Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti kimyo metallurgiya fakulteti



Download 0,7 Mb.
bet7/15
Sana29.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#593845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
MZMD tajriba

Kerakli asbob va mahsulotlar:
1. 1mm gacha yanchilgan ruda: 4-8 kg.
2. Kleyonka:
3. Taxtacha yoki chizgich:
4. Kurakcha – shpatel
5. Paket qogʻozchalar
6. Texnik tarozi (toshlari bilan)


Ishni bajarish tartibi
Voronka yordamida 4 kg namunani toza va tekis kleyonka yuzasiga konus shaklida yoyamiz, kleyonkaning ikki qarama-qarshi chetini koʻtarib 3-4-marta aralashtiramiz. Tekis taxtacha yoki chizgʻich yordamida maxsulotni tekislab yoyib, bir-biriga perpendikulyar chiziqlar yordamida namunani 4 ga boʻlamiz. Xar biri 1kg dan 4 ta namuna xosil buladi. Soʻngra 1 kg namuna klyonka ustiga toʻkilib, 15-20-marta kleyonkaning uchini koʻtarib aralashtiradi. Keyin namuna yupqa qilib yoyilib, uning ustiga bironta uchli narsa bilan shaxmat taxtasi shakli chiziladi va xar qaysi boʻlimdan kurakcha yoki shpatel yordamida namuna olinadi. Olingan namuna qogʻoz paketchalarga joylanadi. Paket ustiga namunaning pasporti yoziladi: rudaning nomi, yanchish usuli va darajasi, namuna olingan vaqti, ogʻirligi, agar maʼlum boʻlsa namunaning kimyoviy tarkibi, namuna olgan talabaning familiyasi va ismi.


Nazorat uchun savollar:
1. Namuna olish va uni oʻrtachalashtirishning vazifalari.
2. Vakil namuna deb nimaga aytiladi?
3. Namunaning turlari.
4. Namuna olish joylari.
5. Kondan namuna olish usullari.
6. Namunani aralashtirish usullari.
7. Namunani qisqartirish usullari.
8. Namunaning pasporti qanday tuziladi?
9. Namunaning minimal miqdorini aniqlash.
10. Namunani laboratoriya tadqiqotlariga tayyorlashning prinsipial sxemasi.
5-Tajriba ishi
Mavzu: Rudalarni magnitli separatorlarda boyitish jarayonini o’rganish (2soat)
Ishdan maqsad: Talabalarga magnitli separatorlarning ishlash usulini va tuzilishini o’rgatish.
Nazariy ma’lumot
Magnit separatorining turini tanlash asosan kontsentratga ajraluvchi minerallarning magnitlanish xususiyatiga, dastlabki mahsulotning yirikligiga, separatsiya amalga oshiriladigan muhitga (quruq yoki ho’l), hamda boyitish mahsulotiga qo’yiladigan talablarga bog’liq.
Magnit separatorlarining asosiy turlari va ularning ishlatish sohalari 12-jadvalda keltirilgan.
Separatorlarning ishlab chiqarish unumdorligini aniqlash kontsentratga ajraluvchi minerallarning magnit xususiyatiga, dastlabki mahsulotning yirikligiga, boyitish mahsulotlarining sifatiga qo’yiladigan talablarga va separator turiga bog’liq. Solishtirma yukning ruxsat etiladigan meyorlari tajriba yo’li bilan aniqlanadi.
Kuchli magnitli rudalarni quruq separatsiyalash uchun separatorlarning ishlab chiqarish unumdorligi taxminan quyidagi formuladan aniqlanadi.

Bu yerda Q – dastlabki mahsulot bo’yicha ishlab chiqarish unumdorligi, t/soat.
n – asosiy separatsiya uchun barabanlar soni,
L – baraban uzunligi;
V – asosiy (bosh) barabanda materialning harakatlanish tezligi(V=1m/sek);
δ – rudaning zichligi, t/m3
d1 va d2 dastlabki mahsulotdagi eng kichik va eng katta zarrachaning o’lchami (klassifikatsiyalangan mahsulot tushganda d1=0,01 d2 deb qabul qilinadi);
a-dastlabki mahsulotning yirikligiga bog’liq koeffitsient (5.1-jadval).
v- chiqindini tozalash barabanlari soni va asosiy barabanlar soni orasidagi nisbatga bog’liq koeffitsient (5.2-jadval).
Shunday qilib, quruq separatsiyalash magnit separatorlari empirik koeffitsientlar bilan tuzatilgan ishlab chiqarish unumdorligini nazariy formulalari orqali hisoblanadi. Bosh barabanda chiqindini tozalash operatsiyasi mavjud bo’lsa, boyroq chiqindi olish mumkin. Bu holda ishlab chiqarish unumdorligini va bosh baraban aylanish tezligini oshirish kerak. Shunday qilib, v koeffitsienti bosh baraban chiqindilari sifatiga qo’yiladigan talablarni hisobga oladi.
Kuchli magnitli rudalarni ho’l usulda separatsiyalovchi separatorlarning ishlab chiqarish unumdorligi tahminlagichning 1m kengligiga to’g’ri keluvchi solishtirma yukning meyorlari asosida hisoblanadi. Hisoblash quyidagi formula orqali olib boriladi.

bu yerda: Q- separatorning dastlabki quruq mahsulot bo’yicha ishlab chiqarish unumdorligi, t/soat; q- solishtirma yuk,t/m soat; n separatordagi bosh barabanlar soni; L- har qaysi barabanning uzunligi, m.
5.1-jadval
Formuladagi a koeffitsientining qiymati, V=1m/sek

Dastlabki mahsulotning yirikligi, mm

10-0

20-0

30-0

40-0 dan
60-0 gacha

10-5

20-6

30-6

40-6 dan 60-6 gacha

a ning qiymati

2,5

1,5

1,1

1,0

1,2

0,75

00,65

0,6

5.2-jadval
Formuladagi v koeffitsientining qiymati

Chiqindilarni tozalash uchun ishlatiladigan barabanlar sonining asosiy barabanlar soniga nisbati

0:1

1:2

1:1

2:2

v koeffitsientining qiymati

1,0

1,25

1,5

1,5

Shishali qumlarni, kerakli mahsulotlarni va abraziv zarrachalarni temirsizlantirish uchun valokli separator ishlatiladi. Kamyob metallar kontsentratlarining sifatini meyorga yetkazish va qora metallar kuchsiz magnitli rudalarini boyitish uchun nisbatan samaraliroq va arzonroq hisoblanuvchi valokli separatorlarni qo’llash kerak. Diskli separatorlar valokli separatorlarga nisbatan kamroq iqtisodiy samaradorlikka ega.


Kuchsiz magnitli rudalar uchun separatorlarning ishlab chiqarish unumdorligi amaliy mahlumotlar va kataloglardan olinadi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish