15-mavzu.Moliyaviymuassasalar Davlat moliyaviy muassasalari. Nodavlat moliyaviy muassasalar. Markaziy banklar va ularning asosiy funksiyalari. Avtonomlilik. Markaziy banklar va to’lov tizimi. Ixtisoslashtirilgan moliyaviy vositachilar. Ularning o’ziga xos xususiyatlari va vazifalari. Mintaqaviy va butun dunyoviy moliyaviy tashkilotlar. Turli davlat hukumatlari moliyaviy siyosatini muvofiqlashtirishning zarurligi. Xalqaro hisob- kitoblar banki. Jahon banki. Xalqaro valyuta fondi.
16-mavzu.Davlatbyudjeti Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va ahamiyati. Davlat byudjetining vujudga kelish sabablari va rivojlanish tendensiyalari. Davlat byudjeti yordamida ifodalanadigan moliyaviy munosabatlar. Davlat byudjeti uchun xarakterli bo’lgan xususiyatlar. “Davlat byudjeti” tushunchasiga terminologik jihatdan qo’shiladigan boshqa tushunchalar. Mamlakatning yalpi ichki (milliy) mahsulotining davlat byudjeti orqali taqsimlanganda bosib o’tiladigan bosqichlar. Byudjet fondini shakllantirishda foydalaniladigan ikki tushuncha. Byudjet kategoriyalari. Davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni. Davlat byudjeti – mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi. Davlat byudjetining daromadlari. Byudjet daromadlarini shakllantirish jarayonining asosiy tamoyillari. Davlat byudjeti daromadlarining klassifikatsiya qilinish mezonlari. Davlat byudjeti xarajatlari. Davlat byudjeti xarajatlari yo’nalishlari.
17-mavzu. Davlat byudjeti tizimi va byudjet tuzilmasi
Davlat byudjeti tizimi. Davlat byudjeti tizimi printsiplari. Davlat byudjeti tizimini boshqarish. Davlat byudjeti tizimini boshqarish organlari. Davlat byudjeti
tuzilmasi. Davlat byudjeti tasnifi. Davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifi. Davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlari tasnifi. Davlat byudjeti defitsiti (taqchilligi)ni qoplash manbalari tasnifi.
18-mavzu. Byudjet jarayoni
Byudjet jarayoni to’g’risida tushuncha. Byudjet jarayoni bosqichlari: byudjet loyihasini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, byudjet ijrosini nazorat qilish, byudjet ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash. Byudjet jarayoni ishtirokchilari, ularning vakolatlari va vazifalari. Tasdiqlangan byudjetning byudjet mablag’larini oluvchilarga yetkazilishi. Byudjetni ijro etish, uning vazifalari, byudjet ijrosini ta’minlovchi organlar. Byudjet ijrosi yuzasidan hisobotlar tuzish, ularni ko’rib chiqish va tasdiqlash. Byudjet jarayoni bosqichlarini nazorat qilish, nazoratning asosiy vazifalari. Xorijiy davlatlarda byudjet jarayonini tashkil qilishning xususiyatlari. Xorijiy davlatlarda byudjet jarayoni: ishtirokchilari, ularning vakolatlari.
19-mavzu. Byudjetdan tashqari Davlat fondlari
Davlat maqsadli jamg’armalarining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Davlat maqsadli jamg’armalarining ta’rifi. Davlat maqsadli jamg’armalarining xususiyatlari. Davlat maqsadli jamg’armalarini tashkil etishning obyektiv zarurligi va shart-sharoitlari. Davlat maqsadli jamg’armalarini tashkil etishga ta’sir etuvchi asosiy omillar. Davlat maqsadli jamg’armalarini tashkil etish tartibi va ularni shakllantirish metodlari. Davlat maqsadli jamg’armalarining vazifalari.
20-mavzu. Ijtimoiy ta’minot
Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy asoslari va tamoyillari. Ijtimoiy ta’minotning ta’rifi. Ijtimoiy ta’minot bo’yicha xarajatlarning asosiy ko’rinishlari. Pensiyaning ko’rinishlari. Nafaqalarning asosiy ko’rinishlari. Ijtimoiy ta’minotning boshqa shakllari. “Ijtimoiy ta’minot” tushunchasining keng ma’noda talqini. “Ijtimoiy ta’minot” tushunchasini tor ma’noda tasavvur qilish. Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy manbalari. Ijtimoiy ta’minotni vujudga keltirishning (yaratishning, qurishning, tuzishning) tamoyillari tarkibi.
21-mavzu. Davlat krediti
Davlat kreditining mazmun-mohiyati va funksiyalari. Davlat kreditining subyektlar o’rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iborat ekanligi va unda davlatning qanday sifatlarda maydonga chiqishi. Davlat kreditida davlatning kafilga aylanishi. Davlat tomonidan kafolatning berilishi va markazlashtirilgan pul fondidagi o’zgarishlar. Kreditning bir turi sifatida davlat krediti klassik moliyaviy kategoriyalardan, xususan, soliqlardan farq qiluvchi
o’ziga xos jihatlari.
mavzu. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari
XYSlarni isloh qilish va ular moliyaviy xo’jaligini qayta qurishning zarurligi. XYSlarning faoliyatida sifat o’zgarishlarni amalga oshirish. XYSlarni moliyaviy isloh qilishning asosiy vazifalari. XYSlar, firmalar va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilishda kapitalizatsiya jarayoni. Sof foydani va aktivlarni kapitallashtirish. Kapitallashtirish jarayonining ishlab chiqarishga ilmiy yutuqlarning moddiylashganligini aks ettiruvchi ilg’or innovatsion ishlab chiqarish vositalari va texnologiyalariga qo’yiladigan shakldagi kapitalning intellektuallashtirishga asoslanishi kerakligi. Moliyaviy isloh qilish dasturida ko’zda tutiladigan vazifalar. Moliyaviy indikatorlarning o’zgarishini monitoring qilish orqali moliyaviy boshqaruvning yaxlit samarali tizimini shakllantirish shartlari.