox, qilinishini talab etadi. O’tgan yillar ichida 
boshqaruvning ushbu vositalarida ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Aynan shu yillar 
ichida buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi qonunlar qabul qilindi va qator 
me’yoriy-huquqiy xujjatlar yaratildi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish