Mustaqil ish Ekologik populyasiya va tizimlarni tirik organizlar misolida



Download 89,39 Kb.
bet4/6
Sana31.05.2023
Hajmi89,39 Kb.
#946935
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 Ekologik popu

Tarqalish imkoniyatining chegaralanganligi

Mа’lum tur individlarining bu joyda uchramasligi asosiy sabablaridan biri ular yashab turgan joyidan boshqa joyga o‘tish uchun tarqalish imkoniyatlarining yetishmasligidir.


Agar biz turlarning tarqalish imkoniyatini chegaralanganligini hisobga oladigan bo‘lsak, bа’zi vaqtlarda bu qarash noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Turning tarqalishini yirik geografik masshtabda belgilaydigan bo‘lsak, Shimoliy Amerika ondatrasining Yevropada, Yevropa qarg‘asing Shimoliy Amerikada tarqalib ketishi buni inkor qiladi.
Organizmlarning tarqalishini geografik landshaftda emas, balki ekologik landshaftda qiyoslaydigan bolsak, tarqalish imkoniyatining chegaralanganligi ornini yana ham yoqotadi.
Bu kopgina tajribalarda isbotlangan. Suniy tarzda boshqa joydan kochirib keltirilgan organizmlar bu joyda faqatgina yashab ketib qolmasdan, kopaya boshlagan va oz rivojlanish siklini toliq otay boshladi.


Yashash joyini faol tanlash xususiyati

Bu xususiyat yetarli darajada organilmagan, chunki yashash joyini tanlash xususiyati kop hollarda oddiy xulq-atvor reaksiyasiga asoslanadi. Masalan: eshakqurt namlik gradienti yuqori bolgan joyga kochirilgan (qoyilganda) u shu yerda ham namlik kop toplangan joyni tanlaydi. Holbuki, nam joyda u tez harakatlana olmaydi.


Hayvonlarda yashash joyini tanlash darajasi asosan populyatsiya zichligi bilan bogliq. Populyatsiya zichligi kam bolsa ular iloji boricha optimal sharoitni tanlaydi. Zichlikning oshishi bilan bu sharoitga etibor kamayib boradi. Bunga misol qilib dala sichqonlari va lemminglarni (har 3-4 yilda) populyatsiyasi zichligini kopayishini misol keltirish mumkin. Lemminglar populyatsiyasi zichligi kopayganda ular boshqa joyga qarab kocha boshlaydi. Boshqa joydan esa bu sharoitni topa olmaydi va barchasi halok boladi. Oldingi joyda qolgan qutgani yashab qoladi.
Agar biz boshqa joyda mа’lum organizmlarning tarqalishini chegaralovchi hulq-atvor reaksiyalarini aniqlay olmasak, unda bu joyda organizmlarning tarqalishiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy sabab biotik va abiotik omillar bo‘ladi.
Biotik omillar: yirtqichlar va konkurientalar, ozuqa yetishmasligi: parazitlar, fitofaglar va h.k. M: gidrobiologlarga shu narsa mа’lumki, planktonxo‘r baliqlarning hovuz va ko‘llarda ko‘payishi planktonlarning kamayishiga olib keladi. Shvetsiya territoriyasida N.Nilson va B. Peyler 50 dan ortiq ko‘llarda olib borgan tadqiqotlari natijasida shu narsa mа’lum bo‘ladiki, zooplanktonxo‘r golets va sig baliqlarini bo‘lishidan planktonxo‘r qisqichbaqasimonlarning birorta ham turi uchramaydi.
Ozuqa yetishmasligi va boshqa hayotiy muhim resurslarning yetishmasligi ham organizmalar tarqalishini chegaralovchi sabablardan biri bolib xizmat qiladi. M:dafniyalar Kanada tog kollarida yashay oladi lekin uchramaydi, buning asosan sababi mayda plankton suv otlarining juda ham kam bolishidir.
Muhim biogen elementlar (azot, fosfor, kremniy va h.k.) konsentratsiyasi ham plankton organizmlar tarqalishini chegaralaydi. M: fosfor minimal konsentratsiyasi diatom suv otlarini doimiy chegaralangan, ikkinchidan esa osimliklar fitofatlardan yetarli darajada himoyalangan bolishi mumkin.
Osimliklarning himoya vositalari ularni istemol qiluvchi hayvonlarga nisbatan xilma-xil va turli-tumandir. Bular: nayzasimon osimtalar, tikanlar, yogon tana va koplab kimyoviy moddalar (ikkilamchi metabolit mahsulotlar) osimliklar toqimalarini suvsiz qiluvchi yoki zaharli qiluvchi moddalar hisoblanadi. Bular ichida har xil alkolloidlar (nikotin-tamaki bargida toplanadi) tanin, har xil smolalar, steroidlar va boshqalar.
Bu zaharlar, moddalar hayot uchun qanchalik zararli bolishidan qatiy nazar fitofatlarda evolyutsiya jarayonida ularning zahrini kamaytirish, zaharga chidamlilik xususiyatlari paydo bolgan.
Bir qator fitofaglar osimliklar orqali istemol qilgan zaharli moddalarni oz gavdasiga toplash xususiyatiga ega, qaysiki bu fitofaglar yirtqichlar uchun ham zaharli hisoblanadi. Bunga misol qilib Shimoliy Amerikada uchrovchi monarx kapaligi lichinkalari, vatochnik osimligida oziqlanadi. Bu osimliklarda kordenolid- moddasi bolib, qushlar va sut emizuvchilarda yurak sistemasining ishini buzuvchi modda hisoblanadi. Monarx kapalagini yoki uning lichinkasini tajribasiz qushlar tasodifan yeb qoysa qaytarib tashlaydi va qayta umuman yemaydi. Bu kapalaklar tarkibida kordenolid bolmagan osimliklarda oziqlansa qushlar ularni bemalol istemol qiladi, albatta hashoratni bunga orgatsa. Shuni ham aytish kerakki, bа’zi qushlar buni bemalol yeyveradi. M: qora yelkali trupial, monarx kapalagini yeyish uchun kordenolid to‘planadigan qanotlari, ko‘krak kutikulasini ajratib tashlaydi va qornini yorib yeydi.
Plankton hayvonlarning yirtqichlardan himoya qilinishi
Chuchuk suvlarda yashovchi plankton qisqichbaqasimonlar, kalovrotkalarni baliqlar istemol qiladi hamda mayda yirtqich umurtqasizlarning ham o‘ljasi hisoblanadi. Tinch zooplanktonlarga yirtqich umurtqasizlar va baliqlar hujum qiladi va har xil ovlash o‘ljani tutish moslanishlariga ega.
Baliqlarni ovlashida ko‘rish asosiy rol o‘ynaydi va o‘z gavdasiga nisbatan kichik hajmdagi ozuqani tanlaydi. O‘lja tanasi qancha katta bo‘lsa, unga yaqinlashmaydi. Mayda yirtqich planktonlar umurtqasizlar ham shunday xususiyatga ega. Vaholanki, biz bu nuqtai nazardan qarasak, gavda razmeri katta bo‘lishi (zooplanktonlarda) ularni baliqlar ko‘proq ovlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Zooplankton hayvonlarda yirtqich umurtqasizlardan himoyalanish uchun gavda razmeri katta bo‘lishi foydali, lekin baliqlardan himoya qila olmaydi. Shunga ko‘ra ularning gavdasi yirik, sharsimon, ko‘pincha pufak shaklida bo‘lib, ichi rangsiz suyuqlik bilan to‘lgan bo‘ladi. Bu moslanish uni ikkala yirtqichdan ham himoya qildi. Bundan tashqari chuchuk suv plankton hayvonlarida yirtqich umurtqasizlardan populyatsiyasini bir miqdorda saqlash uchun uning miqdori suvda 0.05 mk moll bo‘lishi lozim.
Organizmlar tarqalishini chegaralovchi zarur resurslarning past konsentratsiyada bo‘lishi tabiatdagi oddiy holdir va bu har xil guruh vakillarida uchraydi.
Biror element konsentratsiyasini tabiiy muhitda minimal miqdorda bo‘lishi Libix minimum qonuni deyiladi. Bu qoida yoki qonun Libix nomini olishi B.Libix (1803-1873) taniqli nemis ximigi «O‘simliklar mineral oziqlanishi nazariyasi va agroximiya asoslari» ni yaratgan olim nomi bilan atalgan. Libix tа’rifini D.N.Priyanishnikov shunday tarjima qildi. «Agar tuproq yoki atmosferada o‘simliklarning oziqlanishida qatnashuvchi qaysidir element bo‘lmasa yoki kerakli me’yorda bo‘lmasa, o‘simlik rivojlanmaydi yoki juda yomon rivojlanadi.Ushbu elementni tuproq tarkibiga kiritish yoki ko‘paytirish natijasida ozuqa samaradorligi tiklanadi. Chunki shu elementning tuproq yoki ozuqa tarkibida bo‘lishi zarur. Bu minimal qonuni, deb ataladi. M: ovqatda natriy yoki fosforning yetishmasligi o‘txo‘r hayvonlar sonini o‘sishiga, tarqalishiga to‘sqinlik qiladi».
Hayvon va o‘simliklarning tarqalishini chegaralovchi faktorlar sifatida konkurensiya (raqobat) ham muhim rol o‘ynaydi. Mа’lum joyda o‘rganilayotgan organizmning uchramasligini sababi yirtqichlar tazyiqi, ovqat yetishmasligi va boshqa biotik faktorlardir. Bundan tashqari asosan muhitning abitoik faktorlari (shu joyning o‘ziga xos yashash joyining harorati, namlik, yorug‘lik, tuproqning ximiyaviy tarkibi, suv organizmlari uchun suvning sho‘rligi va ximiyaviy elementlar tarkibi va boshqalar muhimdir.
Individlar tarqalishini belgilovchi omillar ichida asosiylari quyidagilar:
- organizmlar taqsimlanishi imkoniyatlarining chegaralanganligi;
- o‘ziga xos yashash joyini faol tanlashi;
- biotik faktor(ko‘proq yirtqich va raqobatchilar);
- abiotik faktor – populyatsiya va organizmning har bir omilga aniq (tolerantlik ) chidamlilik zonasi;


Download 89,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish