O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/31
Sana01.01.2022
Hajmi2,91 Mb.
#291542
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Bog'liq
Xorijiy mamlakatlar tarixi va burchi. Haydarali Muhammedov II qism

IX BOB.

 ARAB XALIFALIGI VA MUSULMON HUQUQI 

 

· 

Arab xalifaligining tashkil topishi va taraqqiyot bosqichlari. 



· 

Ijtimoiy va davlat tuzumi  xususiyatlari. 

· 

Musulmon huquqining asosiy belgilari. 



· 

Musulmon huquqining manbalari. 

· 

Shariat  bo‘yicha  fuqarolik  huquqi  masalalarining  tartibga 

solinishi. 

· 

Musulmon  huquqida  nikoh-oila  va  meros  masalalarining 



tartibga solinishi. 

· 

Shariat  bo‘yicha  jinoyat  huquqi  va  sud  ishlarini  yuritish 



tartibi.

 

 



1. Arab xalifaligining tashkil topishi va taraqqiyot bosqichlari 

 

VII  asrda  tashkil  topib,  XIII  asrgacha  hukm  surgan  Arab  xalifaligi 



insoniyat tarixida chuqurroq iz qoldirgan. Arab xalifaligining davlat tuzu-

mi  va  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo‘lgan  huquqiy  tizimi  -  musulmon 

huquqi  Yevropa,  Osiyo  va  Shimoliy  Afrika  hududlariga  tarqalgan.  Xusu-

san,  O‘zbekiston  hududida  ham  VIII  asrdan  XX  asrgacha  islom  dav-

latchiligi va musulmon huquqi amalda bo‘lgan. 

Musulmon huquqi hozirgi vaqtda ham  Yaqin va O‘rta  Sharq hamda 

Shimoliy Afrikaning qator davlatlarida ma’lum darajada harakat qilmoqda. 

Arab  xalifaligining  dastlabki  hududi  Arabiston  yarim  oroli  bo‘lib,  u 

hududiy jihatdan Yevropaning to‘rtdan uch qismiga to‘g‘ri kelgan va uchta 

asosiy viloyatlarga bo‘lingan edi. Uning janubiy-g‘arbiy viloyati - Yaman 

yoki  «baxtli  Arabiston»  bo‘lib,  bu  yerda  dehqonchilik  va  chorvachilik 

mashg‘ulotlari  uchun  qulay  shart-sharoitlar  mavjud  edi.  Yaman  miloddan 

avvalgi  I  ming  yilliklardayoq  yuksak  iqtisodiy  darajaga  erishgan  va  mut-

tasil  ravishda  birining  o‘rnini  ikkinchisi  egallab  kelgan  bir  necha  davlat-

lardan iborat edi. Yaman aholisi qo‘shni mamlakatlar bilan qizg‘in savdo-

sotiq  ishlarini  yuritgan.  Yarim  orolning  Qizil  dengiz  bo‘ylab  cho‘zilib 

ketgan  kambar  qismi  Hijoz  («chegara»)  deb  atalib,  g‘arbda  joylashgan. 

Uning  faqat  ayrim  vohalaridagina  dehqonchilik  qilish  mumkin  edi.  Hijoz 

aholisining  bir  qismi  ko‘chmanchi  chorvachilik  bilan  shug‘ullanardi.  Bu 

yerda,  shuningdek,  Yamandan  keltiriladigan  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlari 

bilan, Eron va Vizantiyada ishlab chiqariladigan hunarmandchilik buyum-

lari  bilan  savdo  qilish  juda  rivojlangan.  Yamandan  Misr,  Suriya  va  Ikki 

daryo oralig‘iga qadar savdo yo‘llari o‘tgan edi. Yarim orolning eng katta 



 

335 


qismi  -  Najd  -  sug‘oriladigan  yerlari  juda  kam  bo‘lgan  g‘oyat  katta  yassi 

tog‘liklardan  iborat  bir  joy  bo‘lib,  faqat  chorvachilik  uchun  yarar  edi.  Bu 

yerda  cho‘l  aholisi  -  badaviylar  («bad-havi»-  arabcha  cho‘lda  yashovchi 

odam, ko‘chmanchi degani) yashardi. 

Arab xalifaligi tarixini uch davrga ajratish mumkin. 

Birinchi davr



 

- arablarda davlatning tashkil topishidan to Umaviylar 

sulolasining hokimiyat tepasiga kelishigacha bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri keladi 

va qarayib 30 yil davom etadi. Bu vaqtda arab davlati tashkil topgan, arab-

larning  ijtimoiy  va  davlat  tuzumida  ibtidoiy  jamoa  tuzumining  ko‘pgina 

qoldiqlari,  harbiy  demokratiya  belgilari  saqlanib  qolgan  edi.  Aynan  shu 

davrdan boshlab Arab xalifaligining o‘ziga xos belgilari - davlat boshlig‘i 

qo‘lida  ham  dunyoviy,  ham  diniy  hokimiyatning  qo‘shilib  ketishi  sodir 

bo‘ladi. 

Ikkinchi  davr



 

-  Damashq  (Suriya)  davri  -  Umaviylar  sulolasining 

hukmronligi davri (661-750 yillar) bo‘lib, bu vaqtda o‘ziga xos despotiya 

ko‘rinishidagi merosiy xalifa boshchilik qiladigan nisbatan markazlashgan 

davlat  tashkil  topgan.  Xalifa  ayni  paytda  islom  dinining  ham  boshlig‘i 

hisoblangan. 

Uchinchi  davr 

-  Bog‘dod  (Eron-Mesopatamiya)  davri  -  Abbosiylar 

sulolasining  idora  qilish  davri  bo‘lib,  750  -  1055  yillarni  o‘z  ichiga  oladi 

va xalifalikning turklar tomonidan bosib olinishi bilan tugaydi. 

VI-VII  asrlardagi  arablarning  ijtimoiy  tuzumida  hali  urug‘chilik 

belgilari  kuchli  edi.  Arablar  -  ko‘chmanchi  (badaviy)  arablar  ham,  o‘troq 

arablar  ham  juda  ko‘p  urug‘  va  qabilalarga  bo‘lingan  edi.  Xun  olish  bor 

edi.  Urug‘ning  boyroq  a’zolari  qurbsizroq  qarindoshlariga  iqtisodiy  jihat-

dan yordam berishi lozim edi. Har bir qabilaning o‘z diniy marosimi mav-

jud  edi.  Qabila  va  urug‘larning  boshida  shayx  va  saidlar  turib,  hokimiyat 

faqat shularning qo‘lida edi. Biroq urug‘chilik tuzumining yemirilish alo-

matlari ro‘y bera boshlagan edi. Urug‘-qabila zodagonlari eng yaxshi yay-

lovlarni  va  dehqonchilik  uchun  yaroqli  uchastkalarni  -  vohalarni  (bunday 

uchastkalarning  o‘zi  oz  edi)  o‘z  qo‘liga  kirgizib  olmoqda  edi.  Zodagon 

oilalarning  ko‘pdan-ko‘p  mollari,  shuningdek,  qullari  bor  edi.  Shayx  va 

saidlar  shu  oilalardan  chiqardi.  Urushda  qo‘lga  kiritilgan  o‘ljalarning  eng 

ko‘p qismi bularga ajratilardi. Arablarda urug‘-qabila zodagonlaridan tash-

qari,  ya’ni  qabila-urug‘  boshliqlari  va  oqsoqollaridan  tashqari,  yana  sha-

harli savdogar-sudxo‘rlardan iborat boshqa bir yuqori tabaqa ham avj olib 

bordi, bu tabaqa ham muayyan bir qabila va urug‘ga kirgan bo‘lib, odatda 

badaviy  qabilalarning  boshliqlari  bilan  qattiq  bog‘langandi.  O‘rta  dengiz-

dan  Hindistonga  boradigan  muhim  savdo  yo‘li  qadimdan  Arabistondan 




 

336 


o‘tardi.  Shu  savdo  yo‘lida  ilk  vaqtlardayoq  katta-katta  savdo  punktlari, 

Makka,  Yatrib  va  boshqalar  vujudga  keldi.  Makka  shahri  ayniqsa  katta 

ahamiyatga ega edi. Arablar o‘rtasida juda dong‘i ketgan ibodatxona bo‘l-

mish Ka'ba va undagi muqaddas qora tosh (hajari asvad) shu Makkada edi. 

Makkada shu Ka'ba atrofida har yili katta yarmarka bo‘lib turardi. Makka-

ning  savdogar-sudxo‘rlardan  iborat  yuqori  tabaqasi  savdodan  katta-katta 

foyda ko‘rardi. Ular qullarni ekspluatatsiya qilish va qul qilib sotish bilan 

ham  shug‘ullanardilar.  Shahardagi  mayda  hunarmandlar  ham  shu  savdo-

gar-sudxo‘rlardan  hamma  vaqt  qarzdor  bo‘lib,  iqtisodiy  jihatdan  ularga 

qaram edi. 

VI  asrning  oxiri  -  VII  asrning  boshlarida  arablar  qattiq  iqtisodiy  va 

ijtimoiy inqirozga uchradi. Yarim orolning aholisi ko‘payib, yer yetishmay 

qoldi. Oddiy arablar uchun katta madad bo‘lib kelgan karvon savdosi ham 

tushkunlikka uchradi. VI asrda eronlar bilan habashlar o‘rtasida bo‘lgan va 

uzoq-uzoq davom etgan urushlar natijasida Yaman deyarli butunlay xarob 

va  vayron  bo‘ldi.  Shimoldan  janubga  va  janubdan  shimolga  tovar  olib 

borish juda ham kamayib ketdi. 

Eroniylar  Hindistonga  boradigan  va  o‘zlari  uchun  foydali  bo‘lgan 

boshqa  bir  yo‘lga,  ya’ni  Tigr  (Dajla)  va  Yevfrat  (Frot)  daryolari  bo‘ylab 

Fors  qo‘ltig‘iga  boradigan  yo‘lga  homiylik  qilardilar.  Ana  shunday  sha-

roitda  arablarda  sinflarning  tashkil  topish  jarayoni  tezlashib  ketdi.  Arab 

shaharlaridagi aholining quyi tabaqalari o‘z ahvolidan norozi edi, ular sud-

xo‘r  boylarga  nafratlanib  qarardi.  Bu  norozilikni  va  nafratlanib  qarashni 

dehqonchilik  bilan  shug‘ullanuvchi  o‘troq  qabilalardagi  va  chorvachilik 

bilan  shug‘ullanuvchi  ko‘chmanchi  qabilalardagi  oddiy  omma  ham  quv-

vatladi,  bu  qabilalar  ham  yerga  muhtoj  edi  va  o‘z  urug‘-qabilasidagi 

feodallasha boshlagan zodagonlardan jabr-zulm ko‘rardi. 

Urug‘doshlik tuzumining yemirilishi jarayoni ayniqsa Hijozda, xusu-

san,  Makkada  ko‘zga  yaqqol  tashlanadi.  Bu  yerdagi  quraysh  qabilasida 

urug‘  -  qabila  aristokratiyasi  ajralib  chiqib,  hokimiyatni  qo‘lga  olgan  edi. 

Badaviylarda urug‘chilik tuzumi ancha uzoq saqlanib qolgan. Lekin ularda 

ham  tez  orada  urug‘-qabila  aristokratiyasi  -  qabila  oqsoqollari  (shayxlar, 

amirlar, sayid (hukmron)lar, qoid (dohiy)lar) va boshqalar ajralib chiqadi. 

Ularning  hokimiyati  amalda  meros  bo‘lib  o‘tadigan  bo‘ldi.  Urushlar 

vaqtida maxsus dohiylar saylanardi. 

Arablarda ham davlatning tashkil topishining asosiy sababi jamiyat-

ning  sinflarga  ajralishi  edi.  Bundan  tashqari,  arablar  iqtisodiy  inqiroz 

tufayli yangi-yangi hududlarga muhtoj bo‘lib, Eron va Vizantiya yerlariga 

kirib borishga harakat qilganlar. Bu inqiroz arab qabilalarining ittifoqlarga 



 

337 


birlashishi  jarayonini  tezlashtirdi,  oqibatda  butun  Arabistonda  yagona 

davlatning tashkil etilishiga olib keldi. 

Mayda  arab  qabilalarini  birlashtirish  harakati,  ayniqsa,  VI  asrda  ku-

chaydi.  Bunga  urug‘  va  qabila  zodagonlari  boshchilik  qilardi.  Qabilalarni 

birlashtirish  yakka  xudoga  sig‘inish  -  monoteizmni  targ‘ib  qilish  shiori 

ostida  o‘tardi.  Arab  xalq  ommasining  ijtimoiy  noroziligi  mafkura  tarzida, 

yangi din - islom dinining vujudga kelishida ifodalandi. VII asrning bosh-

laridan Muhammad (SAV) arab qabilalarini birlashtirish maqsadida islom 

dinini  targ‘ib  qila  boshlaydi.  610  yilda  u  din  targ‘ibotchisi  (payg‘ambar) 

sifatida maydonga chiqqandi.  

Shu  bilan  birga  urug‘lar  o‘rtasidagi  o‘zaro  urush-janjallarni  to‘xta-

tishni ham talab qildi, urug‘larning bir-biridan qasos olishiga, urug‘ va qa-

bilalarning  tor  qon-qarindoshlik  doirasida  biqinib  yotishiga  qarshi  chiqdi. 

Arab jamiyatining bundan buyog‘iga rivojlanishiga g‘ov bo‘lgan urug‘chi-

lik  tuzumining  tor  doirasiga  qarshi  olib  borilgan  bu  kurash  Muhammad-

ning ko‘p xudolikdan qaytib, bitta xudoga - Allohga sig‘inish kerak, degan 

asosiy diniy talabida ifodalandi (islom dinining «Lo iloha illalloh, Muham-

madun rasululloh» degan asosiy formulasi - «xudo - bir, Muhammad uning 

payg‘ambari»,  demakdir).  Alloh  -  quraysh  qabilasidagi  bosh  xudoning 

nomi  bo‘lib,  Muhammad  unga  butun  olam  xudosi  tusini  berdi.  Mo‘min 

musulmonlar  «Allohning  haqiqiy  payg‘ambariga»  (Muhammad  o‘zini 

shunday deb e’lon qilgan edi) so‘zsiz itoat qilishlari kerak edi. 

Muhammad  (SAV)  sudxo‘rlikni  qattiq  qoraladi,  har  bir  kishidan 

kambag‘allarga  yordam  berishni,  o‘z  daromadining  o‘ndan  bir  qismini 

kambag‘allarni boqish uchun ajratishni talab qildi.  

Muhammad  (SAV)  vujudga  keltirgan  yangi  dinning  beshta  asosiy 

qoidasi, ya’ni: 1) bitta xudoga - Allohga ishonish, 2) har kuni albatta besh 

vaqt namozni tark qilmaslik, 3) yilda bir marta ramazon oyida ro‘za tutish, 

4) zakot (kambag‘allarga ushur) berish va 5) haj qilishdan iborat besh farzi 

muhim ahamiyatga ega. Muhammad (SAV) qullikni qonuniy deb hisobla-

di, ko‘p xotin olishga fatvo berdi, savdoga va xususiy mulkchilikka homiy-

lik  qildi.  Shu  bilan  birga  yangi  din  dastlabki  vaqtlarda  xalq  ommasining 

kayfiyati  bilan  hisoblashishga  har  holda  majbur  bo‘ldi.  Zakotning  farz 

qilib  qo‘yilishi  va  sudxo‘rlikning  birmuncha  cheklanishi  buning  yorqin 

dalilidir. 

Dastlabki  vaqtlarda  Makkadagi  quraysh  aristokratiyasi  Muhammad 

(SAV)ga  nihoyatda  dushmanlik  ko‘zi  bilan  qaradi.  Muhammad  Makka-

ning  azaldan  beri  davom  etib  kelayotgan  urf-odatlarining  ildiziga  bolta 

urayotgandek,  Ka'baning  ahamiyatini  gumon  ostida  qoldirayotgandek 



 

338 


tuyulgan  edi.  Qurayshlar  payg‘ambarning  o‘zini  va  uning  barcha 

muridlarini o‘ldirmoqchi bo‘lishdi. Muhammad (SAV) Makkadan qo‘shni 

Yatrib  shahriga  ko‘chib  o‘tishga  majbur  bo‘ldi;  Yatrib  o‘sha  vaqtda 

Makka bilan raqobat qilardi. Bu voqea eramizning 622 yilida yuz berdi. 

Muhammad  (SAV)ning  Yatribga  ko‘chishi  (arabchasiga  «hijrat») 

islom  tarixida  bir  era  bo‘lib,  musulmonlar  o‘z  hisobini  mana  shu  eradan 

boshladi. Shundan keyin Yatrib shahri Madinat-un-Nabi, ya’ni «payg‘am-

bar shahri» deb atala boshladi. Madinada Muhammad (SAV) mo‘minlar - 

«Alloh bandalari»ning katta jamoasini tuzdi («islom» degan so‘z «banda» 

demakdir).  Madinadalik  davrida  ham  Muhammad  (SAV)  bilan  Makka 

o‘rtasida nihoyatda dushmanlik munosabati davom etdi. Madinaga hamda 

ittifoqchi badaviy qabilalarga suyanib turib, Muhammad (SAV) qurol ku-

chi  bilan  makkaliklarni  o‘z  hokimiyatiga  bo‘ysundirdi.  Makka  aristokra-

tiyasi  oxir-oqibatda  yon  berishga  majbur  bo‘ldi.  Makka  aristokratiyasi  is-

lom  dinini  va  Muhammad  (SAV)ning  e’tiborini  tan  oldi.  Lekin  Muham-

mad  (SAV)  ham  Makkaning  diniy  ustunligini,  Ka'baning  va  undagi  qora 

toshning  muqaddasligini e’tirof etib, har bir  musulmon Makkaga haj qili-

shi  shart,  deb  e’lon  qildi.  Bu  bilan  Muhammad  (SAV)ning  yangi  diniy 

tashkiloti quraysh zodagonlarining siyosiy ta’sirini ham tan oldi. Haqiqat-

da,  arablarda  turli  arab  qabilalarini  bitta  qilib  birlashtirgan  davlat  dini 

teokratik shaklda tashkil topa boshladi. Makka zodagonlari va badaviy qa-

bilalarning boshliqlari bu yangi davlatda o‘zlarining hukmronlik mavqeini 

kengroq,  umum  Arabiston  doirasida  mustahkamlab  olish  imkoniga  ega 

bo‘ldi.  Muhammad  (SAV)  vafot  etgandan  keyin,  oradan  ko‘p  o‘tmay, 

islom  bayrog‘i  ostiga  birlashgan  arab  qabilalari  Arabiston  yarim  orolidan 

tashqariga chiqib, Vizantiya, Eron yerlarini istilo qila boshladi. 

Shunday  qilib,  turli  arab  qabilalarining  birlashtirilishi  natijasida 

yagona  arab  davlati  tashkil  topadi.  Bu  davlat  teokratik  -  dinga  tayangan 

davlat bo‘lib, quldorlik tuzumining yemirilishi bilan feodal davlat sifatida 

paydo  bo‘ldi.  Muhammad  (SAV)  vafotidan  keyin  Abubakr  (632-634  yil-

lar),  Umar  (634-644  yillar),  Usmon  (644-656  yillar),  Ali  (656-661  yillar) 

hukmronlik  qilishgan.  Bu  xalifalar  kelib  chiqishlari  jihatidan  Muhammad 

(SAV)ning qarindoshlari yoki yaqin do‘stlari edi. 

Islom ta’limoti bo‘yicha Muhammad (SAV) Allohning yerdagi noibi, 

unga  ummaning  yo‘lboshchisi  degan  unvon  ham  Alloh  tomonidan  beril-

gan.  Bundan  keyin  hech  kim  Allohning  yerdagi  noibi  bo‘lishi  mumkin 

emas. Undan keyin faqat o‘rinbosarlar, merosxo‘rlar, ya’ni xalifalar bo‘li-

shi  mumkin  edi.  Yuqoridagi  to‘rt  xalifa  xuddi  shunday  merosxo‘rlar  edi. 

Xalifalar ham dunyoviy, ham diniy hokimiyat boshlig‘i edi. Qonun chiqa-



 

339 


rish, ijro etish, sud hokimiyati ham ularga tegishli edi. Ushbu to‘rt xalifalar 

islomda  «xulafo  ar-roshidin»  («to‘g‘ri  yo‘ldan  borgan  xalifalar»),  dindor-

lar o‘rtasida 

choryorlar 

deb atalgan. 

Abubakr  Muhammad  (SAV)ning  safdoshlaridan,  uning  qaynotasi 

(Oyshaning otasi) bo‘lib, yirik savdogar edi. Uning davrida Iroq va Suriya 

bosib  olingan,  sosoniylarga  (633  yil),  vizantiyaliklarga  qarshi  (Falastin 

yerlariga,  634  yil)  qo‘shinlar  yuborilgan  va  Arabistonda  islom  musatah-

kamlangan.  U  o‘zi  hukmronlik  qilgan  ikki  yil  ichida  ridda  nomli  arab 

qabilasining kuchli va xavfli qo‘zg‘oloniga duch kelgan. U o‘limi oldidan 

kengash  chaqirib  o‘zining  yaqin  safdoshi  Umarni  (634  yil)  vasiyat  yo‘li 

bilan o‘ziga voris etib tayinlagan. 

Umar xalifaligi davrida Suriya, Falastin, Misr, Iroq va Eronning katta 

qismi  bosib  olingan  va  Arab  xalifaligiga  qo‘shilgan.  U  davlat  apparatini 

ancha mustahkamlagan, soliq tizimini tartibga solgan, davlat xizmatchilari 

va harbiy boshliqlar maoshini aniq belgilagan, bosib olingan mamlakatlar-

da,  shaharlarda  arablarning  harbiy  lagerlarini,  ulardan  keyinchalik  Basra, 

Sheroz, Qohira va boshqalarni vujudga keltirgan. Aynan shu davrda yangi 

musulmon  yil  hisobi  -  hijriy  yil  kalendari  joriy  etiladi.  Islom  an’anasida 

Umar hukmronligi davri islomning «oltin asri» deb hisoblanadi. 

644  yilda  xalifa  Umarga  xristian  qullardan  biri  (hunarmand  kishi) 

suiqasd qiladi. U o‘limi oldidan o‘z atrofidagi 6 kishidan iborat kengashga 

(shuuraga) o‘z oralaridan merosxo‘r saylashni topshiradi. Kengash Madina 

aholisi fikrini o‘rganib chiqadi va Usmonni uchinchi xalifa sifatida tasdiq-

laydi (644 yil).  

Xalifa  Usmon  quraysh  qabilasining  umaviylar  shajarasidan  kelib 

chiqqan edi. Uning davrida xalifalik hududi ancha kengaydi, uning buyru-

g‘i bilan Qur’on matnlari to‘plandi. U makkalik, ayniqsa umaviy zodagon-

larga  homiylik  qiladi,  qarindosh  va  yaqinlariga  davlat  mansablarini  va 

katta-katta  yerlarni,  xazina  mablag‘larini  bo‘lib  beradi.  Natijada  norozilik 

kelib  chiqadi  va  birinchi  xalifa  Abu-Bakrning  o‘g‘li  Abdullo  ibn  Bakr 

rahbarligida (656 yilda) o‘ldiriladi. 

Shundan  so‘ng,  656  yilda  Madinadagi  masjitda  musulmonlarning 

ulkan  jamoasi  -  ummada  Muhammad  payg‘ambarning  yaqin  qarindoshi 

(amakivachchasi  va  qizi  Fotimaning  eri)  Ali  xalifa  etib  saylangan.  Lekin 

umaviylar  uning  hokimiyatiga  bo‘ysunmadilar.  Ular  eski  arab  qabilalari 

qonunlariga  binoan,  Usmonning  o‘limi  uchun  qonli  o‘ch  olishni  talab 

qiladilar.  Bu  harakat  tez  orada  Aliga  qarshi  muxolifiyatning  asosiy  shiori 

bo‘lib qoladi, unga Suriyaning umaviychi noibi Muoviya boshchilik qiladi. 

U yangi xalifani tan olish va unga bo‘ysunishdan voz kechadi hamda 658 



 

340 


yilda  Damashqda  o‘zini  xalifa  deb  e’lon  qiladi.  Ali  taxt  uchun  kurashda 

g‘alaba  qozonolmay,  umaviylar  bilan  kelishishga  ko‘nadi.  Ali  o‘z  davlat 

poytaxtini Madinadan Iroqning Kufa shahriga ko‘chiradi. Alining murosa-

sizlik  siyosatidan  norozi  bo‘lgan  uning  tarafdorlaridan  bir  qismi  (xorijiy-

lar)  suiqasd  uyushtirib,  661  yilda  uni  o‘ldiradilar.  Shu  bilan  xalifalikning 

«respublika davri» deb atalgan davr, ya’ni to‘rt xalifa davri tugaydi. 

Muoviya Suriya hokimi etib tayinlangandan so‘ng arablar istilosi na-

tijasida egalari tashlab ketgan yerlarni, Sosoniy shahanshohlari va Vizanti-

ya  imperatorlarining  mol-mulklarini  qo‘lga  oladi.  Hijozdagi  otasidan  qol-

gan mulkni harbiy asirlar kuchi bilan obod qiladi. Asoratga solingan xalq-

larning ichki ishlariga aralashmay, faqat soliqlar yig‘ish bilan kifoyalanadi, 

joylarda boshqarish ishlarini mahalliy amaldorlarning ixtiyorida qoldiradi. 

Shuning  uchun  ular  uni  qo‘llab-quvvatlagan  edilar.  Ali  vafotidan  keyin 

(661 yil) Muoviya arab zodagonlari va harbiy boshliqlar yordamida yago-

na hukmron bo‘lib qoladi. 

661-685 yillarda Umaviylar Ali tarafdorlari va xorijiylar ustidan g‘a-

laba  qozonib,  hokimiyatni  mustahkamlab  oladilar.  Umaviylar  qator  islo-

hotlar o‘tkazadilar. Ular xalifa lavozimini nasliy mulkka aylantirish, davlat 

xazinasi  va  davlat  arxivini  tashkil  etish,  arab  tilini  davlat  tili  deb  e’lon 

qilish, yangi oltin, kumush va mis pul chiqarish, harbiy-dengiz floti tashkil 

etish va boshqalar bo‘yicha islohotlar o‘tkazadilar. Bu tadbirlar Umaviylar 

davlatining  harbiy-siyosiy  hamda  iqtisodiy  qudratini  oshiradi.  Poytaxt 

Damashqda  qoladi.  Suriya  xalifalikning  markaziy  viloyatiga  aylanadi. 

Umaviylar  davrida  arablar  sharqda  Afg‘oniston,  Hindistonning  shimoliy 

qismi,  Armaniston,  Gruziya,  Movarounnahr,  g‘arbda  Shimoliy  Afrika  va 

Ispaniyaning katta qismini bosib oladilar. 

Umaviylar  sulolasi  VIII  asrning  o‘rtasidagi  Abu  Muslim  boshchili-

gidagi  qo‘zg‘olon  natijasida  ag‘dariladi.  Xalifalik  taxtiga  Muhammad 

(SAV)ning  amakisi  avlodlaridan  bo‘lgan  Abul-Abbos  as  Saffoh  (749-754 

yillar) o‘tiradi va umaviylar avlodlaridan bo‘lgan shahzodalarni qirib tash-

laydi va abbosiylar sulolasiga asos soladi. Poytaxt Damashqdan Bog‘dod-

ga ko‘chiriladi. Bu sulola 750-1055 yillar mamlakatni idora etadi. Mahdiy 

(775-785 yillar), Xorun ar-Rashid (786-809 yillar), Amin (809-813 yillar), 

Ma'mun  (813-133  yillar),  Mu'tasim  (833-842  yillar)  va  boshqalar  davrida 

Arab xalifaligi markazlashgan qudratli davlatga aylanadi, unda feodal mu-

nosabatlar  rivojlanadi.  Arab  xalifaligiga  Yaqin  va  O‘rta  Sharq,  Shimoliy 

Afrika davlatlari kiradi. Feodallar zulmi kuchayishi bilan xalq qo‘zg‘olon-

lari  (masalan,  Bobak,  Muqanna,  Sumbod  Mug‘  boshchiligidagi  qo‘zg‘o-

lonlar, zinjiylar qo‘zg‘oloni va boshqalar) ko‘tariladi. IX asrning II yarmi-



 

341 


dan  boshlab  Abbosiylar  xalifaligining  markaziy  hokimiyati  zaiflasha 

boradi, xalifalik tarkibida bir necha mustaqil davlatlar vujudga keladi. Ma-

salan,  756  yilda  Ispaniyada  Qurtoba  amirligi  tashkil  topadi,  Shuningdek, 

tez  orada  Afrikada  Ag‘labiylar  davlati,  Xuroson  va  Movarounnahrda  So-

moniylar davlati, Marokash, Tunis, Misr va boshqa mustaqil davlatlar vu-

judga keladi. 945 yilda Erondagi Buvahiylar Bog‘dodni egallab, Abbosiy-

larni siyosiy hokimiyatdan chetlashtiradilar. 

1055 yilda Bog‘dodni saljuqiy turklar bosib oladilar va o‘z boshliq-

lari  To‘g‘rulbekni  sulton  deb  e’lon  qiladilar.  So‘nggi  xalifa  Mustasimni 

mo‘g‘ullar  xoni  Xulagu  qatl  ettirgan  edi  (1258  yilda).  XIV  asrda  Arab 

xalifaligi hududi Amir Temur tomonidan bosib olingan. XV asrda xalifalik 

Usmonli Turk saltanati tarkibiga qo‘shib olinadi. 

 

2. Ijtimoiy va davlat tuzumi xususiyatlari 



 

Arab  xalifaligi  ijtimoiy  munosabatlarining  o‘ziga 

xos tomoni shunda ediki, unda Yevropa mamlakatlaridagi 

singari tabaqaviy tuzum o‘rnatilmadi. Bu yerda aholi turli 

guruhlari  huquqiy  holatidagi  o‘ziga  xos  belgi,  avvalo,  musulmonlar  va 

nomusulmonlar, arablar va boshqa xalqlarning huquqlari noteng va har xil 

ekanligida edi. 

Shariat  bo‘yicha  kishining  huquqiy  layoqati  va  muomila  layoqati 

islomga  e’tiqod  qilishiga  qarab  belgilanadi.  Musulmonlar  musulmon 

bo‘lmaganlar oldida imtiyozli hisoblanadilar. Hatto qul musulmonlar erkin 

nomusulmonlarga  nisbatan  imtiyozli  huquqlaridan  foydalanadilar.  Shariat 

bo‘yicha faqat musulmonlar to‘la huquqiy layoqatga ega. Boshqa dindagi-

lar  - 

zimmiylar 

to‘la  huquqiy  layoqatga  ega  emas,  deb  hisoblanganlar. 

Ular  islom  davlatida  musulmon  hukmdorlarga  tobe  bo‘lib  yashayotgan 

hamda o‘zlarining jon va mol-mulklarini musulmonlar omon saqlamoqlari 

uchun har yili juz'ya solig‘i (jon solig‘i) to‘lab turmoqni o‘z zimmalariga 

olgan  g‘ayridinlar  hisoblanadi.  Bu  haqda  Qur’oni  karimning  10-pora  9-

Tavba surasining 29-oyatida shunday deyiladi:  «Allohga va oxirat kuniga 

ishonmaydigan, Alloh va Rasuli harom qilgan narsalarni harom sanamay-

digan, haq din (Islom)ni din qilib olmaydigan ahli kitoblardan iborat kishi-

larga qarshi - to ular o‘zlarini past tutib, jiz'ya (soliq)ni   naqd bermagun-

laricha - jang qilingiz!». Juz'ya solig‘ini to‘lab turgan zimmiylar va musul-

mon  hukmdorlar  o‘rtasidagi  ahdga    qat’iy  rioya  qilmoqlari  haqida  Pay-

g‘ambarimiz  hadislarini  Imom  Al-Buxoriy  ham  o‘z  kitobida  ta’kidlab 

Ijtimoiy 

tuzum


 


 

342 


o‘tgan

92

.  Zimmiylarga  nisbatan  shariat  normalari  faqat  ular  musulmonlar 



bilan  bitimlar  tuzganlarida  yoki  jinoyat  sodir  etganlarida  qo‘llanilgan. 

Boshqa hollarda, ular o‘z fuqarolik-huquqiy aloqalariga amal qilganlar va 

o‘z  oqsoqollari  tomonidan  idora  etilganlar.  Zimmiylarning  musulmonlar 

bilan  nikohga  kirishi,  musulmonlardan  qullarga  ega  bo‘lishi  taqiqlangan. 

Ular ot minib yura olmaganlar, faqat xachir va kichkina eshaklarda yurish-

lari  mumkin  edi.  Ular  uchun  yana  boshqa  bir  qancha  taqiq  va  cheklovlar 

mavjud edi. 

Arab  xalifaligida  ijtimoiy  munosabatlarning  rivojlanishi  qullarning 

huquqiy  holatiga  o‘z  ta’sirini  o‘tkazdi.  Musulmon  huquqi  bo‘yicha  qullar 

huquq subyekti bo‘lmagan, lekin ular o‘z xo‘jayinlarining roziligi asosida 

erkin  kishilar  bilan  shartnoma  tuzishlari  va  mulkka  egalik  qilishlari 

mumkin  edi.  Musulmon  qulni  erkinlikka  qo‘yib  yuborish  savobli  ish 

hisoblangan. 

Erkinlikni  qo‘lga  kiritgan  qullar 

mavalilar 

deb  yuritilgan.  Lekin 

ularning  erkinligi to‘liq  bo‘lmagan.  Ularning  ahvoli  xuddi  Rim  imperiya-

sidagi erkinlikka chiqarilgan qullarning ahvoliga o‘xshash edi. Mavalining 

mol-mulki  u  o‘lgandan  so‘ng  merosxo‘ri  bo‘lmasa,  xo‘jayiniga  o‘tgan. 

Arablar  tomonidan  bosib  olingan  xalqlarning  aholisi  ham  mavalilar  deb 

atalgan. 

Arab xalifaligi rivojlanishining yuqoridagi uchta bos-

qichida  uning  davlat  tuzumi  o‘zgarib  borgan.  Arab  xalifa-

ligining  birinchi  davrida  hali  davlat  tuzumida  harbiy 

demokratiya  qoldiqlari  saqlanib  qolgan  bo‘lsa,  Umaviylar  va  Abbosiylar 

davrida xalifalik despotik davlatga aylangan. 

Muhammad  (SAV)  Makkadagi  muhojir  sheriklari  (muxojirun)  va 

madinalik  tarafdorlari  (ansor)  bilan  birgalikda  o‘zining  «Umma»  nomli 

diniy-siyosiy  jamoasini  tuzadi.  Bu  ayni  vaqtda  arablar  yerida  qon  yoki 

qarindoshlik rishtalari asosida emas, balki g‘oya asosida ijtimoiy tashkilot 

vujudga  keltirishga  dastlabki  urinish  bo‘lgan  edi.  Buning  uchun  shunday 

universal  qonun  talab  qilinadiki,  u  ana  shu  vaqtgacha  kuchli  yoki  ayyor 

rahbarlik irodasi ustunlik qilgan jamiyatda yangilik kiritishi lozim bo‘lgan 

qabila  yo‘lboshchisi  bo‘lishi  yoki  yerdagi  qandaydir  boshqa  mavjudotdan 

yuqori turishi kerak edi. 

Muhammad (SAV) tashkil etgan diniy-siyosiy jamoa ana shu g‘oya-

ga asoslangan bo‘lib, unda Alloh davlat mustaqilligining timsoli, payg‘am-

bar esa umrbod uning qonuniy noibi va yerdagi oliy rahbar edi. U ana shu 

tariqa o‘z qiyofasida yakka hokimga xos obro‘-e’tiborning barcha jihatlari-

                                                 

92

 

Qarang: 



Imom al-Buxoriy. «Hadis». 1997, 2-jild, 346-bet

Davlat 



tuzumi

 



 

343 


ni  birlashtirgan  edi.  U  Allohning  qonun-qoidalarini  dindorlarga  uning 

so‘zlari bilan e’lon qilgan va ularni o‘zi va boshqalar oldida muvaffaqiyatli 

himoya qila olgan edi. Shu bilan birga Muhammad (SAV) qavmlari uchun 

mutlaq qonun chiqarish hokimiyatini o‘zida saqlab qoldi. 

Bundan tashqari u oliy sudya, cheklanmagan ijroiya va harbiy hoki-

miyatga  ham  ega  edi.  Zabt  etilgan  qabilalar  unga  itoat  etishardi;  u  bilan 

shaxsan  ittifoqlar  tuzilardi.  U  aholining  butun-butun  guruhlarini  quvg‘in 

qilish  yoki  ularni  jazolash  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilar,  soliqlar  va  ularni 

undirib  olish  usulini  belgilar,  qo‘lga  kiritilgan  o‘ljalarini  erkin  tasarruf 

etardi. Muhammad (SAV)ning obro‘siga doir mutlaq va shaxsiy o‘ziga xos 

xususiyati  shundan  iborat  ediki,  u  hech  qanday  kengash,  hech  qanday 

majlis o‘tkazishni joriy etmagandi. Aytilishicha, garchi u o‘z tevarak-atro-

fidagilardan  tez-tez  maslahat  so‘rab  tursa-da,  lekin  ularda  hamisha  taso-

difiy va aslo majburiy bo‘lmagan tavsiyalar haqida gap borardi. 

Butun  ijtimoiy  hayot  masjid  qonunlari  doirasida  borardi.  Bu  yerda 

barcha  muhim davlat va jamoa  masalalari hal etilardi,  ommaviy ibodatlar 

o‘tkazilardi, hukmlar e’lon qilinar va ijro etilardi. Masjidga tirkab qurilgan 

suffa  deb  ataluvchi  zal  o‘quv  xonasi,  masjid  hovlisi  esa  harbiy  o‘quv 

maydoni hisoblanardi. 

Garchi  yosh  musulmonlar  jamoasida  ruhoniylar  tabaqasini  belgilash 

va ierarxiya tashkil etishdan voz kechilgan bo‘lsa-da,  payg‘ambar (SAV) 

tez  orada  o‘z  vakolatining  bir  qismini  shaxsiy  vakillariga  topshirishga 

majbur  bo‘ldi.  Ana  shu  vakillarining  malaka  mezonlari  ularning  halol-

pokligida,  musulmon  huquqini  (shariatni),  bunga  qadar  islomga  ko‘rsatib 

kelingan  xizmatlarni  bilishda  edi.  Muhammad  (SAV)  harbiy  boshliqlar, 

soliq  yig‘uvchilar,  harbiy  boylikni  saqlovchilarni,  shuningdek,  hujjatlar, 

mulkiy holatlarni qayd etish, soliq tushumlarini baholash, xatlar yuborishni 

tartibga solish uchun kotiblar ham tayinlardi. 

Birinchi musulmon davlati Madina shahrida tashkil etilgandan keyin 

bir necha yil o‘tgach, u Arabiston yarim orolining katta qismini qamrab ol-

di, shundan keyin payg‘ambar viloyat boshqaruvi tizimini joriy qildi. Har 

bir viloyat tepasida endi valiy turardi, u jamoat xavfsizligi va tartibini saq-

lash, shuningdek, sud vazifalarini ham ado etishi lozim edi. U ayni vaqtda 

imom  ham  bo‘lib,  dindorlarning  ommaviy  ibodatlariga  boshchilik  qilardi. 

Muhammad  (SAV)  hayot  vaqtida  musulmon  davlatchiligi  shak-shubhasiz 

teokratik (diniy hukmronlikka asoslangan) edi. Alloh davlatining oliy mus-

taqil  hokimi  sifatida  Muhammad  (SAV)  Allohning  buyruqlarini  amalga 

oshiruvchi, yetkazuvchi sifatida maydonga chiqdi. Payg‘ambar (SAV) shu 

tariqa  o‘zining  farmoyishlarini  ifodalamasdan,  xudo  amrini  bajaruvchi 



 

344 


sifatida ish ko‘rdi. Bu lavozimda u ikki vazifani ado etdi: birinchidan, pay-

g‘ambar  vazifasini  bajardi,  ya’ni  Alloh  so‘zlarini  dindorlarga  yetkazib 

turdi; ikkinchidan, Allohning yerdagi dunyoviy noibi vazifasini bajardi. 

Payg‘ambar  (SAV)ning  Madinada  barpo  etilgan  davlatdagi  davlat-

huquq vaziyati o‘ziga xos darajada noyob va betakror edi, chunki Muham-

mad (SAV) Qur’on bo‘yicha «Allohning payg‘ambari va payg‘ambarning 

so‘nggisidir». Shu tariqa payg‘ambar lavozimini meros qilib olishga avval 

boshdanoq barham berilgan edi: Muhammadning (SAV) Alloh vakili sifa-

tidagi mavqei faqat uning shaxsi bilan cheklangan bo‘lib, uning izdoshlari-

ga meros bo‘lib o‘tishi mumkin emas edi. Lekin musulmon dinshunoslari-

ning fikricha, Muhammad (SAV) yerdagi noib, ya’ni musulmonlar jamoasi 

-  ummaning  yo‘lboshchisi  sifatida  bevosita  Allohning  o‘zi  tomonidan 

e’lon qilingan bo‘lib, uni faqat xalifalar meros qilib olishlari mumkin edi. 

Arabcha  -  «xalifa»  so‘zi  merosxo‘r  yoki  o‘rinbosar  ma’nosini 

bildiradi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, xalifalar (arabcha «xillaafa») di-

niy vazifalar bilan birga dunyoviy vazifalarni ham bajarardilar. Shu tariqa 

ular  davlat  va  hukumat  boshlig‘i,  shuningdek,  musulmonlar  ommaviy 

ibodatlarining ma'naviy rahbari ham edilar. 

Dastlabki  to‘rt  xalifa  musulmon  aslzodalari  orasidan  saylangan  edi. 

Muhammad (SAV) payg‘ambarning vorislari hisoblangan bu xalifalar ham 

diniy,  ham  dunyoviy  hokimiyatga  (qonun  chiqaruvchi,  ijrochi,  sud  hoki-

miyatiga)  ega  bo‘ldilar.  V.V.Bartold  ana  shu  o‘ziga  xos  xususiyatni  qayd 

etar ekan, bunday deb yozgan edi: faqat «dindor xalifalar davridagina Arab 

xalifaligidagi oliy hokimiyat teokratik xususiyatni saqlab qoldi. Bu davrda 

xalifalar  faqat  diniy  rahbarlar  (imomlar)  emas,  shu  bilan  birga  harbiy 

rahbarlar (amir al-mo‘minin) ham bo‘lib qoldilar». 

Shunday qilib, xalifalik teokratik shakldagi davlat bo‘lib, unga xalifa 

-  payg‘ambar  (Allohning  yerdagi  «vakili»  va  «noibi»)  ning  o‘rinbosari 

boshchilik qilgan. 

Xalifalar  o‘z  qo‘lostilarida  ham  diniy,  ham  dunyoviy  hokimiyatni 

jamlagan edilar. Shundan keyingi davrlarda mahalliy musulmon hukmdor-

lari  tomonidan  xalifalardan  mustaqil,  alohida  hokimiyatning  o‘zlashtiri-

lishi,  arab  huquqshunoslari  ta’limotiga  ko‘ra  dinga  asoslanmagan  hukm-

ronlik edi. 

Xalifa hokimiyatining manbai quyidagilar edi: 

birinchidan, 

uning musulmon jamoasi tomonidan saylanishi; 

ikkinchidan,

 xalifaning vasiyat tariqasidagi farmoyishi. 

Vaqt o‘tishi bilan haqiqiy real hokimiyatni qo‘lga kiritish usuli odat-

dagi usulga aylandi. Xalifa o‘z talabini qondirgan har qanday kishini o‘zi-



 

345 


ga voris qilib tayinlashi mumkin edi. Xalifalar xalifa oilasining a’zolaridan 

biri bo‘lishi yoki hech bo‘lmasa Muhammad (SAV) payg‘ambarning uru-

g‘idan, ya’ni qurayshlar qabilasidan chiqqan bo‘lishi, kamolatga yetgan va 

tanasida  kamchiliklar  bo‘lmasligi  lozim  edi.  Bundan  tashqari  muayyan 

axloqiy sifatlarga va ma’lumot darajasiga ham ega bo‘lishi talab qilinardi. 

Dastlabki to‘rt xalifa (al-xulafo  ar-roshidin) davlati keyingi asrlarda 

ham  an’anachilar  sifatida,  ham  islohotchilar  sifatida,  ham  musulmonlar-

ning  ideal  davlati  sifatida  maqtalib,  unda  davlatning  dastlabki  musulmon 

tushunchasi sof ma’noda amalga oshgan edi. Musulmonlar orasida,  hatto, 

ekstremistik  qarashlar  ham  mavjud  bo‘lib,  ularga  binoan  ushbu  xalifalar-

dan  keyingi  davrdagi  qonuniy  musulmon  idora  usulining    mavjudligi 

umuman inkor etilardi. Ularning hukmronlik davri Abubakrning 632 yilda 

birinchi xalifa lavozimiga o‘tirishidan to 661 yilda to‘rtinchi xalifa Alining 

o‘ldirilishiga qadar bo‘lgan qariyb o‘ttiz yilni qamrab oldi.  

Musulmon  ta’limotida  dastlabki  to‘rt  xalifa  hech  vaqt  begunoh 

kishilar  deb  qaralmagan,  lekin  ular  birmuncha  e’tibor  va  ishonchga  sazo-

vor  bo‘lishgan.  Taxmin  qilishlaricha,  ularning  sofligi  va  Muhammad 

(SAV)ga sadoqati uning farmoyishlariga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar-

dan  saqlanishlariga  yordam  bergan.  Bordi-yu,  ulardan  birortasi  bu farmo-

yishlarni  bilmasdan  buzgan  taqdirda  payg‘ambarning  boshqa  muxlislari 

ularni to‘g‘rilagan bo‘lishardi. Buning oqibati shu bo‘ldiki, to‘rt xalifaning 

tajribasi,  xuddi  Muhammad  (SAV)niki  kabi  tez  orada  qonun  tusini  olgan 

ediki, keyingi musulmon hukmdorlarida  odatda bu narsa bo‘lmagan. 

Muhammad (SAV) va uning to‘rt bevosita merosxo‘rlari davrida mu-

sulmon davlati vujudga kelishi tongotarida hukumatning shakli va vazifa-

lari o‘ziga xos bir qator xususiyatlarga ega bo‘ldiki, ular keyinroq musul-

mon  davlati  huquqiy  tizimining  yanada  rivojlanishini  belgilab  berdi.  Ke-

yinchalik  tashqi  ko‘rinishi  jihatidan  bu  davlatga  Eron  va  Vizantiya  ta’sir 

ko‘rsatgan bo‘lsa ham ular muhim o‘zgarishlarga olib kelmadi. Lekin mu-

sulmon  davlatining  aniq  ifodasi:  monarxiya  shakli,  hukmdorning  shaxsiy 

obro‘si  va  davlat  boshqaruvining  teokratik  xarakterda  bo‘lishi  namoyon 

bo‘lib qoldi. 

Bu yerdagi mutlaq hokimiyat ma’nosidagi monarxiya shakli lavozim 

egasining  mumtozligidan,  shuningdek,  xalifaning  o‘z  lavozimini  umrbod 

egallaganidan  va  saylanganidan  keyin  hech  bo‘lmaganda  nazariy  jihatdan 

davlatdagi birdan-bir obro‘li kishi ekanligidan kelib chiqar edi. 

Faqat  bitta  musulmon  jamoasi  -  umma  mavjud  bo‘lib,  shunga  mo-

nand  jamoaning  yo‘lboshchisi  ham  bitta  edi.  Aytishlaricha,  Abubakrni 

saylash oldidan davlat boshlig‘i qilib muhojir va ansor vakillaridan iborat 



 

346 


kengash  belgilashga  intilish  bo‘lgan  edi.  Asosan  Umarning  bu  g‘oyaga 

qarshi keskin norozilik bildirishi tufayli bu intilishni bostirishga muvaffaq 

bo‘lindi.  Umar  yerdagi  mustaqqillikni  hech  qanday  shaxs  yoki  tashkilot 

bilan  bo‘lib  o‘tirmadi,  vali  (viloyat  hukmdori)  lar,  harbiylar  yoki  vaqt 

o‘tishi  bilan  xalifalik  hududida  ta’sis  etilgan  tashkilotlar  xalifa  obro‘si 

asosida va uning rahbarligida ish olib bordilar. To‘g‘ri, dastlabki xalifalar 

ko‘pincha  o‘z  atrofidagi  kishilardan  maslahat  so‘rashardi,  lekin  bu  uning 

shaxsiy obro‘si cheklanishini anglatmas edi. 

Xalifaning  nufuzi  muayyan  hududga  egalik  qilishga  yoki  hukmron-

likka  emas,  balki  ishonch,  umumiy  manfaatlar  kabi  shaxsiy  xislatlarga, 

o‘zining yagona va noyob asoschi bilan aloqasiga asoslanardi: xalifa xudo-

ning marhamati bilan hukmron bo‘lgan edi.  U o‘sha vaqtda odat tusiga ki-

rib qolgan va mavhum davlat obro‘siga asoslangan dunyoviy unvonlardan 

birortasiga ega emasdi.  U xalifa, demak, payg‘ambarning noibi ediki, bu 

narsa favqulodda shaxsiy unsurni anglatardi.  Xalifa so‘ngra tom ma’noda-

gi  imom,  ya’ni  diniy  marosimlar  o‘tkazilayotgan  vaqtda  ummaning  yo‘l-

boshchisi,  nihoyat  «dindorlarning  boshlig‘i  (amir  al-mo‘minin)»  degan 

rasmiy  unvonga  ega  bo‘ldi,  u  birinchi  navbatda  harbiy-siyosiy  ishlarga, 

ikkinchi navbatdagina xalifalikning diniy ishlariga e’tibor qilardi. 

Amir  unvoni  aslida  maxsus  yoki  favqulodda  xususiyatga  ega  emas. 

«Amara»  -  buyurmoq  so‘zining  ildizi  va  «amir»  iborasi  buyruq  berishga, 

ayniqsa  harbiy  ishda  buyurish  huquqiga  ega  bo‘lgan  har  qanday  shaxsni 

bildiradi. Masalan, har bir harbiy boshliq amir bo‘lgan. Musulmon davlati-

dagi harbiy boshliq faqat dindorlarga qo‘mondonlik qilganligi sababli uni 

ko‘pincha  amir  al-mo‘minin  deb  atashgan.  Tez  orada  bu  unvon,  chamasi, 

ikkinchi xalifa Umar davridan boshlab  musulmonlar jamoasi - ummaning 

oliy rahbariga berilgan. Demak, bu hol yuz bergach, u tezda rasmiy tus ol-

gan  va  bu  unvonga  faqat  xalifa  haqli  bo‘lgan.  Xalifa  klassik  musulmon 

davlati nazariyasiga ko‘ra sof  diktatorlik vazifasiga ega deb qabul qilinsa 

ham, o‘z hukmronligini umma nomidan emas, balki bevosita Alloh nomi-

dan olib borgan.  

Musulmonlar  jamoasi  -  umma  oldida  o‘z  asoschisi  vafotidan  keyin 

boshqarishni  qay  tarzda  davom  ettirish  lozimligi  haqidagi  muammo  kelib 

chiqqan.  Arab  xalifaligining  taqdiri  ana  shunga  bog‘liq  edi.  Qur’on  ham, 

hadislar ham, uning vafoti tafsilotlari ham Muhammad  (SAV) hokimiyati 

kimga meros bo‘lib o‘tishi haqida hech qanday yo‘l-yo‘riq bermagan edi. 

Buning ustiga payg‘ambarning erkak merosxo‘ri ham yo‘q edi. 

Sharqdagi    odat  bo‘lib  qolgan  kattalik  huquqi  yoki  birinchi  bo‘lib 

tug‘ilgan  kishi  huquqi  bo‘yicha  meros  tariqasida  tartibga  solishga  avval 



 

347 


boshdanoq  o‘rin  yo‘q  edi.  Qonuniy  merosxo‘r  sifatidagi  shaxs,  uning 

tayinlanish  belgilari  mutlaqo  noaniq  bo‘lib  qolayotgan  edi.  Shu  sababli 

Muhammad  (SAV)ning  vafotidan  keyin  uning  safdoshlari  orasida  hoki-

miyatning  meros  bo‘lib  o‘tishi  masalasida  o‘z-o‘zidan  bir  necha  guruhlar 

paydo  bo‘ldi.  Bir  tomonda  «muhojirlar»  turishardi.  Ular  Muhammad 

(SAV) mansub bo‘lgan qurayshlar qabilasi orasidan merosxo‘rni ilgari su-

rish huquqini ko‘tarib chiqdilar, bu qabila a’zolari Makkada uning maktu-

bini birinchi bo‘lib qabul qilgan edilar. Ularga «ansor» lar qarshi turishar-

di, ular ham meros ko‘rsatish huquqiga da’vo qildilar, chunki payg‘ambar-

ga Madinada boshpana bergan edilar, busiz islom chuqur ildiz otishi mum-

kin emasdi. Nihoyat, shialarning

93

 fikricha, merosxo‘r tanlashda tasodiflar-



ga  va  saylov  yig‘ilishining  qarshilik  ko‘rsatishiga  yo‘l  qo‘yish  Allohning 

va Muhammadning irodasi bo‘la olmaydi: bu lavozim shuning uchun alo-

hida mo‘ljallangan shaxsga, ya’ni Muhammad (SAV)ning amakivachchasi 

Aliga tegishli bo‘lishi lozim. 

Mazkur qarshi kurashda muhojirlarlar g‘alaba qozonishdi. Ular Abu-

bakrni  merosxo‘rlikka  nomzod  qilib  ko‘rsatishga  rozilik  bildirishdi.  Pay-

g‘ambar muxlislari orasida u ancha nufuzli va hurmatli shaxs bo‘lib, Mu-

hammad (SAV)ni va uning ta’limotini e’tirof qilgan dastlabki makkaliklar-

dan  biri  edi.  Muhammad  (SAV)  boshqalardan  ko‘ra  unga  alohida  e’tibor 

berardi. Abubakr Madinadagi birgalikda o‘qilgan ommaviy ibodatlarda va 

631  yilda  Makkaga  qilingan  birinchi  safarda  payg‘ambarning  o‘rinbosari 

bo‘lishi  mumkin  edi.  Bundan  tashqari,  u  Muhammadning  qaynotasi 

(Oyshaning otasi) edi 

Hal  qiluvchi  yig‘ilishda  g‘ayratli  Umar  o‘zini  davlat  hokimiyatini 

meros qilib olish uchun eng munosib kishi deb atadi va mutlaqo kutilma-

ganda Abubakrni yoqlab chiqdi: u to‘s-to‘polon avjiga chiqqan bir vaziyat-

da  Abubakrning  qo‘lini  ko‘tardi,  uni  noib  va  Allohning  yuborgan  vakili 

deb e’lon qildi. Shunday qilib, xalifalik islomning ko‘pgina jarayonlari va 

muassasalari  kabi  kutilmaganda  paydo  bo‘ldi.  Ayni  vaqtda  Abubakrni 

saylash vaqtida shunday usulga ruxsat etildiki, bu usul islomgacha bo‘lgan 

davrda  qabila  yo‘lboshchilari  bo‘lgan  sayidlarni

94

  saylash  chog‘ida  tatbiq 



etilgan  edi.  Ikki  tomonlama  prinsip:  xalifaning  qurayshlar  qabilasidan 

                                                 

93

 

Shiyalar 



dastlabki uch xalifani xalifalikni barbod qiluvchilar deb bilishadi va faqat Alini va uning qonuniy 

avlodlarini payg`ambar merosxo`rlari deb tan olishadi. Hozir ularning markazi Eron bo`lib, bu yerda XVI asrdan 

boshlab islom davlat dini hisoblanadi. Yamandagi zayditlar va ismoiliylar shiyalarning mazhablari hisoblanadi.

 

94



 

Sayid 


islomdan oldingi Arabistonda hukmronlikning birdan-bir mashhur tipi edi. Qabila boshlig`i, ba'zi 

birlashgan qabilalar boshlig`i bo`lgan sayidning obro`si shaxsiy hurmatga asoslangan bo`lib, u qisman uning kelib 

chiqishiga, lekin avvalo yo`lboshchining shaxsiy xislatlariga, saxiyligiga, qabiladoshlariga muomala qilishda 

chapdastligiga bog`liq edi. Uning huzuriga qabiladoshlari istalgan vaqtda kelaverar, hech qanday rasmiyatchilik uni 

va unvonini himoya qilmas edi




 

348 


kelib  chiqishi  va  uning  rasmiy  ravishda  saylanishi  sunnalar  islomida 

xalifalik bilan bog‘liq bo‘lib qoldi.  

Musulmon  tadqiqotchilarining  fikricha,  Abubakr  og‘ir,  vazmin,  sof 

vijdonli va xayrihoh kishi bo‘lib, o‘ziga meros tariqasida topshirilgan dav-

lat hokimiyati Mas’uliyatiga hushyorlik bilan qat’iy munosabatda bo‘lgan. 

U  o‘zi  hukmronlik  qilgan  ikki  yil  ichida  ridda  nomli  arab  qabilasining 

xavfli qo‘zg‘oloniga duch keladi. Qo‘zg‘olon payg‘ambar vafotidan keyin 

ko‘tarilgan  edi.  Aftidan,  Abubakrning  xalifalikni  va  islom  ta’limotini 

himoya  qilish  bilan  bir  qatorda,  davlat  ichidagi  tartibni  mustahkamlash 

uchun vaqti qolmas edi. 

Xalifa  Umar  musulmon  arab  davlatini  boshqarishni  bu  davlatning 

o‘rnatilishi hal qiluvchi o‘n yilligi davrida egalladi.  Amerika olimi F. Xitti 

uni  Muhammaddan  (SAV)  keyin  ikkinchi  musulmon  diniy  davlatining 

asoschisi  deb  ataydi.  Umar  yosh  davlatning  yirik  istilolari  davrida  oddiy 

ma’muriy  tashkilotlar  tuzish  tashabbuskori  bo‘ladi.  Garchi  bu  yerda 

voqealar  va  tuzilmalar  ancha  sekinroq  va  izchillik  bilan  sodir  bo‘lgan 

bo‘lsa-da, musulmonlar tarafdorlari bu aynan xalifa Umarning xizmati deb 

ko‘rsatadilar. Ikkinchi xalifa hukmronlik qilgan davrda islom dinini shun-

day darajaga ko‘taradiki, bu davr keyingi yillar uchun islomning oltin asri 

bo‘lib qoladi. 

Xalifa Umar dastlabki mustaqil sudyalarni tayinlaydi, harbiy nafaqa-

lar  uchun  harbiy-qabila  ro‘yxatlarini  joriy  etadi.  Harbiylarning  bunday 

ro‘yxatini  tuzish  xalifa  tomonidan  qaror  qabul  qilinganidan  keyin  zarur 

bo‘lib  qoldi.  Mazkur  qarorga  binoan  bosib  olingan  barcha  yer  mulklari 

harbiylar  o‘rtasida  taqsimlanishi  kerak  bo‘lsa  ham,  muayyan  yer  solig‘i 

to‘lash  yo‘li  bilan  avvalgi  egalari  mulki  bo‘lib  qoladi.  Davlat  bu  pullarni 

olib, o‘z jangchilariga nafaqa to‘laydi. Bu xuddi yer maydonlaridan olina-

digan tovon - rentadan iborat edi. Bu arablarda katta  yangilik bo‘lib, ular 

boshqarishdagi  rasmiyatchilik  usullariga  unchalik  o‘rganmagan  edilar. 

So‘ngra soliq tizimi hisoblash va hisobot tuzish ishlarini talab qilardi. Shu 

sababli bosib olingan yerlarda ularni joriy etishda ma’lum darajada Vizan-

tiya  va  Eron  tajribalaridan  foydalanildi.  Davlat  yerlari  va  egalari  tashlab 

ketgan  yerlar  bundan  mustasno  bo‘lib,  ular  bevosita  davlat  mulki  bo‘lib 

qolardi.  

Harbiy-siyosiy gubernatorlar - valilar bilan bir qatorda (ular lavozim-

ga  o‘tirish  vaqtida  tegishli  viloyatning  bosh  masjidida  o‘zlarining  tayin 

etilganligini  o‘qib  berishlari  lozim  edi)  xalifa  harbiy  viloyatga  moliyaviy 

boshqaruv - aamila uchun yana arab vakilini ham tayinlardi. Barcha daro-




 

349 


madlar  jamoat  xazinasiga  yoki  davlat  xazinasi  (bayt-al-mol)  ga  tushardi, 

ularga dastlabki xalifalar patriarxal tarzda boshchilik qilishardi. 

Shunday  qilib,  xalifa  Umar  o‘z  hukmronligi  davrida  yagona  musul-

mon davlati dushmanlarining qarshiligini uzil-kesil bostirdi va Arabiston-

da  siyosiy  birlik  o‘rnatdi.  Ayniqsa,  u  yagona  davlat  apparatini  tashkil 

etishga intildi va mamlakatda davlat boshqaruviga asos soldi. Xalifa Umar 

sudning vazifalarini ma’muriy vazifalardan ajratdi. Mahalliy hokimiyatlar 

sudlarning  qaroriga  aralashish  huquqiga  ega  emas  edilar.  Oliy  sudyalar 

xalifalarning  o‘zlari  hisoblanar  edi,  joylarda  qozilar  sudya  hisoblanardi, 

ular  xalifa  tomonidan  tayinlanib,  keng  vakolatlarga  ega  edilar.  Ular  sud 

ishlaridan tashqari vasiylar tayinlashar, merosni taqsimlar va vaqf mulkini 

boshqarardilar

95



Xalifa  Usmon  quraysh  qabilasining  umaviylar  shajarasidan  kelib 



chiqqan  edi.  Arab  tarixchilarining  ta’kidlashicha,  u  chinakam  olijanob  va 

shaxsan tartib-intizomli kishi edi, qolgan sohalarda esa unga o‘z o‘tmish-

doshining  g‘ayrat-shijoati  yetishmasdi.  U  ancha  zaif  bo‘lib,  o‘z  urug‘i 

a’zolarining  tayziqiga  qarshi  turolmasdi,  shu  sababli  o‘zi  hukmronlik 

qilgan davrda davlatning ancha yuqori lavozimlarini, shu jumladan viloyat 

boshliqlari lavozimini umaviylar urug‘ining a’zolari egallab olishdi. 

Shu  tariqa,  xalifa  Umarning  harbiy-aristokratik  ma’muriyati  uning 

kuchsiz merosxo‘ri davrida haddan tashqari sun’iy bir ma’muriyatga ayla-

nib qoldi. Umaviylar hukmron tayinlashda eski arab tanlov prinsipini vali-

ahdlik  (merosxo‘rlik)  prinsipi  bilan  almashtirishga  erishdilar.  Bu  qoidani 

xalifalikning  keyingi  davrida  butunlay  bekor  qilishning  imkoni  bo‘lmadi. 

Saylov  qoidalariga  rioya  qilish  xalifa  hayotligida  uning  o‘zi  tayinlagan 

o‘rinbosarga  viloyat  beklari  va  davlatning  obro‘li  kishilarini  qasamyod 

qildirish orqali ta'minlanardi. 

Merosxo‘rlik  haqida  aniq  bir  qonunning  yo‘qligi  har  xil  tortishuv-

larga  sabab  bo‘lardi.  Hukmdor  ota  o‘zining  eng  iqtidorli  o‘g‘lini  valiahd 

etib  tayinlashga  harakat  qilardi.  Bunda  yaqin  qarindoshchilik  prinsipi  yot 

edi, bu esa yoshi ulug‘ erkak katta mavqega ega bo‘lishiga asoslangan arab 

qabilaviy prinsiplariga zid kelardi. Shu sababli bo‘lsa kerak, 14 ta umaviy 

xalifalardan  faqat  to‘rttasigina  o‘z  o‘g‘illarining  valiahd  (merosxo‘r) 

bo‘lishiga erishganlar. 

Umaviylar  davrida  davlat  mutlaqlashtirilgan  monarxiyaga  aylanib 

ketdi.  Shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,  arab  tilida  bizning  umumiy 

siyosiy-huquqiy tushunchamizdagi «davlat» so‘zi yo‘q. Ibn Xaldun (1333-

                                                 

95

 



Qarang: 

Хайдарова М.С. Формирование и развитие мусульманского права в Арабском халифате в VII-

VIII вв.//Quyidagi kitobda: историко-правовые иследования: проблемы и перспективы.М.,1982, 33-bet.

 



 

350 


1406 yillar) kiritgan «daula» atamasi hozirda «davlat» deb tarjima qilinsa 

ham  aslida  «sulola»  tushunchasiga  mos  keladi.  Bu  «qirollik»,  «qirol 

hokimiyati»  tushunchalarini  anglatuvchi  «mamlakat»  so‘zida  ham  ifoda-

langan bo‘lib, arablarning o‘ziga xos tafakkurini ko‘rsatadi. 

Davlat  tepasida  xalifa  turgan.  Unga  butun  oliy  hokimiyat  tegishli 

bo‘lgan. U qonun chiqarish, ijro etish va sud hokimiyatiga ega bo‘lgan. U 

Allohning  yerdagi  vakili  va  noibi,  Muhammad  (SAV)ning  merosxo‘ri, 

shuningdek, imom, ya’ni xudoning yerdagi soyasi hisoblangan. 

Arab xalifaligining birinchi davrida xalifa saylanib qo‘yilardi. Uma-

viylar  va  Abbosiylar  davrida  xalifa  lavozimi  nasldan  naslga  meros  bo‘lib 

o‘tadigan  bo‘lgan.  Xalifa  cheklanmagan  hokimiyatga  ega  bo‘lgan  despot 

bo‘lib qolgan. Arab xalifaligining birinchi davrida xalifalar xalqdan alohi-

da  bo‘lishga  intilmagan  hamda  kamtarona  hayot  tarzida  yashagan  bo‘lsa-

lar,  Umaviylar  va  Abbosiylar  juda  boy-badavlat  turmush  kechirganlar. 

Umaviylar  va  Abbosiylar  davrida  ancha  keng  va  nisbatan  markazlashgan 

byurokratik apparat tashkil etilgan. 

Xalifa huzurida 

kengash (shuura)

 mavjud bo‘lib, muhim ishlarni hal 

etgan. Xalifaning bevosita maslahatchisi va o‘rinbosari, davlatda oliy man-

sabdor  shaxs  buyuk  ministr  bo‘lgan. 

Ministr


  so‘zi  arabcha  «og‘irliklarni 

ko‘taruvchi» degan ma’noni bildiradi. Buyuk ministr juda katta vakolatlar-

ga ega edi. U xalifa nomidan davlatning daromad va  xarajatlarini nazorat 

qilardi,  amirlar  va  sultonlarni  tayinlardi.  U  xalifa  devonxonasi  boshlig‘i 

hisoblangan. 

Saroydagi muhim mansablar: xalifaning shaxsiy qo‘riqchilari boshli-

g‘i;  politsiya  boshlig‘i;  boshqa  mansabdor  shaxslarni  nazorat  qiluvchi 

maxsus chinovnik edi. 

Davlat  boshqaruvining  markaziy  organlari 

devonlar 

deb  atalardi. 

Arab xalifaligida quyidagicha 

devonlar

 bo‘lgan: 

Al-Xiroj

 - ichki ishlar devoni - moliyaviy ishlarga rahbarlik qilgan; 

Al-Xatim

  –  xalifa  kotibiyati  hisoblangan,  yashirin  politsiya 

funksiyasini ham bajargan; 

Al-Rasoil -

 pochta va aloqa devoni bo‘lgan. U pochtalarni va davlat 

yuklarini  yetkazib  bergan.  Yo‘llarni,  karvon-saroylarni,  quduqlarni  quri-

lishiga rahbarlik qilgan; 

Al-Mustaqilot

 - harbiylarni hisobga olish, armiyani ta'minlab turish 

vazifasini bajargan. 

Ushbu  ko‘rsatilgan  to‘rtta  devon  Umaviylar  davrida  tashkil  topgan 

bo‘lsa, Abbosiylar davrida devonlarning soni 10 taga yetadi. Devonlarning  

boshida  xalifa  tomonidan  tayinlanadigan  ministr,  ya’ni 

rais-ud-devon

 



 

351 


turardi.  Yuqoridagilardan  tashqari,  davlat  xazinasi  - 

bayt-al-mol

  ham 

bo‘lib, u zakot solig‘ini undirish ishlarini yuritgan. 



Armiya. 

Dastlab armiya asosan arab qabilalaridan va ko‘ngillilardan 

iborat edi. Xalifa oliy bosh qo‘mondon hisoblangan. U armiyadagi oliy va 

o‘rta  darajadagi  zobitlar  tarkibini  tayinlagan  va  almashtirib  turgan.  Uma-

viylar  davrida  har  bir  viloyatning o‘z  qurolli kuchlari  (otryadlari)  mavjud 

edi.  Ularga  tegishlicha  viloyat  hukmdorlari  boshchilik  qilgan.  Abbosiylar 

davrida ulkan harbiy dengiz floti tashkil etiladi. 

Sud. 


Sud hokimiyati ma’muriy hokimiyatdan ajratilgan edi. Mahalliy 

hokimiyatlar sudyalarning qaroriga aralashish huquqiga ega bo‘lmaganlar.  

 

3. Musulmon huquqining asosiy belgilari  



 

Musulmon  huquqi  -  shariat  o‘rta  asrlardagi 

Sharq sivilizatsiyasining juda katta hodisasi hisob-

lanadi.  Bu  huquqiy  tizim  Arab  xalifaligi  doirasida 

vujudga kelib, rasmiylashgan va asta-sekin xalqaro 

ahamiyat kasb etib borgan. Uning rivojlanish jara-

yoni  arab  davlatchiligining  VII  asr  boshida  (Mu-

hammad  salollulohu  alayxi  vassallam  davrida)  kichik  patriarxal  diniy 

jamoadan  VIII-X  asrlarda  (Umaviylar  va  Abbosiylar  davrida)  yirik  impe-

riyalardan biriga o‘sib o‘tishi jarayoni bilan chambarchas bog‘liq. 

Arab xalifaligi qulagandan so‘ng musulmon huquqi nafaqat o‘zining 

ilgarigi  ahamiyatini  yo‘qotdi,  balki  yanada  taraqqiy  etdi,  xuddi  o‘rta 

asrlarda  Yevropadagi  rim  huquqi  singari  «ikkinchi  marotaba  dunyoga 

keldi»  hamda  o‘rta  asrlardagi  Osiyo  va  Afrikaning  u  yoki  bu  darajada 

islomni  qabul  qilgan  qator  mamlakatlari  (Misr,  Hindiston,  Usmoniylar 

imperiyasi  va  boshqa  ko‘pgina  davlatlar)ning  amaldagi  huquqida  ham 

musulmon huquqi arab istilosidan boshlab to «qizil imperiya» hukmronligi 

o‘rnatilgunga qadar muhim o‘zgarishlarsiz harakatda bo‘ldi. 

Musulmon  huquqi  o‘zidan  oldingi  Sharq  huquqiy  madaniyatining 

ko‘pgina  elementlarini,  jumladan,  islomga  qadar  Arabistonda  va  arablar 

tomonidan bosib olingan hududlarda harakatda bo‘lgan huquqiy odatlar va 

an’analarni  ham  o‘zida  aks  ettirdi.  Masalan,  Umaviylar  davrida  ancha 

vaqtgacha sosoniylar, Eron, Vizantiya huquqi, shuningdek, qisman rim hu-

quqi ham ahyon-ahyon qo‘llanib turilgan. Ushbu manbalar tashqi jihatdan 

va  kam  ahamiyatli  bo‘lsa-da,  shariatning  vujudga  kelishida  ma’lum  o‘rin 

tutgan. Lekin ularning oqibatda shariatning betakror va o‘ziga xos, musta-

qil  va  original  huquqiy  tizim  sifatida  shakllanishiga  hech  qanday  aloqasi 

Musulmon 

huquqining 

vujudga kelishi 

va rivojlanishi 

xususiyatlari

 



 

352 


yo‘q. Shariatning vujudga kelishida Muhammad (SAV) va dastlabki to‘rtta 

xalifaning  o‘rni  juda  katta.  Aynan  ularning  hukmronligi  davrida  musul-

monlarning muqaddas kitoblari - Qur’oni Karim va Sunna tuzilgan. 

Shariat eng boshidan (hech bo‘lmaganda dastlabki ikki asr mobayni-

da)  qat’iy  diniy  huquq  sifatida  vujudga  keldi  va  rivojlandi.  U  islom  ilo-

hiyoti  bilan  uzviy  qo‘shilib  ketdi,  uning  diniy  axloqiy  tasavvurlarini  mu-

jassam etdi. Islom ta’limoti bo‘yicha diniy qoidalar yagona Alloh tomoni-

dan  o‘rnatilgan  tartib  va  qonunlarning  bir  qismi  bo‘lib,  ular  bilan  butun 

dunyo boshqariladi. Ayniqsa dastlabki vaqtlarda umuman shariat va xusu-

san fiqh


96

 o‘zida faqat huquqiy qoidalarni aks ettiribgina qolmay, diniy ta’-

limot va axloqni ham mujassam etgan. Shariatda din, axloq va huquqning 

bunday  qo‘shilib  ketganligi,  bir-biridan  ajralmaganligi,  bo‘linmaganligi 

o‘ziga  xos  ifodasini  shundan  topgan  ediki,  uning  normalari  (qoidalari, 

ko‘rsatmalari)  bir  tomondan  ijtimoiy  («kishilik»)  munosabatlarni  tartibga 

solgan, ikkinchi tomondan esa - musulmonlarning Alloh bilan munosabat-

larini  (ibodat  qilishlarini)  belgilagan.  Shariatning  ilohiy  tadbiq  etilishi  va 

diniy-axloqiy asoslari huquqni tushunishning, shuningdek, qonuniy va no-

qonuniy  xatti-harakatga  baho  berishning  o‘ziga  xosligida  o‘z  aksini 

topgan. Masalan, huquqning islom ilohiyoti bilan chambarchas bog‘liqligi 

shariatda  har  bir  musulmon  tomonidan  sodir  etilishi  lozim  bo‘lgan  yoki 

mumkin bo‘lmagan xatti-harakatlarning aniq ko‘rsatib qo‘yilganligida o‘z 

ifodasini topgan. Shariatda barcha xatti-harakatlar dastlab ikki turga – xa-

rom va halolga ajratilgan. Keyinchalik shariat shakllanib tugallangan davr-

da beshta toifa vujudga kelgan. Bular: 




Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish