N. Hakimov, E. Abdullayev, F. Halimov, A. Xamidova umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg’ulotlar


Amaliy mashg’ulot darslarida vaqtinchalik mikropreparatlar tayyorlash



Download 2,52 Mb.
bet2/221
Sana31.12.2021
Hajmi2,52 Mb.
#274412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221
Bog'liq
1 2 Umurtqasiz zool amal mash (Hakimov N)

Amaliy mashg’ulot darslarida vaqtinchalik mikropreparatlar tayyorlash
Umurtqasizlar zoologiyasining amaliy mashg’ulotlarida doimiy (tayyor) yoki vaqtinchalik preparatlardan, shuningdek, formalinda yoki spirtda fiksasiya qilingan yirik umurtqasizlarning gavda qismlaridan tayyorlangan preparatlardan foydalaniladi.

Doimiy mikro- yoki makropreparatlar tayyorlash ancha murakkab, ko’p bosqichli va uzoq vaqtni talab etuvchi jarayondir. Shuning uchun 1-kursda umurtqasizlar zoologiyasining amaliy mashg’ulotlarida aksariyat vaqtinchalik preparatlar tayyorlanib ko’riladi yoki doimiy va fiksatsiyalangan preparatlardan foydalaniladi.

Vaqtinchalik mikropreparatlar tayyorlash va uni mikroskopda ko’rish ham o’zining qoida va usullariga ega.

1-kurs talabalari ma’lum bir buyumdan yoki oldin tayyorlangan namunadan vaqtinchalik mikropreparat tayyorlab mikroskopning kichik (8x) va katta (40x) obyektivlarida ko’rish uchun quyidagi ishni bajarishlari lozim, ya’ni mikroskop ishga tayyorlangandan keyin buyum va qoplag’ich shishalar tozalab artiladi. Qoplag’ich shisha juda yupqa va nozik bo’lganligi uchun uni tozalashda ehtiyot bo’lish kerak, uni salfetkaga o’rab, bosh va ko’rsatkich barmoqlari orasiga qo’yib, sekin-asta artish zarur. Agar qoplag’ich va buyum shishalari kirlangan bo’lsa, buyumni ko’rish ancha qiyinlashadi.

Buyum oynasining o’rtasiga tomizg’ich bilan bir tomchi toza suv tomiziladi. Ushbu tomchi ustiga toza paxtadan juda siyrak 1-2 sm uzunlikdagi 3-4 ta tolani qo’yib, qoplag’ich bilan yopiladi. Tomchi ustiga qoplag’ich shishani qo’yishda avval qoplag’ichni ikkala yon qirralaridan bosh va ko’rsatkich barmoqlar bilan ushlab, uning pastki qirrasi buyum shishasi ustidagi tolali suvga tekkiziladi va ohistalik bilan qiya holda tomchi usti qoplanadi. Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, agarda qoplag’ich tomchi ustiga birdaniga qo’yilsa, tomchida havo pufakchalari paydo bo’ladi. Bunday pufakchalar buyumni ko’rishga xalaqit beradi. Qoplag’ich shisha ostidagi suvdan havo pufakchalarini chiqarish uchun entomologik igna bilan qoplag’ichning bir tomoni sekin ko’tarilib qayta yopiladi. Agar shunda ham havo pufakchalari yo’qolmasa, preparatni qayta tayyorlash lozim bo’ladi. Tayyorlangan vaqtinchalik preparatda buyum mikroskopning kichik va katta obyektivlarida ko’rilib, daftarga rasmi chiziladi.

Ba’zan paxta tolasi o’rnida, laboratoriyada oldindan tayyorlab qo’yilgan bir hujayralilarning namunalari mavjud bo’lsa, ulardan ham vaqtinchali mikropreparatlar tayyorlanib mikroskopda ko’rish va harakatlarini ko’zatish mumkin. Bunday preparatda turli-tuman infuzoriyalar, yakka yoki kolonial o’simliksimon xivchinlilar, ayrim ildizoyoqlilar, shuningdek ko’p hujayralilardan mikroskopik kattalikdagi kolovratkalar (og’izaylangichli to’garak chuvalchang) va nematodalarning vakillarini uchratish mumkin.





Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish