Насослар ва насос станциялари



Download 13,37 Mb.
bet9/114
Sana22.07.2022
Hajmi13,37 Mb.
#838380
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   114
Bog'liq
fayl 1824 20210916 (1)

Yuritma FIK ηmot — kirishdagi quvvat Pmot ulushi, u va yuritma tomonidan iste’mol qilinadigan quvvat Pmot. Yuritma FIKini tavsiflab keladigan o‘lchov birligi, — foizlar (%). Yuritma FIKi quyidagi formulaga binoan hisoblab topiladi.

𝜂𝑚𝑜𝑡
= 100 𝑃𝑚𝑜𝑡,𝑢
𝑃𝑚𝑜𝑡

Nasos agregatining umumiy FIK ηgr — yuritma tomonidan iste’mol qilinadigan chiqish quvvati Pu dagi ulushi Pmot. Nasos agregatining umumiy FIKini tavsiflab keladigan o‘lchov birligi, — foizlar (%). Nasos agregatining umumiy FIKi quyidagi formulasiga binoan hisoblab topiladi.

𝜂𝑔𝑟
= 100 𝑃𝑢
𝑃𝑚𝑜𝑡

Nasos tavsiflari (21-rasm) — nasos uzatishi (Q), nasosning to‘liq dami (H), nasosning iste’mol qiladigan quvvati (P), nasos FIKi (η) va nasosga kirish joyidagi u tufayli nasos to‘liq damining 3% ga kamayishi yuz beradigan kavitatsiya

(NPSH3) usti dami kabilardan kelib chiqadigan grafik bog‘liqliklar, bu holda N = f
(Q) grafik bog‘liqlik nasosning ishchi tavsifi deb nomlanishi olgan.
Grafik bog‘liqliklar H = f (Q), P = f (Q) va NPSH3 = f (Q) eksperimental tarzda ishlab chiqaruvchi zavod sharoitlarida maxsus sinov stendida nasos ishchi g‘ildiragining doimiy aylanish chastotasida va haydalayotgan suyuqlik muhitining nasos ekspluatatsiya sharoitlariga mos xossalarida aniqlanadi. η = f (Q) grafik bog‘liqlik esa hisobiy yo‘l bilan olinadi.
Nasosning tejamkor va ishonchli ishlashini ta’minlaydigan ish rejimlari ish intervali me’yorida joylashadilar (qar. 2.1-rasm).
Real ishlab chiqarish jarayonida suv ta’minoti va suv ketkazish nasos stansiyalarida nasos agregatlari nasos uskunalari tarkibida ishlaydilar. Nasos uskunasining dami QA va nasos uskunasining to‘liq dami Ht,A2–1 ishlatilayotgan nasosning o‘z ishchi tavsiflariga, shu bilan birga nasos agregati suv uzatayotgan quvurlar tarmog‘i tavsiflariga ham bog‘liq.
Nasos uskunasining uzatishi (hajmiy uzatishi) QA — nasos uskunasining dam quvuridan (quvurlaridan) vaqt birligi davomida oqib chiqayotgan suyuqlik muhitining hajmi. Nasos uskunasining uzatishini tavsiflab keladigan o‘lchov birligi: bir soatdagi kub metr (m3/s), bir soniyadagi kub metr (m3/s), soatiga litr (l/s), bir daqiqadagi litr (l/daq).
Nasos uskunasining to‘liq dami Ht,A2–1 — nasos uskunasining chiqish tarafidagi to‘liq dam va nasos uskunasining kirish tarafidagi to‘liq dam o‘rtasidagi farqqa teng. Nasos uskunasining to‘liq damini tavsiflab beradigan o‘lchov birligi,

  • metr (m).

QA va Ht,A2-1 qiymatlari ishchi nuqtasi — ya’ni nasos tavsifi va quvurlar tarmog‘i tavsifining kesishish nuqtasi bilan belgilanadilar (2.2-rasm). Bu nuqta energetik (to‘liq dam bo‘yicha) va moddiy (uzatish bo‘yicha) balanslarning saqlanishini ifodalaydi va quvurlar tarmog‘idagi gidravlik yo‘qotishlarning muayyan qiymatida nasosning ushbu nasos uskunasi tarkibidagi mumkin bo‘lgan
yagona ishlash rejimini belgilab beradi. Ishchi nuqta va QA va Ht,A2–1 qiymatlarini quyidagi tartibda aniqlaydilar:


2.1-rasm. D 160-112 markazdan qochma nasosining tavsiflari 3:


Dk — nasos ishchi g‘ildiragining diametri; H — nasosning ishchi tavsifi; P — nasos iste’mol qilayotgan quvvat tavsifi; p — nasos FIKi tavsifi; NPSH3 — nasosning kavitatsion
tavsifi; SA kavitatsion zaxira koeffitsienti

  • markazdan qochma nasos (bir necha nasos) tavsifi quradilar H = f (Q);

  • quvurlar tarmog‘i tavsifini quradilar, buning uchun nasos uskunasining bir necha ixtiyoriy qiymatlarini olib, to‘liq damning ularga muvofiq qiymatlarini hisoblab topadilar;

  • olingan oraliq nuqtalari orqali grafik qurib, qurilgan grafik va markazdan qochma nasos tavsifining kesishuvida ishchi nuqtani va QA va Ht,A2–1 qiymatlarini topadilar.

Umumiy holda nasos uskunasining to‘liq dami quyidagi formulaga binoan aniqlanadi.

𝐻 = 𝑧
− 𝑧
+ 𝑃𝐴2 − 𝑃𝐴1 + 𝑈𝐴2 − 𝑈𝐴1 + 𝐻



+ 𝐻

𝑡,𝐴2−1
𝐴2
𝐴1
𝜌𝑔
2𝑔
𝐽1−𝐴1
𝐽2−𝐴2

bu yerda zA1 va zA2 — nasos us-kunasining mos ravishda kirishi va chiqishidagi qiyoslash sathi ustidagi bosimni o‘lchash nuqtasi balandligi, m; PA1 va PA2 — nasos uskunasining mos ravishda kirishi va chiqishidagi bosimni o‘lchash nuqtasidagi bosim, Pa; ρ —suyuqlik muhitining zichligi, kg/m3 ; g — erkin tushish tezlashishi, m/s2; UA1 va UA2 — nasos uskunasining mos ravishda kirishi tva chiqishidagi o‘rtacha tezlik, m/s; HJ1 A1 − i HJ2 A2 − — summa gidravlik dam yo‘qotishlarining uzunligiga ko‘ra hamda mos ravishda so‘ruvchi va dam quvurlaridagi mahalliy qarshiliklarni engib o‘tishga sarflangan summasi, m.
Amaliyotda tezkor dam qiymatlarini (UA1/2g; UA2/2g) odatda hisobga olmaydilar. Bunda agar pA1 ≠ pA2 bo‘lsa (qar. 2.3 va 2.4-rasmlarda B, V, D rezervuarlar), unda nasos uskunasining to‘liq dami quyidagi formulaga binoan topilishi mumkin:

𝐻 = 𝑧
− 𝑧
+ 𝑃𝐴2 − 𝑃𝐴1 + 𝐻



+ 𝐻

𝑡,𝐴2−1
𝐴2
𝐴1
𝜌𝑔
𝐽1−𝐴1
𝐽2−𝐴2

Agar PA1 = PA2 bo‘lsa (qar. 2.3 va 2.4-rasmlarda A va G rezervuarlar atmosfera bosimida Pamb), u holda nasos uskunasining to‘liq dami quyidagi formulaga binoan topilishi mumkin.
𝐻𝑡,𝐴2−1 = 𝑧𝐴2 𝑧𝐴1 + 𝐻𝐽1−𝐴1 + 𝐻𝐽2−𝐴2

Qator masalalarni hal qilishda ba’zan nasos uskunasining to‘liq damini Ht,A2–1 nasos uskunasining statik dami Hstat,A2–1 va nasos uskunasidagi gidravlik dam yo‘qotishlari summasi sifatida ko‘rib chiqish talab etiladi:
𝐻𝑡,𝐴2−1 = 𝐻𝑠𝑡𝑎𝑡,𝐴2−1 + 𝐻𝐽𝑡

Download 13,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish