Iqtisodiy va Turizm geografiyasi
Mavzu: Ózbekiston tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish - Mavzu: Ózbekiston tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish
Reja: - 1.Tabiiy resurslar turlari va ulardan foydalanish.
- 2.Tabiiy zaxiralari
- 3.Tabiiy resurslardan foydalanishda yuzaga keladigan muommolar
Tabiiy resurslar turlari va ulardan foydalanish.
Tabiiy jismlar va energiya turlariga resurs (manba) lar deyiladi. Resurs so’zi fransuzcha bo’lib “Yashash vositasi” degan ma’noni anglatadi. Tabiiy resurslar insonlarning yashashi uchun zarur bo’lgan asosiy manbadir.
Tabiiy resurslar quyidagi turlarga bo’linadi: Tabiiy resurslar quyidagi turlarga bo’linadi: qazilma boyliklar; suv va havo resurslari; tuproq resurslari; o’simlik resurslari; fauna (biror joy mamlakat yoki geologik davrga oid bo’lgan hamma hayvonlar) resurslari; atom resurslari; biosfera resurslari;
Foydali qazilma nima?
Yer ostida va uning yuzidagi tog’larda tabiy gaz, neft, ko’mir, oltin, kumush, mis, aluminiy, temir, osh tuzi, marmar, granit, qum kabi tabiiy boyliklar bor, Bunday boylikdan odamlar foydalanadi. Shuning uchun ular foydali qazilmalar deyiladi.
Foydali qazilma to’plangan joy kon deb ataladi. Konlarni qidirib topish ishlari bilan geologlar shug’ullanadi.
Konlar xaritadan shartli belgilar bilan ko’rsatiladi. Har bir belgi shu joyda qanday foydali qazilma borligini bildiradi.
Foydalanish darajasiga qarab tabiiy resurslar: - Foydalanish darajasiga qarab tabiiy resurslar:
a) tugaydigan b) tugamaydiganlarga bo’linadi. Tugaydilan resurslar. Bular o’z navbatida qayta tiklanmaydigan va qayta tiklanadigan resurslarga bo’linadi. Qazilma boyliklar qayta tiklanmaydigan resurslar hisoblanadi. Ulardan foydalanish natijasida miqdori va sifati kamaya boradi. Tabiiy resurslardan foydalanishda quyidagilarga qat’iy amal qilish lozim: Tabiiy resurslardan foydalanishda quyidagilarga qat’iy amal qilish lozim: 1) oydalanish lozim bo’lgan mavjud tabiiy resurslarning miqdori va sifatini aniqlash; 2) ishlab chiqarishning xom ashyo bazasini reja asosida kengaytirish; 3) tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish va tiklashda fan va texnika yutuqlariga tayangan holda ish tutish; 4) tabiiy resurslardan foydalanishda texnikani takomillashtirishga va aholining dunyoqarashini shakllantirishga alohida e’tibor berish.
Õzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
55-modda.
Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Отахонов С.
Do'stlaringiz bilan baham: |