O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti


MAXMURNING HAYoTI VA IJODI



Download 435,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/21
Sana20.09.2021
Hajmi435,95 Kb.
#180201
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti -2012

 

 

MAXMURNING HAYoTI VA IJODI. 



Reja: 

1.

 

Shoir hayoti va ijodiy faoliyati 

2.

 

Shoir lirikasi 

3.

 

Shoir hajviyoti va undagi timsollar  


 

45 


 

Maxmur  XVIII  asrning  oxiri  va  XIX  asrning  birinchi  yarmida  yashab  ijod 

etgan,  o`zining  satirik  asarlari  bilan  o`zbek  adabiyotini  rivojlantirishga  sezilarli 

hissa qo`shgan shoirlardan biridir. 

Maxmur taxallusi bilan ijod etgan shoirning nomi Mahmud bo`lib, u XVIII 

asrning oxirlarida Qo`qon shahrida o`sha davrning ilg`or ziyolisi oilasida dunyoga 

keldi.  Maxmurning  otasi  Mulla  Shermuhammad  o`z  davrining  e`tiborli 

mudarrislaridan va Akmal taxallusi bilan she`rlar yozgan shoirlaridan edi. 

Maxmur  butun  umrini  Qo`qonda  mhim  o`tkazib,  ahyon-ahyondagina 

Farg`ona  vodiysi  qishloqlarida,  Hapalak  kabi,  shuningdek  Xo`jand  atrofi 

viloyatlari, Qaroqchiqum, Qurama, Asht va boshqa joylarda sayohatlarda bo`lgan. 

O`zbek  adabiyotining  etuk  shoiri  o`z  asarlari  bilan  o`zbek  adabiy  tilining 

shakllanishiga  katta  ta`sir  ko`rsatgan.  O`zbek  adabiyoti  xalq  demokratik 

yo`nalishning  shakllanishi,  kuchayishida  tanqidiy  realizm  oqimining  vujudga 

kelishida favqulodda hal qiluvchi rol` o`ynagan. 

Maxmur  fors-tojik  adabiyotida  Rudakiy,  Ubayd  Rakoniy,  o`rta  asr 

Movaraunnahr  arabiyzabon  adabiyotida  ibn  Lahxomlar  asos  solgan  hajviyot 

«Qo`qon adabiy muhiti» bilan bog`liq davrda o`zbek badiiy-ijtimoiy muhitida keng 

rivojlanishiga,  unda  mustaqil  fan  (ya`ni  san`at  majmui`)-2-sifatida  gullab-

yashnashicha sabab bo`lgan salaflardan biridir. 

Maxmur  hayot  qiyinchiliklariga,  oilasining  og`ir  iqtisodiy  ahvoliga, 

kambag`alligiga  qaramay  o`z  davri  uchun  ancha  mukammal  ma`lumot  oldi, 

xususan  Qo`qondagi  Madrasai  Mirni  tugalladi,  grammatika,  hisob,  handasa,  ilmi 

nujum,  tib,  mantiq  kabi  ilmlarni  egalladi.  Rudakiy,  Firdavsiy,  Sa`diy,  Hofiz, 

Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Saib Tabriziy va boshqalar merosini chuqur o`rgandi. 

Maxmur  o`ylangan, uning  uch farzandi bo`lgan.  Shoir  qanchalik  o`qimishli 

bo`lmasin,  iqtisodiy  jihatdan  nihoyatda  qiynalib  yashagan,  hatto  bolalariga  non 

topishga ham qiynalib qolgan. 

Ana shu davrda u Umarxonning lashkariga sipoh (askar) qilib olinadi. Lekin 

sipohlikda  ham  Maxmurning  moddiy  ahvoli  yaxshilanmaydi.  Maxmurning 

kiyishga kiyimi, eyishga ovqati bo`lmaydi: 

Kechalar yotgani na qo`shim bor, 

Kunduzi ichgani na no`shim bor, 

Bir ovuch ne o`yimda g`allam bor, 

Ichki gaz ne boshimda sallam bor, 

Boshima gar desam ki sallam yo`q, 

Salla desam uyimda g`allam yo`q. 

Maxmur  xonning  sipohi  bo`lib  xizmat  qilsa-da,  to`g`ri  so`zligi  uchun 

shohning  marhamatlariga  sazovor  bo`la  olgan  emas  edi.  Saroy  ahli  Maxmurning 

ustidan kular va turli ayblar taqshicha intilar edi. Maxmurning hayoti o`sha davrda 

«misli soillar» (tilanchilar)ga aylanib qolgan xalq ahvolining yaqqol misoli edi. 

Maxmur og`ir hayot kechirib, bu hayotini yaxshilash yo`llarini axtardi, lekin 

topa olmadi; xon va amirlarga umid bog`ladi, lekin umidi saroy bo`lib chiqdi. 

Maxmur  faqat  Qo`qon  shahrining  o`zida  emas,  balki  uning  atrofidagi 

qishloqlarda  ham  keng  ommaning  yomon  ahvolda  kun  kechirayotganini  ko`rdi, 



 

46 


xarkim  oqsoqol,  qozi,  mufti,  a`lam  va  aminlarning  nihoyat  darajada  zolimligi  va 

xiyonatchiligining shohidi bo`ldi. 

Qori Qunduziy Komiyning «Tavorixi manzuma» asarida eslatilishicha, shoir 

Maxmur  hijriy  1265  (melodiy  1844)  yilda  vafot  etgan.  Chunonchi,  bu  asarda  bu 

to`g`risida shunday ma`lumot berilgan (mazmuni). 

Farg`ona  mamlakatining  shoirlaridan  bo`lib,  yaxshi  va  kabeh  so`zlari  ham 

o`tkir  bo`lgan,  xususan  hajviyotda  tengi  bo`lmagan  Maxdum  Maxmurning 

(Boytuman qishlog`idagi Mullo Sher Akmalning o`g`li) vafoti tarixini: 

Komiy, kimki uning vafoti yilini so`rasa, 

Garchi sebsiz bo`lsada, xayf u Maxmur o`ldi degin». 

   Maxmurning hozirga qadar yagona nusxa hisoblangan devoni bo`lib, unda 

shoirning asosan satirik va yumoristik xarakterdagi 69 asari (3417 misra) 

to`plangan. Bu devon Maxmurning butun ijodiy faoliyati davomida yaratgan 

adabiy merosining faqat bir qismini-satirik va yumoristik merosini o`z ichiga 

oladi. Shoirning lirik merosi biror devonga to`plangani hozircha ma`lum emas. 

Ammo ko`pgina (manbalarda), bayozlarda, «Majmui shoiron» va shu kabi qo`l 

yozma manbalarda shoirning lirik merosidan namunalar ham bor. Ularning 

ayrimlari nashr etilgan, xolos. 

Maxmurning  bizgacha  etib  kelgan  adabiy  merosi  turli  janrlarda  yaratilgan 

bo`lib, unda g`azal, masnaviy, muxammas, musamman, qasida tarixlarni uchratish 

mumkin. 

Maxmur  adabiy  tur  va  janrlardan  ilg`or  fikr  va  g`oyalarni  ifodalash  uchun 

foydalanib  o`z  asarlarida  zamonasidagi  illatlarni,  hukmron  tabaqalarning  jirkanch 

kirdikorlarini, zolimligi va ahloqiy buzuqligini mahorat bilan fosh etdi. 

Maxmur o`zining hajviy asarlari bilan to`ntarishgacha bo`lgan o`zbek 

adabiyotidagi satirik oqimni rivojlanishida, o`zbek adabiyotidagi demokratik 

tendentsiyaning yanada kuchayishida katta xizmat qildi.Maxmurning satirik 

asarlarida fosh etuvchi yo`nalish, tanqid qiluvchi, daharxanda ostiga oluvchi 

kishi shunday kuchli va baquvvatki, u adolatli turmush va adolatli kishi ideali 

asosida xudo bilan ham munozara qilib, uni mulzam qiladi, xonga ham dadil 

tikilib, adolatli bo`lishni talab etadi, saroy amaldorlariga ham iste`zali boqadi, 

xokim ijtimoiy guruhlarning shofqatsizligini, munofiqlarcha qilmishini ochib 

tashlaydi, ularni masxaralaydi. Ammo hamma o`rinlarda ham shoirning ust-

boshi yupun, och-yalang`och, etim-esirlarga, mehnatkash ommaga bo`lgan iliq 

muhabbati va somimiy sezilib turadi. 

Chunonchi  Maxmurning  «Munojat  ba  dargohi  qoziyul  hojot»  asari 

muxammasi  mulammaoot  janridagi  asar  bo`lib,  unda  muallif  umumiy  tarzda 

«charxi  kajravishning  dastidan»  shikoyat  qiladi,  uning  barcha  qilmishi  yomon, 

jabru  zulmi  esa  «haddu  g`oyatdan  burun»  ekanini  o`zbekcha  va  tojikcha 

bandalarda zo`r achinish va g`azab bilan ifoda etadi: 

Qaysi bir zulmning etay ta`dod, ey garduni dun, 

Kim sening bedodu javring haddu g`oyatdin burun, 

Beunar johilga berding beadad dunyoi dux, 

Jam`i donolarni qilding holini zoru zabun, 




 

47 


Zog`ni a`lo qilib, to`tini nodon aylading. 

Shundan  so`ng  o`sha  garduni  dunning  «ahli  dil  bag`rini  hasrat  o`tida... 

kabob»  etganini,  «sinalar  ma`murasini  seldek...  xarob»  qilg`anini,  so`zida  bir 

rostlik  yo`qligini,  izzat-hurmatli  kishilarni  nihoyat  xor-zor  etganini,  olijanob 

kishilarni  «chahm  zindon  ichra  band»ga  giriftor  etganini  birin-ketin  fosh  qilib 

tashlaydi.  Buning  natijasida  ko`z-o`ngimizda  XIX  asrning  birinchi  yarmida 

mashaqqatli  va  uqubatli  hayotning  mudhish  manzaralari  nomoyon  bo`ladi. 

Maxmurning  mashhur  she`rlaridan  biri  «Hapalak»  (aniqrog`i  «Dar  sifati  qishloqi 

hapalak  ki  bi  Maxdum  Maxmur  taalluq  yofta»)  nomli  g`azalidir.  Bu  g`azal 

nihoyatda o`tkir,  real  yozilganligi  uchun Maxmur  ijodiyotida alohida  o`rin  tutadi. 

Bu asarda shoir o`z zamonasidagi qishloqlarning xarobligi va undagi aholining xon 

va beklar ostida ezilib yotganini aks ettirib, xalq manfaatini ximoya qiluvchi kishi 

sifatida  bu  holga  bir  tomondan  g`oyat  achinadi,  ikkinchi  tomondan  esa,  og`ir 

ahvolni engillashtirishi maqsadida xondan iltifot, adolat qilishini talab etadi. Shoir 

o`z  maqsadini  amalga  oshirishda-qishloq  va  uning  aholisi  ahvolini  chizishda 

shunday  ustalik  ko`rsatadiki,  buning  natijasida  she`rni  o`qigan  har  bir  kishi 

Hapalak deb  atalgan qishloq  «Bir  kapa, ikki kapa,  uch olachuq,  to`rt  katalak»dan 

iboratligini, ular ham: 

Dema uy, balki zaminkandur, agar kirsa kishi, 

Har tarif betiga urgaylar aning ko`rshapalak 

Tarzida ekanini, ya`ni qop-qorong`u erto`ladan boshqa narsa emasligini zo`r 

achinish  bilan  anglab  oladi.  Bu  tasvirdan  ma`lumki,  qochonlardir,  ko`pgina 

xonodonlardan  iborat  bo`lgan  Hapalak  qishlog`i  XIX  asrning  birinchi  yarmiga 

kelib, amaldorlarning zolimligi, hokimlarning lak-lak soliqlari tufayli xarobazorga, 

chordevorga aylanib qolib, aholisi esa: 

Xalqini ko`rsang agar o`lasi-yu qoqu xarob, 

Ochligidan egilib qomati misli kamalak-bo`lib qolgan. 

Shunday  qilib,  Maxmur  Hapalak  qishlog`ining  g`oyat  manzarasini,  undagi 

aholining  nihoyatda  qashshoqlik  bilan  azob  chekib  yashashini,  suvsizlikdan 

qiynalishini tasvirlaydi. 

Shoirning  «Ta`rifi  viloyati  Qurama  va  az  devoni  Kandir  guzashtan»  nomli 

muxammasi  ham  mavjud.  Bu  asar  o`ziga  xos  xarakteri  bilan  sayohatnoma  janri 

xususiyatiga  egadir.  Chunki  unda  avtor  sayohatnoma  janri  xususiyatiga  egadir. 

Chunki  unda  avtor  o`zining  Qirovchini-Cho`li  Qiyomatni  bosib  o`tganini,  Kandir 

dovonidan  oshgani  va  nihoyat  Qurama  viloyatiga  safar  qilganini  hamda  shu 

sayohatdan olgan taasurotlarini yozadi. 

Shoirning hokim tabaqa vakillarini «Dar sifati Niyozcha og`aliq», «Dar hajvi 

Mahmud  Qurama»,  «Dar  madhi  domullo  G`oib  Munishi  Kuyuk»,  «Avsofa  Qozi 

Muhammad Zuhur zargar», «Takabbur», «Avsofi Karimqul» mehtar», «Hajvi chor 

dar  chor  dar  sifati  Navruz  mehtar  komkor»,  «Dar  madhi  Muhammad  Sharif 

otaliq»,  «Dar  sifati  amir  Olimxon,  atrixi  o`»,  «Dar  hajvi  Malono  Fazliy,  saraladi 

she`r  musammo  ba  Abdulkarim  Namanganiy»  kabi  turli  janrlarda  yozgan  satirik 

asarlarida ham ayovsiz fosh qiladi. 



 

48 


Bu asarlarda turli lavozimlarni egallab olgan amaldorlar-xon, mehtar, malik-

ushshuaro,  otaliq  va  munishlar  o`zlariga  xos  tasviriy  vositalar,  shtrix  va  detallar 

bilan fosh etiladi. 

Maxmurning  satira  sohzasidagi  yana  bir  xizmati  uning  o`sha  zamon 

adabiyotida she`rlar tsiklini yaratganligidir. 

Bu tsikl ham g`oyaviy, ham kompozitsion jihatdan bir butunni tashkil etadi. 

Maxmurning satirik tsikldagi she`rlariga uning: 

«Avsofi  qozi  Muxammad  Rajabi  avj»,  «G`azali  Qozi  Muhammad  Rojabi 

Avj  dar  barai  xud»,  Avsofi  Hoji  Niyoz»,  «G`azali  Hoji  Niyoz»,  Afsofi  louboli 

o`ratepagi»,  «G`azali  luobol  dar  borai  xud»,  «Dar  sifati  hakim  Turobiy  hazor 

xoshti»  «Dar  sifati  hakim  Turobiy  hozor  xalta»,  «Dar  sifati  mullo  Ya`qub 

Xo`jandiy»,  «G`azal  guftani  Xujandiy»  (G`azali  mullo  Ya`qub),  «Dar  sifati  qozli 

Xo`ja Sagbon», «G`azali qozim xo`ja sagbon» nomli she`rlari kiradi. Maxmurning 

satirik asarlari devoni bizgacha etib kelgan bo`lsa ham, ammo uning lirik she`rlar 

devoni  hozirgacha  nama`lumdir.  Lekin  turli  bayozlarda  shoirning  lirik  she`rlari 

ham  uchrab  turadiki,  bu  hol  Maxmurning  satira  sohasidagina  emas,  balki  lirik 

she`rlar  yozishida  mohir  ijodkor  ekanidan  dalolat  beradi.  Albatta,  Maxmurning 

«Majmuai  shoiron»da  keltirilgan  g`azallari  shoir  lirik  merosining  hammasi  emas. 

Uning  tojik  tilida  yozgan  g`azallari,  Hafiz  Sheroziy,  Abdurahmon  Jomiy,  Soib 

Tabriziy  kabi  mohir  so`z  san`atkorlari  g`azallariga  bog`lagan  muxammaslari 

diqqatiga sazovor asarlaridir. 

Abdurahmon Jomiy g`azaliga bog`langan muxammasning matlai: 

Ey sarvi sumanbari sihizod, 

Shud ey qaddi tu, chi naxli shamshod, 

Gardida ba bog`i husni bedod, 

Kurboni sari tu sarvi ozod, 

Majmuki ruxat hazor Farhod. 

Mahmur  ijodi  o`zining  badiiy  qimmati  bilan  ham  diqqatga  sazovordir. 

Boshdanoq  shuni  uqtirish  kerakki,  u  mazmunga  muvofiq  adabiy  janrlarni 

tanlashga,  tasvirlanadigan  ob`ektni  ham  tamonlama  ochishga  xizmat  qiluvchi 

janrlarda,  xususan  masnaviy  va  muxammasda  ko`proq  ijod  qilishga  harakat  qildi. 

Shu  bilan  birga,  u  asarlarning  g`oyaviy  va  mantiqiy  izchilligini,  bir  butunligini 

ta`minlashga  alohida  e`tibor  berdi  va,  hatto  o`z  asarlarida  klassik  adabiyotda 

bo`lgan  badiiy  tasvir  vositalarining  mazmunini  ochib  berishga,  tasvirlanayotgan 

ob`ektga muvofiq va mos kelishiga diqqat qilib, o`z davri adabiyotiga ko`ra, katta 

yutuqli  qo`lga  kiritdi.  Shuning  uchun  ham  bir  satirik  she`rning  hajviy  qahramoni 

o`ziga  xos  portret  va  xususiyat  bilan  o`quvchi  ko`z  o`pkida  gavdalanadi.  Salbiy 

obrazlar  portretini  chizishida,  Maxmur  o`zining  ajoyib  san`atkor  ekanligini 

namoyish  etadi.  Shoir  obrazlarni  tashqi  qiyofani  badiiy  tarzda  gavdalantirishda 

shunday  detallarni  topadiki,  buning  natijasida  salbiy  ob`ektning  tashqi 

ko`rinishigina emas, balki uning ma`naviy dunyosi ham oydinlashadi. Chunonchi, 

goh zohid va obid, goh olimi dono, goh shayxi zufukun, goh shoir, goh qozi olimi 

dono,  goh  shayxi  zufukun,  goh  shoir,  goh  qozi  qiyofasida  yuruvchi  firibgor 

Muhammad Rajabning basharasi shunday tasvirlanadi: 

Chiqib ar-ari qaddi chandon uzuk, 



 

49 


Bo`lur saqfi gardung`a qilsang sutun... 

Teribdurkim ofoqdik pattani, 

Yig`ib ko`chadik lakburush lattani. 

Bunda  shoir  sifatlash  va  metaforalarni  ishlatib,  satirik  obrazning  karikatura 

shaklidagi portretini chizgan. 

Shuni  aytish  kerakki,  shoir  ikki  tilda-o`zbek  va  tojik  tilida  mulommaot 

uslubida  she`rlar  yaratib,  birinchidan,  o`zbek  va  tojik  xalqlariga  tushunadigan 

sodda  varavon  she`rlar  ijod  etdi,  ikkinchidan,  bu  ikki  qardosh  xalq  o`rtasidagi 

madaniy-adabiy aloqalar tajribasini yanada boyitdi. 

Albatta,  XIX  asrda  birinchi  yarmida  ijod  etgan  Maxmurning  dunyoqarashi 

qarma-qarshilik  va  kamchiliklardan  holi  emas  jdi.  Bunday  hol  esa,  xususan, 

ijtimoiy  hayot  masalalarini  tushunishi  va  tushuntirilishi  ko`zga  yaqqol  tashlanib 

turadi. 

Shunday qilib, XIX asrning birinchi yarmida Qo`qon xonligida yashab ijod 

etgan, progressiv o`zbek adabiyotining vakillaridan biri bo`lgan Maxmur o`zining 

merosi,  xususan,  satirik  asarlari  bilan  o`zbek  adabiyotining  xazinasini  boyitdi, 

o`zbek satirasi an`analarini davom ettirib, o`zbek satirasining taraqqiyotiga zamin 

hozirladi. 




Download 435,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish