N a b ijo n qo dirov



Download 69,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/75
Sana30.04.2022
Hajmi69,4 Mb.
#600507
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75
Bog'liq
Gulyetim 1111

YAKSHANBA QUVONCHLARI
Q o‘limiz bo‘shadi deguncha, biz, bolalar ko‘chaga 
qarab chopamiz. Chunki biri-biridan qiziq o ‘yinlar, 
bolalikning ajabtovur sho‘xliklari asosan ko‘chada 
bo‘lib o ‘tadi-da. Mavsumiga qarab, eshak mindi, quloq 
cho‘zma, lanka, lappak va dasta o ‘yinlari (zuvullab 
yugurish) quvlashmachoq, yana qanchadan qancha 
qiziqarli mashg‘ulotlar bizni kutib turadi. Ayniqsa, 
kechga borib o‘yinlar avjiga chiqadi. Kechki ovqati 
sovib qolgach, ota-onalar farzandini qidirishga tushar
qo‘lidagi kaltak bilan haybat qilib, quloqsiz bolasini 
koyiganicha olib ketishi oddiy holga aylangan.
Bunday o ‘yinlar yakshanba kuni birmuncha kama- 
yadi.
Ariq bo‘yidagi ajriqqa o ‘tirib olib, bozordan qay- 
tayotgan odamlami tomosha qilamiz. Ular bizga juda- 
yam tanish bo ‘lib ketgan.
Odatdagidek, birinchi bo'lib bozordan Potma tatar 
(Fotima bo‘lsa kerak) qaytadi. Uning ro ‘moli iyagi
37


ostidan mahkam bogiangan, o ‘ziga-o‘zi nimalarnidir 
tinmay g‘udranib yuradigan novcha, ozg‘in kampir.
Potma tatar biz bolalarga mutlaqo e ’tibor bermaydi. 
Daraxtlar tagida aylanib danak teradi va uni xaltasiga 
solib, yana yo‘lida davom etadi. Faqat bir martagina 
gapirgani yodimda. Bolalardan biri kutilmaganda unga 
qarata: «Achin tahiy!» deya qichqirdi. Kampir orqasiga 
asta o ‘girilib: «Tahiy! Tahiy!» dedi-da, qadamini tez- 
latdi. So‘z qotgan bolaning o ‘ziyam tushunmaydigan 
antiqa «savol-javob»ni eshitib qanchalik xursand bo‘l- 
ganimizni bilsangiz edi. Bu beozor kampiming eri 
va ikki azamat o ‘g ‘li urushga ketib, qaytib kelmagan 
emish.
Ana endi ertalab bozorga bir nechta katta-kichik 
savat va qoshiqdonlar ko‘tarib o ‘tib ketgan Dehqon 
buvaning uzoqdan qorasi ko‘rinadi.
Uning jussasi kichik, sersoqol, olmadekkina kela- 
digan yuzida doim tabassum, mittigina ko‘zlari esa 
mehrga to‘la edi. Dehqon buva sira shoshilmas
qo‘lidagi gulqaychi bilan savatbop terak novdalarini 
yo‘l-yo‘lakay qirqib, belbog‘iga qistirib keladi. Bu 
ajoyib cholni ko‘rganim hamono duch kelgan terak 
novdasini sindirib, uning kalta-kalta barmoqlariga tuta- 
man. Qariya qo‘limdan novdalami olar ekan, tabassum 
bilan ko‘zlarimga boqadi.
- Yashang tag‘o, barakallo tag‘o, - deydi va yana 
yoTida davom etadi.
Savatchi boboga yordamim tekkanidan o ‘zimda 
yo‘q suyunib ketaman.
- Ana ko‘r Xalil kelyapti! - deydi kimdir.
Biz, bolalar ulami jim kuzatamiz. Ko‘r Xalil nov­
cha, yelkalari keng, sochlari oppoq, qirq besh yoshlar 
atrofidagi kishi. Bukchayib qolgan qari kampir bir 
yarim, ikki metr keladigan tayoqning oldingi uchini, 
o ‘g ‘li Xalil aka esa ortdagi uchini ushlab oladi. Ular
38


xotirjam gaplashib keladilar. Ko‘r Xalil onasiga xuddi 
yosh boladay erkalik qiladi. Har galgiday, hovuz 
bo‘yidagi supada o‘tirib, dam oladilar. 0 ‘g ‘il shu zaho- 
tiyoq boshini qashlashga kirishadi. Ikkala qo‘li bilan 
qashlayveradi, qashlayveradi. Aytishlaricha, uning bo- 
shiga urushda oskolka tekkan va ko‘zlari ko‘r b o ‘lib 
qolgan ekan. Ko‘r Xalilning esi ham joyida emas, u 
b a’zan onasini bo‘ralab so‘kib qoladi. Kampir o ‘g ‘lini 
aldab yupatadi. Tayoqning ikki uchidan ushlab birin- 
ketin yana yo ‘lga tushadilar.
Ona-bola ortidan m a’yus qarab qolamiz. Kimdir 
sukunatni buzadi.
- Sattor bobo kelyapti!
G ‘amginlik bir zumda tumanday tarqab, uning 
o‘mini xursandchilik egallaydi. Sattor bobo attorchilik 
qilardi. Aksariyat biz uni faqat bozordan qaytayotganida 
uchratamiz. Sattor bobo oppoq soqol, ikki yuzi qip- 
qizil, ko‘zlari doim kulib turadigan, nuroniy bir qariya 
edi. U g ‘ing‘illab qo‘shiq xirgoyi qilar, bolalarga k o‘zi 
tushsa, doim birinchi bo‘lib salom berardi. Eshagi ham 
kattagina va chopag‘on edi. Jonivoming ikki yonida 
xurjun, xurjun tepasida bir juft qo‘ltiqtayoq ham bor.
Sattor bobo urush qatnashchisi edi. 0 ‘zining ayti- 
shicha, bir oyog‘ini fashistlarga tashlab kelgan. U 
bolalarga juda mehribon, biz ham uni o‘z bobomizday 
yaxshi ko‘rardik.
Har yakshanba eshagi xuddi o‘rgatilganday, katta 
tol tagiga kelib to‘xtar, Sattor bobo saxiylik bilan 
bolalarga qand-qurs, pista-mayiz va shunga o ‘xshash 
har xil shirinliklar ulashardi. Hammaning yuzida xur­
sandchilik, bunday paytlarda, ayniqsa, boboning o ‘zi 
ham boshqacha yayrab ketardi. Chol yana y o ‘lida 
davom etadi. Bir to‘p bolalar uning ortidan yugurib 
eshagini urar, qariya esa qiqir-qiqir kulardi xolos. 
Boboni ancha joygacha kuzatib, horib-charchab ort-
39


ga qaytamiz. Bunday odatga ko‘nikib ketgandik. 
Nima b o id i-y u , Sattor bobo birdan ko‘rinmay qoldi. 
Ko'zlarimiz uning yo‘liga qarab charchadi, toldi. 
Ammo bobomizdan darak bo‘lmadi. Hech kimni o ‘y- 
nagisi kelmas, negadir xomush tortib qolgan edik 
o ‘shanda.

Download 69,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish