O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti


  MUHAMMADNIYoZ NIShOTIY



Download 435,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/21
Sana20.09.2021
Hajmi435,95 Kb.
#180201
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti -2012

 


 

53 


MUHAMMADNIYoZ NIShOTIY 

Reja: 

2.

 



Nishotiy hayoti va ijodi 

3.

 



Shoir lirikasi. 

4.

 



Nishotiyning «Husnu Dil» dostoni 

5.

 



Dostondagi munozaralar 

 

Hayoti  va  faoliyati.  Nishotiy  XVIII  asrda  etishgan  iste`dodli  lirik  va  epik 

shoirdir. Uning «Husni Dil» dostoni xalq orasida ayniqsa mashhurdir. Bu dostonda 

shoirning  hayotiga  doir  ba`zi  ma`lumotlar  bayon  etilgan.  Chunonchi  dostonning 

kirish qismidagi: 

Bor edi Xorazm diyori erim, 

Ondin edi yaxshi, yomon gavharim. 

Chiqmoqda fikr aylabon ikki rafiq 

Ul dedi: g`urbat sari boshla tariq, 

Men dog`i amrig`a qilib inqiyod, 

Yo`lg`a tushib izladim o`zga savod. 

Poki Buxoro sari qo`ydim qadam, 

Oh, bu xori aro bo`ldim adam. 

Garchi eruk manzili dilkash base, 

Lek musofirg`a emas xush base- 

Kabi  misralardan  ko`rinib  turadiki.,  shoir  Xorazmda  tug`ilgan  va  umrining 

ma`lum  qismini  Buxoroda  o`tkazgan  Aftidan,  XVIII  asr  o`rtalarida  Xorazm  toj-

taxti uchun bo`lgan o`zaro urushlar vaqtida Nishotiy xanovayron bo`lib, bashpana 

va  osoyishtalik  izlab  Buxoroga  borgan  bo`lsa  kerak.  Chunonchi,  shoirning 

quyidagi misralari bunga dalil bo`la oladi: 

Charxi dun nogah o`lub badmijoz, 

Dun elig`a berdi kamolu rivoj... 

Moliki amlok o`dub ul boj o`lub, 

Bizg`a iloji aning ixroj o`lub... 

Nishotiy  Buxoroda  ham  ko`p  qiyinchiliklarni  boshidan  kechirgan.  Tanish 

bilish va turar joyi yo`qligi, oziq-ovqat tanqisligi uni ko`p mashaqqatlarga duchor 

etgan: 

Ne mango ma`voyu ne manzil ayon, 

Vah na dedim turg`ali qayda makon? 

Tu`ma uchun shomu sahar nomishim, 

Tife kibi barmog`i so`rmoq ishim. 

Qay bir alam vasfini tahrir etay? 

Yoki qayu dardni taqrir etay? 

«Husni  Dil»  dostoni  XVIII  asrning  70-yillarida  yozilganligini  e`tiborga 

olganda  «Nishotiyning  Buxoro  hayotidagi  og`ir  domlar  tasviriga  doir  misralari 

asason shu yillarga to`g`ri keladi. 

Nishotiy  Nishotib  nozik  va  jo`shqin  lirik  shoirdir  lirikasi.  Uning  lirik 

she`rlari  «G`azaliyot  va  Muxammasoti  Nishotib»  (bu  1903  yilda  Muhammad 

Yusuf 

Chokariy 



tomonidan  ko`chirilgan 

puxta  nusxa 

bo`lib, 

O`zFA 



 

54 


Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda), «Bayozi mutafarriqa», «Bayozi majmuan 

ash`or» kabi manbalardan o`rin olgan. Nishotiyning: 

Ochganda doli zulfing, etgach shamoli zulfing, 

Qildi hayoli zulfing toroji dinu imon... 

kabi somimiy sevgini tarannum etuvchi g`azallari hayotiyligi va jo`shqinligi 

bilan kitobxonlarni o`ziga maftun etadi. 

Dastlab  shuni  ta`kidlash  lozimki,  Nishotiyning  ijtimoiy-siyosiy  fikr-

munohazalari  ko`proq  «Husnu  Dil»  dostonida,  ayniqsa  uning  kirish  qismi  va 

xotimasida  mujassamlashgan  bo`lsa,  muhabbat  mavzui  bilan  bog`liq  his-

to`yg`ulari,  ichki  kechinmalari  ko`proq  lirikasida  ifodalangan.  Lekin,  shunga 

qaramay,  uning  she`rlarida  lirik  kechinmalar  bilan  birga,  yashagan  muhitning 

ayrim illotlarini fosh qiluvchi va qoralovchi ijtimoiy siyosiy fikrlari ham aks etgan. 

Bunday  she`rlar  yoki  misralar  Nishotiy  lirikasining  ijtimoiy-estetik  qimmatini 

yanada oshiradi. Misol uchun quyidagi bir parchani ko`zdan kechiraylik: 

Yorab nechuk balodir boshimg`a shomi hijron, 

Ne dardig`a nihoyat, ne mehnatig`a payon. 

Ne sabru ne qarorim, ne hush, ne ixtiyorim, 

Ne yoru ne diyorim, ne jon mango, ne jonon. 

Har kunda boshqa g`avg`o, har tunda o`zga savdo, 

Ne manzilu ne ma`vo, yo`qdur makoni imkon. 

Shoir  Navoiy  va  Fuzuliy  g`azallariga  bog`lagan  muxammaslarida  ham 

ko`proq  ijtimoiy  hayot  voqealariga  e`tibor  beradi.  Ayniqsa  Navoiyning, 

davronidur-hijronidir», «oftob-oftob» kabi qofiyalar bilan tamamlangan she`rlariga 

va  Fuzuliyning  «besukun-tale  zabun»  kabi  qofiyalar  bilan  tugagan  g`azaliga 

bog`lagan  muxammasida  Nishotiyning  o`z  davriga,  o`z  muhitiga  tanqidiy 

munosabati shikoyat ruhida ifodalagan fikrlar ko`proq uchraydi. Masalan: 

Yo`qdurur davroni dunparvar madorig`a qaror, 

Inqlobe birla oxir bo`yg`usidir xor-zor 

Shoir  XVIII  asr  o`rtalaridagi  Xeva  xonligi  hayotidan  olgan  taassurotlarini 

lirik  kechinmalar  shaklida  ifodalab,  «davroni  dunparvar»ni  qoralagan  va  o`sha 

mashaqqatli  ayyomdan  qoniqmaganini  yashirmay  yozgan.  Nishotiyning  Navoiy 

g`azaliga  bog`lagan  muxammasining  quyidagi  bandi  ham  mazmuni  jihatidan  shu 

ruhdadir: 

Nechun etmay charxi kajraftor alindin dodkim, 

G`am uza g`am etkurur bedod uza bedodkim, 

Nega hasrat o`tig`a kuymay mani noshodkim, 

So`zi ishqimdin savol etdi un oy farodkim, 

Yuz javobim boru yo`q hushrim demakka bir javob. 

Ozarbayjon  xalqining  mashhur  mumtoz  shoiri  Fuzuliy  o`z  kechinmalari 

fonida  feodal  muhitini  qoralab,  «berahm  falak»,  «beparvo  do`st»,  «qaviy 

dushmon»dan  noroziligini,  dard  ko`pligi  va  tole  zabunligini  tasvirlovchi  bir 

she`rini shunday boshlagan edi: 

Do`st beparvo, falak berahm, davron besukun, 

Dard cho`x, hamdard yo`q, dushman haviy, tole zabun. 




 

55 


Shoir  Nishotiy  bu  misralarda  tasvirlangan  holatni  o`z  muhitida  ko`rganday 

bo`ladi va Fuzuliyning shu g`amgin g`azaliga muxammas bog`lab, Xeva xonligida 

kishilarga,  «hamdam-oh»,  hamnafas-afg`on  «ekanini,  kishilar  ruhi-hazin,  xotiri 

g`ussalarga  to`lib-toshganini  ta`kidlabdi,  mamlakatda  fisq-fujun,  azob  va  o`lim 

rivoj topganidan faryod chekadi: 

Hamrohim-g`am, munisim-dardu rafiqimdur ano, 

Mahramim-mehnat, shafiqim-marg, hamdardim qazo 

Quyidagi  parchada  shoir  o`zini  olov  ichida  qolgan  somon  parchasiga 

o`xshatadi, aql va donish najot yo`li qolmaganligini, falakning teskariligi va davlat 

ishlari tushgunligini ta`kidlab bunday deydi: 

Vah nechuk aylay gumon o`zni bu holatda hayot, 

Xlk aro pinhonman andoq axtarib topmas mamot, 

O`tda bargi kohdek aqlu xirodag`a yo`q najot, 

elda bargi loladek tamkinu donish besabot, 

Suvda aksi sarvdek ta`siri davlat vojgun. 

Nishotiyning  bu  misralari  XVIII  asrning  40-yillaridagi  g`oyat  og`ir  ahvolni 

ko`rsatadi.  Biroq  shoirning  o`sha  muhit-sharoitdan  norozilik  ruhidagi  bu  fikrlari 

faqat  shikoyatligicha  qolavergan;  g`azab  o`tida  yongan  keng  xalq  ommasining 

o`tkir  noroziligi,  qarshiligi  mamlakatda  jabr-zulm  va  xarobalikning  avj  oldirgan 

hukmron doiralarga qarshi kurashni ifodalash darajasiga ko`tarila olmagan. 

Mavjud  tarixiy  sharoit  bilan  izohlanadigan  fikriy  ojizlik  natijasida  shoir 

xalqni xon va beklarga qarshi kurashga da`vat etish o`rniga: 

Zulm etdi charxi zolim, qildi fuzun malolim, 

Ko`p mushkul o`ldi holim, yorab sen ayla oson- 

deb  xudoga  yolvardi.  Shoir  shu  fikriy  ojizlik  natijasida  nima  qilishini 

bilmay, mayxonada hushdan ketgancha ichib, orom olishni istabdi, «ahli xirad»dan 

ajralmoqchi bo`ladi, «or ila namus»ga nafrat izhor etadi, boshi berk ko`chaga kirib 

qoladi: 


Tuting ey ahli xirad biringiz o`zga maqom, 

Kunji mayxona aro men dog`i aylay orom, 

Qutulib bir yo`la sizdin bo`layin masti mudom. 

Qoching ey or ila nomus, keting ey nang ila nom. 

To bakoy rijtai donish bila payvast bo`lib? 

Qo`ying ahbobki loyaqil o`lay, mast bo`lay. 

Bu-shoirning  og`ir  fojiasi  edi.  Nishotiyning  turmush  voqealariga  faol 

qatnashmaganligi,  hayotni  yaxshilashning  haqiqiy  yo`llarini  anglamaganligi, 

hukmron  doiralarni  fosh  qilishda  etarli  darajada  dadillik  ko`rsata  olmaganligi, 

tinchlik  va  osoyishtalik  uchun  kurash  yo`lini  topolmaganligi  shunga  olib  keldiki, 

uning  ayrim  she`rlarida  qayta-qayta  sherlatilib,  siyqasi  chiqib  ketgan  shakllar, 

tashbehlar,  ifodalar  takrorlandi  va  shoir  o`z  qayg`ularini,  g`am-g`ussalarini, 

shayxlar,  zohidlar  va  voqealar  qaratilgan  fikrlarini  ifodalashda  ham  ko`pincha 

an`anaviy tashbehlar va usullarni qayta-qayta qo`lladi. Chunonchi, shoirning: 

Do`stlar pand bu kim, jom ila may no`sh qiling, 

O`zni bilmasdek ichib, shomu sahar jo`sh qiling, 

Zuhdu taqvo bila toatni faromo`sh qiling, 



 

56 


Beribon jami labolab meni madhush qiling- 

Kabi misralari bunga misol bo`la oladi. 

Ammo  Nishotiy  lirikasi  an`anaviy  obraz  va  badiiy  vositalar  doirasida  qolib 

ketmaydi.  Shoirning  bir  qator  she`rlarida  zamonasining  sog`lom  nidosi,  feodal-

klerikal  muhitdan  nolish  barakalla  eshitiladi.  Shoir  o`z  davridagi  aqlu  donish 

aqllarini musibatli hayotidan iztirob chekib: 

Aqlu binish bila to boshdin oyoq zor o`ldilo, 

Sabr zindonida donishg`a giriftor o`ldum, 

Barchadan zor Nishotiy kibi bezor o`ldim... 

kabi alamli misralar bitadi. 

Shoirning  ishqiy-intim  she`rlarida  ham  bunday  ziddiyatlarni  ko`rish 

mumkin. Shuni alohida uqtirish lozimki, shoir qaerda konkret hayotga yaqinlashib, 

ko`z oldida gavdalangan oshiq-ma`shuqlar haqida, jonli odamlar to`g`risida qalam 

tebratsa,  o`sha  o`rindagi  jozibadorligi  va  haroratligi  bilan  ajralib  turadi. 

Chunonchi, uning: 

Har bir kunim edi oy, har oyim erdi bir yil, 

Ul zulfu yuzni ko`proq xush bo`ldi mohu solim, 

Dedimki: shomi hijron to`y erdi ham qorong`u, 

Dediki: ko`zing oydin topding bu tun visolim- 

kabi  baytlari  hayotiyligi,  haqqoniyatligi  bilan  maroqlidir.  Shoir  boshqa  bir 

she`rida  oshiq  va  ma`shuqa  o`rtasidagi  ayriliqning  g`am-g`ussasini  ifoda  etish 

fonida o`zi yashagan davrining g`urbat va alamlarini tasvirlaydi: 

Qayda ul bedilg`a oyo sabru oromu ishkeb, 

Azm etib g`urbatg`a ul qolsa vatan ichra habib. 

Nishotiy  yor  haqidagi  ba`zi  she`rlarini  real  taassurotlar  asosida  yozmagan, 

shuning  uchun  bu  she`rlarida  mavhum  manzara  va  lavhalar,  ta`sirsiz,  kuchsiz 

mubolag`alar,  sun`iy  tashbehlar  uchraydi.  Bunday  she`rlar  yoki  baytlarda  qosh 

kamonga,  kiprik  o`qqa,  zulf  kajdum  (chayon)ga  yoki  ilonga,  qad-qomat  sarv 

daraxtiga yoki niholga, og`iz pistaga, xol qora zog`ga, bel qilga o`xshatiladi, oshiq 

va  ma`shuqlarning  xulq-odatlari,  bir-birlariga  munosabatlari,  oilaviy  hayotdagi, 

muhabbatlaridagi samimiyliklari real tarzda aks ettirilmaydi. 

Shoirning  ayrim  she`r  va  baytlaridagi  bunday  nuqsonlarga  qarab,  uning 

she`rlaridagi iste`dodini kamsitish noto`g`ri bo`lur edi. Chunki Nishotiy hayotiy va 

ijodiy  tajribaga  ega  bo`lgan  borgan  sari  g`oyaviy-badiiy  kamolatga  etib,  bunday 

nuqsonlardan qutulib boradi. 

Nishotiy  she`rlarining  anchagina  qismi  Navoiy  g`azallariga  bog`langan 

muxammaslardan  iborat.  Shoir  Navoiyni  «aql-donishda»  g`urron  kalang»  deb 

ta`riflagan  va  uning  g`azallariga  15  dan  ortiq  muxammas  bog`lagan.  Bu 

muxammaslarning  ba`zilari  Navoiy  misralariga  g`oyaviy-badiiy  jihatdan  mos 

kelmaydi. 

Lekin, bunday kamchiliklardan qat`iy nazar, Nishotiy lirikasi XVIII asrdagi 

poeziyasining go`zal namunasidir. 




Download 435,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish