Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]


-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligining prinsiplari



Download 228,72 Kb.
bet3/99
Sana31.03.2022
Hajmi228,72 Kb.
#520859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
Jinoiy-ijroiya kodeksi

6-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligining prinsiplari
Jinoyat-ijroiya qonunchiligi qonuniylik, adolat, insonparvarlik, demokratizm, jazoni ijro etishda differensiatsiya va individuallashtirishga rioya etish, majburlov vositalarini oqilona qo‘llash va mahkumlarning qonunga itoatkor xulq-atvorini rag‘batlantirish prinsiplariga asoslanadi.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Mahkumni axloqan tuzatish. Axloqan tuzatishning asosiy vositalari
Mahkumni axloqan tuzatish — unda qonunga itoatkor xulq-atvorni, insonga, jamiyatga, mehnatga, jamiyat turmushi qoidalari va an’analariga hurmat munosabatini shakllantirishdan iborat.
Mahkumni axloqan tuzatishning asosiy vositalariga jazoni ijro etish va o‘tashning belgilangan tartibi (rejimi), ijtimoiy-foydali mehnat, tarbiyaviy ish, umumiy va hunar ta’limi, kasb tayyorgarligi va jamoat ta’siri kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 19 — 162-moddalari.
Axloqan tuzatish vositalari jazo turini, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, shuningdek mahkumning shaxsi va xulq-atvorini inobatga olgan holda qo‘llaniladi
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 15, 42 — 52, 81 — 86-moddalari.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.02.00 Sudlanganlar va qamoqdagi shaxslarning huquqiy holati]
2-BOB. MAHKUMLARNING HUQUQIY HOLATI
8-modda. Mahkumlar huquqiy holatining asoslari
Mahkumlar, ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan istisno hamda cheklashlar inobatga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan huquqlar, erkinliklarga ega bo‘ladilar va majburiyatlarni bajaradilar. Mahkum ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan huquqlar, erkinliklarga ega bo‘lishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin.
Mahkumlarning huquqlari va majburiyatlari muayyan jazo turini ijro etish tartibi va shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 117-moddasining to‘rtinchi qismi, mazkur Kodeksining 9 — 13, 19, 25, 29-moddalari, 56-moddasining uchinchi qismi, 57-moddasining ikkinchi qismi, 60-moddasining oltinchi qismi, 75 — 82, 84 — 87-moddalari, 88-moddasining to‘rtinchi, sakkizinchi qismi, 90-moddasining beshinchi qismi, 91-moddasi, 92-moddasining ikkinchi qismi, 96-moddasining ikkinchi qismi, 100, 107-moddalari, 109-moddasining oltinchi qismi, 114-moddasi, 115-moddasining uchinchi qismi, 117-moddasining ikkinchi, uchinchi qismlari, 119-moddasining ikkinchi, uchinchi qismlari, 121-moddasining ikkinchi, uchinchi qismlari, 123-moddasining ikkinchi, uchinchi qismlari, 125-moddasining ikkinchi — to‘rtinchi qismlari, 130 — 133, 137, 140-moddalari, 149-moddasining to‘rtinchi qismi, 150 — 154-moddalari, 164-moddasining ikkinchi — to‘rtinchi qismlari, 172, 177, 185-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 536-moddasi.

Download 228,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish