Ong falsafiy muammo sifatida. Bilish falsafasi



Download 54,45 Kb.
bet5/11
Sana06.07.2022
Hajmi54,45 Kb.
#745525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
dokument microsoft word 5

Odatiy ong hayotiy tajriba asosida vujudga kelgan oddiy xulosalar, qarashlar majmuidan iborat bo‘lib, kishilarning kundalik hayotidagi voqealarni aks ettiradi va rivojlanadi. Odatiy ongda nazariy bilimlarga dalil va asos bo‘lib xizmat qiladigan elementlar bo‘ladi. Olimlar, san'atkorlar turli nazariyalar, badiiy obrazlar yaratishda hayotiy-kundalik ongga asoslanadilar va undan ma'naviy ozuqa oladilar.masalan xalq maqollari.
Nazariy ong deganda nazariyotchilar, olimlar ishlab chiyqan nazariy qarashlar va ilmiy bilimlar tushiniladi. Odatiy ongdan farqli o‘laroq nazariy ong o‘zgaruvchan xarakterga ega. Bu o‘zgaruvchanlik ilmiy bilimlarning rivojlanayotganligi, kengayib borayotganligi bilan belgilanadi.
Ijtimoiy ong va uning darajalari haqidagi mulohazalar yakunida ijtimoiy ongning axloqiy, diniy, estetik, siyosiy, huquqiy, fan, falsafa kabi shakllari ajratilishini ta'kidlash lozim. Ijtimoiy ong shakllari o‘zlarining aks ettirish ob'ektiga ko‘ra farqlanadi. Ayni paytda, ijtimoiy ong shakllari bir-biridan voqelikni aks ettirish usuliga ko‘ra ham ajralib turadi. Masalan, huquqiy ong normalar, qonunlar, qoidalar vositasida, estetik ong esa badiiy obrazlar yordamida voqelikni aks ettirishini bir qarashdayoq sezish mumkin.
Ijtimoiy ong shakllari bajaradigan funktsiyalarning o‘ziga xosligi bilan ham ajralib turadi. Bunda, har bir ijtimoiy ong shakli bajaradigan funktsiyalar tizimida bittasi asosiy, markaziy, sistema yaratuvchi funktsiya sifatida chiyishi kuzatiladiki, boshqa funktsiyalar ana shu fnktsiya atrofida birlashadi. Fanda – bilish, axloqda – tartibga solish, dinda – dunyoqarash, san'atda – tarbiyaviy funktsiyalar ana shunday sistema yaratuvchi funktsiyalar sifatida chiyishini ko‘rish mumkin. Ijtimoiy ongning barcha shakllariga bilish, tarbiyalash, qadrlash kabi funktsiyalarning xosligi, ayni paytda,
bunday o‘xshashlikning din va falsafa, axloqiy va huquqiy ong o‘rtasida yana ham kuchliligi bunga misol bo‘la oladi.
Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo‘lsak, kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida ijtimoiy ongning axloqiy, diniy, estetik, siyosiy, huquqiy, fan, falsafa kabi shakllarining hammasi ham bo‘lmagan. Jamiyatda muayyan ehtiyojlar va ma'naviy ishlab chiqarishning yangi sohalari paydo bo‘loishi bilan ijtimoiy ongning yangi shakllari ajralib chiya boshlaydi. Jumladan, ekologik ongni ijtimoiy ongning mustaqil shakli sifatida ajratishga urinishni ta'kidlash zarur. Shu nuqtai nazardan qaraganda, yuqorida aytilgan ijtimoiy ong shakllarini tugal deb hisoblash xato bo‘lur edi.



    1. Gnoseologiya – bilish haqidagi ta‘limotdir. Ya‘ni, grekcha ―gnosis‖-bilim, ilm,

―logos‖-fan, ta‘limot degan ma‘no anglatib, 1854 yil shotland olimi Jonn Ferer tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Olam va uning qonunlarini bilish falsafiy dunyoqarash bilan bevosita bog‘langan masaladir. SHuning uchun ham dunyoni bilish masalasi doimo falsafa fanining diyqat markazida bo‘lib kelgan. Qadimgi faylasuflar ham dunyoni bilish mumkinligini ehtirof qilganlar. Masalan, atomistik nazariyaning asoschisi Demokrit olamni bilish va haqiyatga erishish mumkinligini tahkidlaydi. U bilish jarayonida hissiy jihat va tafakkur rolini oddiy va sodda holda ko‘rsatadi.
Markaziy Osiyo mutaffakkirlaridan Farobiyning aytishicha, bilish muammosi inson mohiyatini aniqlash masalasining bir qismini tashkil etadi. U insonni bilish sub‘ekti, o‘rab turgan tabiatni reallikni bilish ob‘ekti deb hisoblaydi. Seziluvchi narsa, Farobiy fikricha, sezgilarga qadar mavjud bo‘lgandek, bilinuvchi narsa ham unga oid bo‘lgan bilimga qadar mavjuddir. Uning tahrificha, odam o‘z bilimlarini tashqaridan, atrofdagi hodisalardan bilish jarayonida oladi. Bu jarayon o‘z ichiga ko‘p vosita va usullarni: sezgi, idrok, xotira, tasavvur va eng muhimi mantiyiy fikr, aql va nutqni oladi. SHu vositalar yordamida inson fanni yaratdi.
Beruniy merosini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ilk asarlaridan boshlab va keyingi asarlarida uning inson bilishga juda qiziyqanligini ko‘rishimiz mumkin. Beruniy fikricha, bilishning asosi, olam haqidagi bilimlarimizning manbai sezgi organlari yordamida olingan hissiy bilimlardir. Agar sezgi bo‘lmaganda olam haqidagi bilimlarimiz mumkin bo‘lmas edi.
Bilish jarayoni Beruniy ma‘lumoticha, eskilik, fanatizm, shaxsiy g‘araz sub‘ektivizmdan ozod bo‘lish, tabiatning o‘ziga, kuzatishga tajribaning rad etib bo‘lmaydigan dalillarga asoslanish lozim: tabiatni bilish jarayoni sezgilar bilan boshlanish tafakkurgacha ko‘tariladi, ma‘lum narsalarga va hodisalarni bilishga tomon rivojlanib boradi, biroq bir avlodning hayotida hamma narsani bilish mumkin emas.
Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sinoning bilish nazariyasida aql – faol ijodiy kuch va bilish qurolidir, biroq moddiy olam, uning qonuniyati tajriba jarayonida o‘rganiladi: buyumlar va hodisalar to‘g‘risida tushunchalar paydo bo‘ladi. Inson aqli o‘z bilimini og‘ir va uzoq mehnat jarayonida hissiy qabul qilish orqali ko‘paytiradi.
Alisher Navoiy ham o‘z falsafiy qarashlarida moddiy olamni bilish mumkinligini asosan ehtirof etadi. Uning bilishning manbai real voqelikdir, dunyoda mavjud narsalarning hammasi hislarimizning predmetidan (ob‘ektidan) iborat. Ulug‘ gumanist inson baxtining manbai, uni bilishda deb tahkidlaydi.
Falsafa tarixida bunday olamni bilishni ehtirof etuvchi qarashlar bilan birga tabiat va jamiyatni rivojlantirish qonunlarni bilish mumkinligini inkor etuvchi turli oqimlar ham bor. Dunyoni bilish mumkinligini, bilimlarimizning to‘g‘ri va aniq ekanligini inkor
etuvchi va shubha qiluvichlar agnostitsizm va skeptitsizm ta‘limotidir. (Agnostitsizm yunon so‘zi bo‘lib, a – inkor, gnosos – bilishdir). Agnostitsizmning eng qadimgi ko‘rinishi skeptitsizmdir. (bilishga shubhalanib qarash).
Agnostitsizmning eng yirik vakillari ingliz faylasufi David Yum bilan nemis faylasufi Immanuelg‘ Kantdir. Yumning fikricha, inson o‘z sezgilari chegarasidan tashqariga chiya olmaydi, u faqat o‘z sezgilarinigina bila oladi. Real voqelikni aslo bila olmaydi. Kant esa Yumga qarama-qarshi o‘laroq, inson ongi va sezgilaridan tashqarida ob‘ektiv olamda aslo bilib bo‘lmaydigan ―narsa o‘zida‖ bor, ―narsa o‘zida‖ makon va zamon tashqarida bo‘lib, uni aslo bilish mumkin emas. Kant inson bilishi mumkin bo‘lgan hodisalar olamini ―biz uchun bo‘lgan narsalar‖ deb uni inson aqli bilan, fan vositasi bilan bilish mumkin deydi. ―Biz uchun bo‘lgan narsa‖ bilan ―Narsa o‘zida‖ sezgi a‘zolariga aralash ta‘sir etish bilan bilish mumkin bo‘lgan hodisalar yuzaga keladi, inson ularni o‘zining tug‘ma aprior tushunchalari bilan tartibga soladi.
Umuman Kantning bilish nazariyasi boshdan oyoq chalkash, g‘ayri ilmiy reaktsion bo‘lib, o‘z mohiyati e‘tibori bilan bilan inson aqlining bilish imkoniyatlarini fanning rivojlanish istiybollarini inkor etishga qaratilgan.
Bilish nazariyasining rivojlanishida XVII-XVIII asr faylasuflari (ingliz Bekon, frantsuz Dekart, Didro, Golg‘bax, Gelg‘vetsiylar) muhim o‘rin tutadi. Ular agnostitsizm, spektitsizmni qattiy tanqid qilib olamni bilish mumkinligini tahkidlaydilar. Biroq ularning qarashlarida ma‘lum nuqsonlar ham bor edi. Masalan, ularning bilish nazariyasi metafizik xususiyatga ega bo‘lib bilishda hissiy va ratsional jihatlarning dialektik birligini ko‘rsata olmas edi. Ular bilish jarayonining ziddiyatli ekanligini ochib bera olmadilar. SHuningdek ular kishilar ijtimoiy tarixda amaliyot rolini tushuna olmadilar, kishilarning ongli faoliyati rolini inkor etdilar.
Ma‘lumki, ob‘ektiv dunyo, uning predmet va hodisalari bilishning birdan-bir manbaini tashkil etadi. SHunday bo‘lsada, ayrim faylasuflar va din ta‘limotida bilishning manbai sifatida qandaydir mistik, go‘yo insondan tashqari mavjud bo‘lgan ong (―Mutloq g‘oya‖, ―olam ruhi‖ va h.k.) ehtirof etiladi. Ular nuqtai nazarida inson tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarining mohiyatini bilishga qodir emas, u faqat iloh ijodining natijalarini qayd qilishga va turkumlarga ajratishgagina qodir.
Insoniyat, ijtimoiy amaliyoti va bilish taraqqiyotining ilgarilab borishi bilimni chegaralab qo‘yuvchi agnostitsizmni puchga chiyarmoqda. Masalan, hozirgi zamon tabiat fanlari, ayniqsa, fizika fani atom tabiatini tuzilishini va xususiyatlarini o‘rganish sohasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Atomni parchalash, atom ichki energiyasdan foydalanish, atom yadro zarrachalarining bir-biriga bog‘liqligi, umuman mikro olamni bilish, astronomiya, biologiyadagi kashfiyotlar ilmiy falsafaning bilish nazariyasini to‘g‘riligini tasdiylaydi.
Insonning bilish qobiliyati cheklanmagan, lekin har bir aniq tarixiy davrda o‘zi xohlshagan barcha narsa va hodisalarni emas, balki bilish imkoni borlarinigina bilib, bilmaganini keyinroq biladi. Lekin shuni aytish kerakki, inson bilimining cheki yo‘q, chunki makro-mikro olamning cheksizligi inson bilimining ham cheksizligini ko‘rsatadi.

Download 54,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish