Maxsus, kasb-hunar


Gorelkalarning texnik tavsifi



Download 5,34 Mb.
bet27/39
Sana05.09.2022
Hajmi5,34 Mb.
#848193
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
Bog'liq
19809-elektr-gaz-payvandlash-ishlari-asoslari

Gorelkalarning texnik tavsifi



Turi

¹

Payvandla- nayotgan material- ning qalinligi, mm

Gaz sarfi: 1·10–3

Bosim, kÏa

Kislo- rod

Aseti- len

Kislo- rod

Aseti- len

ÃÑ-2

0

0,25—0,6

0,0178

0,0165

50—400







1
2

0,5—1,5
1—2,5

0,037
0,072

0,033
0,064

100—400
159—400

1




3

2,5—4

0,123

0,11

200—400




ÃÑ-3

1

0,5—1,5

0,0153

0,034

100—400







2

1—2,5

0,036

0,065

150—400







3

2,5—4

0.066

0,11

200—400







4

4—7

0,123

0,21

200—400

1




5

7—10

0,22

0,29

200—400




6

10—17

0,33

0,45

200—400

7

7—30

0,52

0,78

200—400

Asetilengeneratorikalsiykarbidinisuvbilano‘zaro ta’sirlashuvidan asetilen olish uchun mo‘ljallangan. Generator past bosimli (0,02 MPa gacha) va o‘rta bosimli (0,02—15 MPa gacha); qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas bo‘ladi. Qo‘zg‘aluvchan generatorlar-
ning unumdorligi — 1,25 va 3 m3/soat, qo‘zg‘almas generatorlarda — 5, 10, 20, 40, 80, 160, 320 va 640 m3/soat.
Qo‘zg‘aluvchan ACM-1,25-3 generatori keng tarqalgan bo‘lib (64-rasm), uning unumdorligi — 1,25 m3/soat, maksimal bosimi — 0,15 MPa, „suvni siqib chiqarish“ sxemasida ishlaydi. Bu generator- ning umumiy ko‘rinishi 64a-rasmda va uning sxe- masi 64b-rasmda berilgan. Generatorning asosi 1 to‘siq 13 bilan ikkiga ajratilgan: yuqorigisi — gaz hosil bo‘luvchi 5, pastkisi — yuvgich 2. Gaz hosil bo‘luvchi kamera 5 ga kamera 7 biriktirilgan bo‘lib, uning yuqorisidan karbid solingan sim to‘r 8 ni shax- ta 6 ga tushadigan qilib bo‘yin qilingan. Sim to‘r 8 qopqoq 9 ga o‘rnatiladi, qopqoq esa bo‘yinga vint 10 bilan richag 11 yordamida mahkamlanadi. Suv- ni generatorga shaxta 6 orqali quyiladi. Sim to‘r 8 ga karbidni solib shaxta 6 ga tushiriladi va qopqoq 9


a)
15



7

gorel-

7




kaga

6







5

4






4

3
1

14

3







2







1



64-rasm. АСМ-1,25-3 generator sxemasi
ni zichlab berkitiladi. Bunda kalsiy karbidi suv bilan o‘zaro ta’sirlashib, asetilen ajralib chiqa boshlaydi va quvur 12 orqali yuvgich 2 ga o‘tadi. Unda asetilen soviydi va klapan 4 orqali shlang 3 dan suv zatvori 14 ga boradi, undan payvandlash gorelkasi yoki qir- quvchi moslamaga beriladi. Suv zatvori 14 gaz kis- lorod alangasidan qaytish zarbi (alanga gorelka ichi- dan generatorga qarab yuradi) bo‘lganda, generatorni portlashdan saqlaydi. Qurilmada generator bosimini ko‘rsatib turuvchi manometr 15 bor. Generatorga bir martada 2,2 kg kalsiy karbidini solish mumkin.
Bu generator asosida qo‘zg‘aluvchan AСВ-1,25 generatori ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosiy far- qi shundaki, bir martada kalsiy karbidini 3 kg gacha solishga moslangandir. 1 kg kalsiy karbididan uning saralanishi va donadorligiga qarab 235—280 l ase- tilen olinadi. Shuni hisobga olish kerakki, mayda va kukunsimon kalsiy karbididan foydalanish taqiqlana- di, chunki ularni ishlatilganda portlash xavfi paydo bo‘ladi. 1 kg kalsiy karbidining o‘zaro ta’sirlashuvi uchun 0,56 l suv ketadi. Amalda 7—20 l suv solina- di, bu asetilenning yaxshi sovishiga va generatorning xavfsiz ishlashiga yordam beradi.
    1. Gaz alangasida payvandlash


Bu usul payvandlanadigan va qo‘shimcha me- tallarni yuqori haroratli gaz-kislorod alangasida eri- tishga asoslangan. Kislorodda yonishi uchun yonilg‘i sifatida asetilen, vodorod, propan-butan aralashmasi, kerosin, benzin bug‘lari, tabiiy yorituvchi gazlar, neft, koks gazlari va boshqa gazlar ishlatiladi (65-rasm).



65-rasm. Gaz alangasida payvandlash jarayoni
Payvand birikmalarining sifati payvandlash reji- mi va texnologiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Qo‘lda pay- vandlashda gorelkadan chiqqan alangani payvandla- nayotgan joyga shunday yo‘naltiriladiki, ular yadro uchidan 2—6 mm masofadagi tiklash zonasida joy- lashsin. Qo‘shimcha material (sim) uchini tiklash zo- nasida yoki payvandlash vannasida tutib turiladi.
Gorelkaning holati, ya’ni payvandlanayotgan yu- zaga nisbatan mushtukning qiyalik burchagini birikti- rilayotgan material qalinligiga va metallning issiqlik o‘tkazuvchanligiga qarab tanlab olinadi. Agar metall qalin va issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lsa, bor- gan sari mushtukning qiyaligi shuncha ortib borave- radi (66-rasm). Dastlab metallni tez va yaxshilab qiz- dirib olish uchun qiyalik burchagini kattaroq olinadi, so‘ngra normal holiga qaytariladi va payvandlash oxirida qiyalikni kamaytiriladi.
Bunda krater yaxshi to‘ladi va metall kuyishi- ning oldi olinadi.
Gazda payvandlashning ikkita asosiy usuli bor: o‘ngga va chapga payvandlash (67-rasm). O‘ngga
 = 80°, S   mm
 = 70°, S  12¾15 mm
 = 60°, S  10¾12 mm
 = 50°, S  7¾10 mm
 = 40°, S 5¾7 mm
 = 30°, S  3¾5 mm
 = 20°, S  1¾3 mm


 = 10°, S 1 mm


66-rasm. Mushtuk qiyalik burchagini tanlash

payvandlashda (67a-rasm) jarayon chapdan o‘ngga qarab olib boriladi. Bunda gorelka 4 qo‘shimcha chi- viq 2 dan oldin siljib, alanga 3 chok 1 hosil qilishga yo‘naltiriladi. Bu bilan payvand vannasi havo ta’siridan himoyalanadi va chok tez sovib qolmaydi. Bu usul- da yuqori sifatli chok olinadi. Chapga payvandlashda (67b-rasm) jarayon o‘ngdan chapga qarab olib borila- di. Unda gorelka chiviq simdan orqada siljiydi. Bun- da qo’shimcha chiviq va gorelka harakati quyidagicha bo’ladi: o’ngga payvandlashda 67d-rasmdagi kabi; chapga payvandlashda 67e-rasmdagi kabi. Alanga esa payvandlanmagan yuzani qizdirib, payvandlash- ga tayyorlaydi. O‘ngga payvandlash usuli 5 mm dan qalin detallarni payvandlashda qo‘llaniladi. Bunda alanga payvandlanayotgan qirralar bilan ikki tomon- dan to‘siladi, orqadan esa erigan metall bilan to‘silib, issiqlikning tarqalib ketishidan saqlaydi va undan unumli foydalanish imkonini beradi. Chapga payvand- lashda chokning ko‘rinishini payvandchi ko‘rib turga- ni uchun yaxshi chiqadi, uning eni va bo‘yini ham bir




1
a b
d e
67-rasm. Gazda payvandlash usullari
xilda olish mumkin. Shuning uchun bu usulda yupqa materiallarni payvandlash yaxshi natija beradi.
Payvandlash usulini tanlashda fazoviy holati- ga ham qaraladi. Pastki holatda payvandlashda me- tall qalinligiga qarab kerakli usul tanlanadi. Vertikal choklarni payvandlashda pastdan yuqoriga qarab ba- jariladi (68a-rasm). Gorizontal chokni payvandlash- da chapga payvandlash usuli qo‘llaniladi (68b-rasm), alanga esa payvandlangan chok tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Bunda erigan metall-
ning oqib ketishining oldini olish uchun payvand van- nasi biroz qiyalatib turiladi.

Ship choklarini payvandlash o‘ngga payvandlash usu- li bilan amalga oshiriladi (68d-rasm).
a) b)


d)

  1. rasm. Payvandlash usulini tanlash


a b d
e f g

    1. rasm. Payvand choklarni fazoviy holatiga qarab olish usullari.

      1. vertikal chok, yuqoridan pastga – o’ng usuli;

b)-d) vertikal chok, pastdan-yuqoriga –chap va o’ng usullari;
e) vertikal yuzadagi gorizontal chok, o’ng usuli; f)-g) ship choklari, chap va o’ng usullari.
Payvand choklarni fazoviy holatiga qarab olish
usullari 69-rasmda berilgan.
2 mm qalinlikkacha bo’lgan metallarni verti- cal chok qilib payvandlashda, yuqoridan pastga qa- rab - o’ng usulida yoki pastdan yuqoriga qilib chap va o’ng usullarida payvandlashni qo’llanilsa yaxshi chok olinadi (69-rasm). Gorizontal yuzalarda verti- cal chok qilib payvandlashda, o’ng usuldan foyda-
lanish maqbuldir. Bunda gaz gorelkasining alangasi payvand chok tomonga yo’naladi, qo’shimch achiviq payvandlash vannasining yuqori qismidan burchak ostida yo’naltiriladi.
Ship choklarini olishda o’ng usulini qo’llash maqbuldir. Chunki bunda gaz akangasi chok tomon- ga yo’nalgan bo’lib, erigan metallning oqishini oldi olinadi.
Payvandlash jarayonida gorelka munshtugi va qo‘shimcha sim bir vaqtda ikkita harakatni bajaradi: payvand choki bo‘ylab va payvand chokka ko‘ndalang holatda tebranib harakatlanadi. Yaxshi mexanik xos- sali payvand chokni olish uchun payvandlash qirra- larini tayyorlash, gorelka quvvatini to‘g‘ri tanlash, alangani rostlash, qo‘shimcha materialni tanlash, go- relka holatini o‘rnatish va siljish yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash kerak. Qirralarni payvandlashga tayyorlash uchun uni har bir tomonidan 20—30 mm kenglikda har xil iflosliklardan tozalanadi. Buning uchun gorel- ka alangasidan ham foydalanish mumkin: chok sirti- ni kuydirilib, metall cho‘tka bilan, zarur bo‘lsa, har xil kislotalar yordamida tozalanadi.
Gazda payvandlashda birikma turlari payvand- lanayotgan detallarning o‘zaro joylashishiga bog‘liq bo‘ladi. Ulardan uchma-uch qilib payvandlash keng qo‘llaniladigan turidir. 2 mm qalinlikkacha bo‘lgan metallarning qirralarini bukib, uchma-uch qilib qo‘shimcha materialsiz (70a-rasm) yoki uchma-uch qilib, qirralarni qirqmay va tirqishsiz qo‘shimcha material bilan (70b-rasm) payvandlanadi. 2—5 mm
70  90°



a) b)
d)
70  90°


e)




f) g) h)

    1. rasm. Payvand birikmalarining qirralarini tayyorlash

qalinlikdagi metallarning qirralarini qirqmay, tir- qishli qilib payvandlanadi (70d-rasm). 5 mm dan qalin bo‘lgan metallarning qirralarini V simon yoki X-simon qilib olinadi (70e-rasm).
Burchakli birikmalar kichik qalinlikdagi metal- larni biriktirishda qo‘llaniladi. Bunday birikmalar qo‘shimcha materialsiz qirralarning erishi hisobiga payvandlanadi (70f-rasm). Ustma-ust (70g-rasm) va tavrli (70h-rasm) birikmalar 3 mm dan kichik qalinlik- dagi metallarni biriktirishda qo‘llaniladi, chunki qalin materiallarda notekis qizish natijasida ichki kuchlanish hosil bo‘lib, detalning deformatsiyalanishiga, choklar- da yoriqlar hosil bo‘lishiga olib keladi.
Gazda payvandlash rejimi payvandlanayotgan metall turiga, uning qalinligi va mahsulot turiga qa- rab tanlanadi. Unga ko‘ra alanga quvvati, alanga turi, qo‘shimcha material (sim) markasi va diametri, payvandlash texnikasi aniqlanadi. Choklar bir yoki ko‘p qatlamli qilib olinadi. 6—8 mm qalinlikdagi metallarni payvandlashda bir qatlamli, 10 mm gacha bo‘lsa ikki qatlamli, 10 mm dan yuqori bo‘lsa uch va

undan ortiq qatlamli chok bilan payvandlanadi. Ko‘p qatlamli choklarni payvandlashda birikma sifati yax- shi bo‘ladi, lekin ish unumi kam bo‘ladi. Kam ugle- rodli po‘latlar gazda payvandlanganda oson birikadi. Payvandlash ishi normal alangada amalga oshiriladi. Kam uglerodli po‘latlarni payvandlashda qo‘shimcha material sifatida kam legirlangan simlardan foydala- niladi. Masalan, Св-08ГA, Св-10Г2, Св-08ГС, Св- 08Г2С kabi kremniy marganesli va marganesli sim- larda payvandlash yaxshi natija beradi. Alanganing solishtirma quvvati 100—150 l/soat • mm.
O‘rta uglerodli po‘latlar gazda payvandlashda qoniqarli birikadi. Biroq choklarda va termik ta’sir et- gan zonalarda toblangan strukturalar va yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin. Bunda alangani uglerodni kamroq kuydiradi-gan holatda ushlanadi, agar kislorod biroz ortsa ham anchagina uglerod yonishi mumkin. Shu- ning uchun alanganing solishtirma quvvati 80—100 l/soat • mm bo‘lishi kerak. Unda chapga payvandlash usulini qo‘llash ma’quldir. Metallning qalinligi 3 mm dan ortiq bo‘lsa, detalni 250—300°C gacha yoki payvand chokning o‘zini 650—700°C ga qizdirib olish kerak. Qo‘shimcha material sifatida kam ugle- rodli po‘latni payvandlashda qo‘llanilgan yuqorida ko‘rsatilgan sim markalari bilan birga Св-12ГС mar- kali sim ham qo‘llanadi. Qo‘shimcha material (sim) diametri d ni 15 mm li qalinlikkacha bo‘lgan metal- larni payvandlashda quyidagi formuladan aniqlana- di: d = (S/2) + 1, bu yerda S—payvandlanayotgan materialning qalinligi, mm. O‘ngga payvandlashda
sim diametri payvandlanayotgan metall qalinligining yarmiga teng qilib olinadi. 15 mm dan qalin me- tallarni payvandlashda diametri 6—8 mm li simlar qo‘llaniladi.

    1. Download 5,34 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish