O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti



Download 435,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/21
Sana20.09.2021
Hajmi435,95 Kb.
#180201
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti -2012

 

                         Reja: 

1. 


 

Davr adabiyotini o`rganilish tarixi. 

2. 

 

Davr adabiyotining manbalari. 



3. 

 

Adabiy manbalarni o`rganishdagi amal qilinadigan tamoyillar. 




 

4. 



 

Tarixiy sharoit va adabiy-ma`naviy muhit xususiyatlari 

 

Sharq  mumtoz  adabiyotida  an`anaviy  adabiyotshunoslik  «Il-mi  adab»  va 



uning  tarkibiga  kirgan  «Ilmi  bade`»,  «Ilmi  aruz»,  «Ilmi  qofiya»  singari  ilmiy 

risolalar hamda tazkira va manoqib kitoblarida davr adabiyotidagi poetik hodisalar, 

ayrim ulug` adiblarning ijodi va ularning uslubiy xususiyatlari aks etmagan bo`lsa 

ham, uch yuz yildan mo`lroq davom etgan bu adabiy davr manbalarini o`z ichiga 

olgan «adabiyot tarixi» XX asr boshlariga qadar yaratilmagan edi. Asrimizning 20-

yillarida,  dastlab,  «adabiy  manbalar»  sifatida  jamlangan  va  nashr  etilgan 

majmualarni ham bu yo`ldagi dadil qadamlar deb aytish mumkin. Bu jihatdan 20-

yillarda  adabiyot  tariximizga  oid  ko`plab  manbalar  to`plandi,  tartibga  solindi, 

ayrimlari  nashr  qilindi  va,  nihoyat,  «adabiyot  tarixi»  yaratish  uchun  muayyan 

zamin hozirlandi. 

1918-20  yillarda  faoliyat  ko`rsatgan  «Chig`atoy  gurungi»  tashkiloti  bu 

jihatdan ilmiy faoliyat boshlagan birinchi ilmiy jamiyat bo`ldi. Keyinroq 1919 yili 

Turkiston  Muxtor  jumhuriyati  hukumati  va  Turkiston  o`lka  mumulmon  byurosi 

mahalliy  xalqlar  adjabiy  merosini  to`plab,  nashr  qilish  haqida  qaror  qabul  qildi. 

Ko`lamli  bu  ishlarni  amalga  oshirish  uchun  Nazir  To`raqulov  (rais),  Fitrat  (rais 

mulvini)  va  Laziz  Azizzoda  (kotib)dan  iborat  boshqaruv  hay`ati  belgiladi.  Bu 

vaziflarning  amalga  oshirish  uchun  Abdurahmon  Sa`diy,  G`ozi  Yunus,  G`ulom 

Zafariy, Cho`lpon, Shokirjon Rahimiy singari olim va adiblar hamda e.Polivanov, 

A.Semyonov, A.Divaev kabi rus mustashriqlari ham jalb qilingan. Bu vaqtga qadar 

esa, o`rganilayotgan adabiy davr manbalaridan Armeniy Vamberining «Chig`atoy 

adabiyoti  xrestomatiyasi»  (1867),  A.Samoylovichning  «O`rta  Osiyo  turkiy 

adabiyotidan  materiallar»  (1917)  nashr  qilingan  edi.  1928  yilda  Fitrat  tomonidan 

«O`zbek  adabiyoti namunalari»ning  P  jildi  nashrga tayyorlana  boshlandi.  Biroq  1 

jild atrofidagi bahs-munozaralar va 20-yillarning oxiridagi o`zgargan adabiy muhit 

bu  majmuani  nashr  qilish  imkonini  bermadi.  Shunda  Fitrat  tomonidan  qator 

maqolalar  «XU1  asrdan  so`ngra  o`zbek  adabiyotiga  umumiy  bir  qarash», 

«Muhammad Solih», «O`zbek shoiri Turdi», «Mashrab» kabilar e`lon qilindi. Ayni 

mana  shu  maqolalarni  davr  adabiyoti  yuzasidan  olib  borilgan  jiddiy  ilmiy 

tadqiqotlar  sifatida  qabul  qilish  mumkin.  Shuningdek,  Abdulhamid  Majidiyning 

Turdi 


haqidagi, 

Lutfilla 

Olimiyning 

«Nodira», 

To`xtamurod 

A`lamov 


(To`g`rul)ning  «Eski  shoirlarimizdan  Muqimiy»  kabi  maqolalar  ham  chg`nashr 

etildi. 


30-yilladagi  adabiy  harakatlar  garchi  20-yillardagi  kabi  keng  ko`lamda 

bo`lmasa  ham  ko`proq  sotsialistik  mafkuraga  mos  keladigan  adiblarni  tanlab  olib 

o`rganishga  harakat  bo`ldi.  Bu  jihatdan  A.Sa`diyning  «O`zbek  burjua  adabiyoti» 

kitobini eslash mumkin. 1945 yilda esa, O.Sharafiddinov «O`zbek adabiyoti tarixi 

xrestomatiyasi»ni  nashr  qildi.  50-60yillarda  XU1  asrdan  keyingi  o`zbek 

adabiyotini  o`rganish  borasida  jiddiy  siljishlar  yuz  berdi.  Bu  jihatdan,  Vohid 

Zohidov,  Subutoy  Dolimov  kabi  olimlarning  maqola  va  tadqiqotlari  arzirli  hissa 

bo`ldi.  Vohid  Abdullaev  o`zining  doktorlik  dissertatsiyasida  Xorazm  adabiy 

maktabi shoirlari ijodining keng o`rgandi. «O`zbek adabiyoti tarixi» darsligining 2 

kitobi  uzoq  yillar  mobaynida  bu  davr  adabiyotini  o`rganishda  tayanch  manba 




 

sifatida  qaraldi.  Shuningdek,  akademik  A.Qayumovning  «Qo`qon  adabiy  muhiti» 



kitobi,  Homil  Yoqubovning  Turdi  haqidagi  maqolasi,  To`xtasin  Jalolovning 

«O`zbek  shoiralari»  nomli  kitobi  kitobxonlar  qo`liga  tegdi.  70-yillarda  Mahbuba 

Qodirovaning  Amiriy,  Muhsin  Zokirovning  Magshrab,  Fathiddin  Ishoqovning 

Gulxaniy  kabi  tadqiqotlari  vujudga  keldi.  90-yillarda  davr  adabiyotini  yangi 

aspektda  o`rganish,  Istiklol  tufayli  ma`naviy  merosga  yangicha  munosabatlar 

shakllanishi  bilan  bog`liq  ravishda  Hasanxo`ja  Muhammadxo`jaev  va  Inoyatulla 

Suvonqulovning  So`fi  Ollohyor,  Nusrat  Jumaxo`janing  Munis,  Ogahiy  va  boshqa 

ijodkorlar  haqidagi  tadqiqotlari  yuzaga  chiqdi.  Biroq  davr  adabiyotining  umumiy 

va xususiy jihatlarini o`zida aks ettirgan, alohida ulug` siymolar ijodini izchil tahlil 

etuvchi,  Istiqlol  mafkurasi  saboqlarini  o`ziga  singdirgan  darslik  yoki 

qo`llanmaning yaratilmagani bu davr adabiyotini o`rganishda jiddiy qiyoinchiliklar 

tug`ilmoqda.  Shuning  uchun  ham  ayrim  talaba  va  tadqiqotchilar  B.Qosimov  va 

N.Jumaxo`ja  tomonidan  yaratilgan  o`rta  maktablarning  10-sinflari  uchun 

mo`ljallangan  darslik  va  majmuadan  vaqtincha  foydalanib  turish  bilan 

cheklanmoqdalar. 

   O`rganilayotgan  davr  adabiy  manbalari  nihoyatda  xilma-xil  va  qariyob  350  yil 

davom etgan muddatda yaratilgani uchun biri ikkinchisini inkor etadigan darajada 

munozaralidir. Shularga qaramay, mavjud adabiy hayotda aks etayotgan an`analar, 

zamonaning  notekis  rivojlanishida  xalq  badiiy  tafakkurining  eng  go`zal 

ne`mat`larini  tanlab  olib,  ularning  yo`nalishlarini  aniqlab,  izchil  ilmiy  tizimga 

solish  zarurati  tug`ilganda  bu  davr  adabiy  manbalarini  quyidagi  yo`nalishlarda 

taraqqiy etganini aniqlash mumkin: 

   1.  Xalq  og`zaki  ijodi  namunalari  va  xalq  kitoblari.  Yozma  adabiyotning 

shakllanishi  va  taraqqiy  etishiga  ta`sir  ko`rsatgan  ushbu  omillar  sifatida 

«Alpomish» dostoni, «Go`ro`g`li» turkum dostonlarini, «Tohir va Zuhra», «Oshiq 

G`arib va Shohsanam» kabi epik asarlar keng tarqalganini eslash bilan birga «xalq 

kitoblari»  umumiy  nomi  ostida  «Yusufbek  va  Ahmadbek»,  «Sanobar», 

«Bo`zo`g`lon»,  «Shoh  Mashrab»  singari  manqaba  va  tasavvufiy  asarlar 

yaratilganini ham eslash joiz. 

2. 


 

Adabiy  an`anaga  ko`ra  «Devon»  tarzida  tartib  berilgan  alohida 

shoirlarning  she`riy  majmualari  bu  davr  adabiyotida  nazm  namunalarining  asosiy 

tarqalish  usuliga  aylangan.  Bu  jihatdan  Munis  va  Ogahiy,  Amiriy  va  Nodira 

devonlarini keltirish mumkin. 

3. Devon shaklida jamlanmagan, amoo she`rlari turli xil manoqib-holotlar, 

tazkiralar,  majmualar,  bayozlar  vositasida  bizgacha  etib  kelgan  ijodkorlarning 

asarlari ham mana shu davr adabiy qiyofasini belgilashda arzirli manba bo`la oladi. 

Bunga  misol  tariqasida  Turdi  she`rlarining  majmua  va  bayozlarda  uchrashi, 

Mashrab she`rlarining turli xil manqaba va xalq kitoblari vositasida bizgacha etib 

kelishi kabi hollarni keltirish mumkin. 

4. Sharq  nasri  an`analarini  o`zida  aks  ettirgan  qissa  va  badiiy  talqindagi 

hikoyatlar  to`plamlari  ham  mana  shu  davrda  yaratilgan  adabiy  mahsullardan  edi. 

Bunga  Xojaning  «Gulzor»,  Gulxaniyning  «Zarbulmasal»  tipidagi  asarlarini 

keltirish mumkin. 



 

5. Tasavvufiy  ruhdagi  g`azallar va hikmatlar  yoki  umumiy  tarzda  olganda 



ayrim  mutasavvif  shoirlarning  ijodlarini  bunga  misol  qilib  keltirish  mumkin:  Qul 

Ubaydiy, So`fi Ollohyor kabilar. 

6. Tarixiy  manbalar  -  sultonlar  va  xonlar  xonadoni  va  sulolasining 

yilnomalari,  ayrim  davrlar  tarixnavislarining  asarlari,  e`tiborli  voqealar  bayoni  va 

boshqa  tarix  asarlari  ham  bu  davrda  ko`plab  yaratilganki,  ularning  aksariyatida 

adabiy  manbalarga  murojjat  qilingan.  Masalan,  Abulg`ozi  Bahodurxonning 

«Shajarayi  turk»,  «Shajarayi  tarokima»,  Muhammad  Amin  Buxoriyning 

«Ubaydullonoma»,  Hakimxon  to`raning  «Muntahob  ut-tavorix»,  Munisning 

«Firdavsul iqbol» asarlari shular jumlasidanjir. 

7. Tarjima adabiyoti namunalari. Bu davrda, asosan, arab va fors tillaridan 

Xorazm adabiy muhitida amalga oshirilgan Hiromiy tarjimasidagi «Chor darvesh» 

asarini,  Ogahiy  tomonidan  o`zbekchaga  o`girilgan  Sa`diyning  «Guliston», 

Kaykovusning «Qobusnoma» asarlarini bunga misol qilib keltirish mumkin. 

8. Adabiyotshunosldikka oid risola va tazkiralar, jumladan, izohli lug`atlar 

tarkibidagi  adabiy-nazariy  lavhalar  ham  bunga  misol  bo`la  oladi.  Bu  jihatdan 

Muhammad Bade` Samarqandiyning «Muzakkiru-l-ashob», Hasanxoja nisoriyning 

«Muzakkiri  ahbob»  tazkiralari,  Muhammad  Hoksorning  «Muntahobu-l-lug`ot»i 

tarkibida  adabiyotshunoslikka  doir  istilohlarning  sharh  qilinishi  kabilarni  eslash 

mumkin. 

9. Zullisonaynlik  an`anasi  Buxoro  va  Qo`qon  adabiy  muhitlarida 

muvaffaqiyat  bilan  davom  etgan  bo`lib,  bu  davrning  eng  old  shoirlari  o`zbek  va 

fors tillarini mukammal suratda egallagan edilar. Qul Ubaydiy, Amiriy, Nodiraning 

forsiy  devonlari,  Hindistonda  boburiylar  tomonidan  yaratilgan  adabiy  asarlarning 

asosan, fors tilida tarqalishi kabi holatlarni eslash mumkin. 

 

Bu  kabi  yo`nalishlarga  tushgan  yoki  tur  va  janrlar  jihatidan  aniq  tasnif 



qilinmagan minglab asarlar ushbu davrda yaratilgan ediki. Ular XX asr boshlariga 

qadar adabiyotshunoslik tomonidan o`rganilmagan, hatto xronologik jihatdan ham 

tartibga solinmagan edi. 

 XU1-X1X  asr  (1  yarmi)  lar  adabiyotini  o`rganishda  amal  qilinadigan 

tamoyillardan  asosiysi  tarixiy  metod  bo`lib,  bu  jihatdan  barcha  yuqorida  tasnif 

qilingan yo`nalishdagi asarlarni izchil xronologik tartibda o`rganib chiqish zarurati 

tug`iladi.  Buning  natijasida  esa,  adabiyotdagi  mavjud  an`anaviylik  va  vorislik 

talablariga  qat`iy  suratda  amal  qilinadi.  Chunki,  ayniqsa,  ushbu  davr  adabiyotida 

an`anaviylik  va  vorislikni  izchil  suratda  kuzatish  mumkinki,  davr  adabiyotiga 

avvaplgi davrlarda yashagan yoki yaqin bir davrda boshqa o`lkalarda yashab, ijod 

etishga  majbur  bo`lgan  turk  tilli  shoirlarining  ijodi  bu  davr  o`zbek  adabiyotiga 

jiddiy ta`sir ko`rsatgan. Bu jihatdan Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur 

va Muhammad Fuzuliy ta`sirini deyarli har bir adabiy manbada uchratish mumkin 

bo`ladi. 

 Davr  adabiyoti  ijtimloiy-tarixiy  voqealar  ta`siri  bilan  bu  davrda  bo`linib 

ketgan  uch  xonlik  hududida  taraqqiy  etgani  uchun  ham    uni  o`rganishda  areal 

adabiyotshunoslik,  ya`ni  adabiy  o`lkashunoslik  nuqtayi  nazaridan  yondoshib,  har 

bir xonlik markazida vujudga kelgan adabiy muhitni o`z ichki qonun-qoidalaridan 

kelib  chiqib o`rganish  maqsadga  muvofiqdir.  Masalan,  Buxoro  va  Qo`qon adabiy 



 

muhitlarida  zullisonaynlik  an`anasi  kuchli  bo`lsa,  Xorazm  adabiy  muhitida  esa, 



turkchilikka  e`tiborni  kuchaytirish  bilan  birga  tarjima  adabiyotiga  alohida  e`tibor 

berilganini ham kuzatish mumkin. Har bir xonlik adabiy muhitida vujudga kelgan 

an`ana va boshqa poetik xususiyatlar ham barqarorlashgan ediki, davr adabiyotini 

o`rganishda bulardan ko`z yumib bo`lmaydi. 

 Bu  davr  adabiyotida  uch  xonlik  markazida  saroyda  vujudga  kelgan  adabiy 

muhit  bilan  birga  saroy  tashqarisida  xalq  hayoti  yoki  sufiylar  qarashlari  bilan 

bog`liq  holda  alohida  adabiy  jarayon    ham  taraqqiy  etgan  ediki,  saroydan 

tashqaridagi adabiyot ayni davrda o`zining etuk namunalarini ham bergan. Shuning 

uchun  ham  xalq  adabiyoti,  ayniqsa,  xalq  kitoblari  bilan  barobar  ravishda  bu 

asarlarning prototiplari bo`lgan ijodkorlar hayoti va ijodini o`rganish ehtiyoji ham 

tug`iladi.  masalan,  Mashrabning hayoti  va  ijodini  «Qissayi  Mashrab»  yoki  «Shoh 

Mashrab»  nomi  bilan  mashhur  bo`lgan  manqabasiz  o`rganib  bo`lmaydi. 

Shuningdek,  So`fi  Ollohyor,  Huvaydo  singari  ayrim  ijodkorlar  asarlarini 

o`rganishda  saroydan  tashqarida  ham  taraqqiy  etgan  adabiy  muhit  xususiyatlarini 

ham inobatga olish lozim. 

 Bu  davr  adabiyotining  tamoyillarini  belgilashda  adabiy  manbalar  tiliga 

e`tibor  berish  alohida  muhim  hodisadir.  Chunki  bu  davr  adabiyotining  tili 

saroyning  dabdabali  tilidan  birmuncha  umumxalq  tiliga  yaqinlashganining  ham 

guvohi  bo`lamiz.  Ayrim  manbalar  tilida  esa,  forsiy  tantanavorlikning  ta`siri  yoki 

g`arb  turkchasining,  xususan,  Fuzuliy  asarlari  tilining  keskin  ta`sirini  ilg`ash 

mumkin.  Bu  ta`sirni  Mashrab,  Umarxon  asarlari  tilida  kuzatganimizdan  tashqari 

Xoniy  taxallusi  bilan  ijod  qilgan  Muhammad  Alixonning  bizgacha  saqlangan 

devonining tili g`arb turkchasiga yaqinligini qayt etmaslik mumkin emas. 

    XU1-X1X  asrlar  adabiyotida  dastlab  temuriylardan  keyin  Buxoroda  hukm 

surgan  O`zbekxonlar  sulolasi,  uning  asoschilaridan  biri  Shayboniyxon 

tasarufidagi  davlat  muayyan  o`rin  tutgan  va  bu  davlatning  parchalanishi  bilan 

vujudga kelgan Xiva xonligi hamda Qo`qon xonliklari, tabiiyki, adabiy jarayonga 

kuchli ta`sir ko`rsatgan. Shuning uchun ham yuqoridagi tamoyillarda ko`rsatilgan 

xususiyatlarni  hisobga  olgan  holda  har  bir  xonlikda  vujudga  kelgan  ijtimoiy-

tarixiy  sharoit  bilan  bog`liq  holda  o`sha  xonlik  markazida  taraqqiy  etgan  saroy 

adabiyoti  va  uning  hududidagi  adabiy  manbalarni  o`rganish  orqasida  bunga 

erishish mumkin. 

 

 

           Tayanch so`z va  tushunchalar: 



 Adabiy  an`ana  va  vorislik,    Adabiy  muhit  va  adabiy  maktab,  Devon  va  bayoz,                  

XX  asr  boshlari  adabiyotshunosligi,  Manqaba  va  holotlar,  Xalq  kitoblari,                  

Tasavvuf adabiyoti, Tarixnavislik, Tarjima adabiyoti, Qalandariylik tariqati 

                       Savol va topshiriqlar: 




Download 435,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish