Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika psixologiya fakulteti pedagogika-psixologiya yo



Download 89,35 Kb.
bet3/8
Sana07.07.2022
Hajmi89,35 Kb.
#752530
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
NASIBA KURS ISHI

Kurs ishining maqsadi: Mahalla ijtimoiylashuvning o’z o’zini boshqarish organi mavzusini o’rganishdan iborat
Kurs ishining vazifalari:

  1. Mahallalarda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat mazmunini o‘rganish;

  2. Mahallalarda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ijtimoiy-

pedagogik vazifalarini aniqlashtirish;

  1. Mahallaning bola ijtimoiylashuvidagi ta’sirini ochib berish;

  2. Mahallalarda olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmuni, vositalari va turlari xaqida ma’lumotga ega bo‘lish

Kurs ishining amaliy ahamiyati: mazkur kurs ishi materialaridan mahallalarda ijtimoiy-pedagogik faoliyat olib borish jarayonida foydalanish mumkin.
Kurs ishining tuzilishi: kurs ishi kirish, 4 reja xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

I.BOB. MAHALLA OZ OZINI BOSHQARISH ORGANINING IJTIMOIY TURMUSHDAGI ORNI VA VAZIFALARI
1.1. . Mahalla - o‘z-o‘zini boshqarish organining ijtimoiy turmushdagi
o‘rnini o’rganish
O‘zbek xalqida mahalla azaldan tinchlik-totuvlik, insoniylik, mehr-muruvvat, bag‘rikenglik va tarbiya maskani hisoblanadi. Mahalla kishini jamiyat bilan uyg‘un yashashga o‘rgatadigan, yoshlarni ezgu urf-odat va qadriyatlarga tayanib tarbiyalaydigan qutlug‘ maskandir. Yurtimizda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarishning ushbu noyob tizimini rivojlantirish mavqeini yanada yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, milliy qadriyatlarimiz, e’tiqod va tafakkurimiz, urf-odat va an’analarimizni asrab avaylashda xalq hayotining ko‘zgusi bo‘lgan mahallarining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
Mustaqillik yillarida mahalla hayoti bilan bog‘liq ko‘plab qadriyatlar, udum va an’anlarimiz qayta tiklandi. Davlat va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘tovchi ushbu tizimning yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni saqlashda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishda, bag‘rikenglik, mehr-muruvvat muhitini mustahkamlashda yoshlarni milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi ruhida tarbiyalashda alohida o‘rin bor.
Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta “mahalla” tushunchasi bosh qomusimiz Konstitutsiyaga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va maqomi qat’iy belgilab qo‘yildi. 4Mahalla boshqaruviga bunday katta e’tibor berilishi butun mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning xalqchilligidan dalolat beradi. Ayni paytda u yurtimizda amalga oshirilayotgan “Kuchli davlatdan-kuchli jamiyat sari” degan tamoyilning amaliy ifodasi bo‘lib, ma’naviy hayotimizni yanada mustahkamlash, yosh avlodimizning ongu tafakkurini zamonaviy asosda shakllantirish borasida muhim ahamiyat kasb etmoqda, deb yozadi davlatimizning 1-rahbari Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida.
Ayni paytda fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidagi keng ko‘lamli islohotlarning samaradorligini oshirishda o‘zining 14 ta hududiy bo‘limlariga, 196 ta tuman va shahar bo‘limlariga ega bo‘lgan O‘zbekiston “Mahalla” jamg‘armasining ham hissasi ahamiyatga molikdir. Chunki, jamg‘armaning Nizom vazifalari aynan mahallalarda asrlar mobaynida shakllangan milliy urf-odatlarimiz va an’analarimizni saqlash hamda rivojlantirish, aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, mahallalar ishini tashkil etish va muvofiqlashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgandir.
Mahalla muhitining sog‘lomligi, undagi tinchlik, obodlik shunchaki o‘zi paydo bo‘lmaydi, ya’ni yurtdagi farofonlik, osoyishtalik, obodlik davlat va jamoatchilikning, butun xalqning hamjihatlik va uyg‘unlikdagi harakati bilan yaratiladi. Har bir ezgu ishda o‘zaro hamkorlik yaxshi samara berishi tabiiy albatta. Shu boisdan ham bugun O‘zbekistonimizda ijtimoiy hamkorlik tamoyili tobora kuchayib bormoqda. Hozirda mahallalarda FXDYo organlaribilan hamkorlikda turli tadbirlar amalga oshirishi ijobiy samara bermoqda.5 Xususan, “Sog‘lom ona-sog‘lom bola”, “Oila-jamiyat tayanchi”, “Mahalla manzili ijtimoiy himoya maskani” mavzulari doirasida bir qancha uchrashuv va tadbirlar tashkil qilinmoqda. Tadbirlarda asosan qizlarni erta turmushga uzatish, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari hamda tibbiy ko‘rik ahamiyati to‘g‘risida keng ko‘lamli huquqiy targ‘ibot ishlari ham olib borilmoqda.
Davlatimiz rahbari 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ham oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirishda mahallaning roli hamda ahamiyatini kuchaytirish o‘z oldimizga qo‘ygan muhim maqsadlardan biri ekanini alohida qayd etib o‘tdi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida qayd etilganidek, mahallaning o‘rni hamda rolini yanada oshirishga xizmat qiladigan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Avvalo, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquqiy asosini bugungi kun talablari darajasida takomillashtirish ayni muddaodir. Jumladan, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan havola normalarini hayotga tatbiq etishga qaratilgan qonun hujjatlarini qabul qilish zarur. Qonunning 17-moddasida esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashlar tuman, viloyat va respublika darajasida tuzilishi mumkinligi qayd etilgan. Ammo hozirgi kunga qadar ularning tashkil qilinmaganligi amaliyotda ayrim qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Yurtboshimiz taqdim etgan Konsepsiyadan kelib chiqib, mahallani aniq yo‘naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish ustuvor vazifadir. Shunday vazifalardan yana biri joylarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal etish, mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishda mahallalarning davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o‘zaro ijtimoiy sheriklik munosabatlarini rivojlantirishdan iboratdir. Shuningdek, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini hamda aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, jamiyatning ma’naviy-axloqiy tafakkurini yuksaltirish, joylarda qonun hujjatlari, davlat hamda hududiy dasturlarning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kengaytirish, “Oila” institutini rivojlantirish va mustahkamlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Ayni chog‘da ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda yoshlar ishtirokini kengaytirish, sog‘lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish bo‘yicha fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish bizni ko‘zlangan maqsad sari yanada yaqinlashtiradi. Tabiiyki, bu vazifalarni uddalash har bir mahalla faolidan yuksak mas’uliyat va fidoyilikni talab qiladi. Shunday ekan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari — mahallalar faoliyatini bugungi kun talablari darajasida takomillashtirish, bu boradagi ishlarga kamarbasta bo‘lishga har birimiz mas’ulmiz.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahondagi ilg‘or demokratik mamlakatlarda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qaror topishi bilan o‘zini-o‘zi boshqarish organlari fuqarolarning jamiyatni boshqarishidagi asosiy instituti sifatida takomillashib kelmoqda. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish (g‘arbda «munitsipal» deyiladi) deb, u yoki bu ma’muriy-hududiy birliklardagi aholi vakolatlarini ifodalovchi saylangan organlar va ularning ma’muriyatlari tomonidan amalga oshiriladigan mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan ishlarni boshqarish tushuniladi.
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish nomarkazlashish tamoyillari asosidagi boshqaruv bo‘lib, uning asosiy belgilari, bu-mazkur organlarning fuqarolar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylanishligi va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish faoliyatiga rahbarlik qilishdagi nisbatan mustaqilligidir. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat tashkilotining unsurlarini tashkil etadi. Shuningdek, ular joylardagi mahalliy davlat organlari tizimidagi yuqori darajaga taalluqli bo‘lmaydi. Chunki, odatda hududlarni boshqarish funksiyalarining aksariyati hukumat va alohida vazirliklarning quyi organlariga berilgandir.
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolar tomonidan saylanishi, shuningdek, mahalliy aholining vakillari sifatidagi rasmiy o‘rinlarga binoan vakillik tizimining tarkibiy qismlaridan biridir. Bu organlarning iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi faoliyatlari aholi uchun ulkan ahamiyatga egadir. O‘zini o‘zi boshqarish organlarida davlat boshqaruvining boshqa bo‘g‘inlariga nisbatan byurokratizmga berilish kamroq bo‘ladi. Ana shu barcha fazilatlar saylanuvchi mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishni demokratiya qadriyatlaridan biriga aylanishiga imkoniyatlar yaratdi.
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning demokratik tamoyillar asosidagi nazariyasi dastlab XYIII asrning ikkinchi yarmida g‘arbiy Yevropada ishlab chiqilgan bo‘lib, uning tabiati va jamiyatdagi o‘rni mahalliy hokimiyatlar va jamoalar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining fuqarolar tomonidan saylanish prinsipi g‘oyalari bilan bog‘liqdir. Saylanuvchi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mustaqilligi konsepsiyasi, ularning qishloq jamoalari va shaharlardagi ishlarga rahbarlik qilishida markaziy hokimiyatga nisbatan mustaqilligi yangi tarixning ilk davrida mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish funksiyalarini ifodalab, bu organlarga davlat boshqaruvi sohasidan tashqaridagi bo‘g‘in sifatida qarash rusumga kirdi.
1985 yil 15 oktabrda Yevropa Ittifoqi tomonidan qabul qilingan «Mahalliy o‘zini boshqarish to‘g‘risidagi Yevropa xaritasi»ning 3- moddasida bu tushuncha quyidagicha ifodalanadi: «Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish deganda, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘z mas’ulligida, mahalliy aholi manfaatlari asosida, qonunlar doirasida davlat ishlarining aksariyat qismini boshqarishiga va uni real uddalay olish qobiliyatiga aytiladi. Bu huquqlar erkin, yashirin, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri umumiy saylovlarda saylangan a’zolardan iborat kengashlar yoki majlislar tomonidan amalga oshiriladi. Kengashlar yoki majlislar o‘zlariga hisobotlar berib boruvchi yoki ijroiya organlariga ega bo‘lishi mumkin. Bu qoidalar fuqarolar majlislariga, referendumlarga yoki fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishining qonun yo‘l boshqa shakllariga murofaat etishni istisno etmaydi».
G Xollis va K. Plokker (Yevropa Ittifoqi ekspertlari) kabi olimlar mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishga doir tushunchalarni talqin qilib unga binoan, «Mahalliy boshqaruv» deganda «davlat boshqaruvidan qo‘yidagi barcha darajalarni, «mahalliy hokimiyat» deganda- «saylangan kengash va uning ijroiya organlari vositasida o‘z saylovchilari manfaatlarini ifoda etuvchi va harakat qiluvchi tashkilotlar», «mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish»ni esa- «milliy boshqaruvdan quyi darajadagi demokratik avtonom birliklarning mahalliy aholi manfaatlari asosida jamoatchilik muammolarini aksariyat qismini muvofiqlashtirishi va boshqarishi» dir.6
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish, mashhur olim Aleksis de Tokvil ning talqinicha, «shunday bir siyosiy institutki, u nafaqat siyosatchilar uchun, balki, umuman barcha fuqorolar uchun bir maktabdir. Bu insitutga xos bo‘lgan imkoniyatlar shu qadar yuyuyuyuksakki , u fuqarolarning keng siyosiy ishtirokii uchun shart-sharoitlar yaratib beradi. O‘zini o‘zi boshqarish organlarii siyosiy madaniyat elementlarini shakllantirishningg ham beqiyos omilidir. Oxir oqibatda bu organlar faoliyati siyosiy tizimning bir butun barqarorligi va moslashuvchanligini taa’minlab beradi. Millat jamoaviy institutlarsiz ham erkin hukumat shakllantirishi mumkin, lekin u erkinlikning haqiqiy ruhiyatiga ega bo‘la olmaydi.»
«Umumiy farovonlik davlati» nazariyasi bilan bog‘liq holda munitsipal konsepsiya ham paydo bo‘ldi. Munitsipalitetlar jamiyatning barcha tabaqalari manfaatlarini ta’minlovchi va
qo‘riqlovchi ijtimoiy xizmat ko‘rsatish vositasi sifatida qaraldi. Yevropa , Shimoliy Amerika va Yaponiya kabi mamlakatlarda munisipal kengashlar huquqiy jihatdan munitsipal ijroiya boshqaruvidan yuqori turib, ularning vakolatiga quidagilar kiradi. Mahalliy budjetni qabul qilish yuqori tashkilotlar tomonidan hal qilinmagan ayrim masalalar bo‘yicha me’yoriy qarorlar qabul qilish, mahalliy soliqlarni joriy etish, qarzlar olish va ularni ishlatish massalalarini yechish, munitsipalitetga qarashli mulkni tasarruf etish, ko‘pchillik davlatlarda munitsipalitetning ijroiya rahbarlik organlarini tashkil etish va ularni nazorat qilish, mahalliy referendumlarni belgilash kabilar kiradi. AQSh hayotida munitsipalitetlar muhim o‘rinni egallaydi. Chunki, bu mamlakatda munitsipal funksiyalarni nomarkazlashtirish prinsipi keng qo‘llaniladi. Munitsipal maktablar, shifoxonalar, kutubxonalar, sanitariya ishlari, suv bilan ta’minlash, parklar, yong‘inga qarshi xizmatlarni boshqarish ko‘p hollarda munitsipal kengashlar tasarrufidadair. Ayrim mamlakatlarda (masalan GFR) kengashlar o‘z vakolatlarini ijroiya organlarga berish huquqiga egadirlar.
Rivojlangan ilg‘or mamlakatlarda o‘zini-o‘zi boshqarish lorganlari fuqarolik jamiyatining asosi sifatida yildan-yilga takomillashib bormoqda. Shuningdek, mazkur organlarning boshqaruv tizimidagi ko‘lamini kengayib borishi huquqiy davlatning o‘z vakolatlarini demokratik tamoyillar asosida amalga oshirish uchun qulay va keng imkoniyatlar yaratib bermoqda.
O‘zbekistonda ham milliy mustaqillik davrida mahallalar o‘zini o‘zi boshqarish organi sifatida fuqarolik jamiyatini tashkil etuvchi institutga aylanib bormoqda. «Mahalla» arabcha so‘zdan kelib chiqib, «shahar ichidagi shahar» ma’nosini anglatadi. Tarixchi olim Narshaxiy «Buxoro tarixi» asarida bundan 1100 yil ilgari bir qancha mahalla bo‘lganligini yozgan edi. Qadimda mahalla nafaqat ijtimoiy va ma’muriy-hududiy tuzilma tarzida ham e’tirof etilgan. Alisher Navoiyning «Hayratul-abror» («Yaxshi kishilarning hayratlanishi») asarida qo‘yidagi band uchraydi:
Shaharlar otini mahalot etib,
Bo‘ldi chu yuz shahar Hirot etib.
Mahallaning «shahar ichidagi shaharcha» degan mazmuni yuqoridagi tashbehdan ko‘rinib turibdiki, o‘rta asarlarda Hiri deb atalgan Hirot shahri yuz «shaharcha»-mahallalardan tashkil topgan ekan
Demak, qadim zamonlardayoq bugun biz ta’rif berayotganimiz fuqarolik jamiyatining, kishilarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining ilk kurtaklari namoyon bo‘la boshlagan. Sharqda bu jarayon ming yillar tarixga ega bo‘lgan mahallalar ko‘rinishida rivojlangan bo‘lsa, g‘arb mamlakatlarida kishilarning o‘z manfaat va qiziqishlarini jamiyatda kechayotgan jarayonlardan kelib chiqib ifodalash va himoya qilish maqsadida har xil uyushmalar ratiyalar, jamiyatlar, harakatlar va boshqa tuzilmalar sifatida paydo bo‘lishiga asos solindi.
Uzoq yillar mahalla tarixi va sotsilogiyasini tadqiq etgan D.Karlayl yozadi: «Oila va do‘st-yoronlar mahalla turmushining bosh asosi bo‘lib kelgan va shundayligicha qoladi. U shaxsiy munosabatlar tamal toshi sanaladi. Ular «sulola» deb ataluvchi, kishilarni birlashtiruvchi va ajratuvchi o‘ta muhim tarmoq tuzilmasini yaratdi. Yaqinlik munosabatlariga asoslangan va nasl-nasab prinsiplari bilan metinlashgan mahalla o‘zbeklar dunyoga keladigan, tarbiyalanadigan va odatda o‘zining butun hayotini o‘tkazadigan joy hisoblanadi. Do‘stlik barqaror tushuncha bo‘lgan mahallada moyillik singdirilgan bo‘ladi. Hamma mahalla tevaragida parvona bo‘lar, shaxsiy sadoqat butun shahar bo‘ylab tarqalar, ba’zan esa butun boshli mintaqani qamrab olar edi. Bunday an’anaparastlik sharoitida kimningdir tajribasi shaxsiy muloqotlar doirasi tasarrufidan tashqariga ham zudlik bilan tarqalib ketadi. Shaxs har qanday masofadan turib sulola a’zolarining nikoh tantanalarida, marosimlarda qatnashishi mumkin. Rang-barang oilaviy-qarindoshchilik aloqalarining mahalladan tashqarida ham kundalik turmushda toshi bor, lekin ular mahallaniki singari tosh bosa olmaydi».
Sobiq ittifoq davrida mahallaning mazmuni va vazifalari butunlay izdan chiqqan edi. Bu davrda mahallalar o‘zining huquqiy maqomini yo‘qotdilar, ularning asosiy faoliyati sobiq kommunistik partiyaning mahalliy tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashdan, shuningdek, mahalliy an’ana va urf-odatlar, odob-axloq me’yorlarini tashviqot-targ‘ibot qilish, oilalardagi marosimlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda «ko‘z va quloq» bo‘lib turish kabilardan iborat bo‘lib keldi. Sobiq ittifoq davrida qadimdan ma’naviyat, ta’lim va tarbiya masalalarini hal etib kelgan mahallalarning o‘rni deyarli yo‘qqa chiqarildi.
Milliy mustaqillik davriga kelibgina fuqarolarning mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning qonuniy maqomini mustahkamlash, ularni fuqarolik jamiyatining asosiy institutiga aylantirishga doir jiddiy islohotlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi mahalla maqomini fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organi sifatida mustahkamladi. Mamlakatda shaharcha, poselka, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquqiy maqomini oldilar. Jumladan, mustaqillik davrida mamlakat 8142 ta mahallalar musatqil tashkilot sifatida qaytadan mustahkamlandi va ularning aksariyati o‘zining qadimgi nomlarini va xalq o‘rtasidagi obro‘ e’tiborlarini qaytadan tiklab oldilar.



Download 89,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish