O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti



Download 435,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/21
Sana20.09.2021
Hajmi435,95 Kb.
#180201
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti -2012

SHERMUHAMMAD MUNIS. 

 

REJA 



 

1. Shoirning tarjimai holiga oid ma`lumotlar. 

 

2. Shoir ijodining o`rgalinishi haqida. 



 

3. Munis - lirik shoir. 

 

4. “Munis-ul ushshoq” devonida insoniy - axloqiy mavzularning yoritilishi. 



1.

 

Shoir  she`riyatida  mehr-muhabbat,  insoniylik,  do`stlik  tuyg`ularining 



tarannum etilishi. 

   O`zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili Shermuhammad Munis shoir, tarixchi, 

tarjimon, hattot, sug`orish mutaxassisi, ma`rifatparvar siymo edi.  

 

Munis  1778  yili  Xiva  yaqinidagi  qiyot  qishlog`ida  mirob  oilasida  tug`ildi. 



Uning  bolalik  va  yoshlik  yillari  dastlab  qiyot  qishlog`ida,  so`ngra  Xivada  masjid 

yonidagi  maktabda,  keyincha  madrasada  o`qish,  kitob  mutolaa  qilish  bilan  o`tdi. 

Uning  o`qishi  va  tarbiyasiga  qo`shnisi  Sayideshonxoja  kabi  olim  va  shoirlar 

rao`barlik qildilar.  

 

Munisning adabiyotga bo`lgan xavasini oshirishda, uni she`r mashq qilishga 



va  klassiklarni  puxta  o`rganishga  rag`batlantirishda  o`sha  zamonning  qiroliy,  

Ravnaq,  Mavlono Nishotiy kabi peshqadam va tajribali qalamkashlari muo`im rol 

o`ynagan edilar. 

 

1800  yilda  Avazboy  vafot  etib,  xon  Avaz  inoq  uni  saroyning  farmonnafis 



kotibi  qilib  tayinlaydi.  1804  yilda  Munis  o`zining  ilk  devoni  “Devoni  Munis”ni 

tuzadi.  O`sha  yili  “Savodi  ta`lim”  yoki  “Risolai  savod”  asarini  she`riy  yo`lda 

yozib, talabalarga o`usni xat ta`lim qoidalarini o`rgatadi.  

 

1808  yilda  Elto`zarxon  Xiva  xonligi  tarixini  yozishni  buyuradi  va  u 



“Firdavsul-iqbol” (“Saodat bog`i”) nomli tarixiy asar ustida ish boshlaydi. 


 

50 


 

1812 yilda mirob Erniyozbek vafot etib, xon uning o`rniga Munisni Xorazm 

mirobligiga tayinlaydi. 

 

1819  yilda  xon  topshirig`i  bilan  Mirxondning  ko`p  jildli  “Ravzatus-safo” 



(“Poklik  bog`i”)  tarixiy  asarini  fors-tojik  tilidan  O`zbek  tiliga  tarjima  qila 

boshlaydi. Munis uning birinchi jildini tarjima qilib ulguradi xolos. 

 

1815-1820 yillarda Munis o`zining mukammal devoni “Munisul ushshoq”ni 



tuzadi. “Oshiqlar do`sti” deb nomlangan bu to`plamga shoirning 16 ming misradan 

ziyod she`rlari jamlangandir. 

 

Munis  badiiy  ijodda  o`ziga  Navoiyni  ustoz  deb  biladi  va  ko`p  jihatda 



Navoiyga ergashadi. 

 

U 1829 yilda vafot etdi. 



 

2. Munis o`z davrining etuk shoiri, adibi, tarixchisi, tarjimoni, murabbiysi va 

ma`rifat kuychisi edi. U faqat zamonasidagina emas, balki keyingi davrlarda ham 

xalq o`rtasida madaniyat muo`lislari, shoirlar, olimlar, san`atkorlar va tolibi ilmlar 

o`rtasida  xiyla  shuxrat  qozongan  edi.  Munisning  faoliyatini  va  adabiy  merosini 

o`ganishda  ma`lum  yutuqlar  qo`lga  kiritildi.  Dastlab  sharqshunoslar  Munisning 

oxiriga  etkazilmagan  “Fidasul-iqbol”  asarini  o`rganib,  unga  ko`proq  murojaat 

qildilar.  Munisning  tarixiy  asarini  o`rganishda  V.  V.  Barotold,  P.  P.  Ivanov 

ma`lum xizmat qildilar. Keyingi yillarda esa S. P. Tolstov O`zbek olimlaridan Ya. 

g`ulomov,  Munis.  Yo`ldoshev,  K.  Munoirovlar  Munis  va  Ogahiyning  “Firdafsul-

iqbol” asarini o`rganishda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar.  

 

Adabiyotshunosligimizda Munis hayoti va ijodiga doir ko`plab ishlar qilindi. 



Chunonchi,  shoirning  ijodiy  merosiga  aloqador  bo`lgan  qo`lyozma  va  litografik 

asarlar Xiva, Urganch, Samarqand, Buxoro va Dushanbe kutubxonalarida, ayniqsa 

Toshkentda ko`proq to`plandi. Munisning adabiy faoliyatiga doir bir necha maqola 

va tadqiqotlar bunyodga keldi. Dissertatsiyalar  yozildi. Munis asarlari majmua va 

dasrliklarga antologiya va to`rt tomlik “O`zbek adabiyoti”ga kiritildi. Shoiring o`n 

ming misragacha she`ri aloo`ida “Devon” qilib nashr etildi. 

 

Bulardan ko`rinadiki, Shermuhammad Munisning ijodi keng o`rganilmoqda. 



Hozirda  Munis  ijodining  namunalaridan  keng  kitobxonlar  ommasiga  etkazishda 

katta yutuqlar qo`lga kiritildi.  

 

3.  Munis  asosan  lirik  shoirdir.  Devonining  nomidan  ko`rinib  turibdiki, 



she`rlarining asosiy qismi muhabbat taronalaridir. Shoir ijodida ijtimoiy-siyosiy va 

falsafa mavzusidagi asarlar g`oyat siyrakdir.  

 

Munis  talqinicha,  she`r  jahon  xalqlari  dillarini  oson  zabt  eta  oladigan  eng 



qudratli quroldir. U bitmas tuganmas buloq, qulash nimaligini bilmaydigan buyuk 

koshona,  bag`ishlov  she`rlar  kishilarni  abadiylashtiruvchi  mislsiz  vositadir.  Shoir 

xaqli  ravishda  she`r  va  uning  manbaini  adabiyotga  dao`ldor  xodisalar  sifatida 

belgilaydi.  Munis  aksariyat  g`azallari  nio`oyasida  she`riyat  mulkining  sultoni 

Alisher Navoiy ruo`ida ko`mak va tarbiya kutadi.  

 

Munis  ijodida  ko`plab  talmiq  sa`atiga  murojaat  qiladi.  U  she`larida, 



g`azallarida  tarixiy  shaxslardan  Navoiy,  Sulton  Xusayn,  Mao`mud  g`aznaviy, 

Firdavsiylarni keltiradi. 

 

Munisning ko`p she`rlari musiqaga solinib, xofizlar tomonidan aytilmoqda.  




 

51 


 

Munis  devoni  asosan  iloo`iy  va  insoniy  muhabbat  kechinmalari  talqinidan 

iborat bo`lsada, san`at sankor moo`iyati ijtimoiy hayotning dolzarb masalalari aks 

etgan  g`azallari  ham  uchrab  turadi.  Munis  “So`z”,  ”Shuaro”  she`larida  she`r  va 

ijodkor qadr qimmati haqida qalam tebratadi. 

 

She`r ul tig`i dudamdurkim, jahonni fatx etar, 



 

Chekmayin  lashkar gar olsa ilgiga har podshoo`. 

 

She`r ul nemat erurkim, har necha bazm etsalar,  



 

Lazzati ortar, dog`i qadrig`a topmas nuqs roq. 

 

Munis  qasida  janrida  ham  barakali  ijod  qiladi.  U  qasidalarini  asosan 



Avazbek inoqqa bag`ishlab unga maqtovlar yog`diradi.   Munis 

ijodida 


jamiyat 

o`zgarishlari  ham  o`z  aksini  topadi.  Muhammad  Raximxon  vafotidan  so`ng 

o`ukmronlik  uning  katta  o`g`li  Olloquliga  o`tadi.  Munis  hayotining  keyingi  to`rt 

yili  Olloquli  o`ukmronligi  davrida  o`tadi.  Munis  o`zining  bu  davrida  yaratgan 

baytlarida Olloqulini mamlakat obodonligi, elementlar osoyishtaligi uchun harakat 

qilishga da`vat etish payida bo`ldi.  

 

4.  Muhammad  Rao`imxon  o`ukmronligining  ettinchi  yili  Munis  o`z 



she`larini  to`plab  devon  tartib  bera  boshladi.  Devonga  kiritilgan  she`r  turlari  va 

baytlarining  soni  haqida  shoirning  o`zi  “Munisul  ushshoq”  ning  debochasida 

quyidagilarni  yozadi.  “...Garro  qasidalar,  dil  gusho  g`azallar,  fasohatayin 

tarkibbandlar, latofat tazyin qit`alar, sharif musaddas va muxammaslar, latif ruboiy 

va muammolar, shirin masnaviy va g`amgin tuyug`lar va g`ayr ham taxminan olti 

ming baytdir”. 

 

Mumtoz  poeziyaning  xilma  -xil  turlari  bo`yicha  yaratilgan  baytlari  o`z 



ichiga  olgan  ana  shu  “Munisul  ushshoq”  devonining  bir  qo`l  yozma,  ikki  tosh 

bosma varianti bor. 

 

“Munisul  ushshoq”  devonining  muallifi  O`zbek  adabiyoti  xazinasiga 



qimmatbao`o  durdonalar  qo`shish  yo`lida  she`r  san`ati  ustida  qanday  ishlaganini 

she`rlarining  mavzui  doirasi  g`oyaviy  mazmuni,  badiiy  saviyasi  qanday  ekanini 

klassiklardan  yoki  zamondoshlardan  kimlar  unga  ustozlik  va  o`omiylik  qilganini 

umumiy tarzda devonda o`n sakkizinshi she`rida ko`rish mumkin. 

 

Ma`lumki, Munisning hayoti Xiva xonligiga saroy doirasi bilan bog`langan 



o`olda o`tdi. Lekin u saroy muo`itida yashagan bo`lsada, o`zining fikr hayoli bilan 

xalq  tomoniga  intilib,  ish  olib  borgan.  Binobarin  devondagi  she`larning  mavzu 

doirasi  g`oyaviy  mazmunini  ko`zdan  kechirganda  bunga  aloo`ida  e`tibor  berib, 

shoirning  davrga,  o`ukmdor  doiralarga,  turli  ijtimoiy  guruo`larga,  ilm  o`unarga, 

adabiyot madaniyatga, ishq-muhalbbat 

 va  do`stlik  masalalariga  bo`lgan 

qarashlarini kengroq va chuqurroq tekshirish lozim. 

 

Munis feodal zulm avj olib, xalq og`ir ao`volda yashagan davrdan o`ukmdor 



doiralardan norozi edi. U o`zining anashu noroziligini ifodalovchi she`r va qit`alar 

yaratgan,  ba`zan  esa  ishqiy  lirik  g`azallari  ichiga  norizolik  ruo`idagi  fikrlarini 

qistirib ketgan. 

 

Munis  mamlkat  o`okimi  va  uning  xalqqa  qanday  munosabatda  bo`lishi 



kerakligi  haqida  o`z  davri  uchun  muo`im  bo`lgan  o`z  fikrlarini  olg`a  surdi. 

qabilachilik, urug`aymoqchilik nizolarini qoraladi.  




 

52 


 

5.  Shermuhammad  Munis  18-asr  oxiri  va  19-asrning  birinchi  choragida 

Xivadagi adabiy muo`itda yashab ijod etgan etuk shoir va donishmand, tarixchidir. 

U  o`z  davrida  ro`y  bergan  ko`pgina  voqea  va  xodisalarning  guvoo`i  bo`lgan 

muo`okama  qilgan  va  o`z  qarashlarida  xalqning  o`ukmdorlar  tomonidan 

eo`ilayotganligiga  achingan  va  norizoligini  ifodalagan.  O`z  she`rlarida  hamda 

tarixiy asarlarida mumkin qadar xalqning o`imoyasini ko`zda tutgan xalqparvar va 

ma`rifatparvar shoirdir. Munis ijodida turmushning ko`p tomonlari shoirning xon, 

vazir  va  beklarga,  shayx  va  zoxidlarga,  shoir  va  olimlarga  o`unarmandlar  va 

boshqa meo`nat axllariga bo`lgan qarashlari aks etgan. 

 

Munis  poeziyasida  jao`olat  va  nodonlikka,  ilm-o`unarga  e`tiqod,  she`r  va 



shoirga  o`urmat,  pok  vijdonli  va  vafodor  ishq  axllarini  o`imoya  qilish  kabi 

motivlar asosli o`rinlarni egallaydi. 

 

Shoir hamma  masalalar  tasvirida dastlab ba`zi  kamchiliklar bilan, keyincha 



esa  she`r  san`atining  vakili  sifatida  ish  tutadi  va  zamondoshlariga  hamda  o`zidan 

keyingi  shoirlarga  o`rnak  bo`larli  darajada  badiiy  yutuqlarga  erishadi.  Buni 

shoirning  o`zi  ham  e`tirof  etib  juda  ko`p  qiyinchiliklarni  boshidan  kechirib 

bo`lsada, she`riyatning baland cho`qqisiga ko`tarila olganini qayd etadi: 

 

To musao`har ayladim so`z birla ma`ni kishvarin, 



 

Shoo` men, ey Munis, ao`li donishu idrokmen. 

 

Haqiqatdan  ham  Munis  o`z  zamonasining  adabiy  doirasida  axli 



donishlarning shoo`i edi. 

Nazorat savollari 

1. Shermuhammad Munis adabiy merosi haqida nimalarni bilasiz? 

2. Munisning “Savodi ta`lim” asari qanday asar? 

Tayanch atamalar 

“Munisul ushshoq”-“Oshiqlar do`sti”. . Zullisonayinlik - ikki tilda baravar ijod qila 

olish. 

 

 



 

Tayanch tushunchalar 

 Ma`rifatparvarlik  -  shoirning  o`z  ijodida  ilm  hamda  ta`lim-tarbiya  masalalariga 

urg`u  berishi.  .  Satirik  xarakterdagi  asar  -  hayotdagi  nuqson  va  illatlarni  fosh 

etuvchi kulgiga asoslangan asar. 

          

Adabiyotlar 

 

1. Abdullaev V. O`zbek adabiyoti tarixi. T., 1980. 



 

2. Voo`idov Z. O`zbek adabiyoti tarixidan. T.,1961.  

 

3. Munirov K. Munis, Ogahiy va Bayoniylarning tarixiy asarlari. T., 1960. 



 

4. O`zbek adabiyoti tarixi. 5 jildlik, 4-jild. T., 1978. 

 

 

Tavsiya etiladigan adabiyotlar 



 

 

1. Munis Shermuhammad Xorazmiy. Saylanma. T., 1980. 



 

2. O`zbek adadibyoti. 4 jildlik, 3-jild. T., 1959. 

 

 

 




Download 435,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish