«moliyaviy hisob»



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana16.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#376728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ishlab chiqarishga sarflangan xom-ashyo va materiallar tannarxini xisoblash usullari 6

Tovar-moddiy  zahiralar

  -  bu  xo‘jalik  yurituvchi  sub‘ektlarning  quyidagi 

shakldagi aktivlaridir: 

a)  ishlab  chiqarish  va  xizmat  ko‘rsatish  jarayonida  ishlatilishi  ko‘zda  tutilgan 

xomashyo,  materiallar,  sotib  olingan  yarim  tayyor  mahsulotlar  va  butlovchi 

buyumlar, yoqilg‘i, extiyot qismlar, boshqa materiallar; 

b)  tugallanmagan ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish; 

v)  xo‘jalik  yurituvchi  subektning  faoliyatida  sotish  uchun  mo‘ljallangan  tayyor 

mahsulot va tovarlar. 

Sotib  olingan  yarim  fabrikatlar-qayta  ishlashning  ma‘lum  boskichini  utgan, 

lekin tayyor maxsulot xolatiga etmagan xom-ashyo va materiallardir. Maxsulot ishlab 



 

chikraish  jarayonida  ular  ham  asosiy  materiallar  rolini  bajaradi  va  ularning  moddiy 



asosini tashkil qiladi.  

Ishlab  chiqarishdan  qaytarilgan  chikindilar-tayyor  maxsulot  ishlab  chiqarish 

jarayoniga  sarflangan  xom-ashyo  va  materiallar,  yarim  fabrikatlar  qayta  ishlash 

jarayonidagi qoldiqlari. 

yokilgilarni  uchga  bulish  mumkin,-texnologik  yokilgilar,  dvigatel  va  xujalik 

yokilgilari.  Texnologik  yokilgilar  texnologik  maqsadlar  uchun  foydalaniladi. 

Dvigatel  yokilgilari  esa  dvigatelni  yurgizish  uchun  ishlatiladi.  Xujalik  yokilgilari 

isitish uchun foydalaniladi.  

Tara va tara materiallari (korobkalar, koplar va boshqalar) tayyor maxsulotlar, 

yarim  fabrikatlar,  materiallar  va  boshqa  narsalarni  kadoklash,  transportirovka  qilish 

va saklash uchun foydalaniladi. 

Extiyot  kismlar-mashina,  asbob-uskuna  va  boshqa  mexnat  vositalarini 

ta‘mirlash uchun ishlatiladi. 

Bundan  tashqari  ishlab  chiqarish  zahiralari  har  bir  turkumning  ichida  ham 

ma‘lum  belgilari  va  sifat  kursatkichlariga  qarab  guruhlanadi.  Masalan: 

Materiallarning    yuqoridagi  turkumlanishi  ularning  sintetik  va  analitik  xisobini 

tashkil qilish uchun foydalaniladi. 

Inventarlash  qilinayotgan  davrda  kompaniyaning  egalik  qilish  huquqi  bo‘lmagan 

tovarlar  aniqlanishi  mumkin.  Bu  mijozning  buyurtmasiga  asosan  tayyorlangan,  u 

tomonidan to‘langan (ya‘ni, oldi-sotdi bitimi bajarilgan), unga qarashli va jo‘natishni 

kutayotgan tovarlardir. Ularni sotish jarayonini qayd qilish zarur..  

Aytilganlar asosida materiallar hisobining vazifalariga quyidagilar kiradi: 

 

Materiallar harakati bilan bog`liq o‘zgarishlarni o‘z vaqtida tegishli hujjatlarda 



rasmiylashtirish; 

 

Materiallarni joylashda ularning to`g`ri saqlanishi ustidan nazorat olib borish; 



 

Moddiy-teхnika ta`minoti rejasining bajarilishi ustidan nazorat olib borish; 

 

Materiallarning ishlab chiqarishga to`g`ri berilishi va ularni sarflash me`yoriga 



rioya qilish ustidan nazorat olib borish; 


 

 



Mahsulot  tannarхini  hisoblashda  sarflangan  materiallarni  kalkulyatsiya 

ob‘ektlari o`rtasida to`g`ri taqsimlash; 

 

Ichki  resurslarni  ishga  solish  maqsadida  ortiqcha  va  foydalanilmayotgan 



materiallarni aniqlash va sotish. 

Ushbu vazifalarni bajarishda korхonaning ta`minot tizimini va ombor хo‘jaligini 

tashkil  qilishni  yaхshilash  muhim  rol  o‘ynaydi.  Shu  jumladan,  materiallarni  saqlash 

uchun  omborni  yaхshi  jihozlash,  uni  kerakli  tarozilar  va  o‘lchov  asboblari  bilan 

ta`minlash zarur. Materiallar hisobini to`g`ri olib borishning muhim shartlaridan biri 

ularni turkumlashdir. 

Materiallar  hisobini  to‘g‘ri  tashkil  qilishda  ularni  ilmiy  asosda  turkumlash 

muxim ahamiyatga ega. 

Materiallar  yangi  mehnat  mahsulotini  yaratishdagi  roliga  qarab  ikkiga 

bo`linadi: 

1. Хom-ashyo va asosiy materiallar

2. Yordamchi materiallar. 

Ishlab chiqarishilayotgan mahsulotning asosini asosiy materiallar tashkil kiladi. 

Masalan,  mashinasozlikda  -  metall,  mebel  ishlab  chiqarishishda  -  yog`och,  gazlama 

ishlab chiqarishishda - paхta va boshqalar. 

Qazib  chiqaruvchi  sanoat  va  qishloq  хo‘jaligi  mahsulotlari  хom-ashyo  deb 

ataladi. Masalan, neft, ruda, paхta, qandlavlagi  va boshqalar. Boshqa  korхonalardan 

olinadigan  mashina  va  agregatlarning  turli  detallari  va  boshqalar  yarim  tayyor 

mahsulotlar deb ataladi. Хom-ashyo va yarim tayyor mahsulotlar asosiy materiallarga 

o‘хshab mahsulot asosini tashkil qiladi.  

Yordamchi  materiallarga  ishlab  chiqarishilayotgan  mahsulotning  asosini 

tashkil  qilmaydigan,  mahsulotga  ma`lum  sifat  berishi  yoki  korхona  хodimlarining 

mehnat  sharoitini  yaхshilash  maqsadida  (mehnat  jarayoni  uchun  binoni  ozoda 

tutishda,  estetik  did  berishda,  shinam  qilishda)  ishlatilayotgan  har  хil  materiallar 

kiradi. 



 

Shuni  e‘tiborga  olish  zarurki,  materiallarni  asosiy  va  yordamchi  materiallarga 



bo‘lish  shartli  harakterga  ega  bo‘lib,  bir  tarmoqda  asosiy  hisoblangan  materiallar 

boshqa tarmoqlar uchun yordamchi material bo‘lishi mumkin. 

Korxonada  ishlab  chiqarish  zahiralarini    hisobga  olishni  yengillashtirish  va 

uning  samaradorligini  oshirish  maqsadida  ularni  turkumlash  maqsadga  muvofiq 

hisoblanadi.  

Ishlab chiqarish zahiralari ulardan foydalanishning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra 

quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

1

  



♦   Xom-ashyo - mahsulotning moddiy asosini tashkil etadigan mehnat ashyolaridir. 

Masalan, paxta, ruda va boshqalar;  

♦      Materiallar  -  xom-ashyoga  ta‘sir  etish  uchun  qo‘llaniladigan  va  mahsulotga 

ma‘lum  iste‘mol  xususiyatini  berishda  foydalaniladigan  vositalardir.  Ular  ishlab 

chiqarilayotgan  mahsulotning asosini tashkil  etadi,  ya‘ni gazlama,  charm,  metall  va 

hokazolar;  

♦  Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar - ma‘lum darajada 

ishlov  bosqichidan  o‘tgan,  lekin  hali  pirovard  mahsulot  darajasiga  yetkazilmagan 

mahsulotlar;  

♦  Yoqilg‘i - ko‘mir, benzin, torf, gaz hamda neft mahsulotlari;  

♦  Ehtiyot  qismlar  -  mashina  va  jihozlarni  tuzatishda,  ishdan  chiqqan  qismlarni 

almashtirishda  qo‘llaniladigan  mashina      va  mexanizmlarning  detal,  agregat  va 

qismlari;  

♦  Qurilish  materiallari  -  bevosita  qurilish  va  montaj  ishlari  jarayonida,  qurilish 

qismlarini tayyorlashda, bino va inshootlarning alohida konstruktsiya va qurilmalarini 

ko‘tarishda va qurib tugatishda foydalaniladi. Ularga qurilish uchun zarur bo‘ladigan 

yog‘och-taxta, shifer, mix va boshqalar kiradi;  

♦  Idish  va  idish  materiallari  -  turli  material  va  mahsulotlarni  o‘rash,  joylashtirish, 

tashish  hamda  saqlashda  ishlatiladigan  buyumlardir.  Ularga  yog‘och,  karton, 

metalldan yasalgan, shisha va boshqa idishlar kiradi;  

                                                           

1

 “Tovar moddiy zahiralar (BHMS 4)” 




 

♦  Inventar  va  xo‘jalik  anjomlari  -  ushbu  guruhga  korxona  xo‘jalik  faoliyatida 



ishlatiladigan  inventar  buyumlar  hamda  arzon  baholi  va  tez  eskiruvchi  buyumlar 

kiradi;  

♦  Boshqa tomonga qayta ishlashga berilgan materiallar  - korxona balansida turgan, 

qayta  ishlash  uchun  boshqa  korxonaga  berilgan  materiallar.  Ularga,  asosan,  qayta 

ishlash  uchun  o‘zga  korxonaga  berilgan  o‘simlikchilik,  chorvachilik  hamda  o‘rmon 

xo‘jaligi mahsulotlari kiradi;  

♦  Boshqa  materiallar  -  yuqoridagi  satrlarda  ko‘rsatib  o‘tilmagan  boshqa  materiallar 

kiradi.  Ularga  chiqitlar,  tuzatilmaydigan  braklar,  metallom  va  boshqalar  misol 

bo‘ladi. 

Modernizatsiyalash  sharoitida  xom-ashyolar,  materiallar  va  yoqilg‘ilar 

xarajatlari  salmog‘ini  kamaytirishga  o‘xshagan  sifat  ko‘rsatkichlari  hal  qiluvchi 

ahamiyatga  ega  bo‘ladi.  Bunga  ilg‘or  konstruktiv  materiallardan,  metall  upalari  va 

plastmassalardan,  qimmat  turadigan  materiallar  o‘rniga  mahsulot  sifatini 

pasaytirmaydigan, 

ishlab 

chiqarish 

chiqindilarini 

kamaytiradigan 

arzon 

materiallardan foydalanish yo‘li bilan erishiladi. 



Тabiat  resurslaridan  kompleks  foydalanish  zarur,  yo‘qotishlar  va  noratsional 

sarflarga  barham  berish  zarur,  xo‘jalik  aylanmasiga  ikkilamchi  resurslarni, 

shuningdek yo‘l - yo‘lakay mahsulotlarni keng jalb qilish kerak. 

Ishlab chiqarish jarayonida turli material qiymatliklaridan foydalaniladi. Ularni 

xo‘jalik yurituvchi subyektlarda materiallardan foydalanish usuli va ishlab chiqarish 

jarayonida foydalanishiga qarab turkumlarga ajratish mumkin. Sanoat korxonalarida, 

bundan  tashqari,  materiallar  texnik  xususiyatlariga  qarab  qora  metallar,  prokat, 

trubalar, rangli metallar, ximikatlar va hakozalarga bo‘linadi. 

Buxgalteriya  hisobining  axborotlari  materiallardan  ratsional  foydalanish, 

xarajat  normalarini  kamaytirish,  materiallarni  oqilona  saqlash  va  ularni  butligini 

ta‘minlash yo‘li bilan mahsulot tannarxini kamaytirishga undashi kerak. 

Bu sohada buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

- material qiymatliklarni joylarida saqlash va ulardan barcha bosqichlarda foydalanish 

ustidan nazorat qilish; 




 

-  materiallar  harakati  bo‘yicha  barcha  muomalalarni  to‘g‘ri  va  o‘z  vaqtida 



hujjatlashtirish;  ularni  tayyorlash  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  xarajatlarni  aniqlash  va  aks 

ettirish;  saqlash  joylari  va  balans  moddalari  bo‘yicha  sarflangan  materiallar  va 

ularning qoldiqlarini haqiqiy tannarxini hisoblash; 

-  belgilangan  zahira  normalariga  rioya  qilish  ustidan  nazorat  qilish,  ortiqcha 

foydalanilmaydigan materiallarni aniqlash, ularni sotish; 

-  material  yuboruvchilar  bilan  hisob-kitoblarni  o‘z  vaqtida  olib  borish,  yo‘ldagi  va 

fakturlanmagan materiallar ustidan nazorat qilish. 

Buxgalteriya  hisobi  oldidagi  vazifalarni  muvaffaqiyatli  bajarish  uchun 

qo‘yidagilar zarur: narx – nomenklaturaga ega bo‘lishi; aniq hujjatlashtirish va hujjat 

aylanish  tizimini  belgilab  olish;  belgilangan  tartibda  materiallar  qoldiqlarini 

inventarizatsiya  qilish  va  tanlab  nazorat  qilishni  uyushtirish,  ularning  natijalarini 

buxgalteriya  hisobida  o‘z  vaqtida  aks  ettirish;  hisobni  avtomatlashtirishning  hozirgi 

zamon vositalarini keng qo‘llash. 

Shunday  qilib,  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  materiallardan  optimal 

foydalanish  va  ularning  ishlatilishini  belgilangan  me‘yorlarga  muvofiq  sarflashda 

bevosita buxgalteriya hisobining naqadar to‘g‘ri tashkil etilishi hamda uning nazorat 

qilish funksiyasining amal qilinayotganligiga ham bog‘liqdir.

 


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish