Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]


-BOB. JAZOLARNI VA BOShQA JINOYAT-HUQUQIY TA’SIR ChORALARINI IJRO ETUVChI MUASSASALAR VA ORGANLAR FAOLIYATINI TEKShIRISh HAMDA NAZORAT QILISh



Download 228,72 Kb.
bet10/99
Sana31.03.2022
Hajmi228,72 Kb.
#520859
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99
Bog'liq
Jinoiy-ijroiya kodeksi

4-BOB. JAZOLARNI VA BOShQA JINOYAT-HUQUQIY TA’SIR ChORALARINI IJRO ETUVChI MUASSASALAR VA ORGANLAR FAOLIYATINI TEKShIRISh HAMDA NAZORAT QILISh
16-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan tekshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari jazolarni va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi muassasalar va organlar faoliyatini qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda tekshiradilar.
(16-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 174-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 89-bandi.
17-modda. Prokuror nazorati
Jazolarni va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining 30 — 32-moddalari.
18-modda. Jazoni o‘tash joylariga kirish
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari, ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqa shaxslar jazoni ijro etuvchi muassasalar va organlarga kirish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Shikoyatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusi bilan tekshirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish huquqiga ega.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari o‘z vakolatlari doirasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va shart-sharoitlarini o‘rganish hamda tahlil qilish maqsadida jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga, zarur hujjatlar bilan tanishishga haqli.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-noyabrdagi O‘RQ-729-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jazoni ijro etuvchi muassasalar va organlarga kirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(18-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Diplomatik korpus, xalqaro nohukumat hamda mahalliy nodavlat va notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalar vakillarini jazoni ijro etish tizimi muassasalariga tashrifini tashkillashtirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1425, 20.11.2004-y.).
Mahkumlarning kino-, foto-, videotasvirga tushirish va ulardan intervyu olishga ularning yozma roziligi bo‘lgan taqdirda, mahkumlar xavfsizligini va qo‘riqlanishini ta’minlovchi obyektlarni tasvirga olishga esa, jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ruxsati bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Diplomatik korpus, xalqaro nohukumat hamda mahalliy nodavlat va notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalar vakillarini jazoni ijro etish tizimi muassasalariga tashrifini tashkillashtirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma 14-bandining uchinchi, to‘rtinchi xatboshilari va 29-bandining uchinchi, to‘rtinchi xatboshilari (ro‘yxat raqami 1425, 20.11.2004-y.), “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 90-bandi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).

Download 228,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish