Mustaqil ish Ekologik populyasiya va tizimlarni tirik organizlar misolida



Download 89,39 Kb.
bet6/6
Sana31.05.2023
Hajmi89,39 Kb.
#946935
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 Ekologik popu

Ko‘payish formalari va ritmi
Har bir populyatsiya uchun ko‘payishning u yoki bu formasi xarkterli va ko‘p hollarda tashqi muhit tа’siriga va hayot tarziga bog‘liq. Jinsiy ko‘payishni jinssiz ko‘payish bilan alamashinuvi, geterogoniya, metagenez, gormofroditizm va ayrim jinslilik va boshqalar. Masalan:
Tsitogoniya - jinsiy ko‘payishdan – jinssiz ko‘payishga o‘tish; sodda hayvonlar, suv o‘tlariga xos.
Metagnez - jinssiz ko‘payishdan – jinsiy ko‘payishga o‘tish. Yashash sharoiti yomonlashganda gidralar shu usul bilan ko‘payadi.
Getergoniya vegetativ organlari yordamida ko‘payish.
Organizmlar populyatsiyalarida ko‘payish turli mavsumlarda turli davrlarga to‘g‘ri keladi, bu esa ko‘p hollarda aniq ko‘payish ritmining shakllanishiga olib keladi. Ko‘payish aksariyat hollarda individlar uchun eng qulay paytda to‘g‘ri keladi. Bu haroratning qulay bo‘lishi, suvlikning yoritilishi, ozuqa, boshqa jins individlarining bo‘lishi va h.k.
Ko‘payish ritmi asosan 3 ta tipga bo‘linadi.
1.Mavsumiy ritm: quyosh radiatsiyasining tushishiga ko‘proq bog‘liq. Sovuq mintaqada yozda, mo‘’tadil bahor va kuzda, ekvatorial va tropikda sezilmaydi.
2.Davriylik ritmi – oy almashishi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘payish.To‘lin oy kechasi, yangi oy kechasi. M:Samoa orollari atrofida tarqalgan palolo chuvalchanglari faqatgina har yili oktyabr-noyabr oyining 3 choragida bosh qismidan ajralgan jinsiy mahsulotlar bilan to‘lgan qismi soat 24 dan 03 minut o‘tganda dengiz qа’ridan suv yuziga chiqa boshlaydi. Bu yer aholisi shu vaqtda ovga chiqadi. Bermud orollarida yashovchi polixetalar guj (roenie) bo‘lib ko‘chishi oy yangi bo‘lgandan uch kun o‘tgach kun botgandan so‘ng roppa rosa 5-4 minut o‘tgach boshlanadi.
3.Sutka ritmliligi - kun va tunning almashinuvi ham ko‘payish intensivligiga katta tа’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa bu suv o‘tlari uchun juda xarakterli. M:qora dengizda uchrovchi diatom suv o‘tlarida tunning 2-yarmida va kunning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Aksariyatiga esa soat 22:00 dan 4:00 gacha to‘g‘ri keladi.
Serpushtlilik
Populyatsiyalar serpushtliligi vaqt birligi ichida qo‘ygan tuxumlar soni bilan belgilanadi. Serpushtlilik xarateriga ko‘ra 2 xilga bo‘linadi.
1.Absolyut serpushtlilik – bir ko‘payish mobayniga organizm tomonidan qo‘yilgan umumiy ikra yoki tuxumlar soniga aytiladi.
2. Nisbiy serpushtliligi – individning absolyut serpushtliligining uning gavdasi massasiga aytiladi.
Gidrobiontlar gavdasi kattalagani sari tobora absolyut serpushtliligi oshadi, nisbiylik esa tushib boradi. Organizmlar hayoti davomida generatsiyalar hosil qilish xarakteriga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi. M:umrida bir marotaba avlod beradigan organizmlar: qisqichbaqasimonlarning bа’zi turlari, ko‘pgina ikki qanotlilar, polixetalar, qator baliqlar, uzoq sharq lososi, bir yillik gidrofitlar va h.k.
Hayotida bir necha bor ko‘payuvchi organizmlar ham bir yillik yoki ko‘p yillik bo‘lishi mumkin. Ko‘p yilliklar ichida bir yilda bir necha bor generatsiya beruvchilar mavjud. Bu ko‘proq tashqi muhitga bog‘liq. M:Sevan ko‘lida yashovchi amfipodalar yiliga 4 avlod bersa, Baykalbo‘yi va G‘arbiy Sibir suv havzalarida yashovchilari esa 2 avlod beradi.


Populyatsiyalarda o‘lim, yashovchanlik va o‘sish
Har bir generatsiya individlari soni tabiiy ravishda uzluksiz kamayib turadi, bu boshqa organizmlar tomonidan qirib yuboriladi yoki tashqi muhit abiotik faktorlar orqali tа’sirida o‘ladi. O‘lishning kamayishi yoki uning teskarisi populyatsiya yashovchanligi deb ataladi. Bunda individlar qaysidir yoshgacha yashaydi. Yа’ni tashqi muhit faktorlariga moslashish kuchli bo‘ladi. O‘lim ko‘rsatkichining yuqori ekanligini organizmning serpushtliligi ham ko‘rsatib turadi. Oybaliq – 300 mln. donagacha ikra tashlasa, partenognez yo‘li bilan ko‘payuvchi qisqichbaqasimonlarning har bir individi 2-3 kunda avlod beradi.
Populyatsiyalarning butunlay qirilib ketishi – suv havzalarining qurishi yoki muzlashi yoki «zamor»larda sodir bo‘ladi. Individlar naslining yashovchanligini tа’minlovchi asosiy omillardan biri tashqi muhit harorati va boshqa organizmlardan muhofaza qilinganligi hisoblanadi.
Populyatsiyalar o‘sishi deb mа’lum vaqt davomida individlar miqdori yoki biomassasining oshishiga aytiladi. Agar tug‘ilishidan o‘lish ko‘p bo‘lsa, salbiy o‘sish, teskarisi ijobiy o‘sish deb baholanadi.
Populyasiya a’zolarining o‘limi ularning soni va zichligiga bog‘liq bo‘ladi. Populyasiyadagi o‘lim — bu ma’lum vaqt ichida, ma’lum joyda tur vakillarining o‘limidir. O‘lim populyasiyadagi tug‘ilishning ma’lum qismida yoki butun populyasiyada bo‘lishi mumkin. Ma’­lum sharoitda tur vakillarining nobud bo‘lishi — ekologik yoki amalga oshgan o‘limdir. Bunday o‘limning darajasi atrof-muhit eko­logik omillarining va populyasiya holatining o‘zgarishi bilan o‘zga­rib turadi.
Populyasiya o‘limining asosida uning vakillarining doimiy o‘lim darajasi yotadi; populyasiya eng yaxshi sharoitda bo‘lganda ham, uning ayrim a’zolari turli sabablar bilan nobud bo‘ladi. Orga­nizmning qarishi, uning fiziologik hayotining uzun-qisqaligidan kelib chiqadi va uning uzoqligi o‘rta ekologik yoshdan ortiq bo‘ladi. Populyasiya holatini aniqlashda uning o‘limi emas, balki populyasiya a’zolarining yashab, tirik qolishi katta ahamiyatga egadir.
Takomillashgan organizmlarda tug‘ilish va o‘lish keng doirada o‘zgarib turadi. Organizmlar yosh bo‘yicha guruhlardagi nisbiy o‘lim darajasini belgilash bilan populyasiya ichidagi umumiy o‘lim aniqlanadi. Populyasiyadagi to‘la o‘lim, organizmning statistik tirik qolishi orqali aniqlanadi. Bunga yovvoyi qo‘ylarning tabiiy sharoitda tug‘ilishi, soni, yoshi, o‘lishi va tirik qolganlar darajasi bilan aniqlanadi, ya’ni tog‘ qo‘ynida tug‘ilgan qo‘zicha o‘sha yili tirik qolsa, uning o‘rtacha yoshi 7 yoshdan o‘tadi, tabiiy tog‘ sharoitida bo‘ri, qashqir va boshqa yirtqichlar ko‘p bo‘lsa ham, ular­ning saqlanib qolishi, yoshining o‘sishi bilan ancha yuqori bo‘ladi.
Organizmning tirik qolishi, nasl qoldirishi, har bir yoshdagi guruhning ko‘payish qobiliyati populyasiyaning o‘zgarib turishini bildiradi. Ko‘pchilik hollarda sutemizuvchilarning ko‘payish qobiliyatini bilishda ularning qushlarning tuxumlari, sudralib yuruvchilar, hasharotlar, dengiz umurtqasizlarining yosh vakillari va balog‘atga yetgan vakillari nisbatini aniqlashda, ular­ning tuxumlari yoki yosh avlodlarini hisoblash yo‘li bilan aniqla­nadi. Tug‘ilgan yosh vakillar onalik soniga ko‘paytirilsa, ma’lum yoshdagi guruhlarning o‘rta yoshi kelib chiqadi.
Tabiatda uchraydigan populyasiyalarning butun hayotida tirik qoli­shi doimiy bo‘lmaydi, u doim o‘zgarib turadi, bir balandga bir pastga tushib turadi. Bunday holatni ko‘pchilik qushlarda, sichqon va quyonlarda kuzatish mumkin. Ularning yosh vakillarida o‘lim ko‘p bo‘lib, bir va undan katta yoshdagi vakillarda kam va tirik qolish doimiylashib qoladi. Ayrim hasharotlarda o‘lish darajasi juda yuqori (99,0%), yashab qolishi — 1%, hattoki undan ham past bo‘ladi.
Tirik qolish asosida — o‘z naslini saqlash, unga g‘amxo‘rlik qilish yotadi. Masalan, arilar, qaldirg‘ochlar, chumchuq, kaptar kabilar o‘z nasliga g‘amxo‘rlik qiladi, ularni saqlaydi, lekin, chigirtkalar, sardin baliqlar tuxum qo‘yadi, xolos, tuxumdan chiqqan yosh avlod yashash uchun o‘zi kurashadi.
Tabiiy va sun’iy o‘tloqzorlarda uchraydigan bug‘uning tirik qolishi taxlil qilinsa, o‘zlashtirilgan yerlarning eski o‘simliklari har yili yoqib yuboriladi, bug‘u uchun oziqa kam qoladi, kama­yadi. Tabiiy sharoitda doim ov va raqobatlik bo‘lishiga qaramasdan, oziqaning yetarliligi tufayli, bug‘ularning tirik qolishi sun’iy sharoitga nisbatan doim yuqori bo‘ladi, chunki, tabiiy sharoitda oziqadan tashqari bug‘u populyasiyasining (1 km da 40 ta bug‘u) saqlanishi uchun butalar, qalin o‘t o‘simliklar bo‘lib, ular juft- juft bo‘lib, o‘z sonlarini doim ushlab turadi. Bug‘uning siyrak a’zoli populyasiyasi (1 km da 17 ta bug‘u) kam o‘tli, shoxlamagan butalar bor sun’iy maydonda ular 10 yoshga ham yetmaydi.
Keyingi vaqtda insonlar populyasiyasining soni va zichligi tinimsiz o‘sib, ularning Yer yuzida yashab qolishi uchun sharoit og‘ir bo‘lishi mumkin, lekin fan-texnika, tabiat va ovqatlanish yaxshilanishi tufayli ularning o‘rtacha yoshi 65—70 ga etdi, tirik qolish imkoniyati ko‘paydi. Lekin insonning uzoq yashashi o‘sgani yo‘q. Juda kam insonlargina 100—140 yoshga yetmoqdalar. Keyingi vaqtda eko­logik sharoitning yomonlashuvi (suv, havo, tuproq, oziqa mahsulotlarining zaharlanishi, ifloslanishi) tufayli yosh bolalar, ayollar va keksalar ichida o‘lim ko‘paymoqda. Xayvonlarda ham yosh vakillarning ko‘plab o‘lishi kuzatiladi. Masalan, ko‘pchilik baliqlar tashlagan ikrasining 1—2% i balog‘atga etadi, hasharotlarda esa qo‘yilgan tuxumlarining 0,3—0,5% i tirik qoladi.
Tirik organizmlar ichida uchraydigan o‘limning 3 xili kuzati­ladi, ya’ni: 1. O‘lim hamma yosh uchun bir xil. Bunday o‘lim optimal sharoitda yashaydigan populyasiyalarda juda kam uchraydi. 2. O‘lim­ning ikkinchi xili o‘simlik va hayvonlarning yosh davrida kuzati­ladi va yosh vakillar ko‘plab nobud bo‘ladi. Masalan, o‘simlik urug‘larining ko‘plari unish va unib chiqish vaqtida, hayvonlardan tug‘ilgan yosh qo‘zichoqlar, buzoqlar, bo‘richa, tulkichalar ko‘plab nobud bo‘ladi. 3. O‘limning uchinchi xilida populyasiyaniig balog‘atga etgan va keksa a’zolari ichida o‘lish ko‘plab bo‘ladi. Bunday o‘lim kuzda hasharotlarning daraxt shoxlari, o‘t-o‘simlik ichida, tuproq yuzasida kuzatiladi.
Tur vakilining ko‘payish xususiyatlari populyasiyaning o‘sishiga ta’sir qiladi. Undan tashqari tur vakillarining tarqalishi bilan tug‘ilish va o‘lish o‘rtasida doim tenglik bo‘lib turadi. Tur vakilla­rining migratsiyasi natijasida populyasiya bir joyda zich, ikkin­chi joyda siyrak, bir joyda o‘lish tug‘ilishdan ko‘p va aksincha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham har xil populyasiyalarda tug‘i­lish, o‘lish va migratsiya turlicha o‘tadi. Bunday notekislik populya­siya sonining fasllar va ko‘p yillar ichida tashqi muhitning abi­otik omillarining o‘zgarib turishidan kelib chiqadi.
Populyasiya muhitning o‘zgarishiga moslanish va o‘z vakillarini yangilash hamda almashtirish yo‘li bilan o‘zining soni va zichligini boshqarib turadi. Populyasiyada vakillarning ko‘payishi tug‘ilish va emmigratsiya natijasida hosil bo‘lsa, populyasiya vakilla­rining kamayishi, o‘lishi emigratsiya natijasida bo‘lib, umumiy sonni boshqarilishi kelib chiqadi. Ular tarqalgan chegara ushlab turiladi. Masalan, bir generatsiyaning hamma vakillari to‘la bio­logik yoshni o‘taydi va keyin qisqa vaqtda nobud bo‘ladi. Bunday populyasiyalarda o‘rtacha yosh yuqori va maksimumga yaqinlashadi. Bularning asosiy sabablari populyasiya a’zolari sonining yil davomida (harorat, oziqa, joy) o‘zgarishidan kelib chiqadi, natijada organizmlarning umri o‘zgaradi, qisqaradi. Masalan, qushlardan kaklik va bedanalarning yoshi o‘tishi bilan ko‘plab nobud bo‘ladi. Ma’lum darajada bo‘lishicha kakliklar populyasiyasidagi o‘lish ular­ning yosh vaqtiga (85%) to‘g‘ri keladi, balog‘atga etgan vakillar o‘z- o‘zlarini saqlaydi va muhitga chidamlidir.
Download 89,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish