Mustaqil ish Ekologik populyasiya va tizimlarni tirik organizlar misolida



Download 89,39 Kb.
bet5/6
Sana31.05.2023
Hajmi89,39 Kb.
#946935
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 Ekologik popu

4.Populyatsiya gomeostazi.
Tashqi muhitning ozgarishidan qatiy nazar populyatsiya sonining bir meyorda saqlanib turilishi gamestaz (yunoncha gomeo-oxshash, statis-holat) deyiladi. Populyatsiya gomeostazi turning ekologik xususiyatlari, uning harakatchanligi, yirtqich va parazitlar hamda boshqa omillarining tasir etish darajasiga bogliq boladi.
Populyatsiyaning zichligini boshqarish osimliklarda hududni hisobga olgan holda oz-ozini siyraklashtirish, vegetativ quvvatini oshirishda namoyon bolsa, hayvonlarda esa ozuqa zaxiralari cheklangan holatda boladi. Kopchilik turlar populyatsiyasining osishini sekinlashtiruvchi mexanizmlardan biri individlarning ozaro kimyoviy tasir etishidir. Chunonchi, itbaliqlar suvga maxsus modda ajratib chiqarib, boshqa yosh itbaliqlarning osishini toxtatib qoyadi. Itbaliq qancha yirik bolsa, u ajratib chiqargan modda mayda itbaliqlarga shuncha tasir etadi. Bitta yirik itbaliq 75 litr suvda barcha kichik itbaliqlarning osishini cheklab qoyishi mumkin. Yirik itbaliqlar quruqlikka chiqib ketgandan song suvda ular ajratib chiqargan moddaning kuchi qolmaydi, shundan song kichik itbaliqlar yana osishda davom etadi. Buning ekologik mohiyati shundaki, suvdagi ozuqa resurslaridan tezlik bilan foydalanib, metomorfozni tez tugallaydi. Uning ketidan mayday itbaliqlar populyatsiyasi goyo rezerv hisoblanib, qulay sharoit yaratilganda hayot kechiradi.
Hayvonlar orasida kuchli korinishdagi populyatsiyalar sonini boshqarishga ozuqa zaxirasi, suv yoki boshqa resurslar ham cheklanganda kuzatiladi. Chunonchi, chuchuk suvda yashovchi okun baligi boshqa turdagi baliqlar bolmaganda ozining populyatsiya zichligini yosh baliqlar (bolalari)ni yeb hayot kechiradilar. Yosh baliqlar suvdagi mayday planktonlar bilan oziqlanadi, katta baliqlar esa bunga moslashmagan. Oz bolasini tutib yeyish (kannibalizm hodisasi) holati uzoq vaqt davomida ocharchilik kuzatilganda yirtqich sut emizuvchilar populyatsiyasida ham kuzatiladi.
Populyatsiya son jihatdan cheklashning ikkinchi korinishi zichlik ortishi bilan fiziologik va xulqiy holatlarning ozgarishidir. Bu oz navbatida yalpi kochib ketish instinklarini keltirib chiqaradi. Natijada, otroq hayot kechirayotgan populyatsiyaning kopchilik qismi ushbu hududdan chiqib ketishga majbur boladi. Hayvonlardagi hudud bilan bogliq bolgan xatti-harakatlar instinklar tizimi sifatida kelib chiqqan bolib, u populyatsiyaning ayni bir maydonda son jihatdan osishini boshqarishning samarali mexanizmlaridan hisoblanadi. Populyatsiya zichligini ortishi individning tugilish va nobud bolish miqdorining pasayishi yoki ortishi kabi fiziologik ozgarishlar bilan kechadi.
Xamma tirik biologik sistemalar ozmi kopmi oz sonlarini tiklab, boshqarib turish qobiliyatlariga ega. Populyasiyada malum sonning saqlanib turishiga va uning boshqarilishiga populyasiyaning gomeostazi deb aytiladi. Populyasiyaniig gomeostaz qobiliyati uning azolarining fiziologik xususiyatlari, osish va xulqiy ozgarishlari, populyasiya sonining ortishi yoki kamayishi, ichki tuzilishlari asosida yuzaga keladi.
Populyasiya gomeostazi mexanizmlari: turning ekologik xususiyatlari, uning harakati va turga yirtqich, parazitlarning tasir qilish darajalaridan kelib chiqadi. Bu mexanizmlar ayrim tur vakillarida kuzatilib, ortiqcha vakillarning olib ketishiga olib keladi.
Populyasiya ichidagi gomeostazining qattiq otishiga osimliklar ichidan oz-ozidan siyraklashuvni misol qilib olish mumkin. Osimliklar (daraxtlar, butalar, ot osimliklar) qalin osib chiqqanda ularning bir qismi atrofdagi qoshni vakillarning fiziologik tasiri asosida yoruglik, oziqa, namlik, joy etishmasliklari asosida nobud boladi. Oldin osganning boyi, ildizi, shoxlanishi tez va yaxshi boladi. Keyin unib chiqqan vakil past boyli, ildizlari, shoxi kalta boladi. Unga yoruglik etmaydi, ildizidan kam ozika va namlik keladi, natijada shunday vakillar nobud boladi (paxta, bugdoy, arpa).
Olib borilgan amaliy tajribalar ham bu fikrlarni tasdiqlaydi. Jumladan, 1 va 2 joyga ekilgan beda 1250 ta osimta bergan, lekin, 3-4 kundan keyin shu osimtalarning 150 tasigina qolgan, qolganlari qurigan. Ikkinchi misol, 1 gektar erga mastakning 6 kg dan 180 kg gacha urugi sepildi. Urugning unib chiqish vaqtida 100 sm2 joyda uning 30 dan 1070 gacha poyalari bolgan. Lekin asta-sekin poyalar soni ortacha 500 atrofiga kelib, qalin joylardagilar qurib, siyrak joylarda yangi poyalar chiqadi.
Osimliklarda populyasiya azolarining qalinligi malum maydonda vakillar sonining ozgarishi orqali boshqariladi. Masalan, juda zich poyali paxtazorlarda osimlikning bargi, shoxlanishi ham, poyalar nozik, tik, ayrim vakillarning massasi, chanoqlari kam, hosili past boladi.
Xayvonlar populyasiyasida zichlikni boshqarish faqat oziqa, joy, suv kabi hayotiy resurslar chegaralanib qolganda yuzaga keladi. Masalan, kichik suv havzalarida okunniig balogatga etgan vakillari ozlarining kichik vakillari bilan oziqlanadi va ochlik vaqtida kannibalizm yoliga otadi.
Xasharotlar populyasiyasi ichida zichlikni boshqarish, vakillar bir-birini oldirib, raqobatdan qutuladi va populyasiyada zichlik darajasini ozlari boshqaradi. Parda qanotli parazit hasharotlarda tuxum qoyishning kamayishi bilan populyasiya azolarining soni va zichligi pasayadi.
Olmaga tushadigan hasharot va karam kuyasi vakillarida oziqa va tuxum qoyish uchun joyga raqobatlik orqali ular populyasiya ichida ozlarinnng soni va zichligini boshqaradi.
Ayrim qushlar uya qoyish vaqtida ozlarinnng maydonlaridan boshqa qushlarni haydaydi (qanot qoqish, tepish, tovush chiqarish yollari bilan) va populyasiya zichligining ortib ketmasligiga harakat qiladi. Mayda sutemizuvchilar (sugur, sichqon va bosh.) ham oz hududlarini iloji boricha belgilab, boshqa vakillarni kiritmaslikka harakat qiladi. Bunday holat ayniqsa, katta sutemizuvchi hayvonlarda yaqqol korinadi.
Populyasiyaning osishini boshqarishda, kopchilik tur vakillarining bir-biriga kimyoviy tasir qilishi ham katta rol oynaydi. Masalan, 75 litrli akvariumda bir dona itbaliqdan chiqqan oqsil birikmasi, shu akvariumda mayda itbaliqchalarning rivojlanishini toxtatadi. Tabiiy kolmaklarda katta itbaliqlar suvdan chiqib ketadi, ularning zaxarli avlodlari yoqolgandan keyin shu yerda mayda itbaliqchalar rivojlanadi.
Osimliklar ham muhitga boshqa organizmlarning osishi va ri- vojlanishini toxtatadigan moddalar ajratadi. Masalan, yashil suvotlardan xlorella, senedesmus, piyoz, sarimsoqdan ajratilgan moddalar patogen bakteriya va zamburuglarning rivojlanishini toxtatib, oz populyasiyalarini toza ushlab, oz zichligini boshqaradi.
Shunday qilib, populyasiya azolarining soni, zichligi, tarkibi, tuzilishi va ichki-tashqi aloqalari oz-ozidan boshqariladi. Populyasiyani oz-ozidan boshqarish mexanizmi bu bir berk sistema emas, balki tashqi va ichki muhit bilan doim aktiv aloqada boladigan sistemadir. Populyasiyaning oz-ozidan boshqarilishida vakillarning kopayishi va zichlik ularda chegaralash qobiliyatlarini hosil qilgan.
Populyasiyaning oz-ozidan boshqarilishi, bu tur vakillarining doim ozgarib turadigan muhit omillariga moslanishi, organizmlarning evolyusion rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan bolib, bu xislat ayrim vakillarga emas, balki vakillarning toplami populyasiyaga xosdir.
Shunday qilib, populyasiyaning gomeostazi bu populyasiya azolarining malum miqdorda ushlab turilishidir. Buning asosida vakillari xulqiy, genetik xususiyatlari, kopayish, osish, tuzilish kabi belgilarining ozgarib turishi yotadi.
Yakka-yakka vakillarning bir joyga toplanishi natijasida poda, gala, koloniyalar hosil boladi. Bu hollarda ham chigirtkalar juda faol kochish qobiliyatlariga ega boladi. Koloniyalarning kattalanishi va zichligining ortishi bilan ularda kopayish darajasi pasayadi. Bunday chigirtkalar Orta Osiyo, Hindiston, Pokiston, Sharqiy Afrika, Arabiston, Ovrupo, AQSHda uchraydi. Yakka-yakka uchraydigan fazadagi vakillar ochiq yashil rangda, balogatdagilari kok-yashil yoki qongir rangda boladi. Qulay sharoitda yakka-yakka uchraydigan chigirtkalar top-top, gala bolishga otadi, bu holatda ular juda kuchli ishtahali va hayajonli, harakatchan boladi. Chigirtkalar koloniyasi kuchli kochish holatida boladi. Masalan, otgan asr oxirida Qizil dengiz ustidan uchib otgan chigirtkalar galasining umumiy massasi 44 mln. t. atrofida bolgani aniqlangan. Bunday holni chigirtkalarning bosishi, tajovuzi deb aytiladi. Bunday holatlar doimiy emas, shuningdek malum yonalishga ega kam bolmaydi.
Populyasiya azolari ichida kuchli hayajonli (stress) holat ham kuzatilib, u kopincha sutemizuvchi hayvonlarga taalluqli. Organizmning hayajonlanishi deb, unga muhitdan qilingan salbiy tasir natijasida yuz bergan fiziologik va morfologik ozgarishlarga aytiladi. Buning natijasida populyasiya azolarining kopayishida, zichligida salbiy ozgarishlar boladi va optimal holatdan chekinish kuzatiladi.
Muhit omillarining har qanday salbiy tasiriga organizm 2 xil javob beradi:
1) oziga xos javob salbiy tasir qiluvchi omilning tabiatiga bogliq javobi, masalan, past, sovuq haroratga nisbatan javob;
2) oziga xos bolmagan javob bunda organizm ozgarayotgan iqlimga moslanishga harakat qiladi.

Download 89,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish