Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"


 - MAVZU. MILLIY IQTISODIYOTDA RAQOBAT MUHITINI HAKLLANTIRISHNING



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/109
Sana01.11.2022
Hajmi2,32 Mb.
#859026
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   109
Bog'liq
91c2fe9dd114c466f1a622cb1b16ad76 O`quv qo`llanma

14 - MAVZU. MILLIY IQTISODIYOTDA RAQOBAT MUHITINI HAKLLANTIRISHNING 
INSTITUTSIONAL ASOSLARI 
Reja:
 
1.
Raqobatni rivojlantirishning muhim strategik maqsadi. 
2.
O’zbekistonda raqobat munosabatlarini shakllantirishning iqgisodiy institutlari 
3.
Davlat korxonalarini xususiylashtirish va monopoliyadan chiqarish. 
4.
Samarali raqobatning yuzaga chiqishiga yo’l qo’ymaydigan to’siqlarni bartaraf etish. 
5.
Monopollashgan sohalardagi boshqaruv tizimlarini va korxonalarni tarkibiy qayta restrukturizatsiyalash. 
Tayanch so'z va iboralar: 
Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, rivojlantirish, raqobat 
muhit, yaratish, muhim iqtisodiy institut, O ’zbekiston iqtisodiyotida raqobat muhiti, 
rivojlantirish, tarmoq, xududiy monopoliya, chiqarish, xususiylashtirish dasturlari. 
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik shov-shuv, muammoli ta’lim, 
B/B/B jadvali, munozara, Venn diagrammasi, T-sxema, o’z-o’zini nazorat Adabiyotlar: 
A1, A2, A3, A4, A5, A6, A7, A8, A12. 
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2010 yil 18 noyabrda Parlament palatalari qo’shma 
majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 
Kontseptsiyasi” nomli ma’ruzasi vazifalaridan kelib chiqqan holda qabul qilingan —Raqobat to’g’risida”gi qonun ayni Shu 
monopoliyaga qarshi boshqaruvni davlat tomonidan tartibga solish borasidagi muhim ahamiyatga huquqiy hujjatlardan 
biridir. 
2012 yil yanvarda qabul qilingan —Raqobat to’g’risida”gi qonunning asosiy maqsadi tovar va moliya bozorlaridagi 
Raqobatga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
Mamlakatimizda davlat tomonidan monopoliyaga qarshi boshqaruvni tartibga solish va takomillashtirish nafakat 
iqtisodiy-ijtimoiy, balki institutsional rivojlanish xususiyatiga ham ega. Institutsional rivojlanish esa, bozor iqtisodiyotiga o’tish va 
unga 
164 


mos keluvchi bozor iqtisodiyotining eng asosiy elementlaridan hisoblangan raqobatni rivojlantirish, raqobat munosabatlarni 
muvaffaqiyatli shakllantirishning asosiy omillaridan biridir. Shuningdek, yangi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni tashkil etish, 
ularning samarali faoliyatini ta’minlashda mazkur sub’ektlar faoliyatining tarkibi va chegaralarini belgilab beradigan, ularning 
boshqa sub’ektlar bilan munosabatlariga aniqlik kiritadigan, raqobat siyosatini amalga oshiradigan institutsional asoslarni 
shakllantirish hamda bozor talablariga muvofiq takomillashtirishning ahamiyati katta. Bu masala davlat tomonidan 
monopoliyaga qarshi boshqaruvni tartibga solish hamda raqobat muhitini shakllanishi uchun ham dolzarb hisoblanadi. 
Hozirgi kunda Davlat tomonidan samarali raqobat siyosatini amalga oshirilishi natijasida respublika iqtisodiyotida 
monopollashgan tovar va xizmatlar bozorlari soni sezilarli darajada qisqardi. Erishilgan natijalar tovar va xizmatlar bozorlarida 
erkin Raqobatlashadigan va oxir- oqibatda sog’lom raqobat muhitini shakllantiradigan yangi xo’jalik va tadbirkorlik 
sub’ektlarini paydo bo’lishida namoyon bo’lmokda. Monopol korxonalarning soni sezilarli qisqargan, ayniksa iste’mol 
bozorida. Sunggi 15 yil mobaynida olib borilgan monopoliyaga qarshi siyosat natijasida, monopolist korxonalar soni 828 
tadan 178 tagacha kamaydi. Monopol mahsulotlar soni esa 5186 tadan 157 tagacha qisqardi. 
Mamlakatimizda olib borilayotgan monopoliyaga qarshi boshqaruvni davlat tomonidan tartibga solish borasidagi 
iqtisodiy isloxotlarning muxim jixatlari - bu bozor iqtisodiyotining eng asosiy elementlaridan xisoblangan Raqobatni 
rivojlantirish, monopol va ustun mavkega ega xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mahsulotlari va xizmatlarining sifati hamda 
kafolatini kuchaytirish, ularning narxlari (tariflari) mukobilligini ta’minlash, iste’molchilarning xarid talabini qondirish orqali 
makroiqtisodiy korsatkichlarni oshirishga qaratilganligidan iboratdir. Bu esa, davlat tomonidan monopol mavkega ega bo’lgan 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tarkibiy uzgartirish va sog’lom raqobat muhitini yaratishga yunaltirilgan kompleks 
tadbirlarning amalga oshirilishi va albatta qonunchilikni takomillashtirishni taqazo etadi. 
O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2010 yil 18 noyabrda Parlament palatalari qo’shma 
majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik isloxotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 
Kontseptsiyasi” nomli ma’ruzasi vazifalaridan kelib chiqqan xolda qabul qilingan —Raqobat to’g’risida”gi qonun ayni shu 
monopoliyaga qarshi boshqaruvni davlat tomonidan tartibga solish borasidagi muxim ahamiyatga xuquqiy xujjatlardan biridir. 
2012 yil yanvarda qabul qilingan —Raqobat to’g’risida”gi qonunning asosiy maqsadi tovar va moliya bozorlaridagi 
raqobatga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Chunki, mazkur qonunning mazmun-moxiyati Shu bilan 
izoxlanadiki, unda tovar va moliya bozorlaridagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning raqobatga qarshi xarakatlarini, insofsiz 
raqobatni cheklashga hamda davlat boshqaruvi organlari, maxalliy davlat xokimiyati organlarining gayriqonuniy xarakatlariga 
yul kuymaslikka qaratilgan Raqobatga doir davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli organ belgilangan. Qonunda 
raqobatga qarshi xarakatlarni taqiqlashning xuquqiy normalari belgilangan bo'lib, bunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning 
ustun mavqeini suiste’mol kilish, raqobatni cheklaydigan kelishib olingan xarakatlari va bitimlarini to’zish, 
165 


shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va maxalliy davlat xokimiyati organlarining xujjatlari (xarakatlari) hamda insofsiz 
raqobat taqiqlangan. Bundan tashqari, tanlov (tender) va birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablar, xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarni tashkil etish, kushib yuborish va birlashtirishga doir hamda aktsiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy xuquqlarni 
olishdagi monopoliyaga qarshi talablar kiritilib, ushbu xarakatlarni amalga oshirishda monopoliyaga qarshi davlat organining 
oldindan roziligini olish tartibi belgilangan. 
Monopoliyaga qarshi organning vakolatlari, axborot olish hamda monopoliyaga qarshi organga axborot takdim 
etish, Shuningdek mazkur qonun talablari bo’zilganligi uchun jarimalar solish hamda yetkazilgan zararning urnini qoplash, 
Raqobat to’g’risidagi qonun xujjatlarini buzganlik xaqida ishlar kuzgatish va ularni kurib chiqish, monopoliyaga qarshi 
organning qarori va ko’rsatmasini ijro etish tartiblari qonunning muxim jixatlari xisoblanadi. 
—Raqobat to
,
g
,
risida”gi qonunning xayotga tatbiq etilishining o’ziga xos ahamiyatiga Shundaki, yangi qonun tovar 
va moliya bozorlarida raqobatga doir munosabatlarni xuquqiy tartibga solishning ochik-oshkoraligi va samaradorligini 
oshirish hamda qonunchilikdagi mavjud kamchilik, nomutanosibliklarni, Shuningdek, monopoliyaga qarshi tartibga solishdagi 
karama-qarshiliklarni bartaraf etishga imkon beradi. Shu bilan birga, raqobatni rivojlantirish va himoya qilish hamda kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay biznes muxitini yaratish, xar xil byurokratik aralashuvlarni bartaraf etish, 
erkin bozor iqtisodiyoti talablari va shartlari bajarilishini ta’minlaydi. 
Bundan tashqari, erkin bozor iqtisodiyoti mexanizmlarining yanada samarali ishlashiga, iste’molchilar va ushbu 
bozorning boshqa ishtirokchilarining xuquqiy ximoyasini kuchaytirishga, tovar va moliya bozorlaridagi munosabatlarning 
yanada liberallashuviga, tovar va moliya bozorlarida raqobatga oid ta’sirchan davlat siyosatini amalga oshirish imkoniyatini 
yaratadi. 
Ayni paytda tovar va moliya bozorlarida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustun mavqeini belgilovchi Nizom, tovar va 
moliya bozorlarida ustun mavkeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning davlat reestrini yuritish tartibi, tovar va 
moliya bozorlarida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining aktsiyalarini (ulushlarini) va boshqa mulkiy xuquqlarini olishda oldindan 
monopoliyaga qarshi organning roziligini olish tartibi, raqobatni cheklovchi bitim va xarakatlarni kurib chiqish tartibi hamda 
tovarning monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibi kabi me’yoriy xujjatlar tayyorlandi. 
Mamlakatimizda davlat tomonidan monopoliyaga qarshi boshqaruvni tartibga solish va takomillashtirish nafakat 
iqtisodiy-ijtimoiy, balki institutsional rivojlanish xususiyatiga xam ega. Institutsional rivojlanish esa, bozor iqtisodiyotiga o’tish va 
unga mos keluvchi bozor iqtisodiyotining eng asosiy elementlaridan xisoblangan raqobatni rivojlantirish, raqobat 
munosabatlarni muvaffaqiyatli hakllantirishning asosiy omillaridan biridir. Shuningdek, yangi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni 
tashkil etish, ularning samarali faoliyatini ta’minlashda mazkur sub’ektlar faoliyatining tarkibi va chegaralarini belgilab 
beradigan, ularning boshqa sub’ektlar bilan munosabatlariga aniqlik kiritadigan, Raqobat siyosatini amalga oshiradigan 
institutsional asoslarni shakllantirish hamda bozor talablariga muvofiq takomillashtirishning ahamiyati katta. 
166 


Bu masala davlat tomonidan monopoliyaga qarshi boshqaruvni tartibga solish uchun xam dolzarb xisoblanadi. 
Hozirgi kunda Davlat tomonidan samarali raqobat siyosatini amalga oshirilishi natijasida respublika iqtisodiyotida 
monopollashgan tovar va xizmatlar bozorlari soni sezilarli darajada qisqardi. Erishilgan natijalar tovar va xizmatlar bozorlarida 
erkin Raqobatlashadigan va oxir - oqibatda sog’lom Raqobat muxitini shakllantiradigan yangi xo’jalik va tadbirkorlik 
sub’ektlarini paydo bo’lishida namoyon bo’lmokda. 
Monopol mahsulot va xizmatlarning respublika yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 20 foizgacha pasaydi. Avval yirik 
monopoliya xisoblangan sohalarda, ya’ni qishloq xojaligi va ozik-ovkat mahsulotlari bozorlarida ichimliklar, sharbatlar, non va 
non mahsulotlari, gusht-sut mahsulotlari, kandolatchilik mahsulotlari, alohida olingan noozik-ovkat mahsulotlari bozorlarida 
mebelb, gilam va gilam mahsulotlari va Shuningdek telekommunikatsiya xizmatlari bozorlarida sog’lom Raqobat muxiti 
shakllantirildi. Shu bois, monopoliyaga qarshi siyosatni tartibga solish iqtisodiyotni modernizatsiyalashning ustuvor yunalishi 
sifatida tan olindi. Bu borada ularning faoliyat yuritish samaradorligi nuktai nazaridan asosiy omillar sifatida mulkchilik, 
javobgarlik, Raqobat, monopoliyaga qarshi boshqaruv va shartnoma institutlari katta rol oynaydi. 
Mulkchilik xuquqi iqtisodiy nazariyasidan kelib chikib aytish mumkinki, agar transaktsiya xarajatlar yuqori va mulkiy 
xuquqdar aniq mustaxkamlanmagan bulsa, ishlab chiqarish tarkibi va samaradorligi sezilarli ravishda mulkiy xuquqlarning 
taksimlanishiga bog’liq buladi. 
Javobgarlik instituti tadbirkorlik faoliyatini tashkillashtirishda muxim boshqaruvchilik vazifasini utaydi. Bundan 
tashqari, tadbirkor bilan munosabatga kirishuvchi sub’ektlar (kreditorlar, ta’minotchilar va Shu kabilar) xo’jalik yuritish boyicha 
tadbirkor tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo’lgan o’ziga xos xatti- xarakatlarga ma’lum darajada komil ishonchi bo’lishi 
lozim. Shundan kelib chiqib, javobgarlik masalasi boshqaruv qarorlarini qabul qilinishida xal qiluvchi ahamiyatga ega. 
Bozordagi xolat xam buni tasdiklaydi. Ma’lum resursni sotib olish yoki kredit olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyati 
mikyosi bozorda tadbirkorning kreditorlar oldidagi javobgarligini ta’minlash imkonini beruvchi mulki mikdoriga yarasha 
amalga oshirilishi mumkin. 
Demak, javobgarlik tadbirkorlik erkinligini ruyobga chiqishiga kumaklashadi va ayni paytda qabul qilingan xar bir 
karor natijasi uchun individual tarzda javob berilishi lozimligini urnatadi. 
Shunday qilib, tadbirkorlik va xo’jalik yuritish erkinligi amalda javobgar bo’lishga tayyorlikdan kelib chiqadi va ushbu 
sababiy bog’liqdik ostida tadbirkorlik javobgarligining ikki xil vakolat doirasi - javobgarlikni utash majburiyati hamda 
boshqarish xuquqi yotadi. 
Raqobat instituti bozorning samarali rivojlanishi uchun eng asosiy omillardan xisoblanadi. Umumiy xolda bozor 
mexanizmini taklifning talabga qarab ozgarishi, moslashishi sifatida karash mumkin. Uning mazmuni tajriba va xatolar yuli 
bilan narxning umumiy muvozanatiga, ishlab chiqarilayotgan va talab qilinayotgan mahsulot balansiga tomon xarakat 
kilishdan iborat. 
167 


Erkinlik va raqobat bir birini tuldiradi va o'zaro bog’liqdir. Iqtisodiy erkinlik kafolati bo’lgan raqobatning o’zi ana Shu 
erkinlik bagrida vujudga keladi. Shuning uchun raqobat tamoyillariga suyanuvchi ijtimoiy bozor xo'jaligi, birinchi navbatda, 
ishlab chiqarish, tadbirkorlik va xo’jalik faoliyati erkinligini kafolatlaydi. 
Erkin tadbirkorlik xo’jalikni raqobat mexanizmi yordamida boshqar ish asosidir. Tadbirkorlik iqtisodiy cheklovlar va 
ma’muriy sikuvlar ostiga olingan taqdirda monopoliyaga qarshi va raqobatni ragbatlantirishga qaratilgan boshqa xarakatlar 
xech bir samara bermaydi. 
Shartnoma instituti xam xo’jalik yuritishda muxim ahamiyatga ega bo'lib, uni urganishning eng asosiy 
mhammolaridan biri, korxona transaktsiya xarajatlarini maqsadga muvofiqdigini ta’minlash xisoblanadi. Chunki xozirgi 
zamonda transaktsiya xarajatlarning asosiy kismi aynan xuquqiy munosabatlar bilan bog’liqdir. 
Tadbirkorning, shu jumladan, xizmat ko'rsatuvchi xo’jaliklarning transaktsiya xarajatlari xajmi davlat tomonidan u yoki 
bu xuquqiy me’yorlarni kuchga kirit ish, ularni soddalashtirish, shartnomalarni rasmiylashtirish yuli bilan kupaytirilishi yoki 
qisqartirilishi mumkin. Shu bilan birga, tarbirkorlarga ba’zi tortishuvli masalalarni uchinchi taraf, ya’ni sud orqali xal etish 
imkoniyati berilishi hamda mulkiy xuquqlar bilan almashuvni amalga oshirish ustidan nazoratni moliyalashtirish tadbirkorlar 
zimmasiga yuklanishi mumkin (shartnomalarni notarial tasdiqlatish). 
Shunday qilib, shartnoma institutini o'zgartirishda asosiy xo’jalik yuritish erkinliklarini buzmaslik tamoyiliga amal qilish 
katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, Germaniyada ushbu erkinliklarga shartnoma erkinligi, koalitsiyalar erkinligi va xokazolar 
kiradi hamda shartnoma to’zishda tomonlarning xech biriga tazyiq o'tkazish taqiqlanadi, lekin shartnoma imzolangan taqdirda 
uning bajarilishi muqarrar. 
Xulosa qilib aytganda, institutsionalizm nazariyasi ko'p jixatdan tadbirkorlik qarorlari qabul qilinadigan soha va xo’jalik 
faoliyati amalga oshirilayotgan institutsional muhit muammolar doirasini taxlil qiladi, manopoliyatik faoliyatni cheklaydi, 
raqobat muxitini shakllantiradi va xo’jalik yuritishning institutsional asoslarini takomillashtirishda muxim ahamiyatga ega. 
Bozor institut sifatida individlar tomonidan o'zaro iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda ishlatiladigan 
me’yorlar yigindisiga asoslanadi. X,ar qanday xo’jalik yuritish shaklining samarali faoliyat yurititttiga. ushbu me’yorlarning ta’siri 
katta bo'ladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish bosqichida ana shu me’yorlar uzil-kesil shakllanmaganligi bois sub’ektlar o’rtasidagi 
iqtisodiy munosabatlar, kelishuvlar bilan bog’liq xarajatlar kelib chiqadi. Bu xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlaridan farkdi 
ravishda transaktsiya xarajatlar, deb ataladi va xo’jalik yuritish samaradorligiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Ushbu ta’sirni pasaytirish 
xo’jalik yuritishning me’yor va qoidalarini oqilona, mufassal aniqdanishini taqozo etadi. 
Shuningdek, mulkchilik, raqobat, mopoliyaga qarshi boshqaruvni amalga oshiradigan, javobgarlik va shartnoma 
institutlarining xo’jalik yurit ishning samarali mexanizmini shakllantirishda alohida urin egalaydi. Mulkiy xuquqlarni toliq 
taksimlash orqali xo’jalik yuritish sub’ektlarining o'zaro munosabatlardagi noaniqlikni kamaytirish va resurslardan samarali 
foydalanishga zamin yaratiladi. 
Raqobat muxitini shakllantirish bozordagi talab va taklif muvozanatiga erishishning, javobgarlik institutini 
mukammallashtirish esa tadbirkorlik erkinligini 
168 


ta ’ minlashning asosiy vositasidir. Shartnoma instituti xo’jalik yuritish mexanizmida sub’ektlararo iqtisodiy munosabatlarni 
ruyobga chiqar ish vositasi bo'lib xizmat kiladi. 
Monopoliyaga qarshi boshqaruvning ilmiy-nazariy asoslarini urganishda asosan Raqobat va unga bog’liq omillarni 
kurishimiz mumkin. Xorij adabiyotlarida monopoliyaga qarshi boshqaruvning ilmiy-nazariy asoslarini ilmiy tadqiq etishda 
olimlar, mutaxassislar tomonidan Raqobat va Raqobatbardoshlik tushunchalari, uni boshqarish va xarakatlantiruvchi kuchlar, 
monopoliyaga qarshi davlatning boshqaruv dastaklari xaqida toxtalib o’tishgan. Biroq raqobat kurashi va uni xarakatlantiruvchi 
kuchlar, monopoliyaga qarshi boshqaruv mexanizmlari xaqida dastlabki to laqonli nazariy qoidalar fakat XVIII asrning 
o’rtalariga kelib paydo bo’lgan. Bunda klassik siyosiy iqtisod vakillari sanalgan A.Smit va D.Rikardoning xizmatlari kattadir. 
Keyingi davrlarda A.Marshall, J.Keyns, V.Leontev, Y.Shumpeter, P.Sraffa, M.Porter va boshqalarning mehnatlari tufayli Raqobat 
nazariyasi yanada rivoj topdi. Raqobat moxiyatiga tuxtalar ekanmiz, uni asosan uch xil yondashuvga bo’lish mumkin. 
Jumladan, xulq-atvor yondashuvi, strukturali yondashuv va funktsional yondashuv. 
Raqobatning xulk-atvor yondashuviga A.Smitning karashlarini kiritishi mumkin. U raqobatni bozor sub’ektlari 
o’rtasida tovarlar xarid qilish va sotish borasida qulayroq sharoitlar uchun olib boriladigan, to’g’ri, xalol, til biriktir ishlarsiz 
kurash, musobaqa bilan bog'lagan. U raqobat kurashining asosiy usuli deb narx o'zgarishlarini bilgan. Bunda u jamoa irodasi 
(ixtiyori) bilan boshqarilmaydigan, umumiy moljallarga ega bo’lmagan bozorda qat’iy xulq-atvor qoidalariga amal qilishini 
qayd etgan. 
Demak, Raqobat - bozor qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi aynan o'sha «ko'rinmas qo'l»dir. 
Strukturali yondashuvda asosiy e’tibor raqobatchilarning ozaro bilan kurashidan bozor strukturasi, unda xukmronlik 
qiluvchi shart-sharoitlar taxliliga kuchib utadi. Masalan, K.R. Makkonnell va S.L. Bryuning asarlarida aytib o'tilishicha, raqobat 
bozorda ko p sonli mustaqil xaridor va sotuvchilar mavjudligi, xaridor va sotuvchilar uchun bozorga erkin kirish va undan 
chiqish imkoniyatidir. 
Raqobat moxiyatini aniqlashga uchinchi yondashuvni funktsional yondashuv sifatida tavsiflash mumkin. U 
Raqobatning iqtisodiyotda uynaydigan rolini kurib chiqadi. Xususan, Y.Shumpeter iqtisodiy rivojlanish nazariyasi doirasida 
Raqobatni eskilikning yangilik bilan raqiblik kurashi sifatida ta’riflagan. Yangiliklar kiritish bozor tomonidan Shubka bilan qabul 
qilinadi, biroq agar novator ularni amalga oshirishning uddasidan chiqsa, Raqobat mexanizmi eskirgan texnologiyalardan 
foydalanuvchi korxonalarni bozordan siqib chiqaradi. 
Raqobat nazariyasi D.Rikardo, M.Porter, F.Kotler va boshqa olimlar tomonidan asoslangan. Nazariy jihatdan 
qaralganda barqaror 
roqobat-bardoshlikni 
ta’minlash foyda olishni oshirish yulidir. Raqobat va Raqobatbardoshlik masalalari uta mukim bolsa-da, O’zbekiston 
korxonalarini boshqarish boyicha mukammal va har tomonlama ishlab chiqilganicha yuk. Bu tushunchalarning mazmuni 
kakida kam olimlar aniq bir tuxtamga kelishmagan. Chunonchi, ayrim iqtisodchilar ’’tovarlar raqobatbardoshligi” deganda 
ularning iste’mol qiymati bilan bog’liq bo’lgan barcha unsurlarni tushunsalar, boshqalari firmalarning, har qanday ishlab 
chiqaruvchining tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish bo yicha imkoniyatlari majmuini tushunadilar. 
169 


Darhaqiqat, ”tovarlar raqobatbardoshligi” tushunchasi keng qirrali bo'lib, firma va korxonalarning barcha 
imkoniyatlarinigina emas, balki tovar bahosi, reklama va sotish kabi imkoniyatlarini kam ifodalaydi. Biroq, bizning fikrimizcha, 
”Raqobat”, ’’Raqobatbardoshlik” tushunchalari barkaror iste’molchilarsiz ma’nosiz bo'lib qolaveradi. Shunday ekan, yuqorida 
keltirilgan ta’riflarga iste’molchilarning didi, xarid imkoniyatlari, kayfiyati, xulq-atvori, estetik korsatkichlari kabi iboralar kam 
kiritilsa, bu tushuncha yanada aniqroq va batafsilrok mazmunga ega bo’lgan bolar edi. 
Demak, tovarlar raqobatbardoshligi birinchi navbatda, bozorda namoyon boladi. Ishlab chiqaruvchilar oz 
iste’molchisi uchun kurashda raqobat ustunligiga erishishga intilishadi. Shunday ekan, raqobatbardoshlik bozor to’zilmasiga 
(erkin raqobat, oligopoliya yoxud monopoliya) kam ta’sir etadi. 
Raqobatbardoshlik ustuvorligi haqida aksariyat iqtisodchilar (S. Gulomov, E. Akramov, A. Bekmurodov, N. Yo'ldoshev 
va boshqalar) quyidagilarni nazarda tutadilar: raqobat yo nalishi; Raqobat bazasi; mahsulot va bozor; Raqobatchilar. Menejerlar 
oldida ”Korxonani boshqarish mezoniga nisbatan qaysi yunalishda barqaror raqobatli ustunlikka erishish mumkin?” - degan 
savol turadi. Raqobatda ustuvorlikning uchta eng keng tarqalgan turi mayjud: bozorda ustun bo’lish; resurs va iste’molchilarga 
yakinrok bo’lishga erishish; muayyan axborotlar tizimiga ega bo’lish. 
Bozorda ustun bo’lish, uz navbatida, uchta omil bilan belgilanadi: ishlab chiqarilayotgan tovarlar mikdorining oshish 
samarasi; tajriba to planishi samarasi; biznes kengayishi yoki xajmining samarasi. 
Boshqaruvchilar bu omillar ta’sirini bilgan xolda bozor munosabatlari va tovar Raqobatbardoshligi taxlilini o'tkazsa 
bo'ladi. Ma’lumki, bozor tovar xo'jaligining iqtisodiy turkumlaridan biri xisoblanib, sotuvchi va xaridor o’rtasidagi iqtisodiy 
munosabatlarning aniq tizimi bilan xarakterlanadi hamda mahsulot ayirboshlash jarayonini bildiradi. Bozor mexanizmining 
asosiy elementlari talab, taklif va narx xisoblanadi. 
Bozorda tovarlarga bo’lgan extiyoj talab shaklida namoyon bo'lib, uning ulchamlari, asosan, mahsulot narxi va 
iste’molchilar qobiliyatiga bog’liq. Tovar-pul muomalasi barcha extiyojlarning qondirilishini emas, balki pul ekvivalenti bilan 
ta’minlanganlik darajasini ko rsatadi. Shu tufayli korxonani boshqarishda, albatta, bozor taxlili otkaziladi. 
Bozor taxlili tovar-pul muomalasidagi jarayonlarni, talab va takliflar shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillarni, ishlab 
chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchi va xaridor) o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni aniqlash va toliq tekshirish maqsadida 
yonaltirilgan xarakatlar yigindisidan iborat. Bozor munosabatlari taxlilining asosiy yonalishlaridan biri bozordagi mahsulotlarga 
bo’lgan talab va taklif o’rtasida maqbul nisbatga erishiladigan shartlarni aniqlashdir. Talab va taklif taxlilida ”Bozor sharoitida 
ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasida munosabat qanday amalga oshadi?”, ”Talab va taklifni istiqboldagi shakllanish 
va rivojlanish jihatlarini qanday shartlar aniqlaydi?» - degan savollarga javob olish imkoni yaratiladi. 
Muayyan mahsulotlarga nisbatan raqobatbardoshlik va talabni tahlil kilish hamda baholashda iste’molchilar 
eutiyojini, xarid qobiliyati, xaridorning didi, imkoniyati va u tomonidan mahsulot tanlanganda afzal kurish omillarini aniqdash, 
170 


Shuningdek, mahsulotning uayotiy tsikli tavsifnomasida unga bo’lgan eutiyojning usish 
istiqbollarini urganish birlamchi ahamiyatga ega. 
Bozor munosabatlarida taklifning namoyon bo’lish shakli pul ekvivalenta bilan 
ta’minlangan ehtiyoj ko'rinishiga ega. Mamlakatda mahsulot qancha xajmda ishlab 
chiqarilishi uning narxi va aholi turmush sharoiti yaxshilanishida aks etadi. Talab xarid 
qobiliyat
i shaklida namoyon buladi. Lekin uning aynan o’zi emas. Xarid 
qobiliyat
i talabning 
fakatgina qisman kurinishidir. 
Mahsulot raqobatbardoshligini oshirishda raqobatchi korxona faoliyatini chuqur 
o'rganish, uning bozordagi mavqeini, kelajakda qilishi mumkin bo’lgan barcha xatti- 
xarakatini oldindan ko ra bilish lozim. Buning uchun birinchi navbatda firmalar 
tomonidan muxolifatlar, ya’ni, korxonalar urganiladi. Boshqaruvchilar bunday tahlil 
amalga oshirilganda quyidagilar xaqidagi axborotlarni qayta ishlaydilar va ular asosida 
qaror qabul qiladilar: 
>
raqobatchilarning bozorda egallagan o'rni: 
>
ishlab chiqariladigan mahsulotning sotilish xajmi; 
>
firmaning mazkur mamlakat va jaxon bozoridagi mavqei bo'yicha ruyxatda tutgan 
urni; 
>
Raqobatchi firmalarning mazkur bozor umumiy savdo aylanmasi xajmidagi xissasi; 
>
xar bir firma tomonidan chiqarilayotgan mahsulotning tavsifi: 
>
texnik ulchamlari, narxi, raqobatbardoshlik omillari; 
>
tovar belgisi (marka)dan foydalanish amaliyoti; 
>
tovar va tovar uramining o’ziga xos chiroyli va tartibli tomonlari; 
>
raqobatchilar tomonidan tegishli miqdorda istiqbol uchun chiqarilayotgan, bozor 
uchun yangilik bo’lgan tovarlar; 
>
raqobatchi firmalar tomonidan takdim etiladigan xizmat turlari, tavsifi va texnik 
xizmat kursatishning narxi; 
>
Tovar xarakati amaliyoti: 
>
raqobatchilar tomonidan foydalaniladigan tovarni joydan-joyga tashish turlari, 
ularda mavjud bo’lgan omborlar va tovarlarni joylashtirish, saqlash shartlari, 
konsignatsion savdo uchun omborlardan foydalanish; 
>
raqobatchi firmalarning marketing faoliyati: 
>
har bir raqobatchi firma tomonidan o'tkaziladigan strategiya, ularning assortiment 
siyosati, ilmiy - texnik faoliyatini yangi tovarlar ishlab chiqarishga yunaltirish, 
ishlab chiqarish, texnik va sotish siyosati, sotishni jadallashtirish usullari, narx 
siyosati va ularning xarakat sur’ati, ishlab chiqarish xarajatlari darajasi va ularni 
pasaytirish yo' llari; 
>
raqobatchi firmalar tomonidan mahsulotni xaridorga yetkazib berish faoliyatini 
tashkil qilish: mahsulot sotish kanallari va xususiy tarmog'i mavjudligi, savdoda 
vositachilar xizmatidan foydalanish, mahsulotni sotish va transaktsiya xarajatlari; 
>
raqobat kurashining raqobatchilar foydalanadigan narxsiz usullari: 
>
raqobatchi kompaniyaga nisbatan qo'llanishi mumkin bo’lgan samaralirok vositalar, 
raqobatchi firmaning zaiflik darajasi va undan «tortib olinishi» mumkin bo’lgan 
bozor xissasi; 
171 


>
xar bir raqobatchi firmaning moliyaviy axvoli va bozorda o'z o'rnini ximoya qila 
olishi, raqobatchi firmaning to'lov, yangi ishlab chiqarishni tashkil qilish va 
quvvatini kengaytirish 
qobiliyat
i; 
>
tekshirilayotgan davr yoki ma’lum muddat uchun raqobatchi firma faoliyatining 
miqdoriy ko'rsatkichlari, chiqarilayotgan mahsulot xajmi, kapital quyilmalar, ilmiy- 
tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlari, ishlab chiqarish xarajatlari, 
foyda va firmaning yillik xisobotida mavjud boshqa korsatkichlar; 
>
Raqobatchi firmalarda tovar va xizmatlar markasi, patentlar mavjudligi va ularning 
litsenziyalarni sotish boyicha tushumlari mikdori. 
Barqaror ustuvor raqobatbardoshlikni ta’minlashda ilmiy-texnik inqilobning 
(ITI) yangi bosqichidagi rivoji tashki muxitdagi asosiy omillardan xisoblanadi. Chunki 
uning asosida eski tarmoqlar, mamlakat ichidagi va millatlararo aloqalar bo’zilib, sifat 
jixatidan yangi texnologiya jarayonlari vujudga keladi. ITI talablariga nisbatan mos 
iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish lozim. Bunga kapitalni tarmoqlararo va 
mintaqalararo oqib o’tishidagi tosqinliklarni pasaytirish, istiqbolli ishlab chiqarishlarni 
ragbatlantirish, ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlari rivojiga moliyaviy 
kreditlash asosida ma’muriy-xuquqiy komaklashish orqali erishiladi. Ozbekistonda 
faoliyat ko rsatayotgan korxonalarni boshqarishda, ayniqsa, bu omillarga e’tibor berish 
zarur. 
Biror mamlakat iqtisodiy xolatining taxlili mamlakat xaqidagi umumiy 
ma’lumotlar va tashqi muxit omillarida ro y berayotgan o zgarishlarni aniqlashni taqozo 
etadi. Bunday ma’lumotlar va omillarga aholi soni, milliy resurslarning mavjudligi va 
ulardan foydalanish darajasi; davlat tuzumi; pul tizimi, mamlakat valyutasining xorijiy 
valyutalarga nisbatan shakllangan axvoli; aholining turmush darajasi, rivojlanishning 
ijtimoiy-moddiy shartlari va boshqalar kiradi. 
Shu bilan birga tarmoq yoki umuman, iqtisodiyotning asosiy kapitalini 
kengaytirish va yangilash uchun lozim kapital qo yilmalar xajmi; ishlab chiqarish 
indekslari yoki tarmoqlar boyicha mahsulotni yetkazib berish, mahsulot zaxiralari; 
alohida firmalar va umumtarmoq boyicha kelib tushadigan buyurtmalar portfeli; aholi 
daromadlarini, mehnat xaqi jamgarmalari kabilarni solishtirish orqali aniqlanadigan 
tulov 
qobiliyat
i; ilmiy izlanishlar va Tadqiqotlar uchun qilinadigan xarajatlar miqyosi va 
to’zilishi, mahsulotning yangilanish sur’ati, bozorga kelib tushadigan, sifat jihatdan 
yangi bo’lgan tovarlar xissasi va mikdori; narxlarning son ko rsatkichlari darajasi 
dinamikasi, ulgurji va chakana narxlarning eksport va import narxlari indekslarini 
taqqoslash, alohida firmalar - yirik tovar ishlab chiqaruvchilar bo yicha ishlab chiqarish 
xarajatlari va narxlarni taqqoslash; aniq bir tovarning xalqaro savdosi to’zilmasi, 
dinamikasi, xajmi; mamlakat eksport va importining jugrofiy taksimoti; davlatning 
bozor munosabatlarini tartibga solishga yunaltirilgan tadbirlari (kredit va soliq siyosati, 
hisob stavkalari siyosati); mamlakat ichkarisida va chet elda amalga oshiriladigan 
kapital qo'yilmalar, firmalarning qo'shilishi va singib ketishi, moliyaviy va tashkiliy 
komaklashish siyosati va boshqalar. 
Bu omillar, boshqacha qilib aytganda, mamlakatning chet el sarmoyasiga 
yaratgan muhitni ifodalaydi. Investitsiyalar oqimi natijasida yangi turdagi kapital 
sig'imi yuqori bo’lgan mahsulot ishlab chiqariladi. 
172 


Bizningcha, yuqori daromadli raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish iqlimi 
yaratishga yordam beruvchi omillar sirasiga quyidagilar kiradi: 

tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga yunaltirilgan davlat siyosati va ijtimoiy 
siyosatning mustaukamligi; 

yangi korxonalar ochishga yoki mavjudlarini kengaytirishga rag'batni ta’minlovchi 
imtiyozli soliq tizimi; 

biznes sohasiga moliyaviy vositalar kuyilishiga ko'maklashuvchi tadbirlar; 

davlat va xususiy biznes tomonidan moliyalashtiriladigan innovatsion va tatbik 
markazlarini tashkil kilish; 

tadbirkorlarga moliyaviy ko'maklashuvchi rivojlangan tarmoqlarga ega maxsus 
firmalar mavjudligi; 

boshqaruv, marketing, reklama masalalari bo'yicha maslaxat markazlari hamda 
tadbirkorlar tayyorlash bo'yicha markaz va kurslar tashkil etilganligi; 

nafakat kashfiyotni, balki novatorlik goyalari, nou-xau va boshqa akliy mulkni 
samarali himoya qilish tizimining mavjudligi; 

davlat idoralari tomonidan xo’jalik faoliyatini tartibga solish jarayonini 
soddalashtirish (xisobot shartlarini qisqartirish, kompaniyalarni ruyxatdan o'tkazish 
tartibini yengillashtirish); 

ishchi kuchi sifatini oshirish (ta’lim, malaka); 

axborot texnologiyasi, kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlanganlik; 

Raqobatda g’olib kelish, shaxsiy va guruhiy javobgarlik kabi ijtimoiy-psixologik 
yunalishlarning firmalarni boshqarish san’atiga tarqalishi; 

boshqaruvchilarning ijod erkinligi. 
Nazarimizda, quyidagi omillar korxonalarni boshqarishni yaxshilash va 
Raqobatbardoshlik faoliyati rivojiga salbiy ta’sir ko'rsatadi: 
S korxona foydasiga belgilanadigan soliq stavkalarining yuqoriligi; 
S ilmiy-tekshirish va Tadqiqotlar, innovatsiyalarni subsidiyalash yetarli darajada 
emasligi; 
S korxonalarda jamgarish me’yori va investitsiyalar mikdorining pastligi; 
S davlatning iqtisodiyotni keragidan ortik darajada tartibga solishi; 

inflyatsiya; 
S davlat boshqaruvi organlari tomonidan keragidan ortik mikdorda xujjat talab qilish; 

xukumat apparatida mehnat unumdorligining pastligi; 

energiya resurslarining tanqisligi; 

protektsionizm; 

past samarali korxonalarni subsidiyalash; 

davlat apparatini saqlash xarajatlarining kattaligi; 

ta’lim darajasining pastligi; 
S xususiy sektorni qo'llab-quvvatlash yetarli darajada emasligi; 
S xizmat kursatish sohasi xissasining usishi yetarlicha bo’lmasligi va boshqalar. 
Raqobatning moxiyati va xarakatlantiruvchi kuchlari xaqida ingliz iqtisodchisi 
M. Porterning asarlarida batafsil kurib chiqilgan. U Raqobatda faqat bevosita 
da’vogarlar ishtirok etmaydi degan xulosaga keladi. M. Porter Tadqiqotlari natijasida 
ishlab chiqqan Raqobatning besh kuchi kontseptsiyasi bozor Raqobati sharoitlarida 
173 


xo ’jalik yurituvchi sub’ektlarga eng katta ta’sir kursatuvchi determinantlarni 
aniqlashga imkon beradi. 
Aytib o'tilgan kontseptsiyaga muvofiq, belgilangan bozorda raqobatning holati 
beshta raqobat kuchlarining o'zaro aloqalari natijasi sifatida tavsiflanishi mumkin: 
>
yangi raqobatchilar bostirib kirishi xavfi; 
>
o'rnini bosuvchi mahsulotlar paydo bo’lishi xavfi; 
>
ta’minotchilaming iqtisodiy salohiyati; 
>
xaridorlarning iqtisodiy salohiyati; 
>
ushbu mavjud raqobatchilar o’rtasida rakiblik kurashi. 
Shu bilan birga raqobatning kuchi va xarakterini o'zgartirib yuboradigan 
quyidagi asosiy xarakatlantiruvchi kuchlarni ajratib kursatish mumkin: 
>
talabning uzoq muddatli o' sish tezligi; 
>
xaridorlar tarkibidagi o'zgarishlar va mahsulotdan foydalanish usullari; 
>
mahsulotning yangilanishi; 
>
innovatsiyalar; 
>
marketing innovatsiyalari; 
>
o'z tajribalari, kunikmalari, mahorati, intellektual kapitali bilan yirik korxonalarning 
bozorga kirib borishi; 
>
samaradorlik va xarajatlardagi o'zgarishlar; 
>
texnik va texnologik yutuklarning tarqalib ketishi; 
>
tovarlarni differentsiatsiyalangan tanlash urniga ommaviy iste’mol tovarlariga 
nisbatan xaridorlarning afzal kurishining vujudga kelishi; 
>
davlat siyosatidagi o'zgarishlar va iqtisodiy munosabatlarning tartibga solinishi; 
>
risk va noaniqlikning kamayishi; 
>
sanoatni globallashtirish; 
>
ijtimoiy o'zgarishlar, turmush tarzining o'zgarishi. 
Respublikamizda korxona va tashkilotlarni, ularni barkaror raqobatbardoshligini 
ta’minlash nuktai nazaridan boshqarish yuqorida keltirilgan barcha raqobatbardoshlik 
omillari va jarayonlarini bashoratlash, taxlil va takdim kilishni taqozo etadi. Davlat 
tomonidan monopoliyaga qarshi boshqaruvni tartibga solishni ahamiyati Davlat 
tomonidan monopoliyaga qarshi boshqaruvni tartibga solishni ahamiyati, korxonalarda 
Raqobat muxitini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish imkoniyatlari rossiyalik 
olimlar asarlarida xam uz aksini topgan. Strategik boshqaruv Tadqiqotchisi N.N. 
Trenev ta’kidlaganidek, samarali biznesni shakllantirish muammosi mavjud 
imkoniyatlarni samarali tadqiq etish natijasida raqobat muxitini rivojlantirish 
mhammosi bilan birga yangi imkoniyatlarni izlab topish masalasini ham o'z ichiga 
oladi. Bundan tashqari, samarali biznesni shakllantirish, raqobat muxitini rivojlantirish 
maqsadida nazariy olingan ma’lumotlar asosida taklif etilayotgan 1 -rasm mazmuniga 
ko ra korxonalar imkoniyatlaridan foydalanishga asoslanish sarf xarajatlarni qisqartirish 
xisobiga raqobatda liderlik strategiyasini tanlashni anglatsa, yangi imkoniyatlarni 
izlashga asoslanish esa tovarlar va xizmatlarni tabaqalashtirish strategiyasini tanlashni 
bildiradi. 
174 


1-rasm. Davlatning monopoliyaga qarshi boshqaruv tizimi 
Rasmda aks etgan shakl xo’jalik amaliyotini soddalashtirishni bildiradi. Imkoniyatlardan samarali foydalanish ma’lum 
sharoitlarda baho boyicha raqobatda ustunlikka olib keladi, ammo kop xolatlarda servisni yaxshilash, unga yangi xossa va 
xususiyatlar berish imkoniyatini yaratadi. Boshqacha aytganda, imkoniyatlardan foydalanish diversifikatsiyalash strategiyasini 
amalga oshirish vositasi bo'lib xizmat qilishi mumkin. Va aksincha, yangi imkoniyatlarni qidirib topish yetakchilik strategiyasida 
past sarf-xarajatlar asosida kozda tutilishi mumkin. 
175 


2-rasm. Davlat tomonidan monopoliyaga qarshi qarshi boshqaruvni 
tartibga solishning ustuvor yo'nalishlari. 
Adabiyotlar taxlili shuni ko'rsatadiki, aksariyat mualliflar eng avvalo, raqobat strategiyasining mazmuniga e’tibor 
qaratadilar. Shu bilan birga, bizning fikrimizcha, korxona raxbariyatida mazkur biznesning rivojlanishi va unga erishish uchun 
ishlab chiqiladigan Raqobat strategiyasi kengaytirilgan strategik maqsadlar tizimi asosida strategik kurabilishlik bosqichida 
shakllanishi lozim. 
Shundan kelib chiqqan xolda, davlat tomonidan monopoliyaga qarshi qarshi boshqaruvni tartibga solishning 
ustuvor yunalishlari uchun strategik kurabilishlik, strategik maqsadlar tizimi va raqobat strategiyasini shakllantirish asosida 
korxonaning Raqobat mavqeini strategik boshqarishning kontseptual modeli taklif etiladi (2-rasm). Bizning fikrimizcha, 
monopoliyaga qarshi qarshi boshqaruvni tartibga solish strategiyasi boshqaruvga nisbatan tizimli yondashuv korxonaning 
mazkur biznesdagi raqobat mavqeini strategik boshqarish orqali amalga oshirilishi mumkin. 
176 


Monopoliyaga qarshi qarshi boshqaruvni tartibga solish faoliyati taxlili 
ma’lumotlariga asoslanib, korxonalarning tarmoqdagi Raqobat mavqeini quyidagi 
ko'rsatkichlar tizimi bilan tavsiflashimiz mumkin: 
Erishilgan (yoki erishilishi ko'zda tutilgan) strategik ko'rsatkichlar: 
bozorni nazorat kilishdagi ulushi; 

ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati; 

iste’molchilarga xizmat kursatish darajasi; 

taksimlash va sotish tizimini tashkil etish darajasi; 

etkazib beruvchilar bilan munosabatlar tavsifi; 

resurslardan foydalanish xolati; 

innovatsiyalarni tatbik etish darajasi. 
Erishilgan (yoki erishish kuzda tutilgan) moliyaviy ko'rsatkichlar: 
>
sotish xajmi; 
>
kapitallashuv darajasi; 
>
mahsulot rentabelligi; 
>
kapital aylanuvchanligining tezligi. 
Egalik qilinayotgan (yoki egalik qilish ko'zda tutilgan) Raqobat ustunliklari: 

tajriba; 

o' quv va bilim saloxiyatidagi ustunlik; 

resurslardagi ustunlik; 

tutgan mavqeidagi ustunlik. 
Raqobat mavqeining tavsifi tarmoqda yuzaga kelayotgan xolatga bog’liq xolda 
boshqa ko'rsatkichlar bilan xam tuldirilishi mumkin. Taklif etilayotgan yondashuvga 
muvofiq, Raqobat mavqeini strategik boshqarish korxonaning samarali ishlashidan 
manfaatdor shaxslar mazkur tarmoqda nimaga erishishni hoxlashlarini aniqlashdan 
boshlanadi (1- jadval). 
1
-jadval. Raqobat muhitida biznes xamkorlar uchun ko'zda tutilayotgan 
manfaatlar uyg'unligi 
Manfaatdorlar 
Kutilayotgan natija 
Mulkdorlar 
(aktsiya 
egalari, investorlar) 
tarmoqlararo 
Raqobatni 
rivojlanishi 
natijasida 
aktsiyadorlik qiymatini ko'tarilishini ko'zda tutilgan 
darajasi; 
korxonalarda ko'zda tutilayotgan tushumlar 
Xodimlar 
ishchi-xizmatchi xodimlarning talab qilinayotgan kasbiy 
maxorat darajasi; 
moddiy ragbatlantirish darajasi 
Iste’molchilar 
aholi extiyojlarini yuksak darajada qondirish 
Monopolistik 
faoliyatni 
tartibga 
soluvchi 
tashkilotlar 
davlat bilan korxonalar, korxonalar bilan korxonalar, 
korxonalar bilan resurs ta’minotehilari o’rtasidagi 
iqtisodiy munosabatlarni optimal nuqtaga keltirish 
Jamiyat 
Arzon, sifatli va innovatsion mahsulotlarni iste’mol 
qilish va yuqori malakali, sifatli xizmat turlari 
177 


Manfaatdorlarning xohish istaklarini xisobga olgan holda korxona rahbariyati 
maqsadlar tizimini kengaytirib, ochib berishi kerak. Bunda, Tadqiqotchi Akoff R. 
tomonidan ishlab chiqilgan yondashuv alohida ahamiyatga ega. Ushbu yondashuvga 
kora yakuniy maqsadlarni uchta turga bo’lish mumkin: 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish