N a b ijo n qo dirov



Download 69,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/75
Sana30.04.2022
Hajmi69,4 Mb.
#600507
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75
Bog'liq
Gulyetim 1111

BIZNI TOBLAGAN YUMUSHLAR
Q o‘lidan oz-moz ish kelib qolgan qishloq bolasining 
yumushlari bir talay.
Bemalol darslarini tayyorlab, yonboshlab yoki 
ko‘kragini yerga qadab kun bo ‘yi badiiy kitoblar 
o‘qib yotishi amrimahol. Ammo mol-u qo‘ylarini bo-
50


qish uchun dalaga haydab ketayotgan ba’zi teng- 
doshlarimning qo‘ltig‘iga qistirib olgan kitobni k o ‘- 
rib havasim kelardi. Demak, ishtiyoq bo‘lsa, ishlar 
qaynagan paytda ham kitob o ‘qishga vaqt topiladi.
Ishlar qaynagan paytda degan imga hayron b o ‘l- 
mang.
Masalan, 1-sentabrdan o ‘qish boshlansa-da, o‘n -o‘n 
ikki kun o ‘tmay, paxta yig‘im-terimi munosabati bilan 
maktabimiz yana yopiladi. 0 ‘qituvchi-yu o ‘quvchilar 
toki tepadan buyruq bo‘lmaguncha qor yog‘sayam, 
tosh yog‘sayam daladan chiqmaymiz. Ishdan zerikkan 
biz shumtakalar payt poylab turib, ovloq yo‘llar orqali 
uyimizga qarab juftakni rostlab qolardik. Bunday payt- 
larda tayoq o ‘qituvchilarimizning boshida sinardi. Hatto 
birorta gazetani qoyillatib o ‘qiyolmaydigan savodsiz 
brigadir ham ziyoli ustozlami bolalar oldida sensirab, 
haqorat qilishi oddiy hoi edi. Bechora o ‘qituvchilar 
uyma-uy yurib bolalaming paxtaga chiqishlarini ota- 
onalardan iltimos qilar, bu ishda o ‘zlarini gunohkor 
sezib, ularga yalinishardi.
Bolalar uchun katta, ommaviy ishlardan yana biri 
may oyida boshlanardi. G ‘o ‘za ko‘chatlarini yagona- 
lash avj pallasiga chiqqan bir paytda odamlarga ipak 
qurti tarqatiladi. Bu ishdan bo ‘yin tovlagan kishilami 
dag‘dag‘a bilan qo‘rqitib, yarim tunda bo‘lsa-da uyiga 
bir quti ipak qurti tashlab ketishadi. Katta gektarlar 
atrofidagi sanoqsiz bahaybat tutlar hammaga taqsimlab 
beriladi. K o‘plab odamlarning bargi katta dahagacha 
yetmay tugab qolar, dalada poylab yotmasa, «barg 
o ‘g‘rilari» tunda kelib tutlami kesib ketishlari hech 
gap emasdi. Olomon ikki mahal, ertalab va kechki 
payt barg olgani chiqadi. Dalalar sayilga aylanadi. 
Bu manzarani katta mehnat frontiga qiyoslasak, xato 
bo‘lmas. Afsuski, har mavsum noxush voqealar ham 
bo‘lib turardi. Kimdir oyoq yo qo‘lini kesib og‘ir
51


jarohat olsa, yana kimdir tutdan yiqilib, bir umrga 
nogiron boTib qolardi.
Onajonim tong qorong‘isida boshimga kelib, ming 
azobda meni uyg‘otishga urinadi.
- Davronjon, tur, bolam, Yana ozgina qoldi
chidagin. Turaqol, bolam.
Uyqu shirinlik qilib, turishga erinaman. Biroz fursat 
o ‘tgach, yana onajonimning yalingannamo mungli ovo- 
zini eshitaman.
- Davronjon! Kel endi... Turaqol, bolajonim.
Bu dardli ovozda qandaydir aybdorlik, ilojsizlik 
va yana allaqanday sehrli, ilohiy tuyg‘u - ona mehrini 
chuqurroq tuyganday boiam an.
Uyqu qanchalik shirin bo‘lmasin, o ‘mimdan dast 
turib tong qorong‘isida dadam bilan birga dalaga 
jo ‘nayman va har safar yoTda ketayotib, onamni yalin- 
tirganimdan afsuslanaman. Chunki, qorong‘i boTishiga 
qaramay, odamlar allaqachon tut kesishni boshlab yu- 
borgan, menga o‘xshagan bolalar ancha-muncha ish 
qilib qo‘yganini ko‘rib ulardan uyalaman. Xuddiki 
tengdoshlarim menga qarab «endi kelyapsanmi, tanbal, 
uyquchi» deyayotganday tuyulib xijolat tortaman. Da­
dam ham tutga chiqib, barg-novdalarni kesadi. Men 
ularni chiroyli qilib to ‘plab bogTayman.
Keyin birgalikda katta yo ‘l bo ‘yiga tashiymiz. 
Ba’zan ulov boTmay, barglarimiz issiqdan so‘lib qo- 
ladi. Ming azobda velosipedga yuklab, ikki-uch bor 
qatnashga majbur bo‘lamiz. Keyin juda katta muam- 
moni hal qilganday, hamma ishni yolg‘iz onamga 
tashlab, dadam ishga, men paxta yagonasiga jo ‘nay- 
miz. Bechora onam bir o ‘zi barglami butab qurtlar- 
ga soladi. Keskaltaklami bog‘lab, bir chetga bosa- 
di. So‘kichaklami eski g ‘angdan tozalaydi. Xullas, 
qurt boqish mahali onamning uxlaganini sira ko‘rma- 
ganman.
52


Kolxoz bug‘doyini o ‘rib olganidan so‘ng qishloq 
ahli m o‘r-malaxday yopirilib uylarimizga somon tashiy- 
miz. Kombaynlarda chala o ‘rilgan poxolni o ‘roq bilan 
tagidan qirtishlab, qoldiqlami supurib olamiz.
Bedalar o ‘rilib yer haydalgach, qimirlagan jon borki, 
«yo‘ng ‘ichqa tomir» (bedaning ildizi) tergani chiqamiz. 
Har kim holiga yarasha chorvasiga yemish g ‘amlab 
oladi. «Yo‘ng ‘ichqa tomir»ni tesha bilan tuyib maydalab 
molga berilsa, juda kuchli ozuqa b o ‘lardi. Ommaviy 
ishlardan yana biri g ‘o‘zapoya yig‘ish edi. Har bir oila 
bola-chaqasi bilan dalaga chiqib, o ‘ziga bo‘lib berilgan 
yeming g ‘o ‘zapoyasini yig‘ishtirib oladi. El birlashadi. 
Bir-biriga xolis ko ‘maklashadi. Ayni shu pallada tut 
daraxtlarinig sovuqdan darmoni qurib arang ilinib 
turgan barglarini uzun kaltak bilan savalab qoqishning 
nashidasi o ‘zgacha. Duv-duv to^kilayotgan yaproqlami 
g‘o‘zapoyadan yasalgan q o ‘lbola «supurgi» bilan bir 
joyga yig‘ib, qoplarimizga niqtab-niqtab bosamiz.
Bu yumushlami bajarish qanchalik malol kelmasin, 
biz, bolalar hech qachon b o ‘yin tovlamasdik. Ulaming 
o‘ziga yarasha gashti, rohati ham bor edi. Mehnat bizni 
chiniqtirdi, tobladi, shakllantirdi. Har qanday ishni 
ko‘rganda qo ‘rqmaydigan, oyog‘i qaltiramaydigan b o ‘- 
lib ulglaydik. «Ko‘z - qo‘rqoq, qo‘l - botir» degan gap 
topib aytilgan. Yashasin mehnat!

Download 69,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish