Navoiy davlat pedagogika instituti "tabiiy fanlar" fakulteti "geografiya o


Intеrfаоl usullаrdаn fоydаlаnish shаkllаri



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/26
Sana30.12.2021
Hajmi0,59 Mb.
#96643
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
9-sinfda jahon tabiiy resuslari

Intеrfаоl usullаrdаn fоydаlаnish shаkllаri: 

1. 


Individuаllаshtirish; 

2. 


Kichik guruhlаrgа аjrаtish; 

3. 


Tаbаqаlаshtirish: 

4. 


O’rgаtish  vа  o’rgаnish  jаrаyonidа  dеmоkrаtik,  do’stоnа    muhitni 

yarаtish; 

5. 

O’zаrо mulоqоt, hаmkоrlikni tаshkil etish. 



Muammoli  ta`lim  texnalogiyalaridan   foydalanish  masalasi. 

Umumta`lim, o’rta   maxsus  va kasb -  hunar  ta`limi,   oliy  ta`lim   muassasalari  

ta`limi      jarayonida      salmoqli    o’rin    egallagan    muammoli  dars,    aqliy    hujum, 

bahs – munazarali, ilmiy  munazarali  va  erkin  fikrlash darslari  muammoli  ta`lim  

texnologiyalariga    misol    bo’ladi.  Mazkur    darslarning    o’ziga    xos    jihati  dars  

davomida  vujudga  kelgan   muammoli  vaziyatlarga asoslanadi.  

Muammoli    ta`lim  deganda,      o’qituvchi    rahbarligida    muammoli  vaziyat  

vujudga  kelib,    mazkur    muammo    o’quvchilarning      faol  mustaqil    faoliyati  

natijasida      bilim,    ko’nikma    va      malakalarni,    ijodiy    o’zlashtirish      va    aqliy  

faoliyatini      rivojlantirishga      imkon    beradigan    ta`lim    jarayonini    tashkil    etish  

nazarda    tutiladi.    Muammoli    ta`limning    muvaffaqiyati        quyidagi    omillarga  

bog’liq.   

1.O’quv  materiallarini  muammolashtirish  

2.O’quvchilarning  bilish  faoliyatini  faollashtirish.  

3.Ta`lim  jarayonini  o’yin,  mehnat  faoliyati  bilan uyg’unlashtirish. 



54 

 

4.O’qituvchi    tomonidan    muammoli      metodlardan  o’z    o’rnida        va  



samarali  foydalanish  ko’nikmasiga   ega  bo’lish. 

5.Muammoli  vaziyatni  hal  etish  yuzasidan   muammoli  savollar  zanjirini    

tuzish  va  mantiqiy  ketma- ketlikda  o’quvchilarga  bayon  etish. 

Muammoli    metodlar    muammoli    vaziyatlarni    vujudga      keltirib,  o’quvchilarni  

muammosini  hal  etish, murakkab  savollarga   javob  topish  jarayonida  alohida   

ob`ekt,    hodisa    va    qonunlarni    tahlil    qilish    ko’nikmasi    va    bilimlarni  

faollashtirishga  asoslangan  faol  bilish jarayonini  taqazo etadi. 

Muammoli  vaziyatlarni  hal  etishda  o’qituvchi  o’quvchilar  faoliyatini  fikr 

yuritishning  mantiqiy  operatsiyalari  tahlil,  sintez,  taqqoslash,  anologiya, 

umumlashtirish,  tasvirlash  va  xulosa  yasashga  yo’naltiradi.  Muammoli  

vaziyatlardan    o’quv    jarayonini    barcha    bosqichlarida      yangi    mavzu    bayoni,  

mustahkamlash,    bilimlarni    nazorat    qilishda      muvaffaqiyatli      foydalanish  

mumkin.  Muammoli    vaziyatlar    tizimi    muvaffaqiyatli    yaratilgan    hollarda   

mazkur    mavzuni    muammoli    dars    shaklida    o’tish    tavsiya    etiladi.  O’qitish  

jarayoniga      muammoli    darslarni    qo’llanishi    uchun    o’qituvchi    quyidagi  

masalalarni  hal  qilinishi: 

1. O’quv  dasturi   bo’yicha  qaysi mavzularni  muammoli  dars  shaklida o’tish  

mumkinligini. 

2.  Mavzu    matnidagi    masalalar      bo’yicha      muammoli    vaziyatni    keltirib  

chiqaradigan      savollar,  topshiriqlarni  aniqlash,  bunda    didaktikaning    ilmiylik, 

sistemalilik,  mantiqiy  ketma- ketlik, izchillik  prinsiplariga  amal  qilish. 

3.O’quvchilarning    bilish    faoliyatini    faollashtirish    va    boshqarishni 

ta’minlaydigan    vosita    va    usullarni    aniqlash,  ulardan  o’z    o’rnida    samarali  

foydalanish   usullarini   belgilashi  zarur.  

Muammoli  darslarda   o’qituvchining   faoliyati,  avvalo   mavzu   mazmunidan   

kelib    chiqqan      holda    o’quv    muammolarini      aniqlash,    muammoli    vaziyatlar  

tizimini    yaratish,    o’quvchilar    oldiga      o’quv    muammolarini    yuqori    ilmiy    va  



55 

 

metodik    saviyada    qo’yish    darsda    o’quv    muammolaridan    samarali  



foydalanishga    erishish,    o’quvchilar    faoliyatini  muammolarini    hal    etishga   

yo’naltirishdan   iborat  bo’ladi.  O’quvchilarni  faoliyati   muammoli  vaziyatlarni   

idrok  etish,  hal  qilish  usullarini  izlash,   taxminlarni  ilgari  surish,   taxminlarni   

ilmiy    mantiqiy    nuqtai    nazardan      asoslash,      taxminlarni  tekshirish    va    xulosa  

chiqarishdan  iborat  bo’ladi.  

   Hozirgi zamon muammoli darslarining didaktik maqsadi: 

- o’quv  muammolarini  hal etishda o’quvchilar tomonidan avval  o’zlashtirgan 

bilimlarni ijodiy qo’llanib, yangi bilimlarni egallash  ko’nikmalarini;     

 

-bilimlarni ijodiy o’zlashtirish va amalda qo’llanish malakalarini; 



-izlanuvchanligi, qiziqishi, motivlari, mantiqiy tafakkuri, ijodiy faoliyati aqliy 

kamolati, zakovatini rivojlantirishdan iborat. 

 

Geografiya  ta’limining  asosiy  vazifalaridan  biri  o’quvchilarni  geografik 



hodisalarni  to’g’ri  tushunib  yetishga,  yangi  bilimlarni  mustaqil  o’rganish  va 

egallagan bilimlarni amalda tadbiq eta olishga o’rganishdan iboratdir. 

O’quv  jarayonida  muammo,  muammoli  savol,  va  muammoli  topshiriq  tarzida 

bo’lishi  mumkin.  muammoli  savol  va  topshiriqlar  bitta  umumiy  xususiyatga  ega, 

ularni  bajarish  jarayonida,  uning  mazmunida  muammoli  vaziyatning  potensial 

imkoniyatlari yotadi. 

Muammoli  ta’limning  asosiy  tushunchalaridan  bo’lgan  muammo  va  bu 

muammoni o’quvchilar yechishida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin: 

1.Muammolarni isbotlash, qarama – qarshi fikrlarni yechish. 

2.Dastlabki sharoitdan kelib chiqib, g’oyalarni shakllantirish.  

3.G’oyalarni isbotlash. 

4.Umumiy xulosa. 




56 

 

Geografiya  darslarida  muammoli  ta’limning  asosiy  vazifasi  fan  mazmunini 



tashkil  etuvchi  tasavvur,  tushunchalar  tizimi  bilan  qurollantirish,  geografiya  fani 

asoslaridan  puxta  bilim  olish  va  hayot  uchun  zarur  bo’lgan  amaliy  ko’nikma  va 

malaka  berishdan  iborat.  Maktab  geografiyasida  muammoli  ta’lim  asosan  ilmiy 

dalillarni  yoritadi.  O’rganiladigan  hodisaning  sababini  tushuntiradi.  Maktab 

geografiyasida  muammoli  ta’lim  mazmunida  fanning  murakkab  va  muhim 

asoslarini  aks  ettirishga  alohida  etibor  berilgan.Muammoli  ta’lim  jarayonini 

quyidagi 3ta asosiy bosqichga ajratish mumkin: 

         1.Muammoli vaziyat hosil qilish.       

        2.Muammoni yechish taxminlarini shakllantirish. 

        3.Yechimning to’g’riligini tekshirish. 

 

                            




Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish