N. Hakimov, E. Abdullayev, F. Halimov, A. Xamidova umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg’ulotlar


Umurtqasiz hayvonlarni ochish va o’rganish usullari



Download 2,52 Mb.
bet3/221
Sana31.12.2021
Hajmi2,52 Mb.
#274412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221
Bog'liq
1 2 Umurtqasiz zool amal mash (Hakimov N)

Umurtqasiz hayvonlarni ochish va o’rganish usullari
Umurtqasiz hayvonlar anatomiyasini o’rganish ichini ochish orqali bajariladi. Ushbu turdagi ishlar nisbatan yirik va gavda bo’shlig’iga ega bo’lgan hayvonlarda, jumladan chuvalchanglarda (nematodalar, ko’ptukli va kamtukli halqalilar, zuluklar), yumshoqtanlilar, qisqichbaqasimonlar, o’rgimchaksimonlar, ko’poyoqlilar, hasharotlar kabilar bilan olib borilishi ancha qulay, lekin ancha murakkab ish hisoblanadi. Bunday ishni amalga oshirishdan asosiy maqsad hayvonlar teri-muskul xaltasi ichidagi yoki teri qoplag’ichi ostidagi organ va sistemalarining turi, joylashishi, ularning morfologik hamda anatomik tuzilishi bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’lishdan iboratdir.

Talabalar hayvonlarni ichini ochishga kirishishidan oldin talab etiladigan barcha qoida va usullarni bilish hamda ishni bajarish uchun kerak bo’lgan zaruriy jihoz va asboblar, jumladan, turli katta-kichiklikdagi jarrohlik va anatomik pichoq (skalpel)lar, qisqich (pinset)lar, turli uchli va kattalikdagi qaychilar, qo’l va stol lupalari, Petri idishlari, parafinli idishlar (vannochkalar), preporaval (to’g’rilagich) va entomologik ignalar, suvli idishlar, tomizgichlar, paxta, filtr qog’ozi, buyum va qoplag’ich shishalar kabilar tayyorlab qo’yilgan bo’lishi lozim.

Talaba aytilgan asbob va jihozlarning qaysi biridan qachon va qanday qilib foydalanish qoidalaridan xabardor bo’lishi kerak. Ichi ochilishi kerak bo’lgan hayvon tirik holda tabiatdan yoki laboratoriyada saqlanadiganlaridan olinadi va u efir, spirt yoki xloroformda jonsizlantiriladi hamda parafinli idishga (vannochkaga) qorin tomoni bilan yotqizilib, ignalar bilan qadaladi. Igna qiya holda qadalishiga e’tibor berish kerak. Agarda igna tik qadalsa, hayvonni ochishda u xalaqit berishi mumkin. Umurtqasiz hayvonlarni aksariyatida (halqali chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, o’rgimchaksimonlar, ko’poyoqlilar, hasharotlar) nerv sistemasi qorin tomonida joylashganligi hisobga olinadigan bo’lsa, qorin tomondan ochilsa, nerv sistemasi shikastlanishi mumkin.

Yuqorida aytganimizdek, yangidan o’ldirilgan hayvonning ichki organlari ochilib o’rganilsa, undagi organ va to’qimalar hali qotmagan bo’ladi. Bu esa ularni ko’rish va o’rganishni ancha osonlashtiradi. Bordiyu ochish uchun tirik obekt (hayvon) bo’lmasa, uning o’rniga 4-5% li formalin yoki 700 li spirtda fiksatsiyalangan materialdan (hayvondan) foydalanish mumkin.

Hayvonni parafinli idishga qorin tomoni bilan yotqizib, qadagandan so’ng o’tkir uchli mayda qaychi bilan gavda qoplag’ichi (terisi) gavdaning orqa uchidan oldingi uchiga qarab bo’ylama kesim bilan ochiladi. Ba’zan o’ldirilgan hayvon (qisqichbaqa, ko’poyoq, hasharot kabilar) qo’lda ushlab kesish ancha qulay bo’ladi. Kesilgan teri yon tomonlarga qisqich bilan ohista tortilib igna bilan qadaladi. Ochilgan hayvon ustidan toza suv solinib, vaqti-vaqti bilan tozalanib turiladi, chunki toza suvli muhitda ichki organlarni o’rganish ancha qulay bo’ladi. Agarda suv ifloslanib qolsa, uni to’kib, yangidan tozasi solinadi.

Ichi ochilgan hayvon qo’l lupasi (10x,20x) bilan kuzatilib, ichki organ va sistemalari o’rganiladi. Agar qo’l lupasi bilan ushbu ishni davom ettirish imkoniyati bo’lmasa, o’rganishni stol lupasi yoki binokulyar mikroskopda olib borish mumkin.



Rasm 1. Jihozlar xillari.



A –jarrohlik va anatomik pichoqlar (skalpel); B – qisqich (pinset)lar;

C - preporaval (to’g’rilagich) ignalar; D - qaychi
Umurtqasizlar zoologiyasining laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarida o’rganiladigan hayvonni shakli, tashqi organlarining tanadagi joylashishi hamda ichki organ va sistemalarining tuzilishi maxsus tutilgan daftarga (rasm daftari tutilishi kerak) chizilib, yozuvlar bilan ifodalab boriladi. Daftarga chizilgan hayvonning tuzilish rasmi, undagi organ va qismlarining gavdaga nisbati to’g’ri aks ettirilishi kerak. Rasm zoologik jihatdan texnik ish ekanligini aks ettirishi kerak. Rasmni juda chiroyli va badiiylashtirishga urinmaslik kerak. Bunday ishni talabga javob bermasligini talabalar e’tiboriga oldindan yetkazib qo’yish lozim. O’rganilgan hayvonning tuzilishi, gavda qismlari, shakli, ichki organlarining tuzilishi, joylashgan joyi va hakozolar to’la bajarilgandan keyin, ushbu qism va organlar hamda sistemalar raqam va yozuvlar bilan ifodalanishi kerak.



Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish