O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari



Download 2,63 Mb.
bet12/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   188
Bog'liq
morfologiya

Nazorat uchun savollar:
1. Protoplazma haqida tushuncha.
2. Hujayra tarkibi.
3. Yoriqsimon bog`lanish.
4. Simplast, sinsitiy haqida tushuncha.
5. Mitoz, amitoz qaysi hujayralarda uchraydi?


3.MAVZU: JINSIY HUJAYRALAR FILO-ONTOGENEZI VA EMBRIONAL TARAQQIYOTI

1. Jinsiy hujayralarning tuzilishi, taraqqiyoti (gametogenez) va otalanish.


2. Lansetnik, amfibiya va baliqlar taraqqiyotininq dastlabki bosqichlari (maydalanish, qastrulyatsiya, embrion varaqlari va o’q organlarning hosil bo’lishi).
3. Embrion varaqlaning differensiatsiyasi.
4. Qushlar embrional taraqqiyoti
5. Sut emizuvchilarning embrional taraqqiyoti


Tayanch iboralar.Embriologiya, homila, zigota, gametalar, ontogеnez, ovogenez, gastrulyatsiya, preformatsiya va epigenez.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Ibrohimov Sh.I. va b. “Sitologiya, gistologiya va embriologiya”, darslik, T. 2006.
2. Elizabeth Aughey,Fredric L. Frye «Comporative Veterinary Histology with clinical correlates». Copyright © 2001
3. Shodiev N.Sh va b. “Sitologiya, gistologiya va embriologiya”, o’quv qo’llanma, T.2006
Asosiy adabiyotlar
Ibrohimov Sh.I. va b. “Sitologiya, gistologiya va embriologiya”, darslik, T. 2006.
Xorijiy adabiyot
Elizabeth Aughey,Fredric L. Frye «Comporative Veterinary Histology with clinical correlates». Copyright © 2001

Qo’shimcha adabiyotlar
Shodiev N.Sh va b. “Sitologiya, gistologiya va embriologiya”, o’quv qo’llanma, T.2006
Internet saytlari
www. Ziyo.net.uz


Kirsh

Embriologiya (embryon - o`suvchi homila) otalangan tuxum hujayra - zigotadan ko`p hujayrali murakkab organizm hosil bo`lish jarayonini o`rganadigan fandir. Embriologiya hamma organizmlar taraqqiyotining otalanish va zigota hosil bo`lishidan boshlanib, to shu turdagi voyaga etgan organizmlarga xos bo`lgan hamma organlar sistemalarining hosil bo`lishi bilan tamom bo`ladigan davrini o`rganadi. Embrional taraqqiyot davrida organizmning taraqqiy qilish jarayoni juda intensiv ravishda boradi. Embrion zigota hosil bo`lgandan to rivojlanayotgan organizmning hamma organlari sistemalari asosan hosil bo`lguncha davom etadigan davrdagi organizmdir. Bu davr ontogonez yoki individual taraqqiyotning embrional davri deb ataladi.


Embriologik faktlarni to`plash, ulardan amalda foydalanish juda qadim zamonlardan boshlangan. Bundan 5000 yillar ilgari qadimgi misrliklar inkubatorda jo`ja chiqarishni bilishganlar va undan keng foydalanganlar. Qadimgi Gretsiyada embrion taraqqiyotini yorituvchi asarlar mavjud bo`lgan. Lekin bu asarlarda ko`pgina noto`g`ri fikrlar bo`lgan, albatta.
Aristotel (preformatsiya va epigenez tushunchalarini o`rtaga tashlagan), Leonardo da Vinchi (“ona” va “bola” qon tomirlari bevosita aloqa qilmasligini aytgan) embriologiya to`g`risida qimmatli ma`lumotlarni qoldirganlar.
Mikroskop ixtiro qilingach, embriologiya, ayniqsa, gurkirab rivojlana boshladi. Garvey (1651) “Hamma tirik mavjudotlar tuxumdandir” degan iborani maydonga tashladi. Dastlabki mikroskopistlardan Levenguk (turli sut emizuvchilar, qushlar, amfibiyalar, baliqlar va hasharotlar spermiylarini tasvirlab berdi), Malpigi (tovuq embrioni taraqqiyotini o`rgandi), Svammerdam (hasharotlar taraqqiyotini o`rgandi) embriologiya bilan shug`ullangan.
Preformatsiya nazariyasining tarafdorlari (A.Levenguk, Ya.Svammerdam, M.Malpigi, Djems Kuk, A.Galler, Sh.Bonne) organizmlar “dunyoning yaratilishi” paytida yaratilgan va juda kichik (mayda) holda jinsiy hujayralar ichiga joylashgan, degan noto`g`ri fikrlarni asoslab, fanning kelajak taraqqiyotiga to`sqinlik qilgan.
Epigenez nazariyasini ilgari surgan olimlar (Aristotel, K.F.Volf, G.X.Pander, K.M.Ber, A.O.Kovalevskiy, I.I.Mechnikov) preformatsiyaga keskin qarshi chiqib, organizmlarning taraqqiyoti g`oyasini ilgari surganlar.
Ivan Kuleman qo`ylar tuxumdonida yuz beradigan siklik o`zgarishlarni o`rgangan bo`lsa, Petr Ash odam va turli hayvonlar urug` suyuqligini o`rgangan rus mikroskopist-biologlaridandir.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish