N. F. Zamyatkin



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/20
Sana26.03.2022
Hajmi0,69 Mb.
#510919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
@kitobmakon Sizga xorijiy tilni o‘rgatib bo‘lmaydi

Til o‘rganishga bo‘lgan harakatlaringiz dastlab 
kutilgan natijani bermasligi mumkin. Bu tabiiy, 
chunki miyamiz dastlab o‘z osoyishtaligining 
buzilishini istamaydi va biz bu qarshilikni yengib 
o‘tishimizga to‘g‘ri keladi.
Mazkur holat ayniqsa 
chet tilini o‘rganish jarayonida kuchli kuzatiladi. 
Negaki, miyamiz shakllangan davridan boshlab ona 
tilimiz ohangdorligiga erishib bo‘lgan edi. Begona 
ohanglarga moslashish biroz qiyinchilik tug‘diradi. 
Miyani o‘zga til ohangdorligiga moslash uchun siz 
o‘sha tildagi 
matnlarni juda uzoq vaqt mobaynida 
diqqat bilan tinglashingiz lozim.
Ha, muvaffaqiyat 
kerak bo‘lsa, ishni aynan shundan boshlang. 
So‘zlarning ma’nosiga tushunmasangizda, qunt 
bilan tinglayvering. Men bu xulosalarimni 
asoslashga urinib ko‘raman. 
Istaysizmi yo‘qmi bizning til o‘rganish 
borasidagi eng yaxshi ustozlarimiz bolakaylardir. 
O‘z ona tilida gapirishni endigina eplayotgan 
bolakay bilan chet tilini o‘rganishni yaqindagina 
boshlagan katta yoshli kishi o‘rtasida tafovut kam. 
Ammo 
bolakaylar 
bu 
borada 
ancha 
uddaburondirlar. 
E’tibor bergan bo‘lsangiz, bola ilk so‘zlarni 
talaffuz qilishdan oldin bizni oylab va yillab 
tinglaydi. Shu qadar diqqat bilan tinglaydiki, hali 


17
so‘zlarning asl ma’nosini tushunmasada, gapirish 
ohangimizdan yaxshi va yomon ma’noni ajrata 
oladi. Yumshoq muomalaga kulib, dag‘al 
ohanglarga esa yig‘lab javob beradi. 
Bolalar til o‘rganishning eng to‘g‘ri va tabiiy 
usulini biladilar. Bu ularga Yaratgan tomonidan ato 
etilgan ne’matlardan biridir. 
Mening bola yoshidan o‘tgan o‘quvchim, siz 
ham bu usullardan foydalanishga qarshimasdirsiz?
Mana til o‘rganishning eng oddiy va oson usuli: 
avval diqqat bilan uzoq tinglash (ma’noni ohang 
orqali anglay olish uchun miyani yangi ohanglarga 
ko‘niktirish), keyin asta-sekin va to‘g‘ri talaffuz 
qilish, so‘zlarning asl ma’nosini o‘rganish, tahlil 
qilish va jumlalar tuzish. 
Xullas, eng to‘gri yo‘l - tilni bolalarcha usul 
bilan o‘rganish. 
Xo‘sh, bunga kuchingiz yetadimi? 
Axir til 
o‘rganish kishidan nafaqat aqliy mehnatni, balki 
jismoniy kuch-quvvatni ham talab qiladida. 
Ishonavering, sizdan eng avval jismoniy kuch talab 
qilinadi. Bu albatta, siz uchun yangilik emas. Faqat 
siz bunga ilgari e’tibor bermagansiz. 
Til o‘rganuvchi o‘zining miya hujayralarini, yuz 
mushaklarini va nutq a’zolarini begona talaffuz va 
ohangga moslashi lozim. Bu jarayonda aql va vujud 


18
baravar ishtirok etadi. Siz bunga tayyor bo‘lishingiz 
kerak, mening tirishqoq o‘quvchim. 
Bu mehnat ortida yiqilishlar, jarohatlar, ko‘z 
yoshlar bo‘lishi tabiiy ekanligini ham unutmaslik 
darkor. 
Axir 
biz 
bolalar 
usulidan 
foydalanmoqchimiz. Bolakayga «pechkaga tegma, 
kuyasan», deyishingiz hech qanday samara 
bermaydi. U to‘g‘ri borib qizigan pechkani ushlashi 
va kuyishi mumkin. Shundagina uning uchun 
«kuymoq» so‘zi hayotiy ma’no kasb eta boshlaydi 
va bir umrga esda qoladi. Meni tushundingiz, degan 
umiddaman. Siz boshlagan jarayonda ham ma’nosi 
butun umr yodda qoladigan og‘riqlar bo‘lishi 
ehtimoldan xoli emas. 
Yer kurrasida nutq a’zolari o‘ta mukammal 
shaklda rivojlangan yagona mavjudot bu insondir. 
Har bir odamning nutq a’zolari bir-biriga 
o‘xshamagan, o‘ziga xos bo‘ladi. Dunyodagi har bir 
tilning talaffuzi ham nutq a’zolariga turlicha ta’sir 
etadi. Begona tilda so‘zlash u yoqda tursin, uni 
tinglashning o‘ziyoq miyamizda bir qator 
tartibsizliklarni 
keltirib 
chiqaradi. 
Chunki 
miyamizda begona tildagi tovushlarni hech 
e’tirozlarsiz, osongina qabul qiladigan dasturning 
o‘zi yo‘q. Eshitish a’zolarimiz va miyamiz yangi 


19
ohanglarga ko‘nikishi va o‘zidan ularga joy ajratishi 
uchun jiddiy mashq zarur. 
Nutq jarayonida nutq a’zolarimizning ayrimlari 
faol harakatda bo‘lgan holda, ayrimlari o‘ta sust 
bo‘ladi. 
Qadimgi xitoy zodagon oilalarida g‘alati odat 
urf bo‘lgan edi. Oq-suyak oila qizlarini mayda 
qadam tashlashga o‘rgatish uchun ularning oyoqlari 
bir-biriga yaqin holatda bog‘lab qo‘yilardi. Natijada 
oyoqlar mayda qadam bilan yo‘rg‘alashga 
moslashar va bechora qizlar bemalol qadam 
tashlash baxtidan mahrum bo‘lardilar. Bu kabi 
kadam olishlarda, aslida, hech qanday nazokat yo‘q, 
aksincha kishiga g‘ozning yo‘rg‘alashini eslatadi, 
xolos. Bu odatni bejiz tilga olmadim. O‘z ona 
tilidan boshqa tilni bilmaydigan kishilarning nutq 
a’zolari xam o‘sha bog‘langan oyoqchalarni 
eslatadi. Ularga bemalol qadam tashlashni o‘rgatish 
uchun mashq zarur. Nutq a’zolari avvaliga 
qiynaladilar, 
qarshilik 
qiladilar, 
alal-oqibat 
moslashadilar. Karshiliklar bo‘lishi tabiiy, negaki 
yangi 
topshiriqlarni 
ular 
chindan 
ham 
tushunmaydilar. Hammasi begona. Mabodo 
dabdurustdan shotlandlarning milliy raqsini ijro etib 
berishingizni so‘rab qolishsa, o‘zingiz qanday 


20
ahvolga tushardingiz? Hatto jahlingiz ham chiqqan 
bo‘lardi. 
Xuddi shu o‘rinda biz o‘ta nozik nuqtaga duch 
keldik. Miya va nutq a’zolarini biror-bir narsaga 
o‘rgatish hammaning o‘z qo‘lida. Bu jarayon har bir 
odamda bir-biriga o‘xshamagan tarzda, o‘zgacha 
kechadi. Bu yerda har qanday ikkinchi odam 
ortiqchadir. 

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish