N. F. Zamyatkin



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/20
Sana26.03.2022
Hajmi0,69 Mb.
#510919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
@kitobmakon Sizga xorijiy tilni o‘rgatib bo‘lmaydi

Mehnat va faqat 
mehnat bilangina hamma narsaga erishish 
mumkin. 
Xo‘sh, aytaylik sizda ishtiyoq va intilish bor. 
Endi avvalo, nima qilish kerakligini aniqlashtirib 
olaylik. Birinchi navbatda, o‘rganayotgan tilingizga 
oid eng katta va qalin lug‘atni topasiz hamda 
so‘zlarni alifbo tartibida birma-bir yod olasiz. Tilda 
eng asosiy o‘rinni so‘zlar egallashi hammaga 
ma’lum. Demak, ishni lug‘at yodlashdan boshlar 
ekanmizda. 
Aslo yo‘q! Hech ham unday emas! Bu 
ahmoqona ko‘rsatmani darhol unuting! 
Men sal 
o‘rinsiz hazil qildim shekilli. Axir bu siyqa usuldan 
voz kechish payti allaqachon kelgan. Deyarli 
hamma o‘qituvchilar ishni lug‘at yodlatishdan 
boshlaydilar. 
O‘qituvchi va o‘rganuvchi do‘stlarimdan 
o‘tinaman, 
aslo bunday qilmang! Hech qachon!


13
Chet tilini o‘rganish - so‘zlarning asl 
ma’nosini tushunmay turib, ko‘r-ko‘rona yod 
olish degani emas. Lug‘at - bu til emas. 
O‘zga tilni begona so‘zlarni qiynalib talaffuz 
qilish orqali o‘rganish va tushunib-tushunmay 
xulosa chiqarish eng katta va ko‘p yo‘l qo‘yadigan 
xatolarimizdan bittasidir. Siz bu noto‘g‘ri 
tushunchadan qanchalik tez xalos bo‘lsangiz, 
shuncha yaxshi. 
Til - aslida hamisha harakatdagi murakkab 
tizim. 
So‘zlar esa bu tizimning bir qismi xolos. 
So‘zlar o‘z ma’nolarini va qo‘llanish usullarini 
o‘zgartirib turadilar. 
Til bamisli tirik mavjudot. Uni sevish, sezish, his 
qilish kerak. Shundagina u sizga tushunarli bo‘ladi. 
Ammo, baribir, lug‘at sotib olishingizga to‘g‘ri 
keladi. O‘z o‘rnida u, albatta, kerak. Odatda biz 
ishni kichik hajmli lug‘atlarni sotib olishdan 
boshlaymiz. Biroz vaqt o‘tgach, sal kattarog‘ini, 
keyin yana ham qalinrog‘ini... . Bilimlarimiz 
ortgani sayin lug‘atlarimiz ham qalinlashib 
boraveradi va... uyimizda chang bosib yotgan 
lug‘atlar kolleksiyasi paydo bo‘ladi. Siz makulatura 
yig‘ish bilan shug‘ullanmangda, eng ma’quli, 
birato‘la eng katta va qalin lug‘atni sotib oling. 


14
Xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun yodda tutishimiz 
lozim bo‘lgan yana bir jihat bor. 
Raqamlarni hech 
qachon tartib bo‘yicha yod olmaslik kerak. 
Masalan: bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, etti, sakkiz, 
to‘kqiz, o‘n va hokazo tarzida. Hayotda odatda 
raqamlardan bu taxlit foydalanishga deyarli to‘g‘ri 
kelmaydi. Bunday matematik tartib so‘zlashuv 
tilining tabiiyligiga putur etkazadi. Ishonavering
o‘zga tilda yod olgan ilk raqamingiz odatdagiday 
bir soni emas, etti yoki o‘n bir bo‘lsa ham osmon 
uzilib yerga tushmaydi. Mabodo, ilk bor ikki yoki 
sakkizni yod olsangiz ham sizni hech kim til 
qoidalarini buzganlikda ayblamaydi. Yaxshisi, 
raqamlarni turli ketma-ketliklar holida, masalan, 
sakkiz-to‘rt-o‘n besh, o‘n yetti-to‘qqiz-ikki tarzida 
yod oling yoki telefon raqamlaringizni chet tilida 
yodda saqlang. Tartib bo‘yicha yod olingan 
raqamlarni aloxida eslash qiyin bo‘ladi. Mening bir 
tanishim fransuz tilini o‘rganayotib, raqam 
nomlarini alohida eslashga qiynalayotganini, misol 
uchun sakkiz raqamini aytmoqchi bo‘lsa, xayolan 
birdan sakkizgacha sanab chiqishga majbur 
bo‘layotganidan shikoyat qilgan edi. Chunki 
miyaga allaqachon tartib bo‘yicha sanashga buyruq 
berib qo‘yilgan va u o‘z ishini bajarmoqda. Bunday 
noxushlik hafta, oy kunlari nomi bilan ham sodir 


15
bo‘lishi mumkin va hayotda o‘zingiz ham shunday 
holatlarga guvoh bo‘lgansiz. 
Odatda chet tilini o‘rganishni alifbo yodlashdan 
boshlaydilar. Bu yo‘sinda ham harflarni alohida 
eslash kiyin bo‘ladi va yod olish uchun sarflangan 
vaqt va quvvat kutilgan natijani bermaydi. 
Tasavvur qiling, siz Amerikadasiz. Amerika yo‘l 
politsiyasi xodimi sizni mast holda mashina 
boshqarganlikda ayblab to‘xtatdi, deylik. E’tiroz 
bildirishga shoshilmang. U hech bir asossiz 
shunday qarorga kelgan bo‘lishi ham mumkin. 
Bunday anglashilmovchiliklar Amerikada tez-tez 
sodir bo‘lib turadi. Ammo hozir gap umuman bunda 
emas. 
Albatta, siz unga e’tiroz bildirasiz. Politsiyachi 
esa o‘z navbatida sizdan hushyorligingizni isbotlash 
uchun o‘zining davlat tili alifbosini avval tartib 
bilan, keyin aralash tarzda aytib berishingizni 
so‘raydi. Bu narsa yo‘l politsiyasining alifbo o‘yini 
hisoblanadi. Men endi buyog‘iga harflarni va 
lug‘atlardan 
alifbo 
tartibida 
yod 
olgan 
so‘zlaringizni alohida eslashga qiynalib, qanday 
anglashilmovchiliklarga 
duchor 
bo‘lishingiz 
mumkinligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tirmoqchi 
emasman... . 


16

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish