Mundarija kirish I bob. O’quvchilarning bilim,ko’nikma va malakalarini tashhis etish


Muammoli topshiriqlarni bosqichma-bosqich tahlil etish va hal etish bo‘yicha tavsiyalar



Download 0,62 Mb.
bet4/17
Sana31.03.2022
Hajmi0,62 Mb.
#519882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
kurs ishi magistr

Muammoli topshiriqlarni bosqichma-bosqich tahlil etish va hal etish bo‘yicha tavsiyalar

Ish bosqichlari

Maslahat va tavsiyanomalar

1. Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishish

Berilgan ma’lumotlar bilan tanishing va ularning tarkibiy qismlari, mazmunini o‘rganing. O‘rganib chiqish vaqtida ularga ta’rif va tavsif berishga, muammo echimini topishga shoshilmang, aniq va ishonchli ma’lumotlarga asoslaning.

2. Muammoli topshiriqlar bilan tanishish

Taqdim etilgan sxemalar mazmuni bilan yana bir marotaba tanishib chiqing. Sxemalar tarkibidagi tushunchalar va jumlalarga diqqatingizni jalb qiling.

3. Muammoli topshiriqni tahlil etish



Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb eting.


Asosiy muammo: Nima sababdan portret janri tasviriy san’atning eng katta janrlaridan hisoblanadi. Portret janrini O‘zbekistonda rivojlantirishda o‘zbek rassom-redagoglari tomonidan qanday ishlar amalga oshirilgan.
Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling:
1) Avtoportret deb nimaga aytiladi?
2) Qanday portretlar guruhli portretlar deyiladi?
3) O‘zbekistonda portret janrini rivojlantirishda kimlar hissa qo‘shganlar?
4) Malik Nabiev yaratgan asarlari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
YUqorida keltirilgan sxemalarni tahlil eting va har biriga tavsifnoma yozing.

4. Muammoli topshiriqlarni echish usul va vositalarini tanlash hamda asoslash



Berilgan modellarga tavsifnoma yozing va jadvallarni to‘ldirishga kirishing.


Tavsifnomalarni yozishda aniq xususiyatlarni belgilab olishga harakat qiling. Jadvalni to‘ldiring.

Mustaqillikka erishgandan so‘ng, O‘zbekiston olimlari xorijiy mamlakatlar bilan iktisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma’rifiy aloqalar o‘rnata boshladilar. Natijada yurtimizga ilg‘or va samarali texnologiyalar kirib kela boshladi. SHular qatori jahondagi progressiv pedagogik texnologiya degan tushunchalar ham kirib keldi.


Pedagogik texnologiyani o‘quv jarayoniga olib kirish zarurligini MDHga kiruvchi mamlakatlar ichida birinchilar qatorida ta’riflagan V.P.Bespalkoning fikricha, «PT-bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir».
Rossiya olimlaridan V.M.Monaxov: «PT-avvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo‘lgan tartibli amallar tizimidir»,- degan qisqacha ta’rifni bera turib, uning asosiy xususiyatlariga e’tiborni karatadi. «PT–o‘quv jarayonini texnologiyalashtirib, uning kayta tiklanuvchanligini hamda pedagogik jarayon turg‘unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining sub’ektiv xususiyatlaridan uni ozod qiladi»,-deydi.
M.V. Klarin fikricha, PT-o‘quv jarayoniga texnologik yondoshgan holda, oldindan belgilab olingan maqsad ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib o‘quv jarayonini loyixalashdir.
V.P.Bespalkoning o‘zbekistonlik shogirdlaridan Nurali Saidaxmedov va Abduraxmon Ochilovlarning fikricha, PT-bu o‘qituvchining o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchilarga muayyan sharoitda ta’sir kursatishi va bu faoliyat maxsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir.
O‘zbekistonlik pedagog olim B.L. Farberman pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif beradi: PT ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv bo‘lib, pedagogikada ijtimoiy-muxandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart xolga solib, uning optimal loyixasini tuzib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy hodisadir.
Bu ta’riflarni uzoq xorijda berilgan ta’riflar bilan solishtirib ko‘rish uchun yapon pedagog olimi T.Sakomoto bergan ta’rifni keltiramiz. «PT-deydi Sakomoto, -bu tizimli-majmuali fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir majmuaga keltirishdir».
Birlashgan Millatlar tashkilotining nufuzli idoralaridan YUNESKO ning ta’rifi buyicha, «PT-bu bilim berish va uni egallashda texnika va inson resurslarini o‘zaro uzviy bog‘liq holda ko‘rib, butun ta’lim jarayonini loyixalashda va amalda qo‘llashda tizimli yondashuv usulidan foydalanishdir».
Keltirilgan ta’riflarni ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan taxlil qiladigan bo‘lsak, uzoq xorijda berilgan ta’riflar bilan MDX mamlakatlari olimlarining bergan ta’riflari bir-biriga yakin kelsa-da, farki ham anchaligini ko‘ramiz. MDH olimlarining PT ga bergan ta’riflarida tizimli yondashuv eslatib utilgani bilan, o‘quv jarayonining loyixasi tuzilayotganda uni mutlaq unutib, tizimli yondashuv tamoyilining qonun va qoidalariga sira ham amal qilinmaganini ko‘ramiz.
Haqiqatda esa, ob’ektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilini yaxshi bilgan kishiga, Sakomoto aytganidek, «PT-o‘quv jarayonini muayyan bir tizimga keltirishdir», degan tushuncha kifoya qiladi. Bu tushuncha orqali PT ning boshqa hamma xususiyatlarini, ya’ni maqsadga yo‘naltirilganini, bir necha o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan qismlardan tashkil topganligini va boshqalarni anglab olsa bo‘ladi. CHunki bu xususiyatlarning hammasi, tizimlar nazariyasiga binoan, tizim deb nom olgan narsa va hodisalarning ajralmas sifatlaridir.
Pedagogik texnologiyaning asosiy tushunchasi, so‘zsiz, o‘quv jarayoniga tizim sifatida yondashishdir. Bunda ta’lim-tarbiyada ishtirok etuvchi barcha narsa va hodisalar o‘zaro funksional bog‘liqlikda bo‘lib, bir butunlikni, ya’ni pedagogik jarayon tizimini tashkil qiladi. Pedagogik jarayon tizimining muayyan bir vaqt mobaynida bosqichma-bosqichamalga oshirilishi pedagogik texnologiya deyiladi.
Pedagogik texnologiyaning avvalgi uslublardan afzalligi, birinchidan, u ta’lim jarayonini bir butunlikda ko‘rib, ta’lim maqsadi, uning mazmuni, bilim berish usullari va vositalari ta’lim boskichlarini loyixalab, ta’lim jarayonini nazorat qilish va ta’lim natijalarini baholash kabi qismlarini o‘zaro uzviy bog‘liq tizimga keltirib turib, uning loyixasini tuzishidadir.
Ikkinchidan, u tinglovchilarning o‘zlariga berilgan bilimni yodlab olib aytib berishiga emas, balki ta’lim va tarbiya jarayonining yakunida amaliy ishlarni bajarilishiga yo‘naltirilganligidadir.
Ilmiy asoslanib, yaxshi loyihalashtirilgan pedagogik texnologiya buyicha har qanday o‘qituvchi ham, a’lo bo‘lmasada, yaxshi dars o‘tadi. CHunki pedagogik texnologiyani pedagog olim, metodist yoki ilg‘or tajribali o‘qituvchilar tuzadi, shu bois ularning pedagogik maxorati pedagogik jarayon loyixasida o‘z ifodasini topgan bo‘ladi.
PT-bu jamiyat extiyojidan kelib chiqib, oldindan belgilangan kishi ijtimoiy sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tizim sifatida ko‘rib, uni tashkil qiluvchi qismlari bo‘lgan o‘qituvchi (pedagog)ning o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchi (tinglovchi)larga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko‘rsatgan ta’sirini nazoratda tutuvchi va ta’lim natijasini baholab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir.
Texnologik yondashuv ishlab chiqarishdan olingan bo‘lib, unda minglab texnologik jarayonlar loyixalashtirilgan. Ular ishlab chiqarishda kerakli natijalarga erishish garovi hisoblanadi. Bu texnologiyalarni qo‘llash vaqtida xudud va ularning ijrochisi o‘zgarsa ham, kerakli maxsulot chiqaveradi. Ta’lim-tarbiya jarayonida ham shunga erishish uchun pedagogik texnologiya ishlab chiqildi.
Pedagogik texnologiya, umuman olganda, reproduktiv (nusxa olish) dars berishga asoslangan bo‘lib, undagi o‘quv jarayoni o‘quvchi (tinglovchi)larga tipik holatlardagi harakatlarni egallashga yo‘naltirilgan.
Pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o‘quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o‘quv jarayoni loyixalashtiriladi va amalga oshiriladi. Texnologik yondashuv, eng avvalo, tasvirlash emas, balki loyixalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko‘rsatmali tuzilmada o‘z ifodasini topadi.
Pedagogik texnologiyani tushunish uchun asosiy yo‘li aniq belgilangan maqsadlarga qaratilganlik, ta’lim oluvchi bilan muntazam o‘zaro aloqani o‘rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta’lim oluvchining xatti-harakati orqali o‘qitishdir. o‘zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o‘quv jarayonini to‘liq qamrab olishi kerak.
Demak, an’anaviy o‘quv jarayonida asosiy omil pedagog (va uning faoliyati) hisoblansa, pedagogik texnologiyada birinchi o‘rinda o‘qish jarayonidagi o‘quvchilarning faolligi qo‘yiladi.
Pedagogik texnologiyadagi reproduktiv bilim berish jarayonida dars aniq bo‘laklarga bo‘linib, har bir bo‘lagida o‘quvchi (tinglovchi) lar bilishi shart bo‘lgan natijalar ko‘rsatiladi. O‘quv materiallar dars maqsadidan kelib chiqib, modullarga bo‘lingan bo‘ladi. Har kaysi modulga test savollari tuziladi. O‘quv jarayoni aniq savollarga konkret javoblar topishga ko‘rilgan bo‘lib, savollar va javoblar o‘zaro uzviy bog‘liqlikda bo‘lishi natijasida bir butunlikni, ya’ni tizimini tashkil qiladi.
Pedagogik texnologiyani yaratish tamoyillarining birinchisi–muayyan dars, mavzu, qism, o‘quv predmetidan kutilgan asosiy maqsadni shakllantirib olish; ikkinchisi–umumiy maqsaddan kelib chiqib, darsni yoki o‘quv predmetini modullarga ajratib, har bir moduldan kutilgan maqsadni va modullar ichida xal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar tizimini aniqlab olish; uchinchisi-modul ichida echiladigan masalalarning har biri buyicha test savollarini tuzib chiqish to‘rtinchisi –maqsadlar aniq bo‘lib, test savollari tuzilgandan keyin, maqsadlarga etish usullari tanlanib, ularni ishlatadigan aniq joylarni belgilab olish.
Ta’lim jarayoniga texnologik yondashuv paytida, avval aytib o‘tganimizdek, tizimli yondashuv tamoyiliga binoan dars qismlari orasidagi zaruriy bog‘liqliklarga va fanlararo aloqalarga alohida e’tibor qaratiladi. Bu pedagogik texnologiyaning beshinchi tamoyili hisoblanadi.
Jamiyatimizning har bir fuqarosi XXI asrda ortda qolgan yillar qadrini baholashga va kelajak hayotining turli jabhalarini belgilab olishga urinishi tabiiydir. Jumladan, ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatayotganlar ham bundan mustasno emas.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan - kunga kuchayib bormoqda, buning sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy innovatsion texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan ta’lim jarayonida o‘quvchi asosiy o‘rin egallaydi.
SHuning uchun oliy o‘quv yurtlari va malaka oshirish institutlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarning o‘rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o‘quvchilarni bilimli, etuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
An’anaviy o‘qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va og‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘rishi tufayli “axborotli o‘qitish” sifatida tavsiflanadi, chunki o‘qituvchi faoliyati birgina o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta’kidlagan holda baholanmoqda. Bu bir tomondan.
Ikkinchidan, ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ko‘payib borayotganligi va ulardan o‘qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek kadrlarni hayotga mukammal tayyorlash talablari ta’lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda.
Respublikamizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ta’kidlaganidek, zamonaviy ta’lim-tarbiya ishlarini Davlat standarti darajasiga ko‘tarish uchun pedagogik jarayonga ilg‘or axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etish zarur (3.4 modda).
1999 yil aprel oyida Toshkent shahrida, may oyida Andijonda o‘tkazilgan Respublika ilmiy-nazariy seminar qarorlariga muvofiq barcha ilmiy va oliy o‘quv muassasalariga kadrlarni tayyorlash milliy modeliga mos ilg‘or pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslarini ishlab-chiqish vazifasi yuklatildi.
Bu vazifani to‘liq bajarish maqsadida, eng avvalo, olimlar maktablarda va oliygohlarda ishlayotgan o‘qituvchi-trenerlar hamkorligida bir necha muammolarni echishi lozim bo‘ladi. SHu jumladan, chizmachilik fanini o‘qitishda quyidagilarga katta e’tibor qaratish kerak:

  1. yangi pedagogik texnologiyaning mohiyatini aniqlash va uning nazariy asoslarini yaratish;

  2. uning prinsiplarini ishlab chiqish;

  3. pedagogik texnologiyani amalda qo‘llash uchun samarali yo‘llarini tanlash va hokazo.

Pedagogik texnologiya nima? Nega endi shuncha yillardan beri yarab kelgan ta’lim jarayonini eskicha tashkil etishdan voz kechishimiz kerak va o‘quv jarayonini loyihalashtirishga yangicha yondashish zarur?
Bu yo‘nalishlar:

  1. ta’lim-tarbiya maqsadi, vazifasi, mazmuni, tizimini isloh qilish;

  2. ta’lim-tarbiya boshqaruvini isloh qilish;

  3. ta’limning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexanizmini yaratish;

  4. ota-ona, o‘qituvchi-o‘quvchining ta’lim jarayoniga bo‘lgan yangicha qarashlarini shakllantirish;

  5. va nihoyat, bu tub islohotlarning bosh harakatlantiruvchi kuchi - yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga tadbiq etishdan iborat.

Tashhislanuvchan o‘quv maqsadlarini qo‘llashga o‘tilishi, o‘qitish texnologiyasida baholashning o‘ziga xos yangi mazmunga ega bo‘lishiga olib keladi. Maqsad tashhislanuvchan usulda aniqlanar ekan, o‘quv jarayonining borishida uning belgilariga ham etalon sifatida qarash mumkin bo‘ladi. O‘qitish jarayonida joriy baho qaytuvchan aloqa rolini o‘ynaydi va etalon maqsadga (yoki uning qismlariga) erishishiga qaratilgan bo‘ladi. Agar maqsadga erishilmagan bo‘lsa, unda joriy nazorat natijalari asosida o‘quv jarayoniga tuzatishlar kiritilishi lozim. SHuning uchun ham, joriy baholar bilimlarni shakllantiruvchi funksiyani bajaradi. Demak, joriy nazoratlar baholanmaydi. Joriy mulohazalar mazmuniy harakterga ega bo‘lib, ular o‘quvchiga va uning faoliyatiga tegishli tuzatishlar kiritishiga yordam berishi lozim. YAkuniy baho ballarda ifodalanadi. Joriy baho kabi yakuniy baho ham tashhis usulida qo‘yilgan maqsadlarning etalon mezoniy belgilari asosida aniqlanadi va shuning uchun ham mezoniy harakterga ega bo‘ladi. O‘quv jarayoni ham shunga muvofiq yo‘nalishga ega bo‘ladi. Mezoniy baholash bu usulda o‘qitishning asosini tashkil qiladi.
O‘quvchilar bilimlarini shakllantiruvchi joriy baholar, ularga fan (kurs) ning har bir bo‘limi bo‘yicha tavsiya etilgan nazorat topshiriqlari bilan aniqlanadi. Bundan maqsad, o‘quvchilarda sodir bo‘ladigan qiyinchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf qilishdir. Bunday test variantlarining biri bo‘lim materialini to‘la qamrab olgan bir necha savollardan iborat bo‘lishi mumkin. Har bir savol ro‘parasida 4-5 ta javoblar (tanlab belgilash uchun) yoziladi. Har bir javob varianti bir qarashda to‘g‘riga o‘xshagan bo‘lishi, lekin faqat bittasi aniq to‘g‘ri bo‘lishi zarur. Javoblar A, V, S, D, E kabi harflar bilan belgilanadi. Javoblar o‘z-o‘zini tekshirish blankasiga o‘tkaziladi. Uni to‘ldirib bo‘lgandan so‘ng, o‘quvchi o‘z javoblarini test kaliti bilan taqqoslaydi va qaysi savollarga to‘g‘ri (noto‘g‘ri) javob berganligini o‘zi aniqlaydi. Javob bera olmagan savollarni o‘zi mustaqil ravishda (zarur bo‘lsa o‘qituvchi yordamida) o‘zlashtiradi. Bunda u alternativ o‘quv materiallari (o‘quv qo‘llanmalari, videomaterial, laboratoriya ishlarini bajarish uchun ko‘rsatmalar) dan foydalanishi ham mumkin.
Pedagogik texnologiyaning eng muhim yutuqlaridan biri - testlar fondini, o‘quv jarayonining borishini to‘la qamrab olgan nazorat - tekshiruv topshiriqlar to‘plamini yaratilishidir. Oldindan tayyorlangan, standartlashgan testlar ishda anchagina qulaylik tug‘diradi. Har bir o‘quv siklida test yordamida baholash tezkor qaytuvchan aloqa o‘rnatishga imkon beradi va o‘quv jarayonini belgilangan maqsad tomon ketma-ket ravishda yo‘naltirib turadi.


    1. Download 0,62 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish