Mavzu: Umumiy oʻrta taʼlim maktablarini hujjatlarini yuritish va rasmiylashtirish,hamda ijro intizomini taʼminlash. Reja: kirish i-bob. Umumiy o`rta ta`lim maktablari hujjatlarini yuritish va rasmiylashlashtirishning me`yoriy-huquqiy



Download 207,29 Kb.
bet7/16
Sana17.07.2022
Hajmi207,29 Kb.
#816340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Kurs ishi2 Ashirov Azamat

(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
8. Maktab Ustav asosida ish olib boradi.
Maktab Ustavida Ushbu Nizomda kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar, tegishli xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan berilgan qo‘shimcha vakolatlar, shuningdek amaldagi qonunga zid kelmaydigan va maktab faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa masalalar belgilanadi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
VI. Maktabning moliya – xo‘jalik faoliyati
1. Maktabning moliyaviy mablag‘i davlat darajasiga erishishni ta’minlovchi normativ asosda ajratiladigan budjet mablag‘lari va maktabning boshqa manbalardan tashkil topuvchi o‘z mablag‘lari hisobiga shakllanadi.
2. Barqaror normativlar bo‘yicha ajratiladigan, har yili narxlarni erkinlashtirish bilan aniqlanadigan davlat budjeti mablag‘lari maktabdagi o‘quv-tarbiya jarayonlarini, mehnat jamoasini ijtimoiy rivojlantirish va uning xodimlariga ish haqi to‘lashning asosiy moliyaviy manbalari hisoblanadi va ular ta’limga nisbatan majburiy talablar darajasiga erishishni ta’minlaydi.
Budjetdan moliyaviy ta’minlash normativlarini ajratish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi qarorlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat XTB, Toshkent shahar XTBB tomonidan amalga oshiriladi.
Hokimliklar, mahalla qo‘mitalari mintaqaviy ehtiyojlar va shart-sharoitlardan kelib chiqib oshirilgan normativlarni belgilashlari va ularni tegishli mablag‘lar bilan ta’minlashlari mumkin.
3. Maktab kam ta’minlangan oilalarning bolalariga umumiy ta’lim fondi, maktab fondi mablag‘lari hisobidan darsliklar, o‘quv-yozuv qurollari, kiyim-bosh, oyoq kiyimlari sotib olishda va tekin yoki imtiyozli ovqatlanishni tashkil etishda moddiy yordam ko‘rsatadi.
4. Maktabning moliyaviy mablag‘lari uning to‘la ixtiyorida bo‘ladi va ular olib qo‘yilmaydi. Bu mablag‘larni taqsimlash huquqi Maktab kengashiga tegishlidir.
Maktabning o‘z mablag‘lari quyidagi asosiy manbalar hisobiga shakllanadi:
maktabning xo‘jalik faoliyatidan, maktab tomonidan ko‘rsatilgan pulli xizmatlardan, maktab binosi va jihozlarini ijaraga berishdan olingan daromadlar;
davlat, ijtimoiy, kooperativ va boshqa tashkilotlar, o‘quv kooperativlari, sexlar, ishlab chiqarish brigadalari, ota-onalar va boshqa fuqarolarning ixtiyoriy badallari;
vazirliklar, idoralar, tayanch va boshqa korxonalar, davlat muassasalari, jamoatchilik va kooperativ tashkilotlarning maqsadli qo‘yilmalari;
bank krediti va boshqa tushumlar;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, alohida shaxslarning buyurtmalarini bajarishdan tushumlar;
maktab ustaxonalari, maktab uchastkasi va issiqxonalari mahsulotlarini sotishdan tushgan daromadlar.
5. Maktabda qo‘shimcha o‘quv predmetlari va rejadan tashqari kurslar joriy qilinganda, tajriba-eksperiment ishlari olib borilganda, eksperimental pedagogik maydonchalar tashkil etilganda, yangi turdagi maktablar ochilganda, shuningdek, boshqa hollarda hokimliklar maktabini zarur moddiy-texnika bilan ta’minlash uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘lar ajratishlari mumkin.
Ta’limni rivojlantirishga oid maqsadli eksperimentlar, istiqbolli pedagogik dasturlarni ilgari surgan eksperimental va boshqa maktablarning faoliyati Xalq ta’limi vazirligining markazlashgan fondi hisobidan, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat XTB, Toshkent shahar XTBB fondlari va boshqa jalb qilingan mablag‘lardan moliyaviy ta’minlanishi mumkin.
6. Maktab bank kreditidan foydalanishi mumkin. Banklar tomonidan maktabning kundalik faoliyati uchun qisqa muddatli kredit ajratiladi. Moddiy negizni rivojlantirish va ijtimoiy rivojlanish uchun kelgusida qarzni uzish sharti bilan maktabning ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish fondi hisobidan uzoq muddatli kredit beriladi.
7. Maktab xodimlariga mehnat haqi to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish mehnatga haq to‘lashning amaldagi shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Lavozim maoshlari va tarif stavkalariga pedagoglarning va boshqa xodimlarning tegishli malaka toifalari uchun kafolatlangan eng kam ish haqi sifatida qaralishi kerak (barcha turdagi I bosqich umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining haftalik dars soati 14 soat, II-III bosqich maktablarida – 16 soat).
Malaka toifalari Attestatsiya to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq maktabning barcha xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida beriladi.
8. Maktabda lavozim maoshlariga va stavkalariga kasb mahorati, mehnatda erishgan yutuqlari, alohida muhim ishlarni bajargani uchun va bir yo‘la bir necha kasbda ishlagani uchun mablag‘larni tejash va maktab fondi hisobidan tabaqalashtirilgan qo‘shimcha haq va ustamalar berilishi mumkin.
Qo‘shimcha haqlar joriy etish va pedagog xodimlar hamda boshqa xodimlarni mukofotlash shartlari va tartibi Maktab kengashi (pedkengash) tomonidan belgilanadi.
I bosqich kam sonli maktablarning pedagoglariga, kuni uzaytirilgan guruhlariga, shuningdek, tanlov bo‘yicha yoki fakultativ (davlat tomonidan haq to‘lanadigan) mashg‘ulotlar uchun, o‘quvchilarning sonidan qat’i nazar, faqat alohida sinf yoki guruh o‘quvchilari uchun o‘tilgan soatlar miqdoriga qarab ish haqi to‘lash amalga oshiriladi.
9. Maktab tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasi maktabning xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish va tashkil etishning asosiy shakli hisoblanadi. Rejalashtirishning dastlabki ma’lumotlari: kontrol raqamlar, davlat buyurtmalari, uzoq muddatli iqtisodiy normativlar va limitlar – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Kontrol raqamlar direktiv xususiyatga ega bo‘lmaydi va ular maktabdagi o‘quvchilar soni, texnik jihatdan jihozlanganlik ko‘rsatkichlari, moddiy, negizini rivojlantirish, maktab jamoasining ijtimoiy rivojlanishi, aholiga puli xizmatlar ko‘rsatish hajmidan iborat bo‘ladi.
10. Maktab tomonidan pulli xizmatlar ko‘rsatish deganda quyidagilar tushuniladi:
ta’limga nisbatan majburiy talablar darajasini oshiruvchi turli pulli fakultativ kurslar va ayrim fanlarni chuqur o‘rganish bo‘yicha kurslar, boshqa tashkilotlar (oliy o‘quv yurtlari, madaniyat va san’at muassasalari, ijodiy uyushmalar) dan yuqori malakali mutaxassislarni taklif qilish yo‘li bilan maxsus leksiyalar va maslahatlashuvlar o‘tkazish, san’at, jismoniy tarbiya, sport va boshqalar bo‘yicha qo‘shimcha darslar uyushtirish;
katta yoshlilarni o‘qitish uchun turli kurslarni tashkil etish;
o‘quvchilar va o‘qituvchilarning mehnat faoliyati jarayonida, shuningdek, korxona va tashkilotlarning buyurtmalarini bajarish natijasida olingan mahsulotlarni sotish;
maktab xonalari, sport zallari, jihozlar va boshqa buyumlarni ijaraga berish;
maktab teatrlari qatnashchilari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar kuchi bilan aholiga spektakllar va konsertlar namoyish qilish.
Aholiga pulli xizmatlar belgilangan tartibda tasdiqlangan narxlar va tariflar bo‘yicha, bunday narxlar va tariflar bo‘lmagan taqdirda – shartlashilgan narxlar bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Hokimliklar pulli xizmatlar bo‘yicha davlat buyurtmalarini bajarish haqidagi hisobotga maktablar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmlarini ham qo‘shishlari mumkin.
Yuqori tashkilotlar tomonidan maktablarga pulli xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirilgan topshiriqlarning, ular qanday shaklda bo‘lmasin, berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Pulli xizmatlarni ko‘rsatish budjetdan moliyaviy ta’minlanadigan faoliyat o‘rniga amalga oshirilmasligi va pulsiz xizmat ko‘rsatish darajasini kamaytirish evaziga bo‘lmasligi shart. Pulsiz xizmat ko‘rsatish darajasini xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.
(10-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
11. Hokimliklar maktablarga zarur inshootlar va binolar, muhandislik kommunikatsiyalari, yer maydonlari, o‘quv qurollari, inventarlarni yetkazib beradilar, maktab binolari va inshootlarini o‘z vaqtida asosli va joriy tuzatib berishni ta’minlaydilar, maktablarni asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun limitlar ajratadilar.
12. Maktabning moddiy-texnika negizi tarkibiga yer, binolar (asosiy va yordamchi binolar), sport inshootlari, kommunikatsiyalar, texnik vositalar va asbob-uskunalar, transport vositalari, kutubxona fondi, laboratoriya preparatlari, o‘quv-ko‘rgazmali qurollar, mebel, o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash uchun foydalaniladigan boshqa mulklar kiradi.
Maktab binosi texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiq jihozlanadi hamda foydalaniladi. Maktablarning moddiy-texnika negizini mustahkamlash va rivojlantirish respublika va mahalliy budjetlar hisobidan, shuningdek, moliyaviy ta’minlashning qo‘shimcha manbalari, maktab fondi hisobidan amalga oshiriladi.
13. Maktabda buxgalteriya va statistika hisobi hamda hisobotini yuritish tartibi amaldagi qonunchilik bilan tartibga solinadi. Hisobga olish maktab tomonidan mustaqil ravishda yoki markazlashgan tuman (shahar) buxgalteriya orqali olib borilishi mumkin. Hisob-kitob operatsiyalari to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha va chek daftarchalari bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.

Download 207,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish