Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]


-modda. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinayotgan shaxslarga moddiy yordam ko‘rsatish



Download 228,72 Kb.
bet90/99
Sana31.03.2022
Hajmi228,72 Kb.
#520859
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   99
Bog'liq
Jinoiy-ijroiya kodeksi

172-modda. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinayotgan shaxslarga moddiy yordam ko‘rsatish
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinayotgan shaxslar yashashni mo‘ljallayotgan joyga yetib olishi uchun yo‘l hujjatlari, belgilangan norma bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari yoki pul kompensatsiyasi bilan ta’minlanadilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari, vaqtincha saqlash hibsxonalari va maxsus qabulxonalarida saqlanayotgan shaxslarni ta’minlash me’yorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
Ozod qilinayotgan shaxslarda mavsumiy kiyim va poyabzal, shuningdek ularni sotib olishga pul bo‘lmasa, ular kiyim va poyabzal bilan bepul ta’minlanadilar. Shu maqsadlar uchun ozod qilinayotgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan pul nafaqasi berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 502, 503-bandlari (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
173-modda. Mahkumlarning ozod qilinishi to‘g‘risida xabar berish va ozod bo‘lgan shaxslarni kuzatib borish
Oldingi tahrirga qarang.
Jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkumlarning ozod etilganligi to‘g‘risida:
birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga, homilador ayollar va yosh bolasi (bolalari) bor ayollarga, shuningdek voyaga yetmaganlarga nisbatan — ularning qarindoshlari yoki qarindoshlarining o‘rnini bosuvchi boshqa shaxslarni;
ishga kirish va turmushini yo‘lga qo‘yishga muhtoj bo‘lgan shaxslarga nisbatan — viloyatlar (tumanlar, shaharlar) hokimliklari huzuridagi ijtimoiy moslashuv markazlarini;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 28-sentabrdagi 357-f-sonli farmoyishi.
sil yoki tanosil kasalliklariga duchor bo‘lgan, shuningdek alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikdan majburiy davolash kursini tugallamagan shaxslarga nisbatan — viloyat, shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari (bo‘limlari) yoki sog‘liqni saqlash organlarining davolash muassasalarini;
ma’muriy nazorat ostiga olinishi lozim bo‘lgan shaxslarga nisbatan — ichki ishlar hududiy organlarini oldindan xabardor etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan mahkumlar kasalligi yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi oqibatida, amnistiya akti yoki afv asosida ozod etilgan hollarda, shuningdek mahkumlar jazodan shartli ravishda muddatidan ilgari ozod etilgan taqdirda, bildirish qog‘ozi ular ozod etilgan kuni jo‘natiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73, 75 va 76-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Hukm qilingan chet el fuqarolarining ozod etilganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi hududidagi ularning manfaatlarini himoya qiluvchi davlatlarning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari qonunchilikda belgilangan tartibda xabardor qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida biror bir davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, bunday davlatning vakolatli organini qonunchilikda belgilangan tartibda xabardor qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ozod etilganlik to‘g‘risidagi bildirish qog‘ozi jo‘natiladi.
(173-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi bo‘yicha yashagan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ozod qilinayotganda jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkum qamoqqa olinguniga qadar ro‘yxatga olingan joydagi ichki ishlar hududiy organining mamlakatga kirish, undan chiqish va ro‘yxatga olish bilan shug‘ullanuvchi tegishli xizmatini xabardor qiladi.
Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra doimiy parvarishga muhtoj shaxslar, shuningdek o‘n olti yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslar qarindoshlari yoki boshqa shaxslar yoxud muassasa ma’muriyati vakilining kuzatuvida yashash joyiga jo‘natiladi.
Nogironlar va qariyalar, o‘z iltimosiga ko‘ra, nogironlar va qariyalar uyiga jo‘natiladi.
Voyaga yetmagan mahkumlar ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga jo‘natiladi. Ota-onasi yo‘q voyaga yetmagan shaxslar, zarur hollarda, internatlarga jo‘natiladi yoki homiylar qaramog‘iga beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 504 — 515-bandlari (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
(173-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)

Download 228,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish