N. F. Zamyatkin


Tinglash - yozuv va talaffuzdagi farqlarni



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/20
Sana26.03.2022
Hajmi0,69 Mb.
#510919
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
@kitobmakon Sizga xorijiy tilni o‘rgatib bo‘lmaydi

Tinglash - yozuv va talaffuzdagi farqlarni 
ajratishga yordam bersa, baland ovozda 
takrorlash - yodlab qolish va chiroyli talaffuz 
qilishga ko‘mak beradi. 
Aynan shu o‘rinda o‘z ishini yaxshi biladigan va 
yangiliklarni hazm qila oladigan o‘qituvchingiz- 
ning bo‘lishi nur ustiga nur bo‘lardi. Shunday 
o‘qituvchini topa olsangiz, albatta. Doimiy 
an’analarga sodiq o‘qituvchi esa kelajagingiz uchun 
xavf tug‘diradi. Hamma yurayotgan va juda kam 
samara berayotgan yo‘llardan qochish va 
ko‘nikmaga aylanib ketgan siyqa usullardan ehtiyot 
bo‘lish kerak. 
Fikringiz 
va 
tutayotgan 
yo‘lingizning 
to‘g‘riligini 
boshqalarga 
uqtirolmay 
xunob 
bo‘lgandan ko‘ra, o‘z ustingizda mustaqil 
ishlaganingiz 
foydaliroq. 
Axir 
daholar 
ergashmaydilar, daholarga ergashadilar. 
Mustaqil ta’lim ham ajoyib natijalarga olib 
kelgan hollar hayotda juda ko‘p. Men buni o‘z 
tajribamdan va ko‘plab do‘stlarimning xayotiy 
saboqdaridan kelib chiqib aytayapman. 
Bir ayol bilan tanishib qolgan edim. Meni 
hayratlantirgan narsa shuki, bu go‘zal nozanin 
Kavkazning tog‘li ovloq qishloqdaridan birida 
o‘sgan bo‘lsada, rus tilida juda nazokat bilan, nozik 


27
qochirimlarga boy jumlalar tuzib, qo‘yingchi, 
tilshunos professorlar singari bexato va ta’sirli 
so‘zlar edi. Men o‘z hayratlarimni yashira olmadim 
va undan «tilshunoslik bo‘yicha professor 
emasmisiz?», deya so‘radim. Ayol kuldi va rus tilini 
Kavkazning chekka bir qishlog‘idagi kichkinagina 
maktabda chet tili sifatida o‘rganganini aytdi. Men 
ishonolmadim, ammo chindan ham hech qaysi 
maktabda ruscha so‘zlashishni ayol so‘zlayotgan 
darajada mukammal o‘rgatmaydilar. Ayol yana 
kuldi va bola paytlari dalada qo‘y boqib yurib, rus 
tilidagi matnlarni baland ovozda qayta-qayta 
takrorlaganlarini va rus tilidagi asarlarni o‘qib, 
ma’nosini mustaqil tushunishga harakat qilganlarini 
aytib berdi. Ha, u bu tilda shu darajada benuqson va 
chiroyli so‘zlashni o‘ziga-o‘zi o‘rgatgan edi. 
Chindan ham chet tilini o‘rganish - o‘ta shaxsiy 
va ko‘proq yakka tartibda shug‘ullanishni talab 
qiladigan ishdir. Til o‘rganish - ilhom, qobiliyat, 
san’at degani. Aslo ilm emas! 
Shu sababli, agar kichik dialoglar uchun ham 
o‘n besh, o‘n olti kuningiz sarf bo‘layotgan bo‘lsa, 
aslo qo‘rqmang va tushkunlikka tushmang. Axir siz 
non pishirishingiz uchun zarur bo‘lgan bug‘doy 
urug‘ini endigina yerga qadadingiz. 


28
Tabiatga qarang, hech narsa tez fursatlarda meva 
bermaydi. Ha, bug‘doy urug‘i hozircha non emas, 
ammo albatta bir kuni non bo‘ladi. 
Hech qachon o‘zingizni o‘zingiz aldamang. 
Tilni ham aldamang. Bir kunda kuchingiz qanchaga 
yetsa, shuncha shug‘ullaning. Har kuni o‘z- 
o‘zingizga imtihon topshiring. Bu yerda ikkinchi 
odam yo‘q, demak, hech qanday shpargalka va 
hiylalarga ham hojat bo‘lmaydi. 
Siz bir yil davomida shu mashg‘ulot bilan 
shug‘ullandingiz deylik. Muvaffaqiyatlaringiz u 
qadar ko‘p emas. Chunki til o‘rganish uchun eng oz 
muddat - bu bir yil. Ammo siz endi okeanga 
konserva bankasida emas, mustahkam kemada 
chiqdingiz. 
Kuzatishlarimning guvohlik berishicha, chet tili 
fakultetlari talabalari odatda uchinchi yildan keyin 
o‘z yo‘llarini topa boshlaydilar. Chunki aksariyat 
hollarda ular vaqtlarini bekorchi narsalarga 
sarflaydilar. Til o‘rganishning asosiy sharti uch-to‘rt 
«para» ma’ruza tinglash-u, darsdan keyin bir-ikki 
soat uy topshiriqlarini bajarishda deb biladilar. Axir 
ular umumiy kemada ketyaptilar va ularning kemasi 
kapitanning buyrug‘igagina bo‘ysunadi. Sizning 
esa o‘z kemangiz bor va o‘zingiz kema kapitanisiz. 
Faqat hozircha biroz tajribangiz kam xolos. 


29

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish