N a b ijo n qo dirov



Download 69,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/75
Sana30.04.2022
Hajmi69,4 Mb.
#600507
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75
Bog'liq
Gulyetim 1111

MOL BOZORIDAGI HANGOMA
«Abdullajonning dadasi tog‘dan boychechak olib 
kelibdi!»
Mahallamiz bolalari orasida tarqalgan bu xushxa- 
bami eshitib, bir to ‘da bolalar o ‘sha tomonga qarab 
chopdik. Bu gapga ishonsa bo‘ladi, chunki Abdulla­
jonning dadasi Homidjon aka uzoq tog‘ yonbag‘rida 
joylashgan qandaydir gaz qazib olish korxonasida ishlar 
va har yil bahorda, biz, bolalarga boychechak olib 
kelardi.
Hovliga katta-kichik bolalar yig‘ilgan, qiy-chuv 
to ‘polon avjida. Abdullajon qo‘li-qo'liga tegmay, ham- 
maga boychechak ulashadi. Bu ishidan o ‘zining ham 
mamnunligi yuz-ko‘zlaridan shundoq bilinib turardi. 
Bolalar chug‘urlashib Abdullajonga xushomad qilishar, 
ba’zilari allaqachonlardagi yaxshiliklarini eslatib, do‘q 
ham urishar edi. Kimdir shunday tiqilinchda boy­
chechak olganidan og‘zi qulog‘ida bo‘lsa, yana kimdir 
sherigi bilan kelisholmay, talashib-tortishardi.
- Shoshmanglar, hammangizga yetadi! Abla! 
Abla! - deyavermay, Abdullajon desalaringiz tilingiz- 
ga uchuq chiqadimi!? - dedi bir chetda to ‘polonni 
kuzatib turgan Abdullajonning onasi Surma xola 
achchiqlanib.
Besh-o‘ntamiz yig‘ilib o ‘sha kuniyoq boychechak 
aytishni boshlab yubordik. Bu ishimiz kundan kun 
qizib, bizlarga cheksiz shodlik, quvonch baxsh etardi.
Bahorni sog‘ingan qishloq qariyalari boychechakni 
yuz-ko‘zlariga surtib, ko‘klamga yetkazganiga shukro- 
nalar aytishar, biz bolalami patir-u somsa, qand-qurs, 
turshag-u mayizlar bilan siylashardi. Apil-tapil ovqa- 
timni yeb, shorn qorong‘isida ko ‘chani m o‘ljalga olib 
turgandim, dadamning so‘zlari xayolimni bo‘ldi.
- Ha, qayerga shoshilyapsan?
42


- Kolchaga... bolalar bilan boychechak aytamiz.
- Darsingni qildingmi?
- Darsimni keyin qilaman. Keling endi... 0 ‘rtoqlarim 
kutishyapti.
- Hech qayerga bormaysan! Uy vazifalarini bajar- 
gin-da, vaqtliroq uxla. Ertaga azonda ikkalamiz mol 
bozoriga boramiz.
- Nega?
- Q o‘chqoringni bozorga olib chiqamiz.
- Iye, qo‘chqomi sotamizmi?
- Ha sotamiz. Puliga usta ishlatamiz, uyimizni pol 
qilamiz. Yana... Senga yangi papka olib beraman.
-U r-r-e-e!
Quvonganimdan chapak chalib yubordim.
- Men seni o ‘qitib, katta odam qilmoqchi bo ‘lib 
yuribman-u... Sen bo‘lsang... Hozir «ilik uzildi» payti 
o ‘g ‘lim, kimda bor, kimda yo‘q... Darsingni qil.
Dadam qadoq qo‘llari bilan boshimni siladi. Bu 
mehnatkash qo‘llaming har bir chizig‘i men uchun 
tanish va qadrdon. Beixtiyor erib ketdim.
- X o‘p bo‘ladi, dadajon!
Onam tikib bergan xalta «рарка» jonga tekkan, 
uni ko‘tarishga uyalib maktabga kitoblarimni qo‘lti- 
g‘imga qisib borayotgandim-da. Uyimizni pol qilish 
shartmikan. Qishlog‘imizda ayrim o ‘ziga to ‘q xona- 
donlami hisobga olmaganda, hammaning uyi pol 
qilinmagan, topgan sholi poxol, topmagan har xil 
xazonlami yoyib, ustidan sholcha yoki namat (kigiz) 
to‘shab, binoyiday yashab yurishibdi-ku.
Ayniqsa, biz bolalar sholcha ustida yugurib, do‘m- 
baloq oshib, poxol changini shiftga ko‘taramiz. B a’zan 
bu sho‘xligimiz yengilgina jazolanish bilan yakun 
topadi. Endi bizni shunday qiziqarli o ‘yindan ham 
mahrum qilishar ekan-da.
43


Tong qorong‘isida turib, qo‘chqorni yetaklab otam 
bilan birga bozorga qarab yo‘lga tushdik. Uydan chi­
qib ketayotganimizda onajonim arining inini tutatib, 
qo‘chqoming atrofida aylantirdilar. Shunday qilinsa, 
xaridorlar ariday yopisharmish... Yana menga qarab: 
sen mahkamroq bo‘l, - deganday mushtlarini havoda 
silkib qo‘ydilar. Chunki dadamning mol bozoriga uncha 
xushi yo‘q, savdolashishni ham deyarli bilmas, har 
safar molni arzon sotib qo‘yib, onarnning noroziligiga 
sababchi b o ‘lardi.
Bozorga kirishimiz bilan, bir odam bizga kanaday 
yopishib oldi.
Uning soqollari o ‘sgan, yuzlari to ‘la ajin, chaq- 
chaygan k o ‘zlari esa tinmay o ‘ynab turardi. Boshida 
gullari ko‘rinmay ketgan eski do‘ppi, egnidagi uniqib 
ketgan choponiga ikki-uchta eski belbog1 ham bog‘lab 
olgan edi.
Bozoming xoliroq joyida to‘xtashimiz bilanoq, 
dadamning qo‘lini ushlab, dunyoni boshiga ko‘tarib, 
«bor baraka»ni boshlab yubordi. Boshqa xaridorlar ham 
orqavorotdan kuzatishar, bir dadamga, bir bu baqiroq 
odamga norozi qarab, orqaga tisarilishar edi. Aftidan, 
bu muttaham savdolashayotgan molga boshqa birov 
yaqinlasholmasdi.
Hammaning nigohi bizga qadalgan, o ‘ng‘aysiz ah- 
volda qolgan dadam menga qarab tinimsiz siltanayot- 
gan qo‘lini tortib olishga urinar, ammo kuchi yetmasdi.
- E, bor-e! Dallol arazlab nari ketgan bo‘ldi va tezda 
yana qaytib keldi.
- Hov uka, qo‘lni ber!
Dadam qo‘lini har qancha olib qochmasin, panjalari 
panshaxaday keladigan bu surbet odamning changalidan 
qutulolmadi.
- Yana o ‘n so‘m qo‘shib qo‘ydim. To‘yga olyap- 
man, o ‘g‘il bola. K o‘zingni olib qochma, uka. Ko‘pga
44


yegizaman, sengayam savobi tegadi. Bor baraka! Bor 
baraka! - dedim senga!
Dadam bechoraning qo‘li og‘rib ketdimi yoki o ‘ziga 
o ‘qday qadalgan nigohlardan xijolat bo‘ldimi, past 
ovozda «baraka» deb yuborganini o ‘ziyam bilmay qoldi. 
Shunday qilib, qo‘chqomi bir zumda sotib b o ‘ldik. 
Bozomi aylanarkanmiz qo‘chqorimiz anchagina arzon 
ketganiga ikkimiz ham amin b o ‘ldik. Eng qizig‘i, odam 
gavjum joyda bir badqovoq, men bilan teng ko‘rinsa- 
da, yelkador, baquvvat bola qo‘chqorimizni tutganicha 
serrayib turardi.
- Q o‘chqorni sotasanmi? - so‘radi dadam hayron 
b o iib .
- Otam sotadi, - to ‘ng‘illadi bola.
- Otang qani?
U otasi tomonga ishora qildi. Boyagi baqiroq kishi 
yana bir sodda odamning boshini aylantirmoqda edi.
- Obbo ustakor-ey, - dedi dadam kulib.
- Shoshildingiz-da, dada.
- Shunday bo‘lishi kerak ekan, bo'ldi. Q o‘yaver 
endi... Yur, shu yerdan tezroq chiqib ketaylik, - dedi 
hafsalasi pir bo'lib.
Bozordan bo ‘shashib chiqarkanmiz, dadam:
- Sen uyga ketaver. Men bozorga o ‘tib, mayda- 
chuyda olib boraman, - dedi qo ‘limga sotilgan qo ‘ch- 
qoming arqonini tutqazib.
- X o ‘p b o ‘ladi.
Q o‘limdagi arqonni o ‘ynab ketayotgandim, o ‘t- 
o‘lanlar orasida turgan qog‘oz xaltaga ko‘zim tushdi. 
Xaltani yerdan olib, uning ichiga nazar tashladim. 
Pul. Ha, xaltada anchagina pul bor edi. Darrov atrofga 
alangladim. Hamma o ‘zi bilan o ‘zi ovora. Xaltani 
qo‘ynimga solib, qadamimni tezlatdim. Uyga kelgach, 
atrofni kuzatib, qulay fursat kuta boshladim.
45


- Ha, Davronjon nega bezovtasan? Tinchlikmi? -
dedi nimanidir sezgan onam xavotir bilan.
- Tinchlik, - dedim dovdirab. - Qornim og‘riyapti.
- Qorning nega og'riydi. Sovug‘ing oshgandir-da... 
Hozir novvotchoy qilib beraman.
- Shart emas, sal-pal og‘riyapti xolos, - dedim 
qomimni ushlab.
0 ‘z yolg‘onimdan qulog‘imgacha qizarib ketganim- 
ni his qildim. Fursatni boy bermay, chorvoq tomonga 
o‘tdim-u, daraxt panasiga o‘tirib xaltadagi pullami yerga 
ag‘dardim. Yaxshilab taxladim-da, sanay boshladim.
To‘qqiz yuz ellik so‘m ekan. Nima qilishga hayron 
bo‘lib pullarga termilib o ‘tirgan edim, dadamning soxta 
tomoq qirishidan cho‘chib tushdim. Darrov orqamga 
qaradim. Dadam qo‘lida chiroyli papka tutganicha 
iljayib menga qarab turardi.
- Bu yerda nima qilyapsan! - dedi hayron bo‘lib.
- Pul sanayapman. - Pul sanayapman! Qanaqa pul!
- Puldaqa pul-da.
Dadam men tomon kela boshladi.
- Qayerdan olding shuncha pulni?!
- Topib oldim.
- Yolg‘on gapirma, o ‘g ‘lim. Qayerdan o ‘g ‘irlading 
rostini ayt!
Karaxt ahvolda dadamga qaradim. Beixtiyor ko ‘zla- 
rim yoshga to‘ldi.
- Seni o ‘g ‘ri emas, halol, pokiza inson bo‘lishingni 
xohlayman. 
Men 
ochimdan 
o ‘layozganimdayam 
o ‘g‘irlik qilmaganman. Mening hamma orzu-umidlarim 
sendan, axir.
Dadamning ham ko‘zlarida yosh ko‘rindi. Men uni 
hech qachon bunday ahvolda ko‘rmagandim.
- 0 ‘g ‘irlaganim yo‘q. Topib oldim deyapman-ku 
sizga. Nega ishonmaysiz, - dedim baralla yig‘lab.
- Qayerdan topib olding?
46


- Mol bozorining yoiidan, yerdan topib oldim.
Dadam shosha-pisha pullami xaltaga soldi.
- Qani, o ‘sha pulni topib olgan joyingga yur-chi.
- Baribir egasini topolmaysiz-ku.
- U yog‘i bilan ishing bo‘lmasin. Bozor tarqamasi- 
dan Qori akaga ovoza qildiramiz.
Pul topib olgan kishi «Pul kimniki!» - deb baland 
ovozda uch marta aytib qo‘yishi kerak ekan. Sen bun­
day qilmagansan, to ‘g‘rimi?
Indamay dadamga ergashdim. Unga pulni qayerdan 
topib olganimni ko‘rsatdim. Shoshib yana mol bozoriga 
kirdik. Odam xiyla siyraklashib qolganini aytmasa, 
savdo avjida edi.
Jarchini topish uncha qiyin boim adi. Qori aka de- 
ganlari ellik yoshlar atrofidagi uzun bo ‘yli, oq-sariqdan 
kelgan, gaplari keskir, hassasining uchini yerga tekizib- 
tekizib yuradigan ojiz kishi ekan.
U har yakshanba bozorga kelar, yo ‘qolgan chorva 
mollari yoki qimmatbaho buyumlami olomonga e ’lon 
qilib, odamlaming hojatini chiqararkan.
- Odatda pul-molini yo‘qotgan odam ovoza qidir- 
guvchi edi. Bu yog‘i qiziq bo‘ldi-ku, - dedi Qori aka 
taajjub bilan.
Dadam Qori akani q o iid an yetaklab, bozomi aylan- 
tirib ovoza qildirdi.
- Hey birodarlar! Bir dam meni tinglanglar! Bugun 
ertalab, bozordan chiqaverishda, qog‘oz paketda, ona- 
bola sigirga yetadiga-an pul topilgan! Kimda-kim pul 
yo‘qotgan bo‘lsa, bizlarga uchrashsin-ov! Suyunchisi 
kerakma-a-s!
Hech kim pul meniki edi, demadi. Bozordan chiqa- 
yotganimizda ertalab qo‘chqorimizni sotib olgan baqi- 
roq kishi o ‘g ‘li bilan oldimizga chopib keldi va dadam­
ga yaltoqlana boshladi.
47


- Shoshmang, hoy uka! Iye, o ‘zimni ukam ekan- 
ku. Haligi sen topib olgan pullar meniki edi. Ha uka, 
o‘sha pullar meniki... Ertalab o ‘g ‘lim tushirib qo‘yibdi. 
To‘g ‘rimi, o ‘g ‘lim!
- To‘g ‘ri, pul bizniki, - dedi badqovoq bola burnini 
tortib.
- Pul sizniki bo‘lsa, albatta, beraman. Faqat, ayting- 
chi pulingiz necha so"m edi?
Baqiroq odam bir zum dovdirab, yana tilga kirdi.
- E, esimda turadimi, uka. Bitta ena-bola sigimi puli 
edi-da.
- Pulingiz o ‘n so‘mlikmi, besh so‘mlikmidi, hech 
bo‘lmasa shunisi esingizdadir.
- Namuncha ezma odamsan! Pul meniki... 0 ‘lay 
agar, yolg‘on gapirayotgan bo‘lsam.
Baqiroq kishi to ‘xtamay qasam icha boshladi.
- Sizniki bo ‘lsa, mana! Oling pulingizni!
Dadam qo‘ynidan pulni olib unga tutqazdi. Yonida 
bezrayib turgan bola ilkis pulga chang soldi va chop- 
ganicha o ‘zini bozorga urdi.
- Mor chashm ekan, - dedi dadam ulaming ortidan 
qarab.
- Mor chashm nima degani?
- Ilon ko ‘z, - degani. Bunday odamlardan yaxshilik 
kutib bo ‘lmaydi.
- Pul bu odamniki emasdi. U sizni aldadi, dada.
- Q o‘yaver, - dedi dadam qo‘l siltab, - u qasam 
ichdi. Narigi dunyoda javobini o ‘zi beradi. Men 
boshimdan soqit qildim.
Uyga ketyapmiz-u, negadir ikkalamiz ham jim edik.
48


DADAM
Ha, mening dadam mana shunaqa, juda ajoyib odam. 
Ismlari Ergashboy. Orqavorotdan Ergash afandi ham 
deyishadi. Qorachadan kelgan, ozg‘in qo‘rinsa-da juda 
chayir, baquvvat odam. Dalada suvchi bo‘lib ishlaydilar. 
Shiyponda paxta quritadilar. Har yili paxta terimidan 
oldin g‘o ‘za barglarini to‘kish uchun samolyot dalalarga 
allaqanday sassiq va boshni og‘ritadigan dori sepadi. 
Dadam oq bayroqni ko‘tarib samolyotga y o ‘l ko‘rsatib 
turadi. Bir safar o ‘rtog‘im bilan, uchuvchisini k o ‘ra- 
miz, - deb dorilar yom g‘iri ostida qolib ham ketganmiz. 
Dadamning hunari ko‘p. Ishdan bo ‘sh paytlarida ham- 
qishloqlaming har xil yumushlarini bajarib, hojatini 
chiqaradi. Devor urish deysizmi, suvoqchilik deysizmi, 
xullas, u kishining qo‘lidan kelmaydigan ishning o ‘zi 
yo‘q.
Hatto ayrim odamlaming hojatxonasiniyam kovlab 
beradi. Ishga yollovchi bilan hech qachon savdolash- 
maydi, berganini olib ketaveradi. Shuning uchun 
b o is a kerak, doim ish bilan band. Ba’zi o ‘rtoqlarim, 
dadang mardikor, - deb ustimdan kulganday bo‘lisha- 
di. Mardikor bo‘lsa nima qipti, halol mehnat qilib 
yashaydi. Mardikor bu - ishning mardi degani-ku axir, 
to‘g ‘rimi? Uyimiz ham bog‘-u rog‘, luchchak shaf- 
toli, olma-yu anor, yoz kelishi bilan hamma mevalar 
hil-hil pishib yotadi. Onamning aytishicha, dadam be- 
chora ota-onadan erta yetim qolib o ‘qiyolmagan, odam­
laming mol-qo‘yini boqib katta bo‘lgan emish. Halol, 
mehnatkash yigitni yoqtirib qolgan bobom onamni u 
kishiga nikohlab, o ‘zlariga kuyov qilib olgan ekanlar.
-
Dadamni nega afandi deyishadi? - so‘radim bir 
kuni onamdan.
Onam avval miriqib kuldi-da, so‘ng savolimga javob 
berdi.
49


-
Dadangni afandiligiyam bor-da, o ‘g ‘lim. Bozorga 
turshak olib borsa, qopning tagiga sara, yaxshisini solib 
ustiga sifatsiz yomonini joylaydi. Xarid qilgan odam 
uyiga borib qopni ag‘dargach, sarxil mevalami ko‘rib 
xursand bo‘lar emish.
E, qaysi birini aytay bolam, egasiga rahmi kelib 
kasal qo‘yni sotib olgan ham, bozori kasod ekan, - deb 
bir qancha keraksiz narsalami uyga ko‘tarib keladigan 
ham dadang. Uzoqdan kelgan dehqon, ozgina qovuni 
sotilmay qolgani, uyiga ketolmayotganidan nolisa, 
darrov pulini berib, bir arava ichi tushgan qovunni uyga 
olib kelgan ham dadang. 0 ‘tgan yili qo‘ni-qo‘shnilarga 
tarqatganimiz esingdadir. Shuning uchun odamlar afan- 
di deyishsa kerak-da.
Soddaliklarini hisobga olmaganda, dadang juda 
yaxshi odam. Mahallamizda hamma hurmat bilan qa- 
raydi, chunki to ‘y-to‘ychiq, sovuq m a’rakalarda astoy- 
dil xizmat qiladi. To‘ylarda choy qaynatish, oshpazga 
go‘laxlik qilish ham dadangning vazifasi. Mahallada 
kimdir vafot etsa, to‘g ‘ri qabristonga borib, go‘rkovlarga 
yordam beradi. Dadang to ‘rga chiqib o ‘tirishni xayoliga 
ham keltirmaydi. U oddiygina poycho‘kir odam.
Shuning uchun seni o ‘qitib, katta odam qilmoqchi...
Onajonimning so‘zlarini eshitib, dadamni yanayam 
yaxshi ко‘rib ketdim va ichimda o ‘z-o‘zimga so‘z 
berdim: dadajon, albatta yaxshi o ‘qiyman! Mana k o ‘ra- 
siz, men siz orzu qilganday katta odam bo‘laman!

Download 69,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish