Nazarova Zamira Adashovna O‘zbek tili darslarida interfaol usullardan foydalanish



Download 424,72 Kb.
bet8/18
Sana21.09.2021
Hajmi424,72 Kb.
#181322
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Test usulini barcha sinflarda qo‘llash yaxshi natija beradi.Undan darsning uy vazifasini so‘rash va yangi mavzuni mustahkamlash bosqichida foydalanish juda yaxshi samara beradi.Ayniqsa, mustahkamlash bosqichida o‘quvchilar yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirganlarini aniqlash uchun 5 ta savoldan iborat test berish mumkin. Uy vazifasini so’rashda 10ta savolli test berish mumkin.

Testning afzalliklari:

-nazorat uchun kam vaqt sarflanadi;

-nazorat va amaliy bilimlar darajasini obyektiv sharoitda aniqlash imkonini beradi;

-ko‘p sonly o‘quvchilar bilan bir vaqtning o‘zida nazotat olib boorish mumkin;

-bilim natijalari o‘qituvchi tomonidan tezkorlik bilan tekshiriladi.

Tezkor savol-javob” metodi.

Ushbu metod o‘quvchilarni tez javob berishga , hozirjavoblikka, diqqatni jamlashga o‘rgatadi. Uning afzalligi kam vaqt sarflashdadir. Savollar tartib bilan o‘qiladi,o ‘quvchilar savollarga tayyorgarliksiz javob beradilar. Masalan, 11-sinfda “Mahmud Qoshg‘ariy” matnibo‘yicha quyidagi tezkor savollardan foydalanish mumkin:

-Mahmud Qoshg‘ariy yashab ijod etgan asr (XI asr)

-Uning tug‘ilgan yili (noma’lum)

-Otasining ismi (Husayn)

-Qoshg’ariy maktabda qaysi tillarni chuqur o‘rgangan? (arab, fors)

-U nimalarni yod olib yurar edi? (hikmatli so‘z va maqollarni)

-U nima uchun Markaziy va Kichik Osiyoni kezib chiqdi? (turkiy xalqlar tilini, tarixini, urf-odatlatini puxta o‘rganish uchun)

-Qoshg‘ariyning 1-asari (“Javohir un- navhi fil lug‘otit turk”)

-Uning qaysi asari XI asrning eng qimmatli yodgorliklaridan biridir? (“Devoni lug‘otit turk”) `

-“Devoni lug‘otit turk”da nechta she’riy parchalar berilgan? (300dan ortiq)

-Uning qaysi asari hozirgacha topilmagan? (“Javohir un-navhi fil lug‘otit turk”)

Savollar butun sinfga yoki ikkita guruhga berilishi mumkin. Kim yoki qaysi guruhning javobi ko‘p bo‘lsa, o‘sha guruh g‘olib bo‘ladi. Bu metod o‘quvchilarning o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishlarini o‘shiradi, yanagi darsda ham mavzularni o‘qib kelishlariga zarurat tug‘diradi.

O‘quv- tarbiya jarayonida interfaol metodlardan foydalanish ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga egadir.Chunki bunday metodlarni qo‘llab o‘tilgan darslarda o‘quvchilar o‘zlarini erkin his etadilar, mustaqil fikrlay oladilar, o‘zlarni yolg‘iz his etmaydilar, hamjihatlikka o‘rganadilar. Ularda darsga qiziqish ortadi, qo‘shimcha adabiyotlardan kerakli ma’lumotlarni to‘plashga harakat qiladilar.Bularning natijasida esa ularning bilimlari oshadi, olgan bilimlarini hayotda qo‘llay oladilar. Mustaqil O‘zbekiston uchun ana shunday mustaqil fikrlaydigan, bilimli va zukko, ham ma’nan, ham jismonan sog‘lom avlod buyuk kelajak kafolati demakdir.

3-sinf

Mavzu: Yo‘l harakati.



Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarda yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilarni yo‘l harakati qoidalariga amal qilish ruhida tarbiyalash.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o‘quvchilarning og‘zaki nutq malakalarini rivojlantirish, lug‘at boyligini oshirish.

Darsning turi: shakllantiruvchi.

Darsda qo‘llaniladigan metodlar: “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Mozaika”, “Zanjir”

Darsning jihozi: videoproyektor, magnit doska, tarqatma materiallar, “Bilimlar daraxti”.

Dars rejasi:

T/r.

Dars bosqichlari.

Ajratilgan vaqt.

1.

Tashkiliy qism.

2 daqiqa.

2.

Ma’naviyat daqiqalari.

5 daqiqa.

3.

Uy vazifasini so‘rash.

5 daqiqa.

4.

Yangi mavzuni tushuntirish.

15 daqiqa.

5.

Yangi mavzuni mustahkamlsh.

15 daqiqa.

6.

O‘quvchilar bilimini baholash.

2 daqiqa.

7.

Uyga vazifa berish.

1 daqiqa.

Darsning borishi.

I.Tashkiliy qism.

Davomat nazorati va sinf o‘quvchilarini dars rejasi bilan tanishtirish.Mevalarni tanlash asosida sinfni ikkiga bo‘lish. O‘quvchilarning javoblari qizil, sariq va ko‘k olmalar asosida baholanadi.Qizil olma-5ball, sariq olma-4ball, ko‘k olma-3ball.

II. Ma’naviyat daqiqalari.

“O‘zbekiston- mening vatanim” mavzusida suhbat.Har bir guruhga 3tadan savol beriladi:

-Vatanimiz qachon mustaqillikni qo‘lga kiritdi?

-Bu yil mustaqilligimizga necha yil bo‘ldi?

-Bu yil Prezidentimiz tomonidan qanday yil deb e’lon qilindi?

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kim?

-Vatanimizda nechta viloyat bor?

-Siz qaysi viloyatda yashaysiz?

O‘quvchilarning javoblari eshitilgach, o‘qituvchi mavzu bo‘yicha tayyorlagan slaydlarini videoproyektor orqali namoyish etadi va sharhlab beradi.

III. Uy vazifasini so‘rash.

“Ona shahrim” mavzusi bo‘yicha 1- guruh Klaster tuzadi va sharhlaydi.

2- guruh a’zolari “Vatanim” she’rini “Zanjir” usulida yoddan aytadilar.

IV.Yangi mavzuni tushuntirish.



  1. Lug‘at ustida ishlash:

Yo‘l – дорога

deyiladi— называется

yo‘lka- тротуар

xavfli- опасный

yurishkerak- надо ходить

o‘tish- переходить

chorraxa- перекресток

yengilmashina- легковая машина

B)Ekranda mavzuga oid slaydlar namoyish etiladi va ular o‘qituvchi tomonidan sharhlab boriladi.

O‘zbekistonning ko‘chalari zamonaviy va chiroylidir. Hozirda barcha shaharlarda katta ko‘chalar va yo‘llar qurilmoqda. Ularda odamlar xavfsiz bo‘lishlari uchun svetoforlar o‘rnatilgan. Piyodalar yo‘lka‘lardan yurishlari kerak. Odamlar svetoforning yashil chrog‘i yonganda yo‘lni kesib o‘tishlari mumkin.Har bir inson yo‘l harakati qoidalariga amal qilsa, uzoq umr ko‘radi. Xalqimiz “ Yo‘l qoidasi- umr foydasi” deb bejiz aytmagan.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.

1- guruh 1- topshiriqni rasmga qarab og‘zaki bajaradi.

-Rasmda qanday transport vositasi tasvirlangan?

-Avtobusni kim boshqaradi?

-Avtobus kimlarni tashiydi?

-Mashinalar yuradigan yo‘l qanday ataladi?

-Piyodalar yuradigan yo‘lchi?

2- guruh 1- mashq bo‘yicha savollar tayyorlaydi va ularga javob beradi.

-Bu kimningko‘chasi?

-U nima deb ataladi?

-Bu ko‘chada qanday mashinalar qatnaydi?

-Qanday yo’ldan yurish xavfli?

-Odamlar qayerdan yurishlari kerak?


  1. 1- guruh rasmlarga qarab gap tuzadi:



2- guruh “Baliq skleti”ni to‘ldiradi.




Transport vositalari


s) 1- guruh 2- mashqni doskada bajaradi.2- guruh yo‘l harakati belgilari bo‘yicha “Tezkor savollar”ga javob beradi:

-Piyodalar qayerdan yurishlari kerak?

-Svetofor qayerda joylashadi?

-Svetoforning nechta chirog‘i bor?

-Sariq chiroq nima deydi?

d)Test sinovi. Ekranda test savollari namoyish etiladi. Har ikki guruh a’zolari daftarlarida test bajaradilar.

1.Davom ettiring. Yo‘l qoidasi-

a) umr foydasi b) boylik garovi. S) umr zavoli.

2.Odamlar qayerdan yurishi ker‘k?

a) chorraxadan b) piyodalar yo’lakchasidan s) xohlagan joydan.

3. Tarjima qiling. “Yurish kerak”

a) ходитьb) идтипешкомs) надоходить.

4.Yer osti transporti…

a) yerto‘la b) metro s) ko‘prik tagi.

Test kaliti.



Savol

1

2

3

4

Javob

A

B

S

B

Ball.













O‘qituvchi test natijasiga ko‘ra har bir o‘quvchini baholaydi.

V. O‘quvchilar bilimini baholash.

Kimning “Bilimlar daraxti”da qizil olmalar ko‘p bo‘lsa, o’sha guruh g‘olib hisoblanadi. Har ikki guruh a’zolari baholanadilar va rag‘batlantiriladilar.

VI. Uyga vazifa berish.

123-betda berilgan topishmoqlarning javobini topish va ular ishtirokida gaplar tuzish.

4-sinf


Mavzu: Tinchlik barqaror bo‘lsin.

Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarning mavzu bo‘yicha olgan bilim, ko‘nikma va malakalarin mustahkamlah.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilarni vatanparvarlik va insoniylik ruhida tarbiyalash.

Darsning rivojlantiuvchi maqsadi: o‘quvchilarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini, lug‘at boyligini rivojlantirish.

Darsning turi: umumlashtiruvchi.

Darsda qo‘llaniladigan metodlar: “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Mozaika”, “ Baliq skeleti”.

Darsda qo‘llaniladigan jihozlar: kompyuter, videoproyektor, magnit doska, tarqatma materiallar.

Dars rejasi:



T/r.

Dars bosqichlari.

Ajratilgan vaqt.

1.

Tashkily qism.

2 daqiqa.

2.

Ma’naviyat daqiqalari.

5 daqiqa.

3,

Uy vazifasini so’rash.

5 daqiqa.

4.

Yangi mavzuni tushuntirish.

15 daqiqa.

5.

Yangi mavzuni mustahkamlash.

15 daqiqa.

6.

O‘quvchilar bilimini baholash.

2 daqiqa.

7.

Uyga vazifa berish.

1 daqiqa.

Darsning borishi.

I.Tashkiliy qism.

Davomat nazorati va o‘quvchilarni dars rejasi bilan tanishtirish. Rangli shakllarni tanlash asosida sinfni ikki guruhga bo‘lish. Har bir guruhning javoblari 5balli tizimda baholanadi. Qizil olma-5ball, sariq olma-4ball, ko‘k olma-3ball. Qo‘lga kiritilgan olmalar “Bilimlar daraxti”ga ilib boriladi.

II.Ma’naviyat daqiqalari.

Har ikki guruhga 3tadan savol beriladi.

-Vatanimiz qanday nomlanadi?

-O‘zbekistonda nechta viloyat bor?

-Maktabingizda qaysi millat farzandlari o‘qiydilar?

-Ular bilan qanday munosabatdasiz?

-Urush deganda nimani tushunasiz?

-Tinchlik nima?

O‘quvchilarning javoblari eshitilgach, mavzu bo‘yicha slaydlar ekranda namoyish etiladi.

III. Uy vazifasini so‘rash.2-guruh “Mozaika” usulida mavzu bo‘yicha alohida yozilgan so‘zlardan bir butun maqolni hosil qiladi. (tinch, sen, qo‘shning, tinch.)


  1. guruh a’zolar “Tinchlikni kuylaymiz” she’rini “Zanjir” usulida yoddan aytadilar.

IV.Yangi mavzuni tushuntirish.

a) Lug‘at ustida ishlash:

kuylamoq-петь

yangramoq- звенеть

baxtiyor-счастливый

nash’a- радость

jo‘shib- с восторгом

quchoq- объятие.

b)Yo‘ldosh Sulaymonning “Tilagim” she’ri ekranda namoyish etiladi va ifodali o‘qib beriladi.

Tinchlik haqida Hamma baxtiyor

Kuylasin qo‘shiq, Yashasin deyman,

Ovozim yangrar Sursin mehnatin

Yana ham jo‘shib. Nash’asin deyman.

Quchoqlar to‘lsin

Hamisha gulga,

Jaranglab tursin

Dunyoda kulgu.

S)” Eslab qoling!” rukni bo‘yicha o‘quvchilar bilan hamkorlikda ishlash:

Uy- o‘y uch- o’ch kul- ko‘l kuch- ko‘ch quy- qo‘y

V.Yangi mavzuni mustahkamlash.

A) 1- guruh 4-mashqni doskada bajaradi. “Tinchlik, do‘stlik, qo’‘hiq, dunyo, ahil, aziz” so‘zlari ishtirokida gaplar tuzadilar.

2- guruh a’zolari “Tilagim” she’rini “Zanjir” usulida o‘qiydilar. Ularga o‘qish tezligi va ravonligiga qarab ball qo‘yiladi.

B) 1- guruh a’zolari “ Tilagim” she’rini ifodali o‘qiydilar.

2- guruh a’zolari “Tinchlik” mavzusida Klaster tuzadi.



S) 2- guruh “Baliq skeleti”ni mavzuga oid so‘zlar bilan to’ldiradi.






Tinchlik


D) Test sinovi. Ekranda 4ta test savoli namoyish etiladi.

1.Ezgulik arkasi qayerda yoylashgan?

a) Toshkentda b) Samarqandda s) Andijonda.

2. Davom ettiring. Tinchlik- baxt, sog‘lik-…

a) boylik b) taxt s) salomatlik.

3.”Tilagim” she’rini kim yozgan?

a) A.Oripov b) Uyg‘un s) Yo‘ldosh Sulaymon.

4.”Tinchlik” so‘ziga zid ma’noli so‘zni aniqlang.

a) urush b) xotirjamlik s) sahiylik

Test kaliti.

Savol

1

2

3

4

Javob

A

B

S

A

Ball













VI.O‘quvchilar bilimini baholash.

Qaysi guruhning “Bilimlar daraxti”da qizil olmalar ko‘p bo‘lsa, o‘sha guruh g‘olib sanaladi. Har ikki guruh a’zolari baholanadilar va rag‘batlantiriladilar. G‘‘lib guruhga O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i topshiriladi.

V II.Uyga vazifa.

“Tilagim” she’rini yodlash va mavzu bo’‘icha kichik hikoya yozish.

5-sinf.

Darsning mavzusi: Transportda.

Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarda mavzu bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilarni insoniylik, odamlarga yaxshilik qilish ruhida tarbiyalash.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o‘quvchilarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini, lug‘at boyligini oshirish.

Darsning turi: yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiruvchi.

Darsda qo‘llaniladigan metodlar: “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Baliq skeleti, “Tezkor savollar”, “Test sinovi”.

Darsda qo‘llaniladigan jihozlar: magnit doska, kompyuter, videoproyektor, tarqatma materiallar, “Bilimlar daraxti”.

Dars rejasi:

T/r.

Dars bosqichlari.

Ajratilgan vaqt.

1.

Tashkiliy qism.

2 daqiqa.

2.

Ma’naviyat daqiqalari.

5 daqiqa.

3.

Uy vazifasini so‘rash.

5 daqiqa.

4.

Yangi mavzuni tushuntirish.

15 daqiqa.

5.

Yangi mavzuni mustahkamlash.

15 daqiqa.

6.

O‘quvchilar bilimini baholash.

2 daqiqa.

7.

Uyga vazifa berish.

1 daqiqa.

Darsning borishi.

I.Tashkiliy qism.

Davomat nazorati va o‘quvchilarni dars rejasi bilan tanishtirish. Sinfni ikkiga bo‘lish rangli shakllar yordamida amalga oshiriladi.

II.Ma’naviyat daqiqalari.

“Odob – insonnig ziynati”mavzusida suhbat.

Har ikki guruhga 3tadan savol beriladi.

-Odobli bola qanday bo‘ladi?

-Sinfingizda kim hammani hurmat qiladi?

-Qanday fazilatlarni bilasiz?

Yaxshilik nima?

-Yaxshilik haqida qanday maqollarni bilasiz?

-Yaxshilik birinchi navbatda qayerda tarbiyalanadi?

III.Yangi mavzuni tushuntirish.


  1. Lug‘at ustida ishlash:

Muhim- важно

egallamoq овладевать

tejamoq- экономить

joyberish- уступатьместо

balandovozda- высокимголосом

chiqindi-мусор

asramoq-беречь.

b) “Transportda” matni mazmuni o‘qituvchi tomonidan so‘zlab beriladi. Bu savol-javob yordamida olib boriladi. O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:

-Transport vositalariga nimalar kiradi?

-Transport vositalari nima uchun bizga kerak?

-O‘zbekiston transport vositalari ishlab chiqarishda nechanchi o‘rinda turadi?

-Transportda kishilar o‘zlarini qanday tutishlari kerak?

O‘quvchilarning javoblaridan so‘ng mavzu bo’‘icha slaydlar ekranda namoyish etiladi va sharhlab beriladi.

s) Grammatik mavzu.

“Bilan” ko‘makch so‘zi quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:


‘Bilan” ko’makchi so’zi





birgalik

vosita

Ketma-ketlik


Dadam bilan men U uyiga avtobusda Mashina to‘xtashi

samolyotda uchdik. boradi. bilan unga chiqib

oldik.


IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.


Download 424,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish