O’quv adabiyoti


Bilak suyaklarining o’zaro birlashuvi



Download 43,86 Mb.
bet63/72
Sana04.06.2022
Hajmi43,86 Mb.
#637183
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   72
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 1

Bilak suyaklarining o’zaro birlashuvi.
Bilak suyaklari o’zaro uzluksiz va uzlukli birlashmalar hosil qilib birlashadi (47-rasm). Uzluksiz birlashma bilak va tirsak suyaklarining suyaklararo qirralari o’rtasida tortilgan fibroz membranadan (membrana interossea antibrachii) iborat bo’lib, suyaklar diafizini birlashtirib turadi. Bu pardani ustki va pastki qismlarida qon tomirlar o’tadigan teshiklar bor. Bilak suyaklari o’rtasidagi uzlukli birlashmalarga proksimal va distal bilak-tirsak bo’g’imlari kiradi. Proksimal bilak-tirsak bo’g’imi tirsak bo’g’imi tarkibida joylashgan.
Distal bilak-tirsak bo’g’imi (articulatio radioulnaris distalis) tirsak suyagi boshchasidagi bo’g’im yuzasi bilan bilak suyagining tirsak o’ymasi o’rtasida hosil bo’ladi. Bilak suyagining tirsak o’ymasidan boshlangan uchburchak shakldagi bo’g’im diski (discus articularis) tirsak suyagining bigizsimon o’simtasi tomon yo’nalib, bu bo’g’imni bilak-kaft usti bo’g’imidan ajratib turadi. Bo’g’im xaltasi erkin bo’lib, suyaklarning bo’g’im yuzalari va bo’g’im tog’ayi chekkasi bo’ylab birikadi. Proksimal va distal bilak-tirsak bo’g’imlari birgalikda tsilindrsimon hamkor bo’g’imni hosil qiladi. Ularda harakat bo’ylama o’q atrofida bilakni ichkariga va tashqariga burish.

Bilak-kaft usti bo’g’imi va qo’l panjasi suyaklarining o’zaro birlashuvi


Bilak-kaft usti bo’g’imi (articulatio radiocarpea) (48-rasm) bilak suyagining kaft usti yuzasi, medial tomondan bo’g’im diski (discus articularis) va kaft usti suyaklarining birinchi qatoridagi uchta: qayiqsimon, yarimoysimon va uch qirrali suyaklarning proksimal bo’g’im yuzalari o’rtasida hosil bo’ladi. Tuzilishi jihatidan bilak-kaft usti bo’g’imi murakkab, shakl jihatidan ellipssimon bo’g’imlar turkumiga kiradi. Bo’g’im xaltasi suyaklarning bo’g’im yuzalari chekkasi bo’ylab birikkan, orqa tomonda yupqa. Bo’g’im xaltasini yon tomonda joylashgan yonlama

47-rasm.Bilak suyaklarining birlashuvi.

1-ulna;
2-processus styloideus;


3-discus articularis;
4-processus styloideus;
5-memdrana interossea antibrachii;
6-radius;
7-chorda oblique;
8-tendo m. bicepitis brachii;
9-lig. anulare radii.



boylamlar mustahkamlab turadi. Kaft ustining bilak tomondagi yonlama boylami (lig. collaterale carpi radiale) bilak suyagining bigizsimon o’simtasidan boshlanib, qayiqsimon suyakka birikadi. Kaft ustining tirsak tomondagi yonlama boylami (lig. collaterale carpi ulnare) tirsak suyagining bigizsimon o’simtasi bilan uch qirrali va no’xatsimon suyaklar o’rtasida tortilgan. Bo’g’imning kaft yuzasida bilak suyagi bo’g’im yuzasining oldingi chekkasidan boshlanib, kaft usti suyaklarining birinchi qatoriga va boshchali suyakka alohida dastalar shaklida birikadigan kaft bilak-kaft usti boylami (lig. radiocarpale palmare) bor. Bo’g’imning orqa yuzasida bilak suyagining orqa yuzasidan boshlanib kaft usti suyaklarining birinchi qatoriga birikadigan orqa bilak-kaft usti boylami (lig. radiocarpale dorsale) joylashgan. Bo’g’imda harakat ikki o’q atrofida. Frontal o’q atrofida kaftni bukish va yozish, sagital o’q atrofida esa kaftni uzoqlashtirish va yaqinlashtirish sodir bo’ladi.
Rentgenoanatomiyasi. Old to’g’ri rentgenogrammada tirsak va bilak suyaklarining distal uchlarida bigizsimon o’simtalar yaxshi ko’rinadi. Tirsak suyagining bigizsimon o’sintasi uchi yumaloq uncha katta bo’lmagan tikan shaklida aniq ko’ringan. Bilak suyagi bigizsimon o’simtasi keng asosli uncha katta bo’lmagan bo’rtiq shaklida. Shuningdek kaft usti suyaklarining proksimal qatori suyaklari soyasi aniq ko’rinadi. Bilak-kaft usti bo’g’imining kengligi 2-2,5 mm bo’lgan oval shaklidagi bo’g’im yorig’i soyasi ham aniq ko’rinadi. Bo’g’im yorig’i bilak va qayiqsimon suyak o’rtasida biroz torroq bo’lib, tirsak va uch qirrali suyak o’rtasida uch burchakli tog’ay bo’lgani uchun kengayadi.
Bilak-kaft usti bo’g’imi yangi tug’ilgan bolada bilak, qayiqsimon va yarimoysimon suyaklarning bo’g’im yuzalari o’rtasida hosil bo’ladi. Tirsak suyagi, bilak suyagidan qisqa bo’lgani uchun uning boshchasi uch qirrali suyak bo’g’im yuzasiga yetib kelmaydi va bo’g’imda ishtirok etmaydi. Tirsak suyagi boshchasi bilan uch qirrali suyak o’rtasida uchburchak shakldagi tog’ay disk joylashgan. Yangi tug’ilgan bolada bu bo’g’imni hosil qiluvchi suyaklar tog’aydan iborat. Bo’g’im xaltasi mustahkam, kaft tomonda tarang. Bo’g’imning boylamlari yaxshi rivojlanmagan. Bo’g’imni hosil qilgan suyaklarning hammasi suyaklanib bo’lganidan keyin bu bo’g’im taraqqiyoti tugallanadi.
Kaft usti suyaklari bilak va kaft suyaklari o’rtasida joylashib bir nechta bo’g’imlarni hosil qilishda ishtirok etadi. Kaft usti suyaklarining birinchi va ikkinchi qatori o’rtasida o’rta kaft usti bo’g’imi hosil bo’lsa, ayrim suyaklar o’zaro kaft usti suyaklariaro bo’g’imlarni hosil qilib birlashadi. Kaft usti suyaklarining distal qatori bilan kaft suyaklari o’rtasida kaft usti-kaft bo’g’imlari hosil bo’ladi. Bu bo’g’imlar murakkab tuzilishga ega bo’lib, qo’l panjasi harakatida katta ahamiyatga ega.
O’rta kaft usti bo’g’imi (articulatio mediocarpea) kaft ustining birinchi va ikkinchi qator suyaklari o’rtasida joylashib, faoliyati bilak-kaft usti bo’g’imi bilan bevosita bog’liq. Bu bo’g’imni hosil qiluvchi suyaklarning bo’g’im yuzalari murakkab ko’rinishga ega bo’lib, bo’g’im yorig’i S shaklida. Bu bo’g’imning bo’shlig’i kaft ustining birinchi va ikkinchi qator suyaklari o’rtasidagi bo’g’imlar bo’shliqlariga qo’shilib turadi. Bo’g’im xaltasi erkin va orqa tomonda yupqa. Bu bo’g’imda harakat faqat frontal o’q atrofida bukish va yozish.

Kaft usti suyaklariaro bo’g’im (articulatio intercarpea) kaft ustining alohida suyaklari o’rtasida hosil bo’ladi. O’rta kaft usti va kaft usti suyaklariaro bo’g’imlarni qo’l panjasini kaft va orqa yuzalarida joylashgan bir nechta boylam mustahkamlab turadi. Kaft yuzasida joylashgan kaft ustining shu’lasimon boylami (lig. carpi radiatum) boshchali suyakdan boshlanib yonidagi suyaklarga birikadi. Kaft ustining oldingi yuzasida kaft tomondagi kaft ustiaro boylam (lig. intercarpea palmaria) va orqa yuzasida orqa kaft ustiaro boylamlar (lig. intercarpea dorsalia) joylashgan. Ular bir suyakdan ikkinchi suyakka ko’ndalangiga yo’naladi. Kaft ustining alohida suyaklari bundan tashqari yana bo’g’im ichi boylamlari (lig. intercarpea interossea) vositasida birikadi.


Kaft usti suyaklaridan no’xotsimon suyak uch qirrali suyak bilan alohida bo’g’im (articulatio ossis pisiformis) hosil qiladi. Bu bo’g’im ilmoqli suyakka birikuvchi no’xotsimon-ilmoqli suyak boylami (lig. pisiohamatum) va IV-V kaft suyaklari asosiga birikuvchi no’xotsimon-kaft usti boylami (lig. pisiometacarpeum) lar bilan mustahkamlanadi.

Kaft usti-kaft bo’g’imi (articulatio carpometacarpeae) kaft ustining distal qatori suyaklari bilan kaft suyaklari asosi o’rtasida hosil bo’ladi. Bosh barmoqning kaft suyagi bilan trapetsiya shaklidagi suyak o’rtasidagi bo’g’im (articulatio carpometacarpea pollicis) shakl jihatidan egarsimon bo’g’im bo’lib harakati ikki: sagital o’q atrofida bosh barmoq ko’rsatkich barmoqqa yaqinlashadi (adductio) va uzoqlashadi (abductio). Frontal o’q atrofida bosh barmoq boshqa barmoqlarga qarama qarshi (oppositio) keladi va o’z holiga qaytadi (repositio). Qolgan II-V kaft usti-kaft bo’g’imlari yassi bo’g’imlar turkumiga kirib, ularning bo’g’im bo’shlig’i ko’ndalang chiziq holatida yotadi. Bu bo’g’imning bo’shlig’i o’rta kaft usti va kaft suyaklariaro bo’g’imlar bo’shliqlari bilan birikadi. Bo’g’im xaltasi yupqa to’rtta bo’g’im uchun umumiy bo’lib tarang tortilgan. Bo’g’im xaltasini kaft tomondan kaft tomondagi kaft usti-kaft boylami (lig. carpometacarpea palmaria), orqa tomondan orqa kaft usti-kaft boylami (lig. carpometacarpea dorsalia) mustahkamlab turadi. Bu bo’g’imning boylamlari mustahkam va tarang tortilgani uchun harakati juda chegaralangan.


II-V kaft suyaklari asoslari keng bo’lib o’zaro yaqin joylashgan uchun ularning bir-biriga qaragan yuzalari o’rtasida kaft suyaklariaro bo’g’im (articulatio intermetacarpea) hosil bo’ladi. Bu bo’g’imlar xaltasi kaft usti-kaft bo’g’imlari xaltasi bilan umumiy. Bu bo’g’imni yonma-yon kaft suyaklari o’rtasida ko’ndalang yo’nalgan kaft va orqa tomondagi kaft boylamlari (ligg. metacarpea palmaria et dorsalia) va bo’g’im ichida joylashgan suyaklararo kaft boylamlari (ligg. metacarpea interossea) mustahkamlab turadi.

Kaft-barmoq falangalari bo’g’imlari (articulatio metacarpophalangeae) kaft suyaklari boshchasining bo’g’im yuzasi




Download 43,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish