Kurs ishining vazifasi:
- nazariy material,DTS qoidalari,chizma bajarish tartiblari,atamalar.
-Masala yechish ko’nikma va malakalari
-Chizma o’qish ko’nikmalari.
-Kitob va ma’lumotlar bilan ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish
Kurs ishining obyekti: Oliy ta’lim tizimida “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” bakalavriyat ta’lim yo’nalishi talabalarining malakalarini tekshirish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Bo’lajak tasviriy san’at va chizmachilik fani kadrlarini tayyorlash bo’yicha tahsil olayotgan talabalarlarning mutaxassislik fanlari bo’yicha olgan bilim,ko’nikma va malakalarinini tekshirish usullari texnologiyasi
Kurs ishining tuzilishi va tarkibi: Kurs ishi kirish,ikki bob,to’rt paragraph,xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, jami 30 sahifani tashkil etadi.
IBob. O’quvchilarning bilim,ko’nikma va malakalarini tashhis etish.
Talabalarning bilim ko’nikma va malakalarini shakllantirish
Bilim-kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan ma’lumotlari,voqelikning inson tafakkurida aks etishi. Voqelik haqidagi bilgan ma’lumotlarimiz bilim darajasiga ko’tarilishi uchun quyidagi shartlar qanoatlantirilishi lozim.
Birinchidan,bu ma’lumotlarning voqelikka mutanosibligi
Ikkinvhidan,bu ma’lumotlar dalillar bilan asoslangan bo’lishi lozim.
Uchchala shart birgalikda mavjud ma’lumotlarni bilim darajasiga olib chiqadi.
Ko’nikma- mashq qilish natijasida yuzaga kelgan hatti harakatlarning avtomatlashgan usuli.
Malaka- oldinga qo’yilgan maqsad va hatta harakat sharoitidan kelib chiqadigan muvaffaqqiyatli harakat usulidir.
Harakat ko’nikmalariga jismoniy mehnat,sport va o’quv ko’nikmalari kiradi.Sensor ko’nikma va malakalariga o’lchov,yorug’lik,ovoz va simvolik ma’lumotlarni tez va to’g’ri qabul qilish bilan bog’liq bo’lgan va boshqarish markazlariga takrorlab borishlar kiradi.
Aqliy ko’nikma va malakalarga-kuzatish usullari,malakalarni rivojlantirish,og’zaki va yozma hisob kitobni ishlab chiqarish harakatlarga yo’naltirish,ilmiy tajriba o’tkazish va hokazo,ko’nikmalar mashq natijasida yuzaga keladi.
Inson tomonidan egallangan ko’nikma va malakalar yangi ko’nikmalarni shakllanishiga ta’sir ko;rsatadigan qonuniyatlar:
-Ko’nikmaning hosil bo’lishining notekis jarayoni bu mashqlarning egri grafigida namoyon bo’ladi. Ko’nikmalarning yangilarining shakllanishiga ta’siri interfensiya deyiladi. Bunda eski ko’nikma yangisining shakllanishiga xalaqit beradi ko’nikmani Progressiv va Regressiv-ko’nikma uzoq va tarbiya miqdorida xizmat qilishi uchun undan foydalanish lozim. Aks holda deavtomatlashtirish yuzaga keladi va zarur harakatlar o’z tezligi,yangiligi, aniqligi ba avtomatlashtirilgan harakatlarni ta’minlovchi xususiyatlarini yo’qotadi.
O’qitishning ikkita usuli mavjud. Biri ananaviy o’qitish usuli-bunda o’qituvchi muammoni belgilaydi,vazifalarni aniqlaydi va muammoni yechib beradi. O’quvchi esa masalani yechish yo’llarini eslab qoladi va uni yechishni mashq qiladi. Bunda o’quvchilarda reproduktiv tafakkur shakllanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |