Mundarija kirish I bob. O’quvchilarning bilim,ko’nikma va malakalarini tashhis etish


Talabalarning muhandislik grafikasi fanidan olgan bilim,ko'nikma va malakalari



Download 0,62 Mb.
bet5/17
Sana31.03.2022
Hajmi0,62 Mb.
#519882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
kurs ishi magistr

Talabalarning muhandislik grafikasi fanidan olgan bilim,ko'nikma va malakalari

Inson faoliyatining barcha sohalarida yetarli yuqori darajada fazoviy tasavvur qilish va fazoviy tafakkur etish imkoniyatiga ega bo'lishi zarur. Hech bir konstruktor (loyihachi) ongida murakkab mexanizm yoki mashinani to'liq (ipidan ignasigacha) ko'z oldiga keltira olmasligi mumkin. Ammo loyihalash jarayonida turli chizmalar chizish hisob-kitob qilish orqali ba'zi bir elementlari umumiy ko'rinishi, boshqa jihatlari aniqlana boshlanishi mumkin. Natijada konstruksiyadagi asosiy g'oya katta 0'zgarishlarga olib kelishi ehtimol.
Bajarilayotgan chizma (texnik rasm) va fazoviy tafakkur etish o'zaro dialektik munosabatda bo'lgani uchun ular bir-birini qiziqarli g'oyalar bilan to'ldirib boradi. Natijada fazoviy tafakkur qilish chizmani ortda qoldirib, qog'ozda o'ylagan obrazni chizish bilan uni mustahkamlaydi. Bunday qilish orqali o'ylagan obrazni aniqlashga va ba'zi bir elementlaming o'zaro munosabatlarini tekshirishga, keyinchalik konstruksiyalashni davom ettirishga, fazoviy tafakkur etishga ozuqa beradi.
Yetarli darajada tez, aniq va qog'ozda xatosiz tasvirlashni eplay olmaydigan odam, ongidagi faraz qilayotgan obrazlarni ham tezda qog'ozga tushirishda ko'p qiyinchiliklarga duch keladi. Ayniqsa, hozirgi zamon kompyuterlaridan foydalanishda tezkor faraz qilish va unga ongdagi obrazlarni zudlik bilan kiritishni talab qiladi. Shu sababli har bir odam fazoviy tasavvur va tafakkur etish bilan bir qatorda ongida faraz qilayotgan narsani qog'ozga tushirish mahoratini ham egallashi zarur.
Yuqoridagi salohiyatni belgilovchi parametrlardan biri talabaning grafik savodxonligi hisoblanadi. Loyihalash jarayonida ishtirok qiluvchi o'quvchi va talabalar albatta chizmalarni tuzish va uni o'qish malakasiga ega bo'lishi shart. Berilgan shart asosida ijodiy fikrlash, tasavvur qilish, loyihalash va uni qog'ozga tushirish uchun chizmachilik fanining qonun-qoidalarini bilish shart bo'ladi. Shuningdek, ilmiy-texnika taraqqiyotining hozirgi zamon talabalariga mos keladigan shaxsni kamol toptirish, ularda "grafik savodxonlik"ni va ijodkorlikni tarbiyalash hamda yaxshilash bugungi va ertangi kunning dolzarb muammolaridan biri bo'lib qoldi.
Loyihalash bilan bog'liq bo'lgan har qanday moslama ijodiy fikrlash ya'ni yangilik yaratish bilan bog'liq boiadi.
Ijod deyilganda ma'lum vaqtda va vaziyatda zarur va foydali yangilik yaratish tushuniladi. Umuman olganda ma'lum narsadan tashqari yaratilgan narsani ijod mahsuloti deyish mumkin. 0'z navbatida yangilik deyilganda, ilgari shunday shaklda bo'lmagan, ayni vaqtda tarkibida ilgari ma'lum materiallar bor bo'lsada yakunlangan ko'rinishida albatta ilgari ma'lum bo'lmagan element kiritilgan texnik fikrlash mahsuloti tushuniladi.
Yangilik obyektiv va subyektiv bo'lishi mumkin. Obyektiv yangilik shu paytgacha o'ziga o'xshashi mavjud bo'lmagan yangilikdir. Subyektiv yangilik - bu aslida mavjud lekin ayni vaqtda u yaratuvchi uchungina yangilik hisoblangan yangilikdir.
Loyihalash masalalari deyilganda, u yoki bu detalning, moslamaning, mashina hamda inshootlaming shaklan va mazmunan o'zgarishi nazarda tutiladi. Bu o‘zgarishda detallar, mexanizmlar, moslama va mashinalar tarkibiga yangi konstruktiv elementlar kiritish qismlarini rekonstruksiyalash, oldingisidan unumli, arzon va qulaylikka egaligini ta’minlaydigan turini Ьафо qilish talab qilinadi.
Moslamani qayta loyihalash uchun nazarda tutilgan asosiy masala nimada ekanligini, uning natijasi oldingisidan yaxshiroq, unumli ekanligi bilan takomillashtiriladi.
Yangi g'oya shu moslamaning ish funksiyasiga asoslanadi. Ishlash prinsipi yutuq va kamchiliklarga muvofiq moslamaning yangi g'oya bilan takomillashgan varianti o'ylab topiladi. Bu o'z-o'zidan ma'lumki, natija bir xil emas, aksincha turli xil bo'lishi mumkin. Loyihalash amalda grafik savodxonlik, texnologik bilimlar, konstruksiyalash malakalariga tayanadi. Yangi loyiha dastlab fikran yaratilib, uning chizmasi konstruktorning g'oyasini ifodalovchi vosita bo'lib xizmat qiladi. Yangi buyumning obrazini fikran miyada yaratib, uni ong orqali grafik tasvirlash usuli bilan bera olishdir.
Loyihalash jarayonidagi loyihachilik faoliyatining muvaffaqiyatli tomoni ham ana shundadir.
Insonning yaratuvchanlik faoliyatida grafik tasvir o'zaro bog'langan ikki vazifani bajaradi. Birinchidan, chizma fikrlashning o'ziga xos quroli, ikkinchidan flkr (g'oya)ni beruvchi vositadir. Shuning uchun ham loyihachilik faoliyatida asosan grafik jihatlarni ajratib o'rganamiz.
Chizma yordamida g'oyani bilib oladi - bu vaqtda u chizmani o'qiydi yoki g'oyani beradi. Demak, loyihalash deganda mehnat unumdorligini oshirish uchun texnik-texnologik sharoitlar asosida butunlay yangi narsalar yaratish yoki amaldagisidan uni konstruksiyalash bilan bog'liq texnik hujjatlar to'plamini ishlab chiqishni tushunish mumkin. Bu jarayonni amalga oshirishda mashina detallarining shakli og'irligi va o'lchamlarimng o'zgarishi tabiiy. Loyihalash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat.
Birinchi bosqich - tayyorgarlik bosqichi bo'lib, rnda texnik ehtiyojlar aniqlanadi.
IkMnchi fikrlash bosqichida - shu sohadagi ilmiy axborotlar tahlil qilinib, masalani yechish bosqichlarida yechish vositalari va variantlarii tanlanadi.
Uchinchi izlanish bosqichida tuzilgan g'oyalar solishtirib chiqiladi hamda ulardan eng maqbuli tanlab olinadi.
To 'rtinchi amalga oshirish bosqichida loyiha axborotlaming grafik vositasi bilan rasmiylashtiriladi hamda yechim tekshirib chiqiladi.
Yangi konstruksiyani joriy qilish yoki amaldagisi modernizatsiyalanganda turli texnik ishlab chiqarish texnologik, iqtisodiy va shunga o'xshash talablar bajariladi. Bu talablar quyidagicha:
3. amaldagi konstruksiyani soddalashtirish;
4. materiallaming mustahkamlik xususiyatlaridan toiiq foydalanish;
5. buyumga ishlov berishda chiqindilami kamaytirish maqsadida detalning shaklini to'g'ri tanlash hamda chiqindisiz texnologiyani ishlab chiqish;
6. pardozlash ishlarida qoi mehnatini kamaytirish;
7. materialni tejash;
8. detallaming xizmat muddatini oshirish.
Loyihalashga oid masalalar yechishning boshqalardan farq qiladigan asosiy xususiyati shundan iboratki, ulaming yechimi ko'p variantli bo'lishiga qaramay, masalaning sharti bo'yicha muayyan texnik-texnologik, iqtisodiy talablaming bajarilishi bilan xarakterlanadi.
Fanning maqsadi - Talabalarga turli detal, mashina va shunga o'xshashlarni to'g'ri burchakli va aksonometrik proektsiyalarda tasvirlash usullarini, chizmalarda tasvirlangan narsalar, uzel, detal va shunga o'xshashlarning fazoviy shakllarni fikran tasavvur qilish va loyihalashni o'rgatish hamda amaliyotda tadbiq etish ko'nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifalari - Chizmachilikda konstruksiyalash asoslari fanida buyum va inshootlarni loyihalash metodlarini o'rganishga oid bo'lgan asosiy qoidalar, tegishli standartlar hisobga olingan holda detal, buyum, ob'yektlarni loyihalash orqali insonni va uning grafik faoliyatini hayotdagi o'rni va amaliy ahamiyatini ochib berish.
1.7- chizmada tasvirlar yasash qoidalari bilan tanishtirish;
1.8- chizma chizish va o'qishda zarur bilim, ko'nikma va malaka bilan qurollantirish;
1.9- konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi (YESKD) da qabul qilingan Davlat standarti talablari va grafik faoliyat bilan bog'liq boshqa ma'lumotlarni berish hamda amalda ulardan mustaqil foydalana olishga o'rgatish;
1.10- yig'ish chizmasi detallarining eskizi, ish chizmalarini bajarishga, chizma hujjatlarini rasmiylashtirishga, chizmalardagi shartlilik va soddalashtirishlarni o‘rgatish;
1.11- turli buyum sirtlarini tahlil qila olishga, ularning konstruksiyalari, birikmalarini loyihalashga o‘rgatish.
"Chizmachilikda konstruksiyalash asoslari” o?quv fanini o?zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistr:
6, proyeksiyalash usullarining qonuniyatlari;
7, fazoviy geometrik va tabiiy jismlarni tekislik yoki sirt yuzasida tasvirlashning nazariy asoslari;
8, perspektiv tasvir qurish usullari haqida tasavvur va bilimga ega bo'lishi;
9, uch o'lchamli fazoda joylashgan buyumlarning ikki o'lchamli tekislik yoki sirt ustida tasvirini yasash;
- detal va obyektlarni loyihalash ko?nikmalariga ega bo?lishi;
10, tadqiqotchilik;
11, informatsion;
12, kommunikativ;
13, kreativ;
14, ma'naviy-axloqiy;
15, akmeologik;
aksiologik kompetentsiyalarni o?zlashtirishi lozim.
Tashhis- bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish,uning natijalarini belgilash demak. Tashhissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas. Ta’lim tashhisida oqibatlar,erishilgan natijalar bilan farqlanadi. Ta’lim tashhisi natijalarini ularga erishish yo’llari va vositalari,usullari bilan aloqadorlikda baholaydi. Talim samarasini ta’minlovchi jarayon va bosqichlarni aniqlaydi.
O’quvchilarning bilim,ko’nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashhislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Pedagoglarning fikricha baho nimani qayd etishi lozimligini aniqlashga urinmoqdalar;

  • Talim oluvchining o’zlashtirish darajasini qat’iy belgilovchi sifat ko’rsatkichi

  • U yoki bu ta’lim tizimining ustunligi,kamchiliklarni ko’rsatuvchi ko’rsatgich ekanligi aniq belgilanishi zarur.

Ta’lim texnologiya elementlarini tanlash va amalga oshirishda o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatlarini e’tiborga olish lozim. Amaliyotdagi oddiy qoida shu haqda guvohlik beradiki, nazariy darsning dastlabki 20 daqiqasida o‘quvchilarga yangi bilimlarni berish amalga oshiriladi, keyin esa bahs-munozara, kichik guruhlarda ishlash va boshqa shu kabi noan’anaviy metodlarni amalga oshirish orqali berilgan bilim mustahkamlanishi lozim.


Har qanday holatda ham nazariy dars jarayonida, masalan faqat ma’ruza o‘qiladigan vaqt 20 daqiqadan oshmasligi kerak.
CHunki, o‘rganishning dastlabki 20 daqiqasi eng samarali, 30 daqiqadan keyin esa o‘rganishni davom ettirish motivatsiyasi tezda pasaya boshlaydi.
Bu hamma takliflar o‘quvchining diqqatini uzoqroq vaqtgacha saqlab turishga xizmat qiladi.
Idrok qilish paytida qancha ko‘p sensorik (sezgi) kanallardan foydalanilsa, esda olib qolingan bilimlarning miqdori va sifati shunchalik yuqori bo‘ladi. Agar bilimlar faqat “ma’ruza”lar orqali (passiv tinglash shaklida) berilgan bo‘lsa, unda 3 kundan so‘ng ularning faqat 25% ni eslash mumkin holos. Agar u ma’ruzalar o‘qish (tinglash), namoyish va ko‘rgazmali qilish (ko‘rish, ushlab ko‘rish va shu kabilar) orqali berilsa va shu to‘g‘risida bahslashilsa, unda 3 kundan so‘ng 75% ini esga tushirish mumkin.
Agar bilimlarni idrok qilishda bir necha sensorik kanallar birgalikda ishga solingan bo‘lsa, ma’lumotlarning qisqa xotiradan uzoq xotiraga o‘tish jarayoni tezlashadi, bu esa bilishning asosi bo‘lib hisoblanadi.
Maqsadni amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish, ham trener, ham o‘quvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qo‘ygan maqsad, tanlagan mazmun, metod, shakl, vositaga, ya’ni texnologiyaga bog‘liq. Trener va o‘quvchining maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan. Bunda o‘quvchilarning bilim saviyasi, guruh harakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan natijaga erishish uchun balki, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo‘lar. Bular barchasi trener va o‘quvchiga bog‘liq.
Texnologik xarita o‘quv jarayonini loyihalashtirishning asosi. O‘qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda trener o‘quv predmetining o‘ziga xos tomonini, joy va sharoitni, o‘qitishning texnik vositalarini, eng asosiysi, o‘quvchining imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o‘quvchini ta’limning markaziga olib chiqish kerak.
Trener-o‘qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko‘ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo‘lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda trener-o‘qituvchiga u tomonidan bo‘lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olish katta ahamiyatga egadir. CHunki, darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o‘qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.
Bunday texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun trener-o‘qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot texnologiyalaridan xabardor bo‘lishi, shuningdek, juda ko‘p metodlarni bilishi kerak bo‘ladi. Har bir darsning rang-barang, qiziqarli bo‘lishi avvaldan puxta o‘ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog‘liq. Darsning texnologik xaritasini qay ko‘rinishda yoki shaklda tuzish, bu o‘qituvchining tajribasi, qo‘ygan maqsadi va ixtiyoriga bog‘liq. Texnologik xarita qanday tuzilgan bo‘lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo‘lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to‘liq o‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak. Texnologik xaritaning tuzilishi trener-o‘qituvchini darsning kengaytirilgan konspektini yozishdan xolos etadi, chunki bunday xaritada dars jarayonining barcha qirralari o‘z aksini topadi.
Keyingi bobda “CHizmachilik” fanidan “geometrik yasashlar” mavzusi bo‘yicha o‘tkaziladigan darsning oldindan loyihalashtirilgan texnologik xaritasini havola qilamiz.
Rossiya Federatsiyasida darsliklar tayyorlash alternativ (muqobil) shaklda bo‘lib, maktab ma’muriyati o‘quvchilarning qiziqishlari, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishi kabi tasirlarni hisobga olib o‘qitiladigan darslikni mustaqil ravishda tanlaydi. SHuning uchun chizmachilik darsliklarining ba’zilarida mashinasozlik, amaliy san’at, gumanitar yo‘nalish kabi sohalarlarga alohida urg‘u berib tayyorlangan. Biz internet materiallarida 10 ga yaqin turdagi shunga o‘xshash darsliklarni ko‘rib chiqdik. A.Pavlova, YA.Roytman, G.Preobrajenskaya, V.Stepakova, G.Xakimov kabi mualliflar tomonidan tayyorlangan darsliklar o‘quvchilarni ma’lum soha yoki kasbga yo‘naltirishga mo‘ljallab tuzilgan.
Mavzu bo‘yicha ma’lumotlar sodda chizmalardan foydalanib, eng ko‘p qo‘llaniladigan va o‘quvchilarga tanish bo‘lgan mahsulot (buyum) larning chizmalarida shartli belgilanishi hamda shartli tasvirlari tushuntirilgan. Mavzular o‘quvchilar uchun tushunarli tarzda ochib berilgan. Mavzularni o‘zlashtirgandan keyin o‘quvchilarga bir qancha topshiriqlar ham taklif qilinadi.Ko‘rib chiqilgan darsliklarda o‘quvchilarning yosh xususiyati hamda ular o‘zlashtirishi zarur va amaliy ahamiyatli materiallar keltirilgan. Ukraina respublikasida bugungi kunda amalda bo‘lgan umumta’lim maktablari uchun “CHizmachilik” darsligida ham shunga o‘xshash tarzda yondashilgan.
Rossiya Federatsiyasi maktablarida qo‘llanilib kelinayotgan “CHizmachilik” darsliklari dan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz. Hozirgi kunda chizmachilik kursi bo‘yicha RF da ko‘plab alternativ darsliklar amalda qo‘llanilayotganiga qaramasdan A.D.Botvinnikovnig “CHizmachilik” darsligi keng foydalanib kelinmoqda. Ushbu darslik MDH davlatlardagi umumta’lim maktablari chizmachilik fani uchun asos, “klassik” ko‘rinishga kelib qolgan. Darslikni maktablarda qo‘llanilib boshlanganiga 30 yildan oshib qoldi. Ushbu darslik Rossiya Federatsiyasi ta’lim va fan vazirligi tomonidan tasdiqlangan amaldagi dasturga mos bo‘lib, chizmachilik fani bo‘yicha asosiy o‘quv qo‘llanma hisoblanadi. Darslikka nazariy ma’lumotlar bilan bir qatorda o‘rganilgan materialni mustahkamlash va takrorlash uchun savollar va topshiriqlar, grafik va amaliy ishlar ham kiritilgan. Kitobdagi illyustratsiyalar o‘quvchilarning mavzuni tushunishlarini osonlashtirishga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan va etarlicha yuqori sifatda bajarilgan.
Ushbu darslikda o‘quvchilar mavzularni o‘zlashtirib olganlaridan keyin o‘qituvchi tomonidan beriladigan chizmalarini o‘qishni bilishlari ko‘zda tutilgan.
G.F.Xakimov va boshqalar tomonidan 9-sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan “CHizmachilik. Amaliy kurs” darsligi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ushbu darslik Boshqirdiston davlat pedagogika universitetining “Tasviriy san’at, chizmachilik va mehnat o‘qitish metodikasi” kafedrasi va Ufa davlat aviatsiya texnika universitetining “CHizma geometriya va chizmachilik” kafedralari hamkorligida yaratilgan.
Darslik chizmachilik fanidan o‘quv darturiga mos tayyorlangan bo‘lib, hududiy komponentlarga ega. Darslikda chizmachilik fanining ayrim bo‘limlarini chuqur o‘rganish hamda texnologiya va mehnat ta’limi darslarida bajariladigan loyihalarning grafik qismlarini taxt qilishga tegishli qo‘shimcha ma’lumotlar ham keltirilgan. Darslik ta’limga faoliyatli yondashuvga asoslangan original metodika asosida tayyorlangan. Unga o‘quvchilarning ijodiy fazoviy tasavvurlari va obrazli fikrlashlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan har xil grafik topshiriqlar kiritilgan.
Ushbu darslikni o‘rganib, respublikamizda nashr qilinadigan darsliklarga joriy qilish mumkin bo‘lgan afzallik tomonlari bor. Unga qo‘shimcha ravishda darslikdagi barcha materialni o‘z ichiga olgan kompyuter test topshiriqlari ishlab chiqilgan. 122 ta test topshiriqlari quyidagi mavzular bo‘yicha tuzilgan:
- amaliy grafika;
- proeksiyalash;
- chizmalardagi tasvirlar;
- texnik grafika;
- qurilish grafikasi.
Kompyuter test topshiriqlari darslikning asosiy bo‘limlaridan o‘quvchilarning bilim darajalarini o‘qituvchi yordamisiz baholash imkonini beradi. Bundan tashqari ushbu testlar yordamida o‘z-o‘zini testdan o‘tkazib, mavzularni o‘zlashtirishdagi kamchiliklarni aniqlash mumkin. Test topshiriqlarining amaliy qimmati shundan iboratki, chizmachilikda testlardan foydalanishda o‘quvchilarning chizmachilik fanini o‘rganishga bo‘lgan intilishlari ortib, ularning grafik savodxonlik darajasi ko‘tariladi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish