Музейшунослик indd



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/94
Sana01.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#288044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Bog'liq
muzeyshunoslik BOSMAGA 1 (2)

 Introduction to Museology – the European Approach.Verlag Dr. Christian 
Muller-Strten. 1998. 20 p.


10
ehsonlar qiymati jihatidan bebaho hisoblangan va diniy tasavvurlarda 
mazkur buyumlarga ham muqaddaslik maqomi berishgan. Faqatgina 
zarur hollardagina ularning o‘rni yoki joyi almashtirilib turilgan. Badi-
iy ahamiyatga ega bo‘lmagan predmetlar maxsus yerto‘lada saqlangan.
ellinizm davriga kelib, san’at asarlarini kolleksiya qilish indi-
vidual va maqsadli ko‘rinish oldi. Ilk kolleksionerlar sifatida, odatda, 
ellinizm monarxlarini misol keltirishadi. Ushbu davrda kolleksiya 
sifatida qadimiy kitoblarni yig‘ish judayam qadrlangan. Ilk kollek-
sionerlar qadimiy va noyob kitoblarni to‘plash uchun o‘z boyligini 
ayamagan. Misrda hukmronlik qigan ellinizm vakillari Ptolomeylar 
sulolasi vakillaridir. eramizning I asri oxirlarida Aleksandriya ku-
tubxonasi fondida 700 mingdan ortiq papirus kitoblari mavjud edi. 
Misr hukmdorlari kutubxona fondini ko‘paytirish uchun unchalik jon 
kuydirishmagan. Aleksandriya portiga kelgan har bir kema chuqur 
tintuvdan o‘tkazilib, barcha yozuvli buyumlar, kitoblar hamda papi-
rus qog‘oziga tushirilgan hujjatlar olib qo‘yilar va kutubxona fondiga 
topshirilar edi. Misr podsholarining kitoblarga bo‘lgan muhabbatini 
bilgan savdogarlar o‘z kemalarida ularning hurmatini qozonish 
maqsadida sovg‘a-salomlar o‘rnida ko‘pincha turli kitoblar olib 
kelishardi. odatda kemalardan tortib olingan kitoblar va boshqa 
huj-jatlardan nusxalar ko‘chirilib, ushbu nusxalar savdogarlarga qa-
ytarib berilib, asl nusxalar esa kutubxona fondiga joylashtirilar edi. 
Ptolomey sulolasi vakillari Afina ko‘chalarida Esxil, Sofokl va Evrip-
idlarning qo‘lyozmalarini sotib olish maqsadida kezishar ekan, maz-
kur  qo‘lyozmalar  uchun  bor  boyliklarini  sarflashdan  toyishmagan. 
ko‘pincha, ular qo‘lyozmalarni tekinga yangi papirus qog‘ozlariga 
ko‘chirtirib, tarixiy ahamiyati katta bo‘lgan haqiqiy qo‘lyozmalarni 
o‘zlari bilan olib ketishar edi.
Attallarning  pergam  shohlari  ham  ishtiyoqi  baland  biblifil 
bo‘lishgan. Ularning fondida 200 mingdan oshiq kitoblar mavjud 
bo‘lib, ular, Ptolomeylardan farqli o‘laroq, kitoblardan tashqari, turli 
haykallar va boshqa tasviriy san’at asarlarini ham o‘z kolleksiyalari 


11
tarkibiga qo‘shishgan. Ular haqiqiy san’at asarlari uchun bor boyli-
gini tikishga tayyor san’at ixlosmandlari bo‘lishgan. Rim tomonidan 
eramizdan oldingi 146-yilda Yunonistonning korinf shahri bosib 
olinishi natijasida o‘lja sifatida olib kelingan san’at asarlari savdosi 
vaqtida Attal II Aristidning “Dionis” kartinasi uchun 600 ming dinor 
pul to‘lashni taklif qilgani tarixiy solnomalarda qayd etib qoldirilgan. 
Rim qo‘shini qo‘mondoni Lutsio Mummio kartina uchun Attal II to-
monidan taklif etilgan bu ulkan mablag‘ unga sirli tuyuladi va karti-
nada o‘zi tushunmaydigan qandaydir sir borligini taxmin qilib, uni 
sotish fikridan qaytadi va Attal II ning ko‘ndirishga bo‘lgan urinish-
lariga qaramasdan, kartinani sserera ibodatxonasiga tortiq qiladi.
Attalidlar sulolasi vakillari o‘z madaniy boyliklari uchun maxsus 
bino qurishmagan. Yillar davomida yig‘ilgan turli haykallar, tasviriy 
san’at asarlari saroyda, jamoat joylarida va ibodatxonalarda saqlan-
gan. haykallar kolleksiyasining bir qismi kutubxonada saqlanganligi, 
qazishma ishlari davomida Gomer, sapfo, Alkey va Gerodotlarning 
kutubxona binosi joylashgan hududdan topilganligi bilan izohla-
nadi. Qazishma ishlari davomida kutubxona binosidan uncha uzoq 
bo‘lmagan  hududda  Afina  ma’budining  turli  obrazlarda  yaratilgan 
haykallar kolleksiyasi topilgan
12
.
Qadimgi qo‘lyozmalarda qoldirilgan esdaliklarni o‘rgangan arxe-
olog olimlar Pergamda to‘plangan Attalidlar sulolasi kolleksiyasida 
Kefisodot, Praksitel, Miron va boshqa klassik davr ustalarining asar-
lari o‘rin olganligini aniqlashdi. shuningdek, Pergam hukmdorlari 
grek san’ati endigina oyoqqa turayotgan arxaika davrida yaratilgan 
san’at asarlarini yig‘ishga ayniqsa o‘zgacha ishtiyoq bilan yondo-
shishgan. Tarixiy qo‘lyozmalarda yozilishicha, Attal II saroyi hov-
lisida Afina Akropolidagi mashhur haykallar namunalari saqlangan, 
eramizdan oldingi VI asrlarda Bupal tomonidan yaratilgan Xarit 
haykallari ham namoyish etilgan.
12

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish