Ona tili oqitish metodikasi



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana26.03.2022
Hajmi0,64 Mb.
#511290
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Aknazarova Ayda

KIRISH: 
 
Kurs ishining dolzarbligi
. Mustaqil O’zbekistonning kelajagi ko’p 
jihatdan barkamol, intellektual salohiyatli avlod va unga ta’lim-tarbiya berish 
sifatiga bog’liq. Shu bois Vatani, halqini sevadigan, istiqlol g’oyalariga 
sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan ijodkor shaxsni etishtirish davlatning ta’lim 
sohasidagi siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir shuning bilan birga 
ta’lim tizimidagi tub islohotlar orqali shaxs ma’naviy kamolotini ta’minlash 
mazkur yo’nalishning dolzarb muammolaridan biri bo’lib, bu haqda O’zbekiston 
Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi» da ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ma’naviy barkamol shaxsni 
tarbiyalash davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalaridan biri ekanligi 
ko’rsatilgan. Maktabgacha ta’lim umuman olganda, uzliksiz ta’limning birinchi 
bosqichi hisoblanib, u maktabda o’qish uchun tayyor bo’lgan sog’lom va 
to’laqonli shaxs sifatida shakllangan bolani tarbiyalashni ko’zda tutadi. 
Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlash uchun unga ona 
tilining barcha boyliklarini egallab olish uchun tegishli shart-sharoitlarni 
yaratish zarur. Bola nutqining rivoji ko’p jihatdan uning ruhiyatiga, sog’lom, 
tetik o’sishiga. Ahloqiy sifatlariga o’quv dasturini o’zlattirishda me’yorli 
bajarilishini ta’minlashshiga, qo’llanmalarning monandligiga bog’likdir. Bu 
masalalar maktabgacha ta’limda o’z echimi ifodasini topishi va o’z ona tilida 
ravon gapira oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur. Bolalarning aqliy 
jarayonini rivojlantirish uchun ularning nutqini o’stirish zarur: Bola har bir so’z 
manosini tushuna olishi uni o’z nutqida erkin ifodalashga muvofiq bo’lishi 
kerak. Tushunchalar tizimiga moslashgan bola o’z fikrini jamlab gapirishga va 
ifodalab berishga o’rganadi. Og’zaki nutqini o’stirish bo’yicha o’tkaziladigan 
mashg’ulotlarda asosan, bolalarning og’zaki nutqini o’stirishga, nutqni 
grammatik tomondan to’g’ri shakllantirishga: nutqning morfologik va sintaksis
tomonlarini shakllantirishni davom ettirish: sodda va qo’shma gaplar tuzish, 
bunda barcha so’z turkumlaridan foydalanishga o’rgatish, bolalarni gapirganda 
sonni otga, sifatni otga, sifatni fe’lga to’g’ri ishlatish malakalarini 
takomillashtirish, tovush va so’zlarni to’g’ri talaffuz etishga, ravon gapirishga, 


mustaqil hikoya qilishga e’tibor beriladi. Og’zaki nutqini o’stirishda mustaqil 
hikoya qilishga o’rgatish katta o’rin egallaydi: bolalalarni o’z hayotlarida 
uchragan voqealar, suratlarga qarab, tarbiyachining taklif qilgan mavzusi 
asosida hikoyalar tuzishga o’rgatiladi 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish