Mavzu: Umumiy oʻrta taʼlim maktablarini hujjatlarini yuritish va rasmiylashtirish,hamda ijro intizomini taʼminlash. Reja: kirish i-bob. Umumiy o`rta ta`lim maktablari hujjatlarini yuritish va rasmiylashlashtirishning me`yoriy-huquqiy


VII. Maktabning xalqaro hamkorlikda qatnashishi



Download 207,29 Kb.
bet8/16
Sana17.07.2022
Hajmi207,29 Kb.
#816340
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Kurs ishi2 Ashirov Azamat

VII. Maktabning xalqaro hamkorlikda qatnashishi
Umumta’lim maktabi amaldagi qonunchilikka muvofiq xalqaro faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir.
Maktab xorijiy o‘quv yurtlari bilan valyutasiz asosda xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari orqali o‘quvchilar guruhini o‘qishga, dam olishga, birgalikda o‘tkaziladigan olimpiadalar, ko‘riklar, tanlovlarga yuborish yuzasidan almashish imkoniyatlarini nazarda tutuvchi to‘g‘ridan to‘g‘riamaliy aloqalar o‘rnatadi.
(VII bo‘limning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgusta 173-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 33-son, 312-modda)


(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1995-y., 11-son, 44-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 33-son, 312-modda; 2011-y., 25-son, 260-modda)
KURS ISHI

Oltita hujjat o‘rniga uchta. Maktab o‘qituvchilari qog‘ozbozlikdan qutulyapti


10-dekabr kuni xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov joylardagi xalq ta’limi boshqarma boshliqlariga maxsus ko‘rsatma yo‘llab, unda ta’lim tizimidagi ko‘plab muammolarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Hujjatda majburiy mehnat, qog‘ozbozlik, tadbirbozlik singari ko‘plab illatlar tilga olingani muhim yangilik bo‘ldi.
Bu hujjat amaliyotga tatbiq etilishi maktablarda, umuman xalq ta’limi tizimida o‘zgarish yasay oladimi? Maktab o‘qituvchilarining real muammolari qanaqa? Bu masalalarga o‘qituvchilarning munosabatini o‘rganish uchun “Daryo” xalq ta’limi a’lochisi Isroil Tillaboyevga murojaat qildi. Quyida uning bu boradagi fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.

Foto: Google Photos
Xalq ta’limi tizimi keyingi vaqtda eng ko‘p tilga olinayotgan sohalardan biri bo‘layotgani sir emas. Bunga u jamiyatning kelajagini belgilaydigan soha ekanligi sabab. Bunday holatni to‘g‘ri qabul qilishimiz, kamiga xursand bo‘lishimiz kerak: bee’tibor qolishdan saqlasin, xalq, jamoatchilik qanchalar ko‘p gapirsa, shuncha ko‘p ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishiga ishonaman.
Ta’lim tizimini sifatini yaxshilash tez fursatda bo‘lmaydi, bunga uzoq yillik strategiya ishlab chiqilib erishiladi. Natijaga erishish uchun hozirgi Xalq ta’limi vazirligi oldida ancha muammolar yig‘ilib qolgan ediki, bu muammolardan qutulmasdan turib ta’lim tizimini isloh qilish faqat kinolarda bo‘lishi mumkin edi. Ulardan eng kattasi ta’lim xodimlarining majburiy mehnatga tortilish edi; bunga shaxsan davlat rahbari aralashib chek qo‘ydi. Bu yilgi paxta mavsumi tarixiy mavsum, desak adashmaymiz: bu yil O‘zbekiston ahli o‘qituvchi va shifokorlarsiz, talabalarsiz ham shu paxtani yig‘ib olish mumkinligini isbotladi. Demak, eplasa bo‘larkan, deb yubordik. Tog‘ri, ora-orada o‘qituvchilar paxtaga mahalliy rahbarlar tomonidan onda-sonda chiqarilgani haqida xabarlar eshitib turdik, lekin o‘shanday holatlarni eshitgan zahoti joyida chora ham ko‘rildi.
Yana asosiy muammolardan biri o‘qituvchilar qo‘g‘ozbozlikka ko‘milib ketgani edi. Maktab o‘qituvchisidan har bir ishiga hisobot, tadbirlarni suratlari bilan “isbotlash”ni talab qilish, tom-tom hujjat tayyorlash avjiga chiqqan ediki, bularni bajarish uchun o‘qituvchi faqatgina statist emas, ish yuklamasini to‘ldirish uchun buxgalter bo‘lishi kerak edi. Dars keyingi darajaga tushgan edi, “muhimi hujjatlar joyidaku” tamoyili ishlardi. O‘qituvchidan o‘tgan yili ham oltita hujjat yuritish talab qilinayotgan edi: yillik ish rejasi (yuklama), sinf jurnali, yillik taqvimiy mavzuviy reja, yillik kundalik dars ishlanmalari, dars kuzatish daftari, tarbiyaviy ishlar rejasi… Qizig‘i, joylardagi maktab rahbariyati bundan boshqa mayda-chuyda hisobot va qog‘ozlar o‘ylab topib o‘qituvchilardan talab qilaverar, aniq tizim yo‘q edi. Hatto bu o‘quv yilida ham yuklamalar yo‘qotildi, deyilishiga qaramay, yuklamalarni har oyda to‘ldirib, keyin oylik yozadigan ilmiy bo‘lim mudirlarini eshitdim,
10-dekabr kuni xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov joylardagi xalq ta’limi boshqarma boshliqlariga yo‘llagan topshirig‘i ta’lim tizimidagi yuqoridagi kabi qog‘ozbozlikni yo‘qotishga xizmat qiladigan topshiriqlardan bo‘lishi mumkin, agar ushbu topshiriqni joylardagi mahalliy rahbarlar to‘g‘ri anglab yetsa, eng muhimi — ijrosini ta’minlasa.

Foto: “UzEdu.uz”
“Xalq ta’limi boshqarma boshliqlariga katta harflar bilan, shaxsan nazorat uchun”, deb boshlangan topshiriqning 1-qismida barcha umumta’lim maktablarida uchta hujjat — sinf jurnali, dars ishlanma va yillik taqvimiy rejadan tashqari bironta ortiqcha hujjat va hisobot yuritilishi taqiqlangan.
Ushbu band o‘qituvchilarning qaysi hujjatlarni yuritishi va keladigan tekshiruvchi ham qaysi hujjatni ko‘rishiga oydinlik kiritgan. Nafaqat avvalgi yillarda, balki hozir ham yuklama to‘ldirib yurgan, bo‘sh o‘zlashtiruvchilarga hujjat qilib ko‘rsatayotgan va boshqa hisobotlarni yozayotgan o‘qituvchilarni uchratdim. O‘ylaymanki ushbu bandni o‘qigan o‘qituvchi o‘z ish hujjatlarini, ilmiy bo‘lim mudirlari esa xodimlardan so‘raydigan hujjatlarini bilib oladi.
Ikkinchi bandiga qaraymiz. Ta’lim tizimidagi o‘qituvchilarni turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar uchun hisobot, bayonnoma, (foto) albom tayyolash yoki sinf rahbarlarini o‘quvchining uylariga yuborish, ota-onalar bilan suhbat o‘tkazilganligi haqida fotosurat yoki hisobot talab etish taqiqlanadi.
Ma’lumki, o‘qituvchilarning tadbir o‘tkazishdan bezdirgan narsa ham aslida uni o‘tkazib bo‘lgach, u haqda hisobot yozib, “isbotlovchi” suratlarni ilova qilish edi. Shu sababdan ko‘plab o‘qituvchilar hattoki fan oyliklarida ham tadbirlar o‘tkazishdan bezgan edi. Shu o‘rinda bir savol: hisobotlar o‘qituvchilarga yo‘qotildi, juda yaxshi, lekin bu narsa maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga ham taalluqlimikan? Chunki avval ham bu ikki o‘rinbosar butun kun davomida Xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan beriladigan turli jadvallar va topshiriqlarni to‘ldirish va suratlarga olish bilan o‘tmoqda. Ularning vazifalari statist emas-ku, biri maktabdagi har bir dars sifatini ta’minlashga mas’ul, buning uchun darslarni kuzatish, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilim sifatini yaxhilash ishlarini olib boorish bo‘lsa, ikkinchisi maktabdagi ma’naviy-ma’rifiy muhitni yaxshilashi kerak. Vazirlik nafaqat o‘qituvchidan, balki bu rahbarlardan ham talab qilinayotgan hisobotlarni yengillatib, ular asosiy ishini qilishiga sharoit yaratishsa yaxshi bo‘lar edi, chunki ularga berilgan jadval va topshiriqlar bevosita va bilvosita o‘qituvchilar ishtirokini talab qiladi.
Mahalliy hokimliklar tomonidan ta’lim muassasalari rahbarlari yoki o‘qituvchilarning har qanday majburiy mehnatga, turli yig‘ilishlarga, tadbirlarga zalni ‘to‘ldirish’ uchun ‘tomoshabin’ sifatida jalb etilishi taqiqlanadi”, deyiladi uchinchi bandda.
Tumanlarda bir an’ana urf bo‘lgan: Toshkentdan biron qo‘shiqchi kelsa, majburan chipta sotiladi, ya’ni maktablarga qanchadandir bo‘lib beriladi. Mana shunday xushyoqmas “konsert”lar yo‘qotiladi, degan umiddamiz. Lekin bu bilan tumanlarda konsert dasturlari qo‘yilasin, demoqchimasman. Marhamat, kim xohlasa o‘tkazaversin, faqat bozor iqtisodiyoti — kim xohasa olaversin chiptani, faqat endi chiptalarni maktablarda ”markazlashtirilgan holda tashkil etish” yo‘q.
4-bandda endi O‘zbekiston Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlaridan tashqari mahalliy hokimliklar va tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan hasharlariga pedagoglarni jalb qilish qat’iyan taqiqlanmoqda.
Yaqin yillar ichida, afsuski, mahalliy hokimliklarning “hashar”lari ko‘paygani haqiqat. Viloyat hokimi qarori bilan, tuman hokimi qarori bilan bir kunlik ish haqimizni olib qolishlariga ko‘nikkan edik. Hatto qaysidir oyda 2 kunlik ish haqi ham ushlangan bunday hasharlarga. Uzoqqa bormaylik, futbol klubi o‘yinchilarining oyligini to‘lashni ham o‘qituvchilarga yuklagan hokimlar uchrayotganligi aqlga sig‘maydigan holat aslida. Afsuski, bu ishlar real hayotda bo‘lib o‘tdi.
Keyingi bandda mahalliy hokimliklar, hududiy boshqarmalar tomonidan har xil gazeta va jurnallarga majburiy obuna va kommunal to‘lovlarni va boshqa noqonuniy to‘lovlarni oylik ish haqidan majburiy olib qolinishi taqiqlandi.
Joriy o‘quv yilida ham harchand gapirilmasin, ish haqidan “o‘z arizasiga ko‘ra” gazeta va jurnallarga majburiy obuna tashkil etagan mahalliy rahbarlar uchrab turibdi. Masalan, Bekobod tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri shu tufayli o‘z lavozimidan ozod qilindi. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazgan so‘rovnomamizda ham o‘qituvchilarning ko‘pchiligi bu yil ham rahbariyatlari tomonidan majburiy obunaga majburlanganini bildirdi. Gazeta va jurnalarni o‘qishsin, lekin majburiy, o‘zi istamagan gazeta yoki jurnalga emas, o‘z xohishi bilan, uyida obuna bo‘lgan nashrni o‘qisin. Bunda rahbariyatning “tavsiya”si shart emas.
Topshiriqning so‘ngrog‘ida hozirda butun o‘qituvchilar “vaqtinchalik” jurnalga yozib kelayotgan 2 choraklik mavzu hamda baholarni yangi jurnallar kelsa, unga avvalgi yillardek o‘tkazish haqida boshi qotib turgan savolga javob berilgan: “vaqtinchalik” jurnal yangi jurnalga ko‘chirilmaydi, o‘sha hozirgi jurnal ham tan olinadi, yangi jurnal esa berilgan vaqtdan boshlab yuritilib boriladi. Demak, tushunarliki, “vaqtinchalik” jurnal bu yil vaqtincha bo‘lmadi, doimiy jurnal qatorida o‘tadi. Darvoqe, bu yil doimiy jurnal nega bunchalar kechikkanining sababiga tushunolmadim. Butun boshli vazirlikka jurnal chiqarish qiyin emas va bu asosiy ishlardan biri deb bilaman, buni keyingi o‘quv yilida e’tiborga olishadi, deb umid qilaman.

Download 207,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish