Uslubiy ko‘rsatmalar
Mahsulotlarga ishlov berishning xozirgi zamon qo‘shimcha vositalariga
ionlashtiruvchi va ultrabinafsha nurlar bilan ish-lov berish, maxsus (idishlar-taralar)
va nikoblovchi materiallar, ozondan, karbonat angidriddan, aktibiotiklar va
antioksidlovchilardan foydalanish va boshqalar kiradi. Bu vositalarning xammasi
mahsulotlarni saqlashda fakat Sovuqlik bilan birga ishlatiladi.
Ultrabinafsha nurlar.
Ultrabinafsha nurlar (UBN) ta’sirida mahsulotlarni saqlash, ularning
bakteritsidligi, ya’ni mikroblarni o‘ldirish xossasiga egaligidir. UBN bu xossaga 313
dan 200 mmk (milli mikron) to‘lqin uzunligida yuzaga keladi. Mikroorganizmlarning
ulishi asosan 254 dan 265 tm gacha bo‘lgan tulkin uzunligida sodir bo‘ladi. UBN
larning ta’sirida ham yuqorida aytganimizdek mahsulotlarning buzilishida ishtirok
etuvchi mikroorganizmlar xayot faoliyatini butunlay yoki kisman to‘xtatadi. UBN lar
bilan nurlantirish vaqti kerakli effektni olgunimizcha xar xil bo‘ladi. Nurlantirish
vaqti asosan mahsulotlardan mikrofloralarga va ularning rivojlanishi uchun kerakli
bo‘lgan (tashqi) muhitga bog‘liq bo‘ladi.
Mikroorganizmlar turlicha bo‘lganligi sababli, ular nurlarning ham xar xil
to’lqinida o‘ladilar. Masalan: bakteriyalarni o’ldirish uchun zamburug‘larga nisbatan
ancha kam miqdordagi nurlar energiyasi kerak bo‘ladi. Nurlantirishning vaqti yana
mahsulotlarning zararlanish darajasiga, miqdoriga bog‘liq. Agar mahsulotda
mikroorganizm uruglarini soni qancha ko‘p bo‘lsa, unga shuncha katta miqdordagi
nurlantirish energiyasi kerak bo‘ladi.
Nurlantirishni davriy va uzluksiz olib borish mumkin. Bu holda UBN larning
bir xil miqdordagi energiyasidan foydalanilganda jarayon oxirida davriy va uzluksiz
ta’sirining natijasi bir xil bo‘ladi. Bu xol esa UBN larning mikroorganizmlarga,
bakteriyalarga ta’sirining kumulyativligidir, ya’ni mikroorganizmlarning ulishi
boshlan-gandan keyin davriy bo‘lsa, undagi tanaffusda ulish jarayoni davom etadi va
11
keyingi nur-lar miqdorini berguncha davom etadi, natijasida davriy va uzluksiz ta’sir
bir xil bo‘ladi.
Mahsulotlarni saqlashda UBN sovuqlik bilan ta’sir etganda juda yaxshi samara
beradi. Bunda harorat ta’sirida mikroorganizmlarning rivojlanishi kiyin va ulishi
osonlashgan bo‘ladi. Tajribalar va izlanishlar natijasida UBN larning foydali ta’siri
haroratning past musbat qiymatlarida sodir bo‘ladi. Past harorat ayniqsa -5
o
S dan past
bo‘lgan haroratdagi muhitdagi nurlantirish effekti juda kam bo‘ladi. SHuning uchun
UBN lar blan nurlantirish t-raning manfiy qiymatlarida maksadga muvofik emas.
Ko‘pgina mahsulotlar UBN ta’sirida bekteriostatik xossalarni oladi va ma’lum
bir vaqtgacha mikroorganizmlarga antiseptik xarakat kilish kobiliyatiga ega bo‘ladi.
Nurlanti-rilgan mahsulotga tushgan mikroorganizmlar kuchsiz rivojlanadi va sekin
usadi, natijada o‘ladi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki nurlantirish natijasida
bakteriostatik xossaga ega bo‘lgan mahsulotlarning saqlanish muddati ancha
chuziladi.
UBN larni hosil kilish uchun maxsus bakteritsid lampalardan foydalaniladi.
Bular uzi kiziydigan katodli, past bosimli gaz razryadli lampalar, ya’ni UBN lar
o‘tkazuvchi oyna.
UBN lar tez buzuluvchan mahsulotlarni saqlash muddatini uzaytirishda, ularga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilibgina qolmay, balki mahsulotlarga ishlov berish, dezin-
feksiyalab, uning havosini zararsizlantirishda, texnologik jarayonga keladigan
suvlarni zararsizlantirishda, jixozlarni (idishlarni-taralarni), ishchilar kiyadigan
maxsus kiyim-larni, hamda sovitish kameralarining devorlari va shiplarini
zararsizlantirib, ham mahsulotlarni saqlanish muddatini uzaytirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |