«Mintakaviy iktisodiyot va buxgalteriya xisobi» kafedrasi «Yashil iqtisodiyot» fanidan


Dunyo mamlakatlarida energiya sig’imkorligi va atmosferaga issiqxona gadarini chiqarish, 2019 y.223



Download 1,2 Mb.
bet47/62
Sana29.04.2022
Hajmi1,2 Mb.
#594424
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   62
Bog'liq
Яшил ИқтисодиётУМК

Dunyo mamlakatlarida energiya sig’imkorligi va atmosferaga issiqxona gadarini chiqarish, 2019 y.223

Mamlakatlar

Energiya sig'imkorligi *

Mamlakat

C02 intensivligi, SOz/doll.**

Ukraina

0,232

JAR

0,594

Rossiya

0,210

Qozog‘iston

0,527

Venesuela

0,205

Tayvan

0,483

Tayvan

0,189

Rossiya

0,473

JÀR

0.180

IJkraina

0,462

Eron

0,179

Venesuela

0,459

Qozog‘iston

0,176

Eron

0,443

Kanada

0,171

Xitoy

0,379

O‘zbekiston

0,152

O‘zbekiston

0,372

Nigeriya

0,148

Kanada

0,330

Energiya sig'imkorlik ko'rsalkichi birlamchi energiya iste molining doimiy narxlarda va valyutaning xarid qobiliyali pariteti bo ‘yicha hisoblangan YalM miqdoriga nisbati sifatida aniqlanadi. Bu ko'rsatkich bir birlik YalM ishlab chiqarish uchun zarur energiya miqdorini aniqlash imkonini beradi.
**Ulgcrod sig imkorligi ko'rsalkichi issiqxona gazlari emissiyasining YalMga nisbati sifatida aniqlanadi.

9.3.1 Rossiya. Rossiyaning “yashil iqtisodiyof’ga o‘tish istiqbollarini aksariyat mutaxassislar pessimistik ruhda baholashadi. Warning fikricha, mamlakalda deyarli tugamaydigan qazilma boyliklar, jumladan, neft va tabiiy gaz zahiralarining mavjudligi ekologik xavfsiz muqobi! energiya bilan bog'liq ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlami rivojlantirish zarurligi 10'g‘risidagi argumentlami qadrsiz qilib qo‘yadi. Shunga qaramasdan Rossiyaning “yashil iqtisodiyot” sohasidagi xalqaro kelishuvlarga bog‘liqligi amaldagi iqtisodiy tizimning ekologik vaziyatga ta’sirini baholash bo‘yicha talab etiladigan minimal choralami amalga oshirishini taqozo etadi.Yevropa XXI asming o’rtalariga borib issiqxona gazlari emissiyasini to‘xtatishga harakat qilayotgan bir paytda Rossiya ko'mir qazib chiqarish hajmini 2035 yilga qadar 485-685 mln. tonnagacha oshirish, yangi shaxtalar va ko‘mimi qayta ishlash bo‘yicha texnologik ishlanmalarga 2,5-3,5 trln. rubl sarflashni rejalashtirmoqda. Nemis tadqiqotchisi Ralf Fyuks fikricha, Rossiya iqtisodiyotining xom ashyoga yo'naltirilganligida jiddiy muammo mavjud: “Rossiyaning qazib chiqariladigan yoqilg‘idan voz kechishi juda qiyin. Bu esa Rossiya va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarga rahna solishi mumkin. Jumladan, hozirda Germaniya uglevodorodlaming yirik importyoriga aylandi. Germaniya zamonaviy yoqilg'i turlariga o'tadigan bo'lsa, bu sohada muqarrar ziddiyatlar yuzaga keladi. Germaniyaning rejalari tufayli Rossiyaning gaz va neft eksporti bo‘yicha imkoniyatlariga zarar yetadi. Rossiya iqtisodiy rivojlanish modelining kelajagi qanday? Bu Rossiya uchun yaqin 20-30 yildagi jiddiy sinov bo'ladi”224.
Rossiyada an’anaviy energeresurslaming katta qismi xorijga eksport qilinadi va iqtisodiyotning foyda normasi yuqori tarmoqlaridan hisoblanadi. Rossiya moliya vazirligining ma’lumotlariga ko'ra, 2019 yilda konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlarining 39,3%i neft-gaz majmuasi hisobidan shakllangan225. Bu hoi mamlakatda “yashil iqtisodiyof’ga o'tish jarayonidagi salbiy omillardan biri hisoblanadi.
Ayrim tadqiqotchilar Rossiyaning “yashil iqtisodiyof’ga o'tish davlat siyosatining asoslari barqaror rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish bo'yicha xalqaro majburiyatlar, xususan, Monreal va Kioto protokollariga muvofiq shakllangan. Ushbu siyosat tabiiy resurslar va umuman tabiiy boylikning qadr-qimmatini yanada oshirdi, deb hisoblashadi226.
Rossiyada ekologiya sohasiga oid qonunchilikni faol rivojlantirishni “yashil o‘sish”ni ta’minlashga qo'yilgan birinchi qadam deb baholash mumkin. Rossiya 2019 yilda Parij bitimini to'liq ratifikatsiya qildi. Mamlakatda issiqxona gazlari emissiyasini 2030 yilda 1990 yilga nisbatan o'rmonlaming mazkur gazlarni yutib yuborish imkoniyatlarini hisobga oigan holda 70-75%gacha qisqartirish rejasi qabul qilindi227. Shunga qaramasdan Rossiya biznes jamoatchiligi Parij kelishuvini amaliyotgajoriy qilish iqtisodiy o'sish sur’atlariga salbiy ta’sir ko'rsatadi, deb hisoblashadi.
Rossiyada 2050 yilgacha davrda past uglerodli iqtisodiyotga o‘tishning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi ishlab chiqilgan. Strategiya quyidagi ustuvor yo'nalishlar bo'yicha amalga oshiriladi:

  • issiqxona gazlari emissiyasini milliy darajada tartibga solish va Parij bitimida nazarda tutilgan mexanizm bilan muvofiqlashtirish;

  • issiqxona gazlari emissiyasi miqdorini monitoring qilishning milliy tizimini rivojlantirish va prognozlashtirish;

  • iqtisodiyot tarmoqlari, infratuzilma, uy-joy, sanoat binolari va inshootlarining energiya samaradorligini oshirish;

  • o'rmonlar. tuproq va boshqa tabiiy issiqxona gazlarini yutuvchilami saqlash va ko'paytirish;

  • issiqxona gazlarini chiqarish darajasi past texnologiyalar sohasida ladqiqot ishlarini olib borish.

Strategiya bazaviy va intensiv ssenariylarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bazaviy ssenariy iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish, o'rmonlarni to‘liq qayta tikiash, ulami muhofaza qilish maydonlarini kengayiirish va ommaviy kesib tashlashlami qisqartirishni nazarda tutadi. Bazaviy ssenariyga muvofiq Rossiya iqtisodiyotining uglerod sig'imkorligi 2030 yilda 2017 yilga nisbatan 9%ga, 2050 yilda esa 48%ga pasayishi zarur. Issiqxona gazlari emissiyasining maqsadli ko'rsatkichi 2030 yilda 1990 yil darajasining 2/3 qismini tashkil etishi lozim. Intensiv ssenariyga o'tish esa 2050 yillaming oxirigacha issiqxona gazlari emissiyasini nolga tenglashtirish imkonini beradi (9.3.1.1-jadval).

  1. jadval

Rossiyada issiqxona gazlari emissiyasini qisqartish ko‘rsatkichlari,
mln. tonna COj ekvivalentida




1990 y.

2017 y.

2030 y.

2050 y.

Bazaviy

3113.4

1577.8

2077,0
(67£

1993,0 (64)

Intensiv

(100)*

(51)

1996,0
(64)

1619,0 (52)

* qavs ichida 1990yilga nisbatan foiz hisobida

BP ma’lumotlariga ko’ra Rossiya iqtisodiyoti yuqori energiya sig'imkorligiga ega va yalpi ichki mahsulotning energiya sig‘imkorligi ko'rsatkichi oxirgi o‘n yilda o'zgarmasdan qolmoqda. Mamlakat 2019 yilda YalMning energiya va uglerod sig'imkoiiigi bo'yicha dunyoda 2- va 3- 0‘rinlami egallagan (9.3.1.1-rasm).



———COZ. mln. tonna

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish