Nazarova Zamira Adashovna O‘zbek tili darslarida interfaol usullardan foydalanish


F- Ko‘makchilar yordamchi so‘zlar bo’lib, alohida xususiyatlarga ega. S



Download 424,72 Kb.
bet6/18
Sana21.09.2021
Hajmi424,72 Kb.
#181322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
F- Ko‘makchilar yordamchi so‘zlar bo’lib, alohida xususiyatlarga ega.

S- Ko‘makchilar mustaqil ma’no bildirmaydi, ma’lum bir so‘roqqa javob bermaydi.

M- Ko‘makchilar mustaqil so‘zlar bilan bir so‘roqqa javob beradi, ular bilan birga so‘z birikmalarini hosil qiladi. Masalan, ukam bilan, onam uchun, ustozim kabi.

U- Ko‘makchilar mustaqil qo‘llana olmasa-da, nutqimizda ularning ahamiyati kattadir.

O‘qituvchi o‘quvchilarning fikr-mulohazalarini umumlashtiradi va qo‘shimchalar qiladi.

Charhpalak” metodi.

Ushbu metoddan yangi mavzunio‘rganishda hamda o‘tilgan mavzularni takrorlashda foydalanish mumkin.

1-bosqich. O‘quvchilar 5-7 kishidan iborat guruhlarga bo‘linadilar.Har bir guruhga mavzu bo‘yicha matn yozilgan tarqatma beriladi. Guruh a’zolari 5 daqiqa vaqt ichida ushbu matn yuzasidan taqdimot tayyorlaydilar.

2-bosqich. Har bir guruhga 1ta vatman qog‘oz va har-xil rangli markerlar beriladi. 3ta guruhga bir mavzuga tegishli kichik mavzu beriladi.Masalan, 6-sinf o‘zbek tili darsligida “Mirzo Ulug’bek” matnini o‘tishda bu metodni qo‘llash mumkin.

1-guruhga: “Mirzo Ulug‘bekning bolalik davri”

2-guruhga: “Mirzo Ulug‘bekning bunyodkorlik ishlari”.

3-guruhga: “Ulug‘bek davrida Samarqand”.

Ma’lumotlar yozilgan vatmanlar bir necha marta guruhma-guruh aylantiriladi.Qaysi guruhning ma’lumotlari ko‘pligi markerlarning rangidan ma’lum bo‘ladi. Qaysi guruhning ma’lumotlari ko‘p bo‘lsa, o‘sha guruh g‘olib bo‘ladi. G‘olib guruh hamda barcha guruhlarning faol a’zolari baholanadi.

Taqdimot” metodi ham interfaol metodlardan biridir.Bu usuldan yuqori sinflarda foydalailsa, yaxshi natija beradi. 8-sinfda “Gapning maqsadga ko‘ra turlari” mavzusi berilgan. Bu mavzuni mustahkamlashda “Taqdimot” usulidan foydalanish mumkin. Sinf 3 guruhga bo‘linadi. Guruh a’zolari qur’a tashlash yo‘li bilan mavzuni tanlaydilar.Bu usul mavzuni tanlashning adolatli usuli hisoblanadi.Mavzularni olgach, guruh a’zolari birgalikda o‘z ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashadilar.Ma’lum bir vaqtdan so‘ng har bir guruhning sardori mavzuni barchaga taqdim etadi.Guruhning boshqa a’zolari qo‘shimcha qilishlari mumkin.

Bu usul o‘quvchilarni hamjihatlikka, o‘zaro kelishuvga, bir-birlarining fikrlarini hurmat bilan eshitishga o‘rgatadi.

Mozaika” metodi.

Bu metodni kichik sinflarda qo‘llash mumkin.5-sinfda “Transport” mavzusini tushuntirishdan oldin bu usuldan foydalanish mumkin.Unda sandiqchaga qog‘oz parchalari solinadi. Ularga transport turlari, turli buyumlarning nomi yozilgan bo‘ladi. O‘quvchilar ularning ichidan mavzuga mos so‘zlarni tanlaydilar va ularning nomlarini aytadilar. Bu usul individual shaklda qo‘llanilib, o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, ularni faollikka chaqiradi.

Benn diagrammasi” metodi.Bu metod ikki yoki undan ortiq tushunchalarni bir-biriga taqqoslash, tahlil qilish, ulardagi umumiy tomonlarni aniqlashda ishlatiladi.

U 2-3 bir-biriga kesishgan aylanalardan iborat bo‘ladi. Aylanalarni 5-6 o‘quvchidan iborat kichik guruhlar to‘ldiradilar.6-sinfda “Tartib va dona sonlar” mavzusi bor. O‘quvchilarning bu mavzu bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash maqsadida bu metoddan foydalanish mumkin.





Download 424,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish