Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]


-modda. Boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi muassasalar va organlar



Download 228,72 Kb.
bet9/99
Sana31.03.2022
Hajmi228,72 Kb.
#520859
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99
Bog'liq
Jinoiy-ijroiya kodeksi

15-modda. Boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi muassasalar va organlar
Shartli hukm qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat ichki ishlar organlari, harbiy xizmatchilarga nisbatan esa — ular xizmatni o‘tayotgan joydagi harbiy qismlar (muassasalar) qo‘mondonligi tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 72-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2883-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi to‘g‘risida”gi nizom 7-bandning “g” kichik bandi.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari:
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan — sog‘liqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan;
(15-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yo‘liqqan yoxud ruhiy holati aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda buzilgan mahkumlarga nisbatan — sog‘liqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda esa, jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish bo‘limlarida hamda mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan shifoxonada.
(15-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 91 — 96-moddalari, mazkur Kodeksning 174-moddasining uchinchi xatboshisi, 181 — 194-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-maydagi 195-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalari to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2014-yil 3-maydagi 65-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov choralari:
jabrlanuvchidan uzr so‘rash, yetkazilgan zararni to‘lash yoki bartaraf etish majburiyatini yuklash — sud tomonidan;
maxsus o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish — xalq ta’limi organlari tomonidan ijro etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 88-moddasi, mazkur Kodeksning 174-moddasining to‘rtinchi xatboshisi, 195 — 197-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunining 31-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori bilan tasdiqlangan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi to‘g‘risidagi”gi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 26-noyabrdagi 268-son qarori bilan tasdiqlangan “Alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab to‘g‘risida nizom” va “Alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj voyaga yetmaganlar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kolleji to‘g‘risida nizom”.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.03.00 Jazoni ijro etish muassasa va organlari hamda ular faoliyatini nazorat qilish]

Download 228,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish