Ona tili oqitish metodikasi



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana26.03.2022
Hajmi0,64 Mb.
#511290
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Aknazarova Ayda

“ANTONIM SO’ZLAR” O’YINI 
Bu o’yin kata va tayyorlov guruhlarda o’tkazilishi mumkin. O’yin 
mashg’ulot bolalarning mantiqiy tafakkurining rivojlanishiga samarai yordam 
beradi degan umiddamiz. O’yin induvidual, guruh bilan ham o’tkazilsa ham 
bo’ladi. 
O’yin sharti qo’yidagicha: 


Tarbiyachi bolaga bir so’zni aytadi, bola esa shu so’zning qarama-qarshi ma’no 
anglatuvchisini topadi. Masalan: katta-kichik, issiq-sovuq, qattiq-yumshoq, 
uzoq-yaqin va xokazolar. 
Odatda bollar o’yin boshida biroz qiynaladilar, aytilgan so’zga javoban, antonim 
emas sinonim so’zlar bilan javob beradilar. Ammo o’yinning mohiyatini 
tushunib olganlaridan so’nga bstrakt tushunchalarni ham osonlikilan anglaydilar, 
hamda tezlik bilan javob berishga xarakat qiladilar masalan: chaqqoon-yalqov, 
ishchan-dangasa, odobli-odobsizvaxokazolar. 
 
“AVVAL NIMA BO’LGAN EDI” O’YINI 
Bu o’yin shartiga ko’ra bolalar tarbiyachi tomonidan aytilgan narsaning avval 
nima bo’lganini aytishlari kerak. Masalan: jo’ja-tuxum, ot – toychoq, kapalak – 
qurt kabilar. Bundan tashqari bitta dan ko’p ma’noga ega bo’lgan so’zlardan 
ham foydalanish mumkin. Masalan: non – un – bug’doy, uy – g’isht – loy, stol – 
yog’och – daraxt – urug’, ko’ylak – mato – ip – paxta – chigit tarzida o’yin 
davom etaveradi. Yo`qoridagi tavsiya etilgan o’yinlr orqali bolalarni mantiqiy 
fikrlash va tafakkurini rivojlantirish hamda ravon nutqga o’rgatish mumkin. 
Mashg’ulot Mavzu: “d” tovushi va bosh va kichik “Dd” harflari bilan 
tanishtirish. 
Maqsad:“d” tovushi va “Dd” harflari bilan tanishtirish, o’rganilgan unli harflar 
bilan bo’g’in, so’z tuzish va o’qish.
Vazifalar: 
“D” tovushining undosh tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so’z 
boshi, o’rtasi va oxirida kelishini aytish,uning to’g’ri talaffuzini o’rgatish, 
“D” tovushli so’zlar bilan bolalar lug’atini boyitish. 
“D” tovushli so’zlarni bo’g’inga bo’lish 
Bo’g’inlardan so’z tuza olish 
Kutilayotgan natijalar: 
“D” tovushi va “Dd” harflari bilib oladilar.“D” tovushining undosh tovush 
ekanligini, uning so’z boshi, o’rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar. 
“D” tovushli so’zlar ayta oladilar. 


“D” tovushli so’zlarni bo’g’inlarga bo’la oladilar 
Kerakli jihozlar: 
“Dd” harflari 
“D” tovushi bor suratlar 
“Bo’g’inlardan so’z tuzing” ta’limiy o’yin uchun materiallar 
Mashg’ulotning borishi: 
Tarbiyachi bolalarga o’rganilgan harflarni ,,Harf jildi "dan o’qitadi. Ularga 
xos xususiyatlarni savollar yordamida eslatadi: Bular qanday xarflar? Ular 
nimalarni ifodalaydi? Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil 
bo’ladi? Ular nima hosil qiladi? (Bo’g’in hosil qiladi.) Bu harflarning nechta 
shakli bor? 
Bugun bolalar “D” tovushi va bosh va kichik “Dd” harflari bilan tanishamiz 
Di-van so’zi necha bo’g’inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Di-van men shu 
so’zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: D-D-Di-van, Xattaxtaga 
bitta to’rtburchak chizaman. Endi: 2- tovushni ayting: Di-v-v-van, 2- 
to’rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: Di-v-v-van 3- to’rtburchak chiziladi: 
— Di-van so’zining modeli hosil bo’ladi: Bu so’zda biz tanishmagan qaysi 
tovush bor? (“D” tovushi) Bugun siz “D” tovushi bilan tanishasiz. “D” tovushi 
bolalarga talaffuz qildirtiriladi. 
Tarbiyachi: “D” tovushini talaffuz qilganimizda quyidagilar sodir bo’ladi: 
lablar biroz ochiq, harakatsiz, tinch holatda bo’ladi, tishlar bir-biriga 
yaqinlashgan, lekin jipslashmagan, “D” tovushi unli “a”, “i”, “o”, “u” tovushlari 
bilan qo’shib talaffuz etilganda tilning oldingi kurak qismi yuqorigi tishlarga 
yoki alveolalarga tiralib turadi. “D” tovushi ya, yo, e, yu unli tovushlari 
birikmasi bilan talaffuz etilganda tilning uchi pastga tushgan bo’lib, pastki kurak 
tishlari 
Tarbiyachi: endi men “D” tovushini talaffuz qilaman, “D” tovushini cho’zib 
aytib bo’ladimi? (Yo’q) Tarbiyachi “D” tovushining hosil bo’lishini 
tushuntiradi. “D” tovushi undosh tovushlar sirasiga kirishi qayd
etiladi. “D” tovushining xususiyatlari quyidagi savollar asosida bolalardan 
so’raladi: 


“D” tovushi qanday tovush? 
Undosh tovushlar qanday rang bilan belgilanadi? 
“D” undosh tovush. Undosh tovush unli bilan birga bo’g’in hosil qiladi. 
“D” tovushining talaffuzi o’rgatiladi. “D” tovushining so’z boshida (don, 
deraza,dutor), o’rtasida (O-dil, A-do-lat)) kelishi haqida, so’zlarni bo’g’inlarga 
bo’lib aytish, bo’g’inlardan tovushlarni ajratish, “D” tovushi so’zning qaysi 
o’rnida kelganini aniqlatish orqali tushuncha beriladi. 
Tetiklashtiruvchi mashqlar “Kapalaklar” 
O’yinning mazmuni: Bolalar stulchalarda o’tirishadi. 
Tarbiyachi bolalarga: «Bolalar qaranglar-a, qanday chiroyli kapalaklar; ko’k, 
sariq, qizil!» Ular xuddi jonli kapalaklarga o’xshaydi. Ko’raylikchi, ular ucha 
oladilarmi? (ularni puflaydi). Qaranglar, uchib ketishdi. qani sizlar ham puflab 
ko’ringlar-chi. Kimniki uzoqqa uchar ekan? 
Tarbiyachi har bir kapalakning qarshisiga bittadan bolani turg’azib qo’yadi, 
bolalar kapalakka qarab puflaydilar. 
O’yin bir necha marotaba takrorlanadi. Bunda bolalarning to’g’ri turishiga, 
nafas olganlarida elkalarining ko’tarilmasligiga ahamiyat berib borish kerak. 
Bolalar bir nafas chiqarishda, havo olmasdan turib, biron narsani puflashlari 
kerak. Lablar biroz cho’chchaygan bo’ladi. Har bir bola biror narsani 10 
soniyadan (orasidan tanaffus qilish bilan) ortiq puflamasligi kerak. Endi “Dd” 
harflari bilan tanishamiz. Bosh “D” va kichik “d” ko’rgazmadan, rasmli 
alifbodan, maxsus tayyorlangan ko’rgazmadan (bosma shakli) ko’rsatiladi. Bosh 
“D” harfi ko’rsatilib, bu harfning qanday shakli? (Bosh shakli — Bosh D harfi) 
Bosh “D” harfi bilan qaysi so’zlar yoziladi? Bu (“D”) qanday harf? (Bu kichik 
“d”harfi) U qaysi so’zlarda yoziladi? (dutor, doira...) Men ko’rsatgan “Dd” 
harflarini nimalarda o’qiysiz? Nima uchun “D” harflari ko’k
rangda yozilgan? SHundan so’ng kesma “Dd” harflari ,,Harf kassasi"ga 
qo’yiladi 
Bolalar uchun amaliy ish.Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar hammamiz 
plastilindan “D” harfini yasaymiz. Buning uchun “D” harfining shakliga diqqat 
bilan qarab olib, plastilindan shu shaklni yasaymiz. 


Bolalar “D” harfi haqida quvnoq she’r eshiting. 
Oyijonim olmani- 
To’rt bo’lakka bo’ldilar: 
Bir bo’lagin ko’rsatib, 
“D”ga o’xshar, dedilar. “D” harfli bo’g’in tuzish va uni o’qish. Tarbiyachi 
harf terish kartoni, xattaxta tagligiga yoki xattaxtaga di,du,do’,ad, id,od, o’d 
bo’g’inlarini tuzib, yozib qo’ygan bo’ladi. Uni bolalarga o’zi o’qib namuna 
ko’rsatadi. Bolalar bilan xo’r bo’lib o’qiydi. So’ng yakka-yakka o’qitadi. Bunda 
“D” tovushiini ichda saqlab, keyin unlini qo’shib birga o’qish lozimligi amaliy 
ko’rsatiladi. 
SHu bo’g’inlar qayta bolalarning o’zlariga tuzdiriladi va o’qitiladi. Bunda 
tarbiyachi “Da” deydi va yo’llanma beradi: avval qaysi tovushni eshityapsan 
(“D” tovushini), o’shani ,,Harf jildi "dan olib qo’y. “Daa”, endi oxirida qaysi 
tovushni eshityapsan? (“a” tovushini) “D” harfining qaeriga “a” harfini 
qo’yasan? (orqasiga) Tuzgan bo’g’iniingni o’qi: “Da”. (Qolgan bolalar o’z 
joylarida kesma harflardan foydalanib bo’g’in tuzadilar ) SHu tartibda 
di,du,do’,ad, id,od, o’d bo’g’inlari tuzdiriladi va o’qitiladi. 
Kesma harflar bilan ishlash. Bolalarga kesma harflardan bo’g’in tuzdiriladi 
va o’qitiladi. Tuzilgan bo’g’inlardan yoki bo’g’inli kartochkalardan bir nechta 
so’z tuzdirilib, o’qitiladi, ulardan birining bo’g’in-tovush tahlili o’tkaziladi: don, 
do’l, do-ri, da-la, O-dil, du-tor. 
Mashg’ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi. 
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar : 
- Bugun qaysi tovush bilan tanishdik? 
- “D” qanday tovush ekan? 
-Bu tovushni nima qilamiz? 
- Biz tovushlarni nima uchun o’rganamiz?" 
- “D” tovushi qaysi harf bilan yoziladi? 
- “D” harfining shakli qanaqa ekan? 
- “D” harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli) 
- Bosh D harfi qaysi so’zlarda yozilar ekan? 


Bo’g’inli kartochkalar bilan qanday so’zlarni tuzdik? 
Alifbegacha tayyorlov davri 
B) Alifbo davriga bo’linadi. Ikkinchidan, yozuvga o’rgatish, o’qishga o’rgatish 
bilan parallel holda olib boriladi. 
Analitik-sintetik tovush metodi psixolingvistik nuqtai nazaridan: Birinchidan, 
savod o’rgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga 
asoslanadi; Ikkinchidan, savod o’rgatishga tovush asos qilib olinadi, unda 
tovushni ajratishga, analiz va sintez qilishga, tovushlar artikulyasiyasiga, 
bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi; 
uchinchidan, o’qish birligi sifatida bo’g’in olinadi, bo’g’in ustida ishlashga katta 
ahamiyat beriladi. 
Metodning shakllanishi va tashkil topish jarayonida bo’lgan tamoyillari: 
Ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan: savod o’rgatish jarayonida 
o’quvchilarga differensial va individual yondashish; 
O’qitishning istiqbolli nuqtai nazaridan: grammatika, so’z yasalishi, imlo, 
leksikologiyaga oid bilimlarni nazariyasiz amaliy asosda muntazam berib 
borish; 
Psixolingvistik nuqtai nazardan: tovush va harfni o’qitishning qulay usulini 
izlash, tovush va harflarning mosligini, osonligini, ikkinchidan, ta’limning 
tarbiyaviy va o’stiruvchi xarakteri hisobga olinadi. 
Ta’lim jarayonida o’quvchilarga tarbiya ham berib boriladi. Tarbiyalash 
didaktikaning muhim prinsiplaridandir 
Maktabda axloqiy tarbiya beriladi, ilmiy dunyoqarash elementlari 
shakllantiriladi. Bolalar darsda ommaviy siyosiy tushunchalarni egallaydilar. 
“Alifbe” sahifalarida do’stlik, baynalmilal munosabat, bolalar mehnati, tabiat, 
kattalar mehnati, bolalar o’yinlari, oila, maktab hayoti kabi rasmlar berilgan. 
Turli mavzularda matn berilgan. Bular bolalarda o’zaro do’stlik, mehnatsevarlik, 
mehnatni qarlash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, tabiatni sevish va asrash, 
hayvonot dunyosiga qiziqish, ularni muhofaza qilish, maktab va o’qishni sevish 
– umuman, estetik tarbiyani shakllantiradi. Bular bolalarni xalqning qaynoq 
hayotiga, uning baxtiga, orzulariga, muvaffaqiyatlariga ruhlantiradi. Demak, 


bolalarga axloqiy, g’oyaviy-siyosiy, mehnat va estetik tarbiya berish ham savod 
o’rgatish vazifasiga kiradi.
Savod o’rgatishni to’g’ri tashkil etish uchun bolalarning unga nutqiy 
tayyorgarligi maxsus o’rganish talab etiladi. Maxsus o’rganish avgustda, hatto 
undan oldin – bahordan boshlanadi. 1-sinfga keladigan o’quvchining oilasiga 
yoki bolalar bog’chasiga boriladi, suhbat o’tkaziladi, bolalarning umumiy bilim 
saviyasi aniqlanadi. 
1.O’qish ko’nikmasini aniqlash: 
a) so’zni sidirg’a o’qiydi; 
b) bo’g’inlab o’qiydi; 
v) harflab o’qiydi (noto’g’ri o’qish); 
g) anchagina harflarni biladi, lekin o’qishni bilmaydi; 
d) ayrim harflarni biladi. 
2. Yozuv ko’nikmasi: 
a) hamma harfni yozishni biladi, so’z yozadi (bosma yoki yozma): 
b) ayrim harflarnigina yozishni biladi (bosma yoki yozma); 
v) yozishni umuman bilmaydi. 
3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi: 
a) so’zni bo’g’inlarga bo’ladi; 
b) so’z yoki bo’g’indagi tovushni ajratadi; 
v) hamma tovushni to’g’ri talaffuz qiladi; 
g) ayrim tovushlarni noto’g’ri talaffuz qiladi (qaysi tovushlar ekanini xisobga 
olinadi); 
d) nutqning baland yoki pastligi. 
4. Og’zaki bog’lanishli nutq. SHe’rni yoddan o’qish: 
a) 3 ta she’rni biladi, uni zavqlanib aytadi; 
b) 1-2 ta she’rni biladi, aytishga uyaladi; 
v) birorta she’rni yoddan o’qishni bilmaydi. 
5. Og’zaki bog’lanishli nutq. Ertak aytish: 
a) bir yoki bir nechta ertakni aytishni biladi; 
b) ertak aytishga harakat qiladi, lekin ayta olmaydi; 


v) ertak aytishni bilmaydi, o’rganishga ham harakat qilmaydi. 
6. Og’zaki bog’lanishli nutq. Fikr bayon qilish. (“Rasmda nimalar 
ko’rayotganingni aytib ber”): 
a) 20 so’zdan ortiq bog’lanishli hikoya, bir necha gap; 
b) 10 tadan 20 tagacha so’z, bir necha gap; 
v) 10 tagacha so’zli bog’lanishli javob; 
g) 3-4 so’zli qisqa javob. 
Shuningdek, bola nutqining sintaktik qurilishi ham foydalanadigan so’zlar 
doirasi ham o’rganiladi, to’plangan materiallar 2 variantda yoziladi. 
a) har bir o’quvchi haqida alohida ma’lumot, bu bolaga yakka yoki differensial 
yondashish uchun kerak bo’ladi; 
b) sinf o’quvchilari uchun umumiy ma’lumot, bu ma’lumotdan darsda sinf 
o’quvchilari uchun umumiy ishlar metodikasini tanlashda foydalaniladi. 
v) ma’lumotning bittasi maktab ma’lumotida, ikkinchi nushasi sinf 
o’qituvchisida qoladi. 
1-bosqichning asosiy vazifasi o’quvchilarni maktab, sinf bilan tartib-intizom 
qoidalari bilan tanishtirish. Ularga nutq, og’zaki va yozma nutq haqida gap, 
nutqning gaplardan tuzilishi, so’z, gaplarning so’zlardan tuzilishi; bo’g’in,
so’zlarning bo’g’inlardan tuzilishi, so’zlarning bo’g’inlarga bo’linishi; tovush, 
bo’g’inlarning tovushlardan tuzilishini; tovushlarning unli tovush va undosh 
tovushlarga ajratilishini o’rgatish, ulardan amaliy foydalana bilish ko’nikmalari 
hosil qilishdan iborat. Bu davrda maxsus nusxalar asosida o’quvchilarning 
bog’lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga “Alifbe”da berilgan rasmlar asosida 
hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o’zlari bilan she’r,ertak, hikoya, tez aytish, 
maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qo’shiqlar, latifalardan ayttirish lozim. 
Tayanch so’zlar asosida gap tuzdirish, “Alifbe”sahifalaridagi so’zlar, ularning 
ma’nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi. (Bu tarzdagi ishlar har bir 
darsda mavzularga bog’liq ravishda izchil davom ettirib boriladi) 
Bu bosqichdagi yozuv darslarida o’quvchilarga daftar bilan, yozuv chiziqlari 
bilan tanishtirish, harf elementlarini yozishga o’rgatish, namunaga qarab grafik 


xatolarini aniqlash – o’z-o’zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish 
kabi ko’nikmalar hosil qilinadi. 
2-bosqichda harf elementlarini yozishga o’rgatiladi. 
Shuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga o’rgatish ko’zda 
tutiladi. Bu bosqichdayoq tovush va harf o’rtasidagi chegaraga qat’iy rioya 
qilinadi. Bolalarga tovush haqida ma’lumot kitob ochirilmay beriladi. Tovushni 
ifodalovchi harf ko’rsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid 
xususiyatlar (tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz, harflarni yozamiz, 
ko’ramiz, o’qiymiz) ham izchil ravishda o’quvchilarni o’zlashtirishlarini 
hisobga olgan holda ochila boriladi. 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish