Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf


Ekologiyaning bo’limlari. Odum bo’yicha biospektr



Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/73
Sana24.11.2022
Hajmi1,28 Mb.
#872192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
74dde894cdac27379235515a0a61cadd Ecologiya-Maruza-matni 2007 Охирги Latin

Ekologiyaning bo’limlari. Odum bo’yicha biospektr.
Populyatsiyalar, turlar, biotsenoz, biogeotsenoz, 
biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham ekologiya 4 ta bo’limga 
bo’lib o’rganiladi: 
Autekologiya
- «autos» - yunoncha so’z bo’lib «o’zi» degan manoni beradi. 
Autekologiya 
– ayrim
turlarning o’zlari yashab turgan muhit bilan o’zaro munosabatlarini, ularning qanday muhitga ko’proq va uzviy 
moslashganini o’rganadi. 
Populyatsiyalar ekologiyasi
 - 
«populyason» - frantsuzcha so’z bo’lib, «aholi» degan manoni 
beradi. Populyatsiyalar tuzilmasi, dinamikasi, malum sharoitlarda turli organizmlar sonining 
o’zgarish sabablarini tekshiradi. 
Sinekologiya
 - 
«sin» degani yunoncha so’z bo’lib, «birgalikda» degan manoni beradi. 
Sinekologiya - biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o’simlik va hayvon turlarining o’zaro 
aloqalarini hamda ularning tashqi muhit bilan bo’ladigan munosabatlarini o’rganadi. 
Ekotizimlarni tadqiq qilishning rivojlanishi Ekologiyaning yangi bir bo’limini, yani 
biosfera (yunoncha «bios»-hayot; «sfera» - shar) haqidagi talimotni vujudga keltirdi.
Bu talimot asoschisi V.I.Vernadskiy hisoblanadi. (1863 – 1945 yy). Organizmlar tarqalgan kobiq -biosferadir. 
Hozirgi zamon ekologiyasining mazmunini quyidagi biologik spektr tuzilishida yozsa bo’ladi. (Yu.Odum, 
1986). 
Gen —> hujayra —* to’qima —> organ —* [organizm —» populyatsiya —>• jamoa —> + abiotik muhit = 
Ekotizim]. 
Organizmlarni o’rab turuvchi va u bilan doimiy munosabatda bo’ladigan tabiatning bir qismi - xayot 
muhiti deb ataladi. Er yuzida organizmlar 4 ta hayot muxitida tarkalganlar. Bular - suv, havo, tuproq, 
organizmning o’zi. 
Hayot muhitining organizmlarning yashash faoliyatiga tasir ko’rsatadigan elementlari yoki xususiyatlari 
- muhit omillari yoki ekologii omillar deb ataladi. 
Ekologik omillar jonsiz (abiotik), biotik - jonli tabiat omillari va inson (antropogen) omillar guruxiga 
ajratiladi. Ekologik omillar aloxida mavzuda qarab chikiladi. 
Ekologik omillar barcha organizmlar va insonning hayotiga turli darajada tasir qiladi. (Organizmlarning 
ekologik omillar tasiriga moslashishi yoki tashki muhit sharoitlariga moslashuvi - adaptatsiya deyiladi. 
Ekologik omillar tasiriga chidamli va er yuzida keng tarqalgan organizmlar - zvribiontlar: omillar tasiriga 
chidamsiz va tarqalish doirasi tor organizmlarga esa - stenobiontlar deb ataladi. «Evros» - keng, «stenos» - tor 
degan manoni beradi. 
Biz yuqorida populyatsiya xaqida gapirdik. Tabiatda faqat populyatsiyalar o’zini son jixatdan boshqara 
oladilar. 
Tug’ilish va o’lish orasidagi muvofiqlik populyatsiya sonining boshqarilishi deyiladi. 
Populyatsiyadagi organizmlar soni omillar tasirida o’zgarib turadi. Uning sonining kamayishiga - 
o’limning ko’payishi va hosildorlikning kamayishi tasir kiladi. 
Boshkarishning yana bir shakli - populyatsiyada zichlikning oshishi bilan kuzatiladi. Zichlik meyordan 
ko’payib ketsa, ovqat etishmasa populyatsiyada o’z - o’zini boshqarish va shu orqali populyatsiyalarni 
boshqarish ro’y beradi. Masalan: Baliq, kalamushlarda populyatsiya zichligi malum darajaga etganda, 
ularning serpushtligi pasayib ketadi. Bu ovqat etishmasligi natijasida bo’ladi. Gormonal o’zgarishlar 
kuzatiladi (bola tug’ish kamayadi) bu esa jinsiy xulq - atvoriga tasir qiladi va naslsizlikga olib keladi, 
bola tashlashga, ota - ona tomonidan bolalarning eyilishiga, bosqinchilik oshishiga olib keladi.
Populyatsiya zichligi oshishi bilan hayvonlarning tuxum qo’yishi kamayadi, o’simliklarda urug’ hosil 
bulishi pasayadi. Joy etishmasligi bilan migratsiya boshlanadi. Bir xil populyatsiyalar tug’ilish orqali 
boshqarilsa, boshqalari o’lish orqali boshqariladi. Demak, populyatsiya -boshqarish vositasi hisoblanadi. 
Populyatsiyaning son jihatdan bir meyorda saqlanib turilishi – gomeostaz deyiladi, yunoncha «gomeo» 
- o’xshash, statis - holat demakdir. Ekologiyada asosiy tushunchalardan biri ekologik tizim tushunchasidir. 
Tirik organizmlar jamoasi va ularning yashash muhitini o’z ichiga oladigan funktsional tizim ekologik tizim 
deyiladi. 
Tabiiy va suniy ekotizimlar mavjuddir. Shahar, akvarium, tuvakdagi gul, kosmik kema suniy 
ekotizimlarga misol bo’la oladi. Agar tashqi tasir natijasida muvozanat buzilsa, ekotizim o’z - o’zini tiklashi 
mumkin. Insonlarning tabiatga tasiri ekotizimlarning o’z - o’zini tiklash imkoniyatlaridan oshmasligi kerak. 
Ekotizimdagi organizmlarning alohida to’plami biotsenoz deb ataladi. Biotsenoz - lotincha «bios» - 
hayot, «tsenoz» - umumiy degan manoni anglatadi. Demak, muayyan sharoitda kuruklikdagi yoki suv 


7
havzalaridagi birga yashaydigan o’simlik, hayvon, zamburug’, mikroorganizmlarning yig’iidisi 
tushuniladi. Bu atama 1877 yili nemis biologi K. Mebius tomonidan fanga kiritilgan. 
Biotop - biotsenozning yashash muhitidir yoki aytishimiz mumkin: biotsenoz egallab turgan muhit - 
biotopdir. Bu lotincha so’z bo’lib «bios» - xaet, «topos» - yashash joyi demakdir. 
Biotsenoz va biotop birgalikda biogeotsenozni tashkil etadi. 
Biogeotsenoz - «bios» - xayot; «geo» - er; «tsenoz» - umumiy tushunchasini rus botanik olimi
akademik V.N.Sukachev taklif etgan. Muayyan tuproq sharoitida o’simliklar, hayvonlar, zamburug’lar 
va ayrim sodda hayvonlardan tashkil topgan mikroorganizmlarning birgalikda yashashi biogeotsenozdir. 
Ko’pincha ekotizim va biogeotsenoz tushunchalari bir - birining sinonimi sifatida qo’llaniladi va 
deyarli bir xil manoni bildiradi, ammo bazi bir tomonlari bilan ular farklanadilar. 
Ekotizimdagi organizmlar oziqa zanjiri orqali o’zaro bog’langan. Oziqa zanjiri evolyutsiya jarayonida 
tashkil topgan. 
Tabiatda xayot uchun zarur bo’lgan moddalar to’xtovsiz ravishda aylanib turadi. Avtotrof organizmlar 
atrof muhitdan kimyoviy moddalarni o’zlashtiradi, bu moddalar geterotroflar orqali qaytadan atrof muhitga 
qaytadi. Bu jarayon juda murakkab shakllarda boradi. Oziqa zanjirida birinchi bo’g’indan keyingilarga qarab 
biomassa kamayib boradi. «O’simlik - hashorat -baqa - ilon - kalxat» mana shu oziqa zanjirida birinchi 
bo’g’indan keyingilariga qarab biomassa kamayib boradi. Oziqa zanjiri murakkab va ko’p bo’g’inli bo’ladi. 
Bunda albatta yashil o’simliklar (xosil qiluvchilar) produtsentlar; hayvonlar (organik moldalarni istemol 
qiluvchilar) konsumentlar; bakteriyalar (organik qoldiklarni parchalovchilar) redutsentlar ishtirok etadilar. 
Agar ozuqa zanjirining boshlanishi sifatida yashil o’simlik xisoblansa bu sarflanish zanjiri deyilali. 
Masalan: o’simlik - kiyik - bo’ri istemol qilganda. 
Agarda ozuqa zanjiri o’simlik qoldiqlari, hayvon jasadi yoki chiqindilaridan boshlansa, bunga detrid, 
yani parchalanish zanjiri deyiladi. Masalan: hayvon jasadi - pashsha - baqa - ilon. Shunday qilib, uzoq 
evolyutsiya jarayonida bir - biriga bog’liq turlardan barqaror oziqa zanjirlar paydo bo’ladi, bular 
boshlang’ich ozuqa moddalardan energiya va moddalarni birin -ketin olib tabiatda moddalarning doimiy 
xarakatini taminlaydi. Organizmlar quyosh energiyasini kimyoviy, mexanik va issiklik energiyalariga 
aylantiradi. Bunda boradigan barcha o’zgarishlar energiyani yo’qotish bilan bog’liq bo’lib, u pirovardida 
issiqlikga aylanib tarqalib ketadi. 

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish