Mustaqil ish Bajardi: 2-kurs, ilxkm-80 guruh talabasi Muxtarova Madinabonu Shuhratulla qizi Tekshirdi: prof. Davronov Z



Download 1,08 Mb.
bet1/6
Sana23.04.2022
Hajmi1,08 Mb.
#577488
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Falsafa.must.ish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

Byujet hisobi va g’aznachilik” FAKULTETI
Invistitsion loyihalarga xizmat ko’rsatish va moliyalashtirish”
Fan: Falsafa
Mustaqil ish


Bajardi: 2-kurs, ILXKM-80 guruh
talabasi Muxtarova Madinabonu Shuhratulla qizi
Tekshirdi: prof. Davronov Z.________
Toshkent – 2021
ISLOM DINIDA INSON HUQUQLARI XIMOYASI, IJTIMOIY TENGLIK,ADOLAT VA BAG`RIKENGLIK MUAMMOLARI


KIRISH


Har bir jamiyatning e`tiqod masalalari, amaliy hayoti va ruhiy - ma`naviy jihatlari bo`ladi. Bularsiz inson va u mansub bo`lgan jamiyatning hayoti bo`lishi mumkin emas. Hatto dinni inkor qiluvchilar ham o`ziga yarasha e`tiqodi bo`ladi. Zotan, "Dinga ishonmayman", deyishning o`zi ham o`ziga xos e`tiqod hisoblanadi. Shuningdek, har bir inson jamiyatning ham kundalik hayotda amal qilishi lozim bo`lgan shiorlari, o`zaro va boshqalar bilan bo`ladigan muammolarini yo`lga soladigan qoidalari, hayot kechirish jarayonida paydo bo`ladigan amaliy muammolarni hal qilish yo`llari bo`ladi.
Inson jamiyati borki, uning axloq - odob qoidalari, insoniy sifatlarni hosil qilish va ularni hayotga tadbiq etish masalalari bo`yicha o`ziga xos tushuncha va uslublari mavjud.
Albatta, insoniyatni ikki dunyo saodati bilan ta`minlashi lozim bo`lgan Islom dinining ham ushbu yo`nalishlarda xizmat qiladigan ilohiy asoslari mavjud.
Islom dinining ilk shakllanish davrida aqida, ibodat, din va huquq, diniy jamoa va davlat, ruhoniy va dunyoviy hokimiyat masalalarida bahslar ko‘tarilmagan. Muhammad (s.a.v.) barcha hukmlarni vahiy orqali olar va ularni so‘zsiz bajarish barcha musulmonlar uchun vojib sanalar edi. Musulmonlar Payg‘ambarning shaxsi, hayot tarzi, axloq-odobiga fidoyilarcha taqlid qilishar, ayniqsa, qalb osudaligi va xotiijamligiga, ruhiy taskin topishga intilgan odamlar uchun u ibrat namunasi edi. Uning o‘gitlari mantiqiy-aqliy muhokama va falsafiy mushohadalarga o‘rin qoldirmas, undan taralayotgan iymon nuri ishonch va e'tiqodni mustahkamlar edi. Turgan gapki, vahiy bor ekan, haqiqatning boshqa manbasi haqida o‘ylashning zarurati yo‘q edi. Muhimi vahiy orqali nozil bo‘lgan so‘zlarni yodda saqlash, tushunish va ularni hayotga tatbiq etish edi. Bu esa Qur’onni yod bilish va uning hukmlarini bajarish, Payg‘ambar sunnati va u belgilab bergan tafakkur tarzidan og'ishmaslikni taqozo etardi.1
Shariat ilmlarining rivoji, ayniqsa, ijmo, qiyos usullari musulmonlarning oldida ko‘ndalang bo'lgan, diniy ibodatlar bilan bog‘liq ko‘plab hayotiy muammolarni bartaraf etdi. Shu bilan birga, mazkur usullar din asoslarini falsafiy mushohada qilishga ham yo‘l ochib berdi. Sodda falsafiy qarashlardan tizimli falsafiy mushohadaga o‘tishda xristian ilohiyotshunosligi tajribasi ancha qo‘l kelishi mumkin edi.
Islom tarixi, manbalari, aqidalari, marosimlari, Qurʼoni karim, Muhammad hayoti va faoliyati, paygʻambar hadislarini oʻrganish, tadqiq qilish Islomshunoslik fanining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu sohadagi tadqiqotlar Islom tarqalgan mamlakatlarda, xususan, Movarounnahrda Islom va uning yozma manbalari paydo boʻlgandan buyon olib boriladi. Musulmon dini tarixi va Qurʼonni oʻrganish Amerikada (G. Grunebaum, X. Gibb, M. Vott va boshqa), Yevropada (I. Goldsiyer, L. Kaetani, A. Masse, R. Sharl), jumladan, Rossiyada (A. E. Shmidt, V. V. Bartold, I. A. Krachkovskiy va boshqa) XIX asr oʻrtalaridan keng tus oldi. Shoʻrolar davridagi tadqiqotlarda Islomga, asosan, yagona marksistik mafkura nuqtai nazaridan kelib chiqib yondoshildi. Islomning insoniyat tamadduni tarixidagi ahamiyatini ommaga tushuntirishda, Turon zaminida yetishib chiqib islomiy ilmlar xazinasini boyitgan ulugʻ allomalarning merosini xalqqa yetkazishda Eshon Boboxon Abdumajidxon oʻgʻli, mufti Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon, Alixontoʻra Sogʻuniy, marhum shayxlar Ismoil Maxdum (1893-1976), Abdugʻani Abdullo (1928-1999) va Yusufxon Shokirov (1926-2000)larning xizmati kattadir. XX asr oxirlaridan boshlab mamlakatimizda Islom boʻyicha obʼyektiv tadqiqotlar olib borish imkoniyati tugʻildi. Oʻzbekistonlik olimlar Islom manbashunosligi, Qurʼon tarjimasi va tafsiri, Islomdagi mazhablar, oqimlar, mashhur muhaddis va faqihlar, xalqaro Islom tashkilotlari, diniy bagʻrikenglik, diniy ekstremizmga oid bir qancha asarlar yozdilar (marhum M. A. Usmonov, shuningdek, N. Ibrohimov, H. Karomatov, A. Mansurov, A. Hasanov, Z. Husniddinov, Z. Islomov, U. Uvatov, B. Eshonjonov, B. Abduhalimov, A. Juzjoniy, A. Moʻminov, A. Azimov, R. Obidov va boshqalar).2
Jahonda qariyb 1,2 mlrd. kishi Islom diniga eʼtiqod qiladi. Musulmonlarning ⅔ qismidan koʻprogʻi Osiyoda yashaydi va bu qitʼa aholisining 20 %idan ortiqrogʻini tashkil etadi. Qariyb 30 % musulmonlar Afrikaga toʻgʻri keladi Dunyoda musulmon jamoalari mavjud boʻlgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining koʻpchiligini tashkil qiladi — Shimoliy Afrika, Gʻarbiy Osiyoning barcha mamlakatlaridaGambiya, Somali,  Pokiston, Bangladesh, Indoneziya va boshqa baʼzi mamlakatlarda aholining 80 % idan ortigʻi musulmonlardir; bir qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80 % igacha tashkil qiladi. Malayziya va Nigeriyada qariyb yarmi, baʼzi bir mamlakatlar (Gvineya-Bisau, Kamerun, Burkinafaso, Sʼyerra-Leone va boshqalar)da musulmonlar ozchilikni tashkil qilsa ham, taʼsir doirasi kuchli. Musulmonlarning soni jihatdan eng yirik davlatlar — Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladesh; musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Tailand, Efiopiya, Tanzaniya, Kiprda, Yevropaning ayrim mamlakatlari, Germaniya, Fransiya va boshqalar), Shimoliy va Janubiy Amerika qitʼasi mamlakatlarida, Avstraliyada, Fiji orollarida yashaydi.3

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish