O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi farg‘ona soliq kolleji “tasdiqlayman”



Download 1,08 Mb.
bet3/67
Sana01.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#726405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi farg‘ona soliq k

Nazorat uchun savollar:
1.Vatan deganda nimani tuShunasiz?
2.Mustaqillik nima?
3. Vatanimiz erishayotgan yutug‘larni aytib bering?
4. Sizningcha eng vatanarvar inson kim?


Foydalanilgan adabiyotlar
1.Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Sh.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2016.
2.Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbarning kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
3.Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
4.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
5. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.


2-MAVZU: O‘ZBEKISTONDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI MAZMUN MOHIYATI.


Reja:
1. Mustaqillik yillarida yoshlarga oid siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirishning qonuniy asoslari.
2. O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati mazmun mohiyati.

Mustaqillik yillarida Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning “o‘zbek modeli”ga hamda kuchli ijtimoiy siyosat prinsiplariga asoslangan holda yoshlar huquq va manfaatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qator qonunlarda mustahkamlab qo‘yildi. 1991 yil 20 noyabrdayoq qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonun yoshlarning ijtimoiy hamda ma’naviy kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berishga qaratilgan yoshlarga oid siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirishning qonuniy asosini yaratib berdi. Shuningdek, Oila kodeksi, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi, “Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risi-da”gi, “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi qonunlar yoshlar tarbiyasida, ularni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatishda, ish bilan band qilishda, huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim huquqiy baza vazifasini o‘tamoqda.


Davlatimiz rahbarining 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yosh­larga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha cho­ra-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qa­rori mustaqillik yillarida olib borilgan bosqichma-bosqich, tadrijiy islohotlarning mantiqiy va qonuniy davomi bo‘lib, bu boradagi ishlarning yangi bosqichini boshlab berdi.
Qarorning aynan bugungi kunda qabul qilinishi fikrimizcha, qu­yidagilar bilan izohlanadi: Birinchidan, mustaqil­lik yillarida yoshlar siyosati bo‘yicha amalga oshirgan ishla­ri­mizni sarhisob qilar ekan­miz, ularni haqqoniy baholash va islohotlar dasturiga ma’lum o‘zgartishlar kiritish bilan birga, birinchi navbatda, er­tangi kun talablaridan kelib chiqqan holda mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiya­tini rivojlantirish yo‘lidagi izchil harakatlari­mizda yoshlarning faol ishtirokini kuchaytirishi­miz­ga ehtiyoj tug‘ilgani,ikkinchidan, ho­zirgi paytda mamlakatimiz yosh­larining siyosiy-huquqiy mada­ni­yati va ijtimoiy ong da­ra­ja­sining o‘sib borishi, ja­miyatni demokratlashtirish va liberal­lash­tirish jarayon­la­rining jadal rivojlanishi, yosh avlodning ilm-fan, sport sohasida erishayotgan yutuqlari bu sohadagi islohotlarni yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tari­shi­miz uchun zarur shart-sha­roit­larni yuzaga keltirayot­gani, uchinchidan, jahon miqyo­sida glo­bal­lashuv va axborot texnologiyalari tobora kuchayib borayotgan bugungi zamonda biz dunyoda yuz be­ra­yotgan tub o‘zga­rishlarni xoli­sona va tanqidiy baholagan holda farzandlarimiz kelajagini ko‘z­lab, yoshlar siyosatini amalga oshirishda qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilab olish zaruriyatito‘rtinchidan, har tomonlama chuqur o‘y­lan­­gan, aniq maqsad va ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan yoshlarga oid dastur va uni amalga oshirish strategiyasiga ega bo‘lgan mamlakat va xalq pirovard nati­jada muvaffa­qiyat­ga erishishi shular jumlasidandir.
Xalqimizda “Birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukr qil”, degan serhikmat maqol bor. Shundan kelib chiqib, hozirgi tahlikali dunyo­ning bir qator mamlakatlarida kuzatilayotgan turli to‘s-to‘polonlar, tartibsizliklar negiziga e’tibor beradigan bo‘lsak, ularda davlatning o‘sib-unib kelayotgan yoshlarga, ularning hayotdagi qiziqishlari, huquq va manfaatlariga e’tiborsizligi, ulardagi yoshlarga oid siyosatning hozirgi zamonning yangi tahdidlariga javob bermasligi oqibatini ko‘rish mumkin. Ularda, ayniqsa, yoshlar tarbiyasi, ularni ish bilan band qilish, sog‘­lom turmush tarziga o‘rgatish o‘z xoliga tashlab qo‘yilgani achinarli, albatta. Bunday mamlakatlarda davlat va yoshlar o‘rtasida uzilish paydo bo‘lganligini kuzatish mumkin. Ko‘pgina muammolarning zamirida zamon talab qilgan aniq bir kasb-hunarga ega bo‘lmaslik va natijada, ishsizlik, bekorchilik yotadi. Ayniqsa, bugungi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan asrda kimlardir bu texnologiyalarni bunyodkorlik, ilm-fan, taraqqiyot yo‘lida qo‘llasalar, kimlardir ijtimoiy tarmoqlar orqali millionlab ongi mo‘rt, hayotda mustaqil fikrlashga, pozitsiyaga ega bo‘lmagan yoshlarni to‘rga tushirish va o‘z qabih maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida foydalanmoqdalar. Maqsad — yoshlar qalbini egallash, muayyan mamlakat yoki mintaqadagi biror millat yoxud xalqning ongiga, uning sezgi-tuyg‘ulariga ta’sir o‘tkazish, uni o‘z dunyoqarashiga bo‘ysundirish, ma’naviy jihatdan zaif va tobe qilish. Fikr qaramligi, tafakkur qulligi esa har qanday iqtisodiy yoki siyosiy qaramlikdan ko‘ra dahshatlidir.
Bunday sharoitda har qanday hushyor davlat tibbiy til bilan aytganda, “emlash” choralarini ko‘rish lozim bo‘ladi. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek “Barchamiz bugungi hayot oldimizga qo‘yayotgan bir achchiq haqiqatning ma’no-mazmuniga etib borishimiz zarur. Bu achchiq haqiqat shundan iboratki, agarda kimda-kim bizning mustaqil taraqqiyot yo‘limizni, orzu-maqsadlarimizga erishish yo‘lini, yangi jamiyat qurish yo‘lini to‘smoqchi bo‘lsa, avvalo, hali suyagi qotmagan, mustaqil dunyoqarashi shakllanib ulgurmagan yoshlarimizning qalbi va ongining mo‘rtligidan foydalanib, ularning ma’naviyatini buzib, bizning azaliy tabiatimiz va muqaddas odatlarimizga mutlaqo zid bo‘lgan g‘oyalar bilan chalg‘itib, o‘zining g‘arazli va jirkanch niyatlarini amalga oshirish yo‘lida qurol qilib olishga urinadi. Milliy manfaatlarimiz va maqsad-muddaolarimizga begona bo‘lgan bunday zararli mafkuralar tajovuzi, boshqa xavf-xatarlar, ayniqsa, bizning mintaqamizda kuchayib bormoqdaYoshlarimizni bu balo-qazolardan asrash uchun jamiyat ma’naviy hayotida bo‘shliq paydo bo‘lishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bunday bo‘shliq yuzaga kelgan taqdirda esa, uni yoshlarning ilmga, kasb-hunarga, sog‘lom turmush tarziga, bunyodkorlik ishlariga qiziqishlari bilan hamohang bo‘lgan yangicha hayot mazmuni, yangicha qadriyatlar bilan to‘ldirish lozim. Eng muhimi, shuni unutmasligimiz kerakki, yoshlarimizga, binobarin, kelajagimizga tahdid solib turgan bu xavflarning oldini olish uchun bugun qat’iy harakat qilmasak, ertaga kech bo‘lishi mumkin”. Shu nuqtai nazardan Qaror aynan shunday holatlarga nisbatan o‘z vaqtida qabul qilingan bo‘lib, profilaktik xususiyatni ham qamrab oladi.
Qarorga binoan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida, davlat va jamoat tashkilotlarining takliflarini inobatga olib, “O‘zbekiston Respublikasida 2014 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘­shimcha chora-tadbirlar Dasturi” ma’qullandi.
Dastur 7 bo‘lim, 67 banddan iborat. Unda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar ko‘lami ham keng bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, sud-huquq sohalarini o‘zida mujassamlashtirgan. Unda yosh­larning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish, yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvat-lash, ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini tar­g‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, barkamol avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish kabi eng muhim va dolzarb yo‘nalishlarda chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. Dasturda belgilangan yo‘nalishlar o‘zaro uzviy, chambarchas bog‘liq bo‘lib, bir-birini taqozo etadi.
Dasturning birinchi bo‘limida “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish, mahallalardagi Voyaga etmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiyalar faoliya­tini samarali tashkil etish, yoshlarni davlat hokimiyati organlari tizimi va faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga to‘laqonli tushuntirish, yosh avlodni ushbu jarayonlarga keng jalb qilishga qaratilgan turli targ‘ibot loyihalari, tanlovlar, forumlar tashkil qilish belgilangan. Yana alohida e’tiborli jihati shundaki, mazkur bo‘limda ta’lim muassasalari har uch bos­qichini qamrab oladigan “Huquq bilimdonlari”, “Siz qonunni bilasizmi?”, “Tafakkur sinovlari” tanlovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Bundan maqsad o‘quv­chi va talaba yoshlarning hu­quqiy savodxonligini oshi­rish, huqu­qiy madaniyatini yuksaltirishdir. Zero, jamiyat­ning demok­ra­tiya yo‘­lidan jadal rivojla­ni­shi va bu borada amalga oshi­ri­la­yotgan islohotlar­ning mu­vaffaqiyati ko‘p ji­hatdan yoshlarning huquqiy ongi va huqu­qiy madaniyat da­raja­siga bog‘liqdir.
Yoshlarni davlat hokimiya­ti organlari faoliyati bilan tanishtirish vazifasiga keladigan bo‘l­sak, bu ham ularning huqu­qiy ongi, tafakkuri va madaniyatini tarbiyalashga, yuksaltirishga xizmat qiladi.
Dasturda, shuningdek, yosh tadbirkorlar uchun “Biznes-inkubator”lar tashkil etishdan ta’lim kreditlarini berish tizimini yanada takomillashtirishgacha, yoshlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar sabab va shart-sharoitlarini tahlil qilishdan erta nikohlarning oldini olishgacha muhim chora-tadbirlar belgilab olingan.
Zero, amalga oshirilayotgan mazkur islohotlardan ko‘zlangan pirovard maqsad farzandlarimizni bizdan ko‘ra kuchli, bilimli dono va albatta, baxtli bo‘lishi, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lishi, milliy o‘zligini, kimning, qanday buyuk zotlarning vorisi ekanini, Vatan tuyg‘usini chuqur anglaydigan, irodasi mus­tahkam, yuksak ma’naviyatli bo‘lib etishishidir.



Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish